Q. X. Azizov avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash
YO‘L HARAKATINI TASHKIL ETISHDA “AVTOMOBIL-YO‘L-
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Avtomobil yollarida harakat xavfsizligini taminlash
1.2 YO‘L HARAKATINI TASHKIL ETISHDA “AVTOMOBIL-YO‘L-
HAYDOVCHI-PIYODA - MUHIT” TIZIMINING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI Tayanch so‘zlar va iboralar: Avtomobil; haydovchi; yo‘l; piyoda; avtomobil- haydovchi; haydovchi - yo‘l; avtomobil - piyoda; yo‘l – piyoda; yo‘l – piyoda; harakat – muhit. Avtomobil yo‘llarida insonlar tomonidan boshqariladigan turli xildagi mexanik va mexanik bo‘lmagan transport vositalari, harakatlanayotgan (yoki harakatda bo‘lmagan) piyodalar majmuidan iborat murakkab dinamik tizim mavjuddir. Bu tizim yo‘l harakati deb ataladi. Yo‘l harakatining muammolari va maxsus tomonlari, eng avvalo, “avtomobil-haydovchi-yo‘l-piyoda” tizimi orqali belgilanadi. Ular o‘z navbatida atrof-muhitda faoliyat ko‘rsatadilar (1.1- rasm). 4. 5. 6. 7. 8. 9. 10. 11. 12. 13. 1.1-rasm “Avtomobil – haydovchi – yo‘l – piyoda - muhit” tizimi Tizimga quyidagi tashkiliy qismlar kiradi: A (avtomobil), H (haydovchi), Y (yo‘l), P (piyoda), M (muhit). Bu tashkiliy qismlar muhitda faoliyat ko‘rsatibgina qolmasdan, atrof-muhit bilan ularning har biri chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Muhit deb atrof-muhitning yo‘l harakati xavfsizligiga mujassamlashgan ta’siri tushuniladi va u quyidagi omillardan tashkil topadi: 1) ob-havo (metrologik ko‘rinish, yog‘ingarchilik, shamol, harorat); tabiiy landshaft (tekislik, qir-adirlar, tog‘lik, yer АHYP YP АP AH HY H Y А P Harakat muhiti муҳити муҳити 8 osti-usti suvlari va h.k.); mexanik (shovqin, chang, tebranish, gaz chiqindilari bilan ifloslanganlik va h.k.) “A-H-Y-P-M” tizimida mexanik “Avtomobil-yo‘l” (A-Y) va biomexanik “Haydovchi avtomobil” (H-A), “Haydovchi-yo‘l” (H-Y), “Piyoda- avtomobil” (P-A) va “Piyoda-yo‘l” (P-Y) hamda biologik “Haydovchi-piyoda” (H-P) tizimlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. “A-Y-H-P-M” tizimi optimal ravishda faoliyat ko‘rsatishda tizimdagi avtomobil, haydovchi, yo‘l, piyoda va muhit tashkil etuvchilarining alohida hamda ularning birgalikdagi A-H, H-Y, Y-P, A-P va boshqa tasniflari katta ahamiyatga ega. Avtomobil transportining konstruktiv o‘lchamlari (parametrlari) yo‘l harakatining tasnifiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunda avtomobilning geometrik o‘lchamlari tortish va tormozlanish sifati, haydovchi ish joyining qulayligi va yengil boshqarilishi muhim o‘rin egallaydi. Avtomobil yo‘li “A-Y-H-P-M” tizimi faoliyatiga o‘zining geometrik elementlari o‘lchamlari va transport-ekspluatatsion sifatining o‘zgarishi orqali ta’sir etadi. Yo‘l harakati xavfsizligi eng avvalo haydovchining ishonchliligiga, uning tayyorgarligiga va ishchi qobiliyatiga bog‘liq. Piyodalar yo‘l harakatida alohida o‘rin egallaydilar. Ular yo‘l harakati qoidalarini mukammal bilishlari va ularga amal qilishlari real yo‘l sharoitlarida harakat xavfsizligini ta’minlashga imkon yaratadi. Umumiy tomonlardan optimal ravishda kelib chiqqan holda, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda birinchi navbatda “A-H-Y-P-M” tizimdagi har bir tashkil etuvchilarning va birgalikda faoliyat qiluvchilarning tasniflarini optimallashtirish orqali erishish mumkin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling