Qabul qildi: hojiqulova f topshirdi: xurramova b
Download 0.87 Mb.
|
XURRAMOVA
Tarkibiy ishsizlik
Tarkibiy ishsizlik - ishsizlikning bu turi iqtisodiyotning tarkibiy o'zgarishlariga, demak, ishchi kuchiga bo'lgan talabning tarkibiy o'zgarishiga bog'liqdir. Ma'lumki, mehnatga bo'lgan talab hosilaviy xarakterga egadir. U mazkur mehnat turi qaysi tovar yoki xizmatni ishlab chiqarishda yoki ko'rsatishda qo'llanilsa, shu tovar yoki xizmatga bo'lgan talabga bog'liqdir. Demak, iqtisodiytdagi tarkibiy o'zgarishlar ishchi kuchiga bo'lgan talabda ham tarkibiy o'zgarishlar yuz berishiga olib keladi Masalan, biror bir tarmoq tarkibiy inqirozda bo'lsa, shu tarmoq xodimlarining mehnatiga bo'lgan talab ham keskin qisqaradi. Ayni paytda mehnatga bo'lgan talab avvalgi darajada qolib, mehnatga bo'lgan talabdan orta boshlaydi, natijada tarkibiy ishsizlik vujudga keladi. Tarkibiy ishsizlik haqida so'z ketganda, odatda eskirgan kasb egalariga xos bo'lgan ishsizlik misol qilib keltiriladi. Ular «o'layotgan» tarmoq vakillari bo'ladilar yoki ishlab chiqarishning boshqa omillari ta'sirida siqib chiqariladilar. Masalan, mehnatning o'rnini kapital bosishi mumkin, natijada mehnatga bo'lgan talab susayadi.Tarkibiy ishsizlik tushunchasiga «tirik», lekin muammolarga duch kelgan tarmoqlardagi tarkibiy inqirozlar oqibatida vujudga keladigan ishsizlikni ham kiritish lozim. Masalan, konversiya oqibatida Rossiyadagi ushbu tarmoqlarning ko'plab ishchilari tarkibiy ishsiz bo'lib qoldilar. Friksion va tarkibiy ishsizlikning umumiy jihati shuki, ularning ikkovi ham har qanday mamlakatning iqtisodiyotida muqarrar ravishda vujudga keladi. Bunda friksion ishsizlik darajasi qiymati mehnat bozoridagi aholining ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyat darajalarini, tarkibiy ishsizlikning ko'rsatkichi esa tarkibiy o'zgarishlar darajasini xarakterlaydi. friksion va tarkibiy ishsizlik o'rtasida tafovutlar ham bor. Birinchidan, tarkibiy ishsizlik friksion ishsizlikka nisbatan uzoqroqqa Uchinchidan, agar friksion ishsizlar uchun qayta o'qitish - ularning o'z ishi bo'lsa, tarkibiy ishsizlar, agar ular tarkibiy inqiroz mobaynida ish topishni rejalashtirgan bo'lsalar, majburiy qayta o'qitishga muhtojdirlar. To'rtinchidan, ko'ngilli, friksion ishsizlikdan farqli ravishda, tarkibiy ishsizlik har doim majburiy xarakterga egadir Ikkinchidan, tarkibiy ishsizlarning tarkibi barqarorroq bo'lib, bu mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni keskinlashtiruvchi ziddiyatli guruhlarning shakllanishiga olib kelishi mumkin. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling