Qadimgi Andijon Reja: Qadimgi Andijon Buyuk ipak yo’lida Andijon Andijon toponimi


(Is’hoqxon to‘ra IBRAT, «Tarixi Farg‘ona»)


Download 41.84 Kb.
bet2/2
Sana08.05.2023
Hajmi41.84 Kb.
#1441512
1   2
Bog'liq
Qadimgi Andijon

(Is’hoqxon to‘ra IBRAT, «Tarixi Farg‘ona»).
Yana bir rivoyatda Andijon toponimining kelib chikishi kadimda bu yerda yashagan «And» kabilasi, ya’ni hindlar bilan bog‘lansa, boshqa bir rivoyatda shahar nomi unga ilk poydevor ko‘ygan shaxs - Andi ismidan kelib chikkan deyiladi. Turli davrlarda tarixchi olimlar, mutafakkirlar, geograflar tomonidan Andijon toponimikasining kelib chiqishi bo‘yicha qator tadqiqotlar olib borilgan. Masalan, chorizmning O‘rta Osiyoga qilgan harbiy yurishlarida katnashgan rus tarixchisi Vladimir Petrovich Nalivkin «Andijon» so‘zi hozirgi shahar hududida yashagan «andi» kabilasi nomidan olingan deb ko‘rsatadi. U «Andi» so‘ziga «gon» ko‘shimchasining ko‘shilishi bilan «Andigon» yasapgan va keyinchalik bu Andijonga aylanib ketgan degan naqlni keltiradi. Biroq 92 ta o‘zbek urugi ro‘yxatida «Andi» deb nomlangani uchramaydi. Andijon ilk bor yozma manbalarda arab sayyoxdari Ibn Xavqal va Muqaddasiy asarlarida Andukan shaklida qayd etilgan. Jumladan X asrda yashab o‘tgan arab geografi va sayyohi Ibn Havkal Andijon shahri to‘g‘risida shunda yozgan: «Dexkonchiligi rivojlangan shahar, iqtisodiy va siyosiy jihatdan ham rivojlangan, katta hunarmandlar shahri Andukan». Demak, Andijon arab xalifaligi davrida Andukan deb atalgan. Andijon shahrining qadimiyligi va uning toponimi xususida Ibrat yuqorida qayd etilgan «Tarixi Farg‘ona» asarida kuyidagi fikrlarni ilgari suradi: «Andijon avvalda Andigon bo‘lib, arabiyga olganda Andijon bo‘lur, chunonchi, «kofi» forsiy arabda «jim» o‘kilur. Mana, farangi lafzi arabda afranji, bangnibanch. Kofi forsi arabda «j» bo‘lib, Andigon arab lafzalarida Andijon bo‘lgan bo‘lsa kerak. Ozarboygon arabda Ozarbanjon yoziladur va o‘qiladur. Shunga o‘xshash Andijon lafzi asli Andigon bo‘lsa kerak». Mashxur tarixchi, sharkshunos, akademik Vasiliy Vladimirovich Bartold ko‘plab ko‘lyozma asarlarni chuqur tahlil qilib, Andijon xaqida shunday yozadi: «XII asr oxiri - XIII asrda Farg‘ona nodiysining yangi poytaxti Tuva va Haydu tomonidan bunsd etilgan Andijondir. Shaxar arab geograflari tomonidan Andukan deb nomlanib... boshqa bir uygur xujjatida Sulton Umarshayx davrida Andigan deb nomlangan». Yana bir taniqli tarixchi olim A.Nabiev o‘z tadqiqotlarvda IV asrdan V asrgacha Andukan, XII asrdan to XIX asrgacha Andijon deb yuritiladi, degan xulosaga kelgan. Urta asrlar (1X-XU1) davri tarixini yorituvchi bir necha yozma manbalar bor. Shahar nomi X asrdan keyingi yozma manbalarda «Andukan», «Andugan», «Andigan», «Andikan» ko‘rinishlarida uchraydi. Andijon toponomikasi xususida ko‘plab fikr va mulohazalar bor Maxmud Qoshg‘ariyning «Devoni lug‘at ut-turk» asarida «Azg‘ish (Adgish)» joy nomi deyilgan. Bularning barchasida «ad» o‘zagi bo‘lib, u «adoq», «azoq» ma’nosidagi o‘zbeklarning 92 urug‘ndan birining qadimgi turkcha nomidan kelib chiqqan, deb yoznpadi. Andijon atamasinnng kelib chiqishi haqida tarix fanlari doktori Sayfiddin Jalilov qator yillardan buyon ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. Sayfiddin .Jalilov «Shaxarning Andijon yoki Andigon deb atalishi masalasiga qaytsak, bu atama qabila, urug‘ nomidan olinmay, balki boshka biron qadimiy joyning yoki ma’lum kasbdagi kishilar guruxinnng nomi bo‘lishi mumknn, degan mulohazada jon bor», deb hisoblaydi. Olim faktlarga murojaat qilib shunday yozadi: «1881 yili Stanbul shaxrida Shayx Sulaymon Afandi O‘zbakin - Buxoriyning «Lugotn chng‘atoni va turki usmoni» nomli lug‘ati nashr etilib, unda «Adoq» so‘ziga shunday ta’rif bernlgan: «Adoq - Turkistonda voqe’ Andijon shaxrining iomi qadimiysidir». So‘ng ushbu so‘z ta’rifiga quyidagi she’riy misol keltirilgan. Yuz-ikki yuzcha kishi birla qazoq, Ki biri Xorazm erdi, biri Adok. Mahmud Qoshg‘ariyning «Devoni lug‘atit turk» asarida «Azg‘iz» (yoki «Adg‘ish») joy nomiga izoh berilib, u O‘zganning g‘arb tomonida deyiladi. Til tarixi tadkikotchilari bu so‘zlarning barchasida bitta ad o‘zagi bo‘lib, u adok, adg‘ish, azg‘ish ma’nosida urug‘ nomini bildirishini ma’lum qilishgan. «Tuxfat at tavorixi xoni» nomli qo‘lyozma asarida keltirilgan 92 ta o‘zbek urug‘i ro‘yxatida azoq nomi bor. Ushbu urug‘larning Sergey Abramzon tuzgan ro‘yxatida esa adoq (azoq) deb berilgan. Tilning fonetik koidasiga ko‘ra, so‘z talaffuz etilayotganda uning ayrim harflari o‘zgarishi, almashinib ketish hodisasi bor. Chunonchi; adoq - azok - ayoq, azgin - arg‘in, qadoq - qazoq, quzuk - quduq kabi. Shunga ko‘ra S.Jalilov fikricha, Andijonning hozirgi nomi aslida Andigon bo‘lib, ad o‘zagiga keyincha talaffuzda k va n harfi qo‘shilgan. So‘ngra A(n)dgon yoki A(n)digon shakliga kelib qolgan. Mahmud Qoshg‘ariy o‘zining mashhur «Devoni lug‘at ut-turk» asarida Andijon shahriga kadimda Alp El Arslon asos solgan, degan ma’lumotni keltirgan. Endi e’tiboringizni O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi Abdulaxat Muhammadjonovning «Buyuk ipak yo‘li va «Fargona» gidrotoponimining etimoni haqida»gi ilmiy maqolasiga qaratsak. Ushbu makola olimning 2004 ynli «Buyuk ipak yo‘li va Farg‘ona vodiysi» maveuida o‘tkazilgan respublika ilmiy-amaliy anjumanida o‘qilgan ma’ruzasidan olingan bo‘lib, unda Farg‘ona shahri bilan bir qatorda Andijon toponimini ilmiy nuqtai nazardan taxdil qilib bergan. Agar yana tarixiy yozma manbalarga murojaat qiladigan bo‘lsak, arab geograf olimi Ibn Havqal 977-78-yillarda yozgan «Kitob suratal-Ard (Erning sur’ati kitobi)» kitobining «Movarounnahr» qismidagi «Farg‘ona viloyatlari» bo‘limida boshka shaharlar bilan bir qatorda Andukan ham tilga olingan. Arab tilidan tarjima qilgan va izohlarni tuzib chikkan professor Sh.S. Kamolidsinov Andukonni sharhlab va izoxlab shunday yozgan: Andukon - X1T asrda qishloq sifatida qayd etilgan (as-Sam’oniy 1:364; ASTZT). So‘nggi asarlarda uning nomi Andijon (Bobur-name: 29,30,40,153,206; Mahmud ibn Vali), tangalarda esa Andikon yoki Andigon shaklida qayd etilgan (Shpeneva 1991: 207; To‘xtiev 2006:68). Bu shahar nomining ikkinchi qismi eroniy kon (gon) jon - «suv», «daryo» so‘zidan yasalgan. Uning birinchi qismi haqida bir nechta fikrlar aytilgan. Bir fikrga ko‘ra, u turkiy andi/andu etnonimidan (Obzor, 1901: 42:) Hasanov 1965: 43; Istoriya 1980:7) yoki andi - «orol» so‘zidan yasalgan (Turg‘unov 1987: 130-136). Boshqa fikrga ko‘ra «do‘st tutinish», «aka-uka tutinish» (Ahmadaliev 1997:24) yoki «suv bo‘yidagi shahar» ma’nosini bildiradi (Muhammadjonov 2002: 23). Yana bir fikrga ko‘ra, bu nom lug‘dcha - «hind» so‘zidan yasalgan bo‘lishi mumkin (Lure 2004:69). Bu shahar hozir ham o‘zining kadimgi nomini saqlab qolib, Andijon deb ataladi (Abdulg‘ozieva 1990: 91-96; Abdulgazieva, Abdullaev, Matboboev 2002: 4-12; Abdulg‘ozieva 1994: 28-29) u haqda yana qarang: a1- 1(1pz1; 707; Vorojeykina 2002: 37; Bartold 1965: 326!. Zahriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» kitobida «Andijon» deb uch xil shaklda yozilgan. Ko‘rinib turibdiki, «Andijon» toponimi ikki o‘zakli so‘z bo‘lib, «Anda» so‘zi qadimgi turk-mo‘g‘ul tilida «yakin», «do‘st», «tutingan birodar» kabi ma’nolarni bildiradi. Keyingi bo‘g‘indagi «jon» leksemasi «daryo» yoki «soy» ma’nosini anglatadi. Shunday qilib, soy bo‘yi ma’nosini anglatgan Andijon shaxri qadimda «hindular» deb talqin etilgan «andi»lar tomonidan emas, Andijonsoy bo‘ylaridan suv chikarib o‘z muzofotini obod etgan tub joy, andijonliklarning asriy mehnati bilan bunyod kilingan va Andijonsoy bo‘yi deb ma’nodor nom bilan ulug‘langan. Jahon tamaddunida ulkan o‘rin egallagan «Buyuk ipak yo‘li» yo‘nalishidagi Andijon shahri qadimgi davrdan, bundan deyarli 2,5 ming yildan beri tarix sahnasida o‘z o‘rniga, boy va ko‘rkam o‘tmishiga ega bo‘lgan, kelajagi porloq va buyuk azim shahardir. Yuqorida so‘z yuritilganidek, «Andijon» atamasi «soy bo‘yidagi shahar» degan manoni anglatadi. Qadimda sug‘orma dehqonchilik va hunarmandchilikning rivojlanishi tufayli suv yoqasida joylashgan Andijon miloddan avvalgi davrlardayoq shahar sifatida shakllandi. Farg‘ona vodiysi hududidagi Davan davlati tarkibiga kirgach yanada taraqqiy topdi. Ushbu davlat shu qadar kudratli ediki, hatto Markaziy Osiyoning bir qator janubiy viloyatlari ahmoniylar va yunonlar tomonidan bo‘ysundirilgan davrlarda ham u o‘z siyosiy erkinligini saqlab qoldi. Milodiy 1 asrdan boshlab Andijon Kushon davlati, undan so‘ng hukmronlik qilgan eftolitlar hamda VI asrning o‘rtalarida Markaziy Osiyoga kirib kelgan Turk xoqonligi davrida ham rivojlanishdan to‘xtamadi. Bu yerda mulkchilikka asoslangan feodalizm tuzumi shakllandi. Tashqi dunyo bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy alokalar tarkib topdi. Turk xoqonligi Xitoy, Eron va boshqa hukmron davlatlarning Markaziy Osiyoga, jumladan, Farg‘ona vodiysiga bostirib kirishiga yo‘l bermadi. Buyuk ipak yo‘lining tinch va osoyishta bo‘lishini ta’minlab berdi. Karvonsaroylar barpo etiddi. Bu ushbu yo‘l yoqasida joylashgan Andijonning yanada taraqqiy etishiga xizmat qildi. Biroq VI asrning oxirlariga kelib «Buyuk ipak yo‘li»- ning rivojlanishiga katta hissa ko‘shgan Turk xoqonligi sharqiy va g‘arbiy qismlarga bo‘linib ketdi. Ummaviylarning Xurosondagi noibi Qutayba ibn Muslim (705-715) 706 yili Movarounnahrga bu yerdagi xalqlarni islom diniga kiritish maqsadida lashkar bilan kirib keladi. Bu paytda Andijon shahri yirik savdo markazlaridan biriga aylangan edi. Arablar 714 yili Farg‘ona vodiysining poytaxti bo‘lgan Andijonni, so‘ng Qashqargacha bo‘lgan yerlarni fath etadi. Shunda Andijon xalqi xech qanday qarshilik ko‘rsatmasdan islom dinini kabul kiladi. Shundan boshlab Andijon aholisining mafkuraviy hayoti, turmush tarzi islom shariati asosiga kuriladi. Bunga kadar Andijon aholisining aksariyati zardushtiylik diniga e’tikod qilardi. Arablar ushbu hududga islomni keng yoyish maksadida dastlab zardo‘shtiylikning ayrim udumlarini islom dini bilan muvofiklashtiradilar. Hozir ham Andijonda xonadonga yangi kelin tushganda uni olov atrofida aylantirish udumi sakdanib qolgan bo‘lib, u otashparastlik davridan buyon bajarib kelinadi. 715 yili Sulaymon arab xalifaligi taxtiga ko‘tariladi. Qutayba ibn Muslim bilan yangi xalifa o‘rtasida fitnachilik uyushtiriladi. Natijada unga karshi isyon ko‘tariladi. Tamim (Tamimiy) qabilasi vakili Vaki ibn Abu Sud boshchiligidagi isyonchilar (utayba ibn Muslimnnng chodirnga bostirib kirib, u bilan birgalikda Abdurahmon, Abdulloh, Solih, Husayn, Abdulkarim nomli ukalarini, o‘g‘li Kasir ibn Qutayba va jiyanlarini (jami 11 erkakni) o‘ldnrishgan. Qutayba ibn Muslim Qoh kishlog‘idagi Raboti Sarhang (hozirda Mozorbuva) qabristonida dafn etilgan. Ayrim rivoyatlarga ko‘ra, bu fojia hozirgi Qirg‘izistonning Novqat tumani, Sahoba qishlog‘ida yuz berib, u yerdan mayit Andijon viloyati, Jalakuduk tumaniga keltirilib dafn etilgan. Arab xalifaligida, umuman islom dinini kabul kilgan yurtlarda, jumladan, Movarounnahrda, Andijonda ilmfan, savdo va madaniy aloqalar barq urib rivoj topa boshlagan. O‘lkamizda ham arablar qattiqqo‘llik bilan yurtni islomlashtirish siyosatini olib bordilar. Bu borada islom dini, Qur’onn karim, Hadisi sharifdan ustalik bilan foydalanilgan. Yurtimizda islom dini bilan bir qatorda arab tiln, arab alifbosi joriy qnlindi, arab tili davlat tili, islom dini tili va fan tili darajasiga ko‘tarildi. Arab tilini, islom dinini, Qur’oni karimni, hadisi sharifni egallagan va bilgan shaxslarnnng jamiyatdagi }fni va nufuzi oshib borgan. Arab tiliga nisbatan hayotiy, diniy ehtiyoj kuchaygan. Andijonda ham, hatto o‘z ona tiliga nisbatan arab tilini yaxshi bilgan, shariatni, nslomiy ibodatni yaxshi bilgan tolibi ilmlar tobora ko‘payib borgan. 16-asr tarixchisi Xamdullox Qazviniyning «Nuzxat ul-kulub» (Qalblar rohati) kitobida Andijon shaxriga «Qubbat ul islom» degan nom berilib, Farg‘ona mulkiga podshoh bo‘lganlar nomi Tuvaxon (Duvaxon) qurdirgan masjidda xutbaga qo‘shib o‘qilganligi qayd etilgan. Bu an’ana bundan keyingi tarixiy jarayonda yanada boyib borgan, takomillashgan. Ayniqsa, Qo‘qon xonligi, chor Rossiyasi mustamlakachiligi va sovetlar hukmronligi davrida ham Andijon islom dini bo‘yicha muattar qorilar tayyorlaydigan markaz bo‘lib qoldi. Bu zaminda katga Qur’on maktabiga asos solgan ko‘plab olimlar, hofizu-qur’onlar o‘tgan. Andijon shahri esa «Qorilar shahri» deb tanilgan. Hozirgi mustaqillik yillardagi Uzbekiston qorilarining ko‘pchiligi ayni Andijondagi «Qorilar maktabi»ning avlodlari hisoblanadilar. Andijon qorilari haqida kitobning bundan keyingi tegishli qismlaridan birida alohida so‘z yuritiladi. 8-asr oxiriga kelib Arab xalifaligi Movarounnahrda tang ahvolga kelib qoldi. Ismoil Somoniy tomonidan asos solingan somoniylar sulolasi bundan foydalanib, ushbu hududni boshkarishni o‘z qo‘liga oldi. 1X-X asrlarda ular tasarrufida bo‘lgan Fargona vodiysi iktisodiy va madaniy jihatdan qayta rivojlana boshlaydi. Andijon vodiyning yirik shaharlaridan biriga aylanadi. Savdo-sotiq yo‘lga ko‘yiladi. «Somoniy», «Ismoiliy», «Muhammadiy» nomlari bilan kumush dirxamlar zarb etiladi. X asr o‘rtalarida Sharqiy Turkistonda shu yerda yashagan turkiy xalqlarning qudratli Qoraxoniylar davlati vujudga keldi. Unga islom dinini qabul qilgan Sulton Abdul Karim Qoraxon (859-955) asos solgan edi. «Qora» so‘zi qadimiy turkiy tilda ulug‘, buyuk degan ma’nolarni anglatadi. Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak Qoraxoniylar - Ulug‘ xonlar deganidir. Keyinchalik ushbu davlatga Shosh va Farg‘ona birlashgan, so‘ngra Buxoro ham qo‘shib olingan. Usha paytda Sharqiy Turkistonda istiqomat qiluvchi aholi, asosan, turk qabilalaridan iborat edi. Ana shu bois Qashqardan tortib Amudaryogacha cho‘zilgan katta hududda turkiy til rivojlandi. Turkiy urf-odatlar keng yoyildi. Andijonga yaqin bo‘lgan Uzgan shahri Qoraxoniylar davlatining ikkinchi poytaxti deb e’lon kilinadi. XII asr boshida bu yerda balandligi 44 metrdan iborat bo‘lgan minora barpo etiladi. Uning yonida esa masjid, madrasa va xonakoh quriladi. Xonakohga Qoraxoniylar sulolasi dafn etilgan. Ushbu me’moriy obidalar oradan 9 asr vakt o‘tgan bo‘lsada O‘zganda hamon saklanib turibdi. Andijon shahri Qoraxoniylar davrida O‘zganning g‘arbida, undan uncha uzok bo‘lmagan yerda, kolaversa, Buyuk ipak yo‘li bo‘yidagi muhim strategik hududda joylashganligi bois Farg‘ona vodiysining yirik savdo va hunarmandchilik markazlaridan biriga aylanadi. Birok XI asrning 40- yillarida sulolaviy k>rashlar tufayli xonlik ikkiga bo‘linadi. Bu o‘z navbatida Qoraxoniylar davlatini inqirozga olib keladi. XSh-X1U asrlarda Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ullar Movarounnahrga bostirib kirishdi. Ular dastlab Buxoro va Samarqandni, so‘ngra Farg‘ona vodiysidagi shaharlarni, jumladan, Andijonni egallab, shu vaqtgacha barpo etilgan bino va inshootlarni, shahar qo‘rg‘onlarini yer bilan yakson qilishdi. Fakat 14-asrning ikkinchi yarmiga kelib mo‘g‘ul xonlari Duvaxon va Xaydular davrida Andijon qayta tiklana boshlaydi. Chunki ularga Qashkar yo‘lini o‘z ko‘llarida saqlab turish uchun Andijon o‘ta zarur edi. Mo‘g‘ullar davrida Andijon Movarounnnahrdagi yirik shaharlardan biriga aylanadi. Bu haqda V.V. Bartold quyidagicha yozadi: «Andijon shahar sifatida 1X-X asrlarda uchraydi hamda Tuva (ayrim adabiyotlarda Duvaxon deb ham berilgan) va Xaydu davrida (XIII asr) qaytadan kurilgan1. Xaqikatan ham Kaydu-Saxin o‘g‘li Duvaxon davrida shaharda sezilarli qurilishlar bo‘lgan. Duvaxon Andijonga O‘rta Osiyo va Xitoy o‘rtasidagi ko‘prik, strategik punkt sifatida karagan. Bu to‘g‘rida Muin ad-Din Natanziyning «Iskandar anonimi» asarida keltirilishicha, Duvaxon «ko‘pgina katta shaharlar, jumladan, «qubbot-ul-Islomi Andijon»ni' har tomonlama rivojlantirdi va u kelajakda Farg‘ona poytaxti bo‘ldi2. Aynan shu davrdan shaharga ayrim mo‘g‘ul urug‘lari ko‘chib kelgan. Buni Andijon shahri doirasida kayd etilgan va ushbu urug‘lar bilan bog‘lik Qirlik, Juvalachi (Jubalachi), Qo‘nji, Bo‘g‘ra, Saroy, Nayman kabi atamalarini uchrashi isbot etadi. Balkim, Chordonani yuqori qatlamlaridan kovlab o‘rganilgan mozor aynan shu aholining biror guruhiga tegishli bo‘lishi kerak. Chunki qabrlardan uchtasi ko‘mish urf-odatlari bo‘yicha shu davrdagi boshqa qabrlardan keskin farq qiladi. Ular yog‘och tobutga solinib, yoniga buyumlar (temirdan kamon o‘qi, sopol idish va kumush tangalar) qo‘yilib dafn etilgan. Kumush suvi yuritilgan bu tangalar numizmat A.X. Otaxo‘jaev fikricha, XIII asrning oxiri XIV asrning boshlarida zarb etilgan va «chig‘atoylar puli» guruhiga kiradi. Aftidan, bu mozorga dafn etilganlar o‘troqlashgan ko‘chmanchilar bo‘lishi kerak, kabrlarga ko‘yilgan buyumlar esa marhumlarni hali islom dinini qabul qilmaganini ko‘rsatadi. Bunga qo‘shimcha etib bu yerdan B.Abdulg‘ozieva o‘rgangan bir qabrni keltirib o‘tish ham o‘rinlidir. Unda marhum yoniga ot anjomlari qo‘yib dafn etilgan va bu odat o‘rta asr ko‘chmanchilariga xos va qipchoqlar bilan bog‘liq deb hisoblanadi. 1370 yili mo‘g‘ullar hukmronligi barham topgach, Andijon tarixida yangi bosqich - temuriylar saltanati davri boshlanadi. Temur va temuriylar davrida Andijon yirik iqtisodiy va madaniy markazlardan biri hisoblangan. Urta Osiyoning viloyatlari va boshka mamlakatlar bilan savdo-sotik ishlarini olib borgan. Ma’lum darajada o‘zini-o‘zi boshkargan, mustakillikka ega bo‘lgan. Bu yerda zarb qilingan pullar boshqa joylarda ham qabul qilingan1. Ma’lumki, Amir Temur Movarounnahr hokimiyatini egallash va bu hududsa tinchlik, osoyishtalik o‘rnatish uchun uning turli viloyatlariga bir necha martadan harbiy yurishlar qilib, o‘ziga bo‘ysunishdan bosh tortgan bir qancha viloyat amirlarining o‘zboshimchapiklariga chek qo‘ygan. «Tarixi Rashidiy»ning birinchi daftari ma’lumotlari bilan tanishar ekanmiz, Sohibqiron Amir Temurning Movarounnahr hududparini birlashtirish uchun olib borgan faoliyatida Farg‘ona vodiysi, xususan, Andijon viloyati o‘ziga xos strategik mavkega ega bo‘lganiga guvoh bo‘lamiz. Amir Temur Sharqiy Turkistonni o‘z hokimiyatiga kiritish uchun Jeta ulusiga besh marotaba harbiy yurish qilgan. Bu harbiy yurishlar chig‘atoy amirlaridan bo‘lgan Qamariddinga qarshi qaratilgan bo‘lib, bu yurishlarning barcha tafsilotlari «Tarixi Rashidiy»da batafsil bayon qilingan. Sohibqiron 1375 yil boshida Jeta ulusiga qilgan uchinchi harbiy yurishida Farg‘ona vodiysi va Sharqiy Turkistonning bir qismini chig‘atoy mo‘g‘ullaridan tozalagan edi. Lekin Amir Temur qo‘shiniga dug‘lot urug‘idan bo‘lgan, Jeta ulusi hukmdorligiga da’vo qilayotgan Qamariddin jiddiy qarshilik ko‘rsatadi. Sohibqiron Jeta ulusiga qilgan uchinchi yurishida Qamariddin qo‘shinlarini mag‘lub etib, ularni Qoshg‘ar taraflariga surib chiqarishga muvaffaq bo‘ladi. Lekin Qamariddin tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan xavf to‘la bartaraf etilmagan edi. Amir Temur bu yurishidan keyin Farg‘ona vodiysi va Sharqiy Turkistonning bir qismini o‘z tasarrufiga kiritib, 1375 yil boshida Farg‘ona vodiysining bosh shahri bo‘lgan Andijonga amir Hamidni dorug‘a, ya’ni hokim etib tayinlaydi1. Amir Temur 1376 yilning mart oyida Xorazmga qilajak uchinchi yurishidan oldin amirlardan Sori Bug‘o, Odilshoh, Xitoyi Bahodir va Elchi Bug‘oni 30 ming kishilik qo‘shin bilan Jeta ulusiga - Qamaridsinga karshi yuboradi. Qo‘shin Farg‘ona vodiysiga kelgach, Sori Bug‘o bilan Odilshoh fitna uyushtirib, qolgan ikki amir Xitoyi Bahodir bilan Elchi Bug‘oni hibsga oladilar. Fitnachilarga Andijon hokimi amir Hamid ham qo‘shiladi va ular jaloyir va qipchok urug‘idan bo‘lgan ko‘shinni jamlab, Amir Temurning Xorazm yurishidaligidan foydalanib poytaxt Samarqandni egallash uchun harbiy yurish boshlaydilar. Fitnachilar Samarkand shahrini qamal qilishni boshlaganida Amir Temur Xorazmning Kot shahri yaqinidagi Xos degan mavzeda edi. Samarqand shahri mudofaasi uchun qoldirilgan amir Ok Bug‘o ko‘p sonli dushman oldida ojiz qolib, zudlik bilan Amir Temurga xabar jo‘natadi. Amir Temur Xorazm yurishini to‘xtatib, ortga qaytishga majbur bo‘ladi, o‘zidan ilgarirok amirzoda Jahongirni asosiy qo‘shin bilan Samarqandga - fitnachilarga qarshi yo‘llaydi. Amir Temurning katta qo‘shin bilan kelayotganidan xabar topgan fitnachilar Samarkand shahri qamalini to‘xtatib, Dashti Qipchoq tomon chekinadilar va bu yerlarning hukmdori O‘rusxondan panoh topadilar. Fitna bostirilgach, Amir Temur 1376 yilning yozida ikinchi o‘g‘li Umarshayx Mirzoni Andijon viloyatiga hokim qilib tayinlaydi. Chunki bu paytda Andijon Farg‘ona vodiysidagi asosiy shahar bo‘lib, hali to‘la bo‘ysundirilmagan Sharqiy Turkiston va Qoshg‘ar hududlarini zabt etish da Andijom viloyati asosiy plasdarm vazifasini bajarar edi. Shu sababli ham, Sohibkiron Andijon viloyati hokimligiga o‘g‘li Umarshayxni tayinlagan edi. Amirzoda Umarshayx Andijonga hokim bo‘lib kelgach, shahar va uning atrof hududlarida tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, shahar qal’asi va istehkomlarni ta’mirlash ishlarini boshlab yuboradi. Amir Temurga karshi bosh ko‘tarib, fitna barbod bo‘lganidan keyin Dashti Qipchoqqa kochib borib O‘rusxondan panoh topgan amirlar Sori Bug‘o va Odilshoxdar o‘z qo‘shini bilan Jeta ulusiga kelib, amir Qamaridsin bilan ittifok tuzadilar. Bu esa Amir Temurning Farg‘ona vodiysidagi hokimiyatiga jiddiy xavf soladi. Sori Bug‘o bilan Odilshohning maslahati bilan Qamariddin Andijon viloyatiga hujum qilib, ko‘p joylarni vayron kiladi. Buning ustiga Andijon viloyatidagi qozoq hazorasining ham Umarshayx Mirzodan yuz o‘girib, dushman tomoniga o‘tib ketishi vaziyatni yanada murakkablashtirib yuboradi. Ko‘p sonli dushman oldida ojiz qolgan Umarshayx Mirzo shaharni tashlab chiqib, Andijonning sharqidagi tog‘lik hududga chekinishga majbur bo‘ladi. Umarshayx Saman ismli bir kishini Samarqandga Amir Temur huzuriga yuborib, dushman «Andigonni zer-zabar qilgani» xabarini yetkazishga muvaffaq bo‘ladi.1 Amir Temur bu xabarni olgach, zudlik bilan Samarqanddan chiqib, Andijon tomon yo‘l oladi. Bu Sohibqironning 1376 yilda Jeta ulusiga qilgan to‘rtinchi yurishi edi. Bundan ogoh bo‘lgan Qamariddin Andijondan chekinishga majbur bo‘ladi. Lekin Amir Temur bu yurishida ham Qamariddinni to‘la mag‘lub eta olmaydi. Amirzoda Jahongirning to‘satdan vafot etishi Amir Temurning bu harbiy yurishni vaqtincha to‘xtatishiga sabab bo‘lgan edi. Movarounnahrda Mirzo Ulug‘bek hukmronlik qilgan davrda Qoshg‘ar va Sharqiy Turkiston dug‘lot amirlari tasarrufida edi. «Tarixi Rashidiy»ga ko‘ra, bu davrda Qoshgar «Mang‘lay sube» deb yuritilgan. Duglot amirlarining o‘zaro qirg‘inbarot urushlari natijasida Issiqko‘l hududlari va kisman Fargona vodiysi (asarda Andijon viloyati deb ataladi) vayron qilingan edi. Bu esa, Mirzo Ulugbek davrida (1409-1449) Movarunnahr hokimiyati markazlashmagani, uning Farg‘ona vodiysi va Sharqiy Turkiston qismida siyosiy boshboshdoklik hukm surganidan dalolat beradi. Vaysxonning o‘g‘li Esan Bug‘axon Mo‘g‘uliston taxtiga o‘tirganidan keyin, uning dushmanlaridan bo‘lgan Mir Abdukarimberdi dug‘lot «Andijon va Farg‘ona tarafda Alobuka degan yerda» kal’a quradi va teztez Andijonga hujum qilib, bu viloyatga katta zarar yetkazib turadi1. Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asarini tarjimonlari o‘z izoxdarida Sohibqiron Amir Temir 1375 yil bahori va yozida Farg‘ona vodiysining sharqidan garbigacha birinchi marta kesib o‘tganini qayd qilganlar. Sayfiddin Jalilov shunday yozgan: «Bu yerda izoh talab nuqgalardan biri - Amir Temur Samarqandga qaytishda ham Andijonda bo‘lganmi», degan savoldir. Yuqorida yozganimizdek, Sohibqiron mo‘g‘ullarga qarshi nabirasi Jahongir boshchiligida Farg‘onaga qo‘shin yuborib, o‘zi ham Andijonga kelgan edi. Bu 1375 yil boshiga to‘g‘ri keladi. Sohibqiron «Paytak» (yoki «Baytak») mavzeida 53 kun turib, qishni shu yerda o‘tkazgani ikkala «Zafarnoma»da ta’kidlangan. Bahor va yozda vodiy bo‘ylab Samarkandga qaytishda kaysi shaharlarda bo‘lgani manbalarda ko‘rsatilmagan. Ammo shu narsa aniqki, Xo‘jand hokimi, sertakalluf Odilshoh Sohibqironni Marg‘ilonga kelib kutib olgan. Shunday bo‘lgach, Amir Temur Andijonga ketgan ikki yo‘ldan biri bevosita Andijondan o‘tib, «Boburnoma»da tilga olingan Bandi Solor karvon yo‘liga chiqar edi. Amir Temur Samarqandga qaytishda qaysi shahar va qishlokdarni bosib o‘tganini aniqlash ham o‘lkashunoslikning muhim vazifalaridandir».* 2 Sohibqironning nabirasi, Movarounnahr hukmroni (Muhammad Torag‘ay) Mirzo Ulug‘bek Andijoqda 1413-1414 yillarda bo‘lgani manbalarda aks ettirilgan. Abdurazzoq Samarqandiyning ma’lumotiga karaganda, Ulug‘bekning amakivachchasi Iskandar Mirzo (Umarshayxning o‘g‘li) 1413 yilda Ulug‘bekka karshi isyon ko‘taradi. Bu ko‘zg‘olonni bostirish uchun Shohruh Mirzoning shaxsan o‘zi ko‘shin bilan boradi. Chunki Movarounnaxrning o‘zida ham vaziyat tinch emas edi. Farg‘ona hokimi Umarshayx Mirzoning yana bir o‘g‘li Ahmad Mirzo Ulug‘bekka itoatsizlik bildirgan edi. Ulug‘bek kengash bahonasida Ahmad Mirzoni Samarqandga chakiradi. Biroq u Samarkandga kelmaydi. Shundan so‘ng Ulug‘bek Mirzo Ahmad Mirzo bilan muzokara yuritish maqsadida Boyazid parvonachini Andijonga yuboradi. Muzokaradan natija chiqmaydi. Ulug‘bek Farg‘ona vodiysiga ko‘shin torib boradi. Ahmad Mirzo tog‘larga kochib ketadi, u yerdan Qashg‘arga o‘tadi. Ulug‘bek Andijon va Axsini jang bilan egallaydi. 1416 yilda esa Qashg‘ar ham Ulug‘bekka taslim bo‘ladi. 1451 yilda temuriy hukmdor Sulton Abu Said Movarounnahr taxtiga o‘tiradi. U taxtni egallashda Dashti Qipchok xoni Abulxayrxondan katga yordam oladi. 1457 yilda Xuroson hukmdori temuriy Abulqosim Bobur vafotidan keyin Abu Said Xurosonni ham egallash harakatiga tushadi. Uning Xurosonni egallash yo‘lida Sulton Xusayn Boykaro bilan zidsiyatga kirishuvi Mo‘g‘uliston xoni Esan Bug‘axonga qo‘l keladi. U fursatdan foydalanib Andijonga harbiy yurish qiladi. Bu paytda Andijonda Mirzo Ali Qo‘chak ismli amir hokim edi. Esan Bug‘axon lashkari Andijon qal’asini uch qavatli halka kilib, qamalga oladi. Mirzo Ali Ko‘chak shaharni katgiq mudofaa qilishga kirishsa-da, dushman qo‘shinlari lahim kazib, kal’a devorlarining bir qismini vayron kilganidan keyin u dushmanga taslim bo‘lishga majbur bo‘ladi. Shu tarika Esan Bug‘axon Andijonnni zabt etib, shaharni talaydi va xapqining bir kismini asir kilib Qoshg‘arga olib ketadi. «To bu zamong‘acha xon asir kilg‘on xalqning naslidin Qoshqarda va Mo‘g‘ulda bordur», deb kayd etadi tarixchi o‘z asarida. Movarounnahr hukmdori Sulton Abu Said bu vokeadan xabar topsa-da, tegishli chora ko‘rmaydi. Chunki «Esan Bug‘axonning kuvvati ul nav ediki, umarolari Sulton Said mirzoning uddasidan chiqar edi». Bu holat Abu Saidning temuriy shahzoda Husayn Boyqaro bilan olib borgan o‘zaro kurashi davomida harbiy jihatdan ancha zaiflashganini va mamlakat siyosiy jihatdan parokandalikka yuz tuta boshlaganidan darak beradi. Bu esa Farg‘ona vodiysi shahar va viloyatlariga mo‘g‘ul xonlari hujumining kuchayishiga sabab bo‘lgan. «Tarixi Rashidiy»da Abu Said Mirzoning Andijonni qachon va qanday qilib Esan Bug‘axondan qaytarib olgani yoritilmagan. Lekin boshqa tarixiy manbalardan ma’lumki, Abu Said Mirzo Farg‘ona viloyatini yana egallab, uni to‘rtinchi o‘g‘li Umarshayx Mirzoga mulk qilib beradi1. Samarqandda Sulton Ahmad (1469 1494), Farg‘onada Umarshayx Mirzo hukmronlik qilgan yillarda ham bu temuriylar o‘rtasida o‘zaro kurash davom etgan. Holbuki ular aka-uka edi. Bobur ham qayd qilib o‘tganidek, Umarshayx Mirzo Samarqand hokimiyatini ko‘lga olish uchun qayin otasi - mo‘g‘ul xoni Yunusxonning harbiy ko‘magida o‘z akasiga qarshi kurash olib borgan. Bu o‘zaro yurishlar natijasida Sayram va Toshkent viloyatlari Mo‘g‘uliston xonlari tasarrufiga o‘tib ketadi, Farg‘ona vodiysi ham doimiy xavf ostida qoladi. Chunki bu paytda mo‘g‘ul xoni Yunusxon Toshkentni o‘z poytaxtiga aylantirgan edi. «Tarixi Rashidiy»ning 56-faslida Farg‘ona hukmdori, Boburning otasi Umarshayx Mirzoning siyosiy faoliyatiga oid muhim ma’lumotlar berilgan. Umarshayx Mirzo akasi Samarqand hukmdori Sulton Ahmadga qarshi kurashda qaynotasi Yunusxondan doimo harbiy yordam olib turgan. Bu yordamlar evaziga Umarshayx Mirzo o‘z qo‘li ostidagi biror viloyatni Yunusxonga tortiq qilib turgan. Jumladan, Toshkent, Shohruhiya, Sayram va O‘sh viloyatlari o‘z vaktida Yunusxonga berilgan bo‘lib, keyinchalik Umarshayx Mirzo O‘sh viloyatini yana qaytarib olishga erishgan. Farg‘ona mulkining poytaxti Andijonda Umarshayx vafotidan so‘ng Sulton Abu Saidning ikki o‘g‘li, Umarshayxning merosxo‘rlari Bobur podshoh bilan o‘smir Jaxongir Mirzoning o‘rtasida to‘knashuvlar bo‘lib, ko‘plab g‘alaba va mag‘lub bo‘lishlar yuz bergani asarda ko‘rsatilgan. Mirzo Haydar «Tarixi Rashidiy»da yozishicha, Bobur tug‘ilganida chakalokka ism ko‘yib berishni so‘rab Umarshayx Mirzo o‘z piri Xoja Axror Valiga maxsus odam yuborgan. Ayrim xabarlarga qaraganda, ism qo‘yib berish munosabati bilan Xoja Ahror Andijonga kelgan (chaqapoqqa «Zahiriddin Muhammad» degan ismni Xoja Ahror qo‘ygani tarixdan ma’lum). Hatto Abdurahmon Jomiyning ham Andijonga Xoja Axror bilan birga tashrif buyurgani haqida ayrim ma’lumotlar bor. Bular va umuman, Farg‘ona va Andijonning XV asr oxiri va XVI asr boshidagi madaniyma’naviy muhiti maxsus tadqikot olib borish uchun alohida mavzudir. Boburning otasi Umarshayx Mirzo Farg‘ona viloyati hokimi, onasi - Qutlug‘ Nigorxonim Mo‘g‘uliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Boburning onasi o‘qimishli va oqilona bo‘lib, Boburga hokimiyatni boshqarish ishlariga faol ko‘mak bergan, harbiy yurishlarida unga hamrohlik qilgan. Umarshayx Mirzo xonadoni poytaxt Andijonning arki ichida yashar edi. Hokim yoz oylarida Sirdaryo bo‘yida, Axsida, yilning qolgan faslini Andijonda o‘tkazardi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. www.yandex.ru ma’lumotlari

  2. R.T.Shamsutdinov, A.A.Ishoqov “Andijon tarixidan lavhalar”

Toshkent-2013
Download 41.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling