18
S
X ‘
Ota esa yurishdan to‘xtamay:
– O‘g‘lim, seni ko‘tarolmayman, chunki men
ham charchadim, – deb javob beribdi.
Bola bu gapdan xafa bo‘lib, yig‘lay boshlabdi.
Ota jimgina to‘xtabdi. Yonidagi qurigan daraxt-
ning bir shoxini kesib, pichoq bilan tekislabdi-da,
uni o‘g‘liga uza bdi:
– Ol, o‘g‘lim, mana senga chiroyli uchqur ot.
Bolaning quvonchdan ko‘zlari chaqnabdi.
Xursandchiligi ichiga sig‘may, chaqqonlik bilan
«ot»ga minib, «Chuh, tulporim, chuh», deb yugu-
ra boshlabdi.
Ota bu voqeani ajablanib kuzatayotgan qiza-
log‘ining boshini silagancha, shunday debdi:
– Hayot shunaqa, qizim. Ba’zan juda charcha-
ganingda, yashashga, seni harakatga unday-
digan boshqa vositalar qidirasan...
Siz o‘z orzularingizni kengay ring va unga doim
ishoning. Chunki, haqiqiy ishonch bu – ko‘rinma-
ganiga, mavhum narsaga ishonishdir. Agarda siz
ko‘rinmaganiga ishonsangiz, hayotda boshqalar-
ga ma’lum bo‘lmagan ko‘p narsalarni ko‘rasiz.