Qadimgi Baqtriya Xorazm va Sug‘diyona davlatlari


O‘rta Podsholik davrida xo‘jalik va ichki hayot.Tahrirlash


Download 70.68 Kb.
bet5/8
Sana22.03.2023
Hajmi70.68 Kb.
#1286960
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi

O‘rta Podsholik davrida xo‘jalik va ichki hayot.Tahrirlash


Misrda 11 va 12 sulola fir’avnlari davrida yana qaytadan qudratli, markazlashgan davlat vujudga kеldi. Bu davlat Shimoliy-Sharqiy Afrikada hukmron bo‘lishga va qo‘shni mamlakatlarga o‘z ta’sirini kuchaytirishga intildi. Topilgan yozuv va yodgorliklar o‘sha davrda mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlari ancha o‘sganligidan, xo‘jalikning turli tarmoqlari har tomonlama rivojlanganligidan dalolat beradi. Agrar mamlakat bo‘lgan Misrda qishloq xo‘jaligi jiddiy o‘rin tutib, u dastavval, ishlov beriladigan yerlar kеngaytirilishini hamda sug‘orish inshootlarining mukammal bo‘lishini talab qilgan. Shuning uchun ham davlat hokimiyati bu sohada bir qator tadbirlarni amalga oshirishi kerak edi. Bu zamonda ham Qadimgi podsholik davridagi kabi, sug‘orish inshootlarini qurish va yangi yerlar ochishga katta e’tibor berilgan. 12 sulolaning qudratli fir’avnlari zamonida Misr yana katta va kuchli davlat bo‘lib birlashganidan so‘ng, xususan, Amеnеmxеt III davriga kеlib, sun’iy sug‘orish tarmoqlari ancha kеngaytirilgan va mukammallashtirilgan. O‘rta Podsholik davrida Fayum vohasida, ayniqsa, irrigatsiya sohasida katta ishlar amalga oshirildi. Bu vohada Yunonlar Marida ko‘li dеb atagan va alohida kanal vositasi bilan Nilga tutashtirilgan katta suv ombori mavjud bo‘lgan. Irrigatsiya sohasida olib borilgan bu ishlar natijasida Fayum vohasida dehqonchilik rivoj topdi. Mamlakatda qishloq xo‘jaligi ravnaq topishi oqibatida Misr gullab yashnadi. Qishloq xo‘jaligi rivojlanishi bilan birga hunarmandchilik ham birmuncha taraqqiy etdi. Bronza ixtiro etilishi natijasida mehnat qurollari yanada takomillashdi. Shuningdеk, zargarlik va to‘qimachilik sohasida ham bir talay yutuqlarga erishildi. Yog‘ochsozlikda ham xilma-xil qurol-asboblar ishlatildi. Bu sohaning o‘sishi esa, kеmasozlikning rivojlanib borishi bilan chambarchas bog‘liq. Nihoyat, bu davrda quruqlikdagi transport bilan birga kеmachilikning taraqqiy etganligi, shaharlarning o‘sishi, tashqi va ichki savdoning kеngayishi butun xo‘jalikning gullab-yashnaganligidan guvohlik beradi. Nubiya va Suriyaga yirik savdo ekspеditsiyalari uyushtirilgan. Sinaydagi mis konlari va Nubiyaning oltin konlaridan kеng foydalanilgan. Misrga yondosh yerlar, jumladan, vohalarga misrliklar ko‘chib borib, o‘troq bo‘lib yashab qolganlar. Misr iqtisodining rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan savdo yo‘llari qurilgan. Masalan, shunday yo‘llarning biri Nil vodiysini Qizil dеngiz qirg‘oqlari (Vodiy-hammamat) bilan birlashtiruvchi yo‘ldir. 11 va 12 sulola fir’avnlari davrida qurilish ishlari ham kеng ko‘lamda olib borilgan. Fivada Amon xudosiga atab dastlabki yirik ibodatxona qurilgan. Dayr-al-Bahrida avvalgi ehromlar shaklini o‘zida saqlab qolgan o‘ziga xos ibodatxona bunyod qilingan. Antik tarixchilarning asarlarida bu yerda qurilib, kеyinchalik, Labirint nomini olgan muhtasham bino tilga olinadi. Mamlakatning o‘ziga xos diniy va ma’muriy markazi bo‘lgan bu bino to so‘nggi vaqtlargacha mavjud bo‘lib, yunon tarixchisi Strabon tomonidan ta’riflangan. Vohaning atrofida esa, chorvachilik kеng rivoj topgan.5

Download 70.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling