KIRISH…………………………………………….3
I-BOB. QADIMGI MESOPOTAMIYA.
Qadimgi mesopatamiyaga oid manbalar ………………….4
Qadimgi Mesopotamiya aholisi………………………………..
II-BOB. MESOPOTAMIYANING QADIMIY TARIXIY MANBALARI.
Tarixnavislik. Mixxatning o’qilishi…………………………
Arxeologik ma’lumotlar. …………………….
XULOSA……………………………………….
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………….
ILOVA…………………………………………….
Kirish
Mavzuning dolzarbligi.
Shimolda Armaniston tog’laridan janubda Fors qo’ltig’igacha, sharqda Eronning tog’li viloyatlaridan g’arbda Suriya-Mesopotamiya cho’llarigacha cho’zilib ketgan hudud qadimda yunon geograflari tomonidan Mesopotamiya (Ikki daryo oaralig’i-Frot va Dajla daryolari oralig’i) deb atalgan . Cho’l va tog’lardan tashkil topgan Shimoliy Mesopotamiyada Ossuriya joylashgan edi. Qadimgi Mesopotamiya hududi hazir asosan Iroq Respublikasi hududidir. Dajla va Frot daryolari Arman tog’laridan bashlanib, fors qo’tig’iga quyiladi. Daryo suvlari minerallariga boy loyqa bilan oqib, toshqin vaqtida dalalarga toshib hosildor qatlam hosil qiladi. Ikki daryo oralig’ida hasil olish uchun yil davomida sun’iy sug’orish (melioratsiya) ishlarini amalga oshirish kerak bo’lgan. Bu yerda qadimdan odamlar kanal va dambalar qurganlar. Mesopotamiya iqlimi shimol va janubda bir xil emas edi. Shimolda quruq subtiropik zonada qishda ba’zida qor yog’adi, bahor va kuzda yomg’ir bo’ladi bo’ladi . Janubda juda issiq va quruq iqlimli. Mesopotamiyada qadimda loy va tabiiy asphalt mo’l-ko’l bo’lgan. Shimolda qo’rg’oshin, qalay, temir va tosh ham uchraydi. Mesopotamiya florasi juda kambag’al bo’lgan. Faqat shimolda tog’li hududda har xil dararxtlar uchragan. Qadimda daryo vodiysida tol daraxti, janubda qamishning turli xillari bo’lgan. Xurmo palmasi muhim rol o’ynagan. Strabinning aytishicha, qadimda xurmoning 360 xil foydali xossalari bilganlar. Uzum va mevali daraxtlar, tariq, polba, kanop, bodring, sarimsoq, baqlajon, oshqovoq, loviya va no’xat o’stirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |