Qadimda turkiy epigrafik yodgorliklar


Download 157 Kb.
bet4/6
Sana17.02.2023
Hajmi157 Kb.
#1207148
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Akademik litseylarda qadimgi turkiy yodgorliklarni o‘rganish usullari

Yozuvlarni o`qish daniyalik olim V.Tomson va rossiyalik olim V.Rad`lovlar zimmasiga tushdi. 1893yil bahorida Tomson Urxun daryosi bo`yidan topilgan Yozuvlarni o`qiganligi haqida Daniya qirolligi Fanlar akademiyasi yig`ilishida axborot beradi. Uning boshqa xalqlar Yozuvini deshifrovka qilib o`qishda qo`llagan tajribasi Urxun Yozuvlarining kalitin ochishda ham qo`l keladi. U Yozuvlardan turli belgilarning qanday tovush ifodalashini bilib olgach, unga tayangan xolda, Urxun Yozuvlaridagi butun alifboni aniqlaydi va birinchi marta «Tangri», «Turk» so`zlarini o`qiydi. Bu bitiktoshlarning turkiy xalqlarga mansubligi aniq isbotlab beradi.
Tomsondan keyin V.Rad`lov ham 1894 yil 19 yanvar kuni Rossiya Fanlar akademiyasi yig`ilishida Kultegin bitigini o`qiganligi haqida ma`lumot beradi. V.Rad`lov bu bitiktoshlardagi turkiy Yozuvlar alifbosining 15 harfni 1893 yil kuzida,ya`ni, Tomson o`qishiga qadar aniqlab bo`lgan edi. Shunday qilib,ikki olimning sa`yi-haraktlari bilan bu Yozuvlar – run, ya`ni sir emasligi isbotlandi.
Bu bitiktoshlar turkiy Yozuvda bitilganligi isbotlangandan so`ng, yana bir muammo paydo bo`ldi: Urxun – Enisey Yozuvlari qaysi Yozuv asosida kelib chiqqan: Lekin olimlar haligacha bu xususda bir to`xtamga kela olganlari yo`q. V. Tomson bu Yozuvdagi ayrim harflarning seliy – paxlaviy Yozuvidagi harflarga o`xshashligini topdi. Keyinroq turkiy alifbodagi 23 harfning oromiy alifbosiga o`xshashligi aniqlandi. U turkiy tilning tovush qurilishiga mos xolda qayta ishlangan va oromiy alifbosidagi bir necha belgilar bilan to`ldirilgan degan xulosaga keldi. Oromiy Yozuvi mil.avv. I ming yillik boshlarida vujudga kelgan. Bu Yozuv dastlab Suriya va Mesopotamiyada paydo bo`lgan. Dastlabki oromiy Yozuvi finikiya Yozuvidan deyarli farq qilmagan. Keyinchalik mil.avv I ming yillik o`rtalarida oromiylar finikiya Yozuviga ayrim o`zgartirishlar kiritganlar. Harflar soni qisqartirilib, shaklini ham soddalashtirganlar. Mil.avv. VIII asrdan boshlab ko`pgina xalqlar : yaxudiylar, vavilonliklar, assuriyaliklar, forslar va arablar oromiy Yozuvini o`z tillariga moslashtirganlar.
Qozog`istonlik olim A.S. Omonjulovning fikricha, turkiy alifbo mil.avv. I ming yillikda shakllanib bo`lgan edi. Bu fikrda jon bor. 1970 yil Olma-otadan topilgan (Issikdan) ashyoviy dalillar buni isbotladi. Bu erdan topilgan chetlariga turkiy – runiy Yozuvlariga o`xshash belgilar bitilgan kumush kosacha hammaning diqqatini tortadi. Qazilma raxbari ashyoviy dalillar joylashgan qabr mil.avv. V – IV asrlarga tegishlidir. 1960 yillarda Turkiston shaxriga yaqin bir joyda loyga bitilgan bitigtosh topiladi. Uchta belgini xisobga olmaganda bitik Urxun Yozuviga mansub. Bu loy bitig o`ziga xos tumor bo`lgan. Xo`sh bu yangi belgilar qaerdan keldi. Bu belgilar ijodkori noma`lum, lekin, bu belgilar o`sha davr bilan shug`ullanuvchi olimlarning aytishicha Yunon alifbsidan olingan.
E.D. Palivanov turk – Yunon Yozuvlarini turkiy muxitning o`zida paydo bo`lganligi haqidagi fikrni bildiradi.
Endi qadimgi turkiy Yozuvi haqida :
Qadimgi Turkiy Yozuvi 38 harfdan iborat bo`lib, 4 harf unli, qolgan 34 harf unsizdir. YAna ba`zan a – e, o – u, u – yu harflari uchun bir harf qo`llanilgan. Bu qadimgi Yozuv o`ngdan chapga qarab yozilgan va so`zlar orasiga ikki nuqta (: ) qo`yilgan.
Demak, shuni xulosa qilishimiz mumkinki, qadimgi turk Yozuvi mil.avv. V asrda paydo bo`lgan va asosan oromiy Yozuvi asosida shakllangandir.
647 yilda turk yabg’usi (mansab nomi)ning maxsus uzum junatgani haqida xabar bor. Shuningdek, donli ekinlar asosiy urin tutgan. Bolaliktepadan (Surxondaryo) uzum urug’, bug’doy, arpa, mosh, shaftoli, urik, olcha, qovun, tarvuz urug’lari, yongoq, pista, bodom qoldiqlari, paxta chanogi topilgan. Xuddi shu yerda bir qator tasviriy san’at namunalari ham mavjud. Jumladan, u yerdagi zodagon ayollar tasvi­ri qadimgi ajdodlarning yuksak san’atidan dalolat beradi.
Panjakentdagi devordagi san’at namunalari ham bu fikrni tasdiqdaydi.
Ajinatepa (Surxondaryo)dan topilgan xaykallar esa xaykaltaroshlikning yuksaq darajada rivojlanganligidan dalolatdir.
Ayniqsa, Ayritomdagi (Termiz yaqinida) budda ibodatxonasi xarobalaridan topilgan musiqachilarning toshdan yasalgan xaykalchalari bu fikrni quvvatlaydi. Unda uch musiqachi ayol tasvirlangan. Bu ayni paytda musiqa san’atining rivojidan xam dalolatdir.
Savdoning alohida mavqei haqida ham to’xtash joyiz. Zero, turkiylar muxim savdo yo’llarining ustida edi. Bu holat bir qancha xalqlar madaniyatining bir-birlariga ta’sir ko’rsatishiga ham omil bo’ldi.
Birgina, «Avesto»da xam turqiy, xam eroniy xalqlar dunyoqarashi, urf-odatlari, yashash tarzlariga oid ma’lumotlarninguchrashi tasodifiy emas.
Savdo aloqalarining qengayishi turli tillar va yozuvlarningxam qengtarqalishiga sabab buldi. Oromiy va yunon yozuvlari iste’molda edi. Oromiy yozuvi asosida shaqllangan~ su?d va xorazmiy yozuvi x.am^llanila boshlaydi. Bu yozuv yodgorliqlary'tangalar, muxrlar, qumush buyumlar va ayrim Xujjatlarda aqs etgan. Xorazmiy yozuvining eng qalimgi namunasi Qo’y qirilgan qal’adan topilgan bulib, eramizdan oldingi III asrga oiddir. Sugd yozuvining yodgorligi esa Tali Barzu (Sugd)dan topilgan sopol idish sinigiga uyib yozilgan va u eramizdan oldingi I asrga tegishli. Bu yozuv namunalarining II—III asrlarga oid obidalari Dunxuan (Sharqiy Turqiston)dan topilgan. Ularda Samarqdndda yashagan ona va Dunxuanda turadigan qiz urtasidagi yozishmalar ifodalangan. Yozishmalar oilaviy turmush, Urta Osiyo xalq;larining yuqrri madaniy saviyasi xaqidagi axborotlarni beradi.
Mug togidagi qal’a (Panjaqent yaqinida) dan topilgan 400 ga yaq,in buyum aloxnda axamiyatga moliq. Ular orasida tuqilgan qopqoq; va sandiqdar, ustiga teri qoplangan ayollar idishi, ayniqsa undagi bezatilgan ot va qurol-anjom-li suvoriy tasviri v.b. bor.
Muxi mi qal’adan quplab yozma manbalar topilgan. Myg’ togidan topilgan, charmga yozilgan arabiy bitiq xujjatda lashqarboshi Divashtichningjangoddidan ittifoqchilaridan yordam suragani bayon qilingan (VIII asr). Ayni paytda ular o’z davrining tarixiy xujjati va sugd tilining yod­gorligi sifatida xam qatta axamiyatga ega.
Turqiy run yozuvi xam qeng iste’molda bulganini O’rxun-Enasoy obidalari orqali yaxshi bilamiz. Yunon tarixchisi 26
Menandr Sugd elchisi Maniaxning Qonstantinopolga Is-tami xotsonning «isqif \arflar»i bilan yozilgan xatini olib borganligidan xabar beradi. Ammo uning turqiy run yozuvi yoqi sugd yozuvi eqanligi x.ali aniq emas.
Islomdan oldin turqiy xalqdar orasida qeng qullangan yana bir yozuv—uygur yozuvidir. _arab yozuvi bilan yonma-yon xrlda XV asrgacha, Xitoydagi uygurlar orasida esa q^TPTngi asrlarda \am iste’molda edi. U sugd yozuvi asosida shaqllangan. Bu yozuv ungdan chapga qarab yozilgaTGUnda 18 xarf bor. Undagi xamma xarflar qushilib yozish imqoniyatiga ega. Shunga qura ularning uch: suz boshida, urtasida va oxiridagi shaqli mav-jud. Bu yozuv xaqddagi dastlabqi ma’lumrt Maxmud Qoshta-riyning~«Devonu lugotit-turq» asarida betjlgan,. U «barcha xoqonlar va Qashqardan Chingacha xamma turq shaxarlarida shu yozuv bilan yuritiladi», deb yozgan.
Mazqur yozuvda buddaviya, moniy, xristian dinlariga oid axloqiy-ta’limiy asarlar, yuridiq-xuquqiy va moliyaviy xujjatlar saqlanib qolgan.

Download 157 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling