Qadimgi Buyuk Ipak yo‘li
Download 158.79 Kb.
|
Qadimgi ipak yuli
- Bu sahifa navigatsiya:
- Atama tarixi
- Yoʻl tarixi
Qadimgi Buyuk Ipak yo‘li1Atama tarixi 2Yoʻl tarixi 2.1Yoʻlni oʻrganish 2.2Buyuk ipak yoʻli arablar istilosigacha 2.3Buyuk ipak yoʻli oʻlishi 3Jahondagi eʼtibor 4Oʻzbekiston Respublikasi munosabati Qadimgi Buyuk ipak yoʻli — qadimda va oʻrta asrlarda Xitoydan Oʻrta va Old Osiyogacha boʻlgan karvon yoʻli. Miloddan avvalgi 2-asrda ochilgan. Siandan Lanchjou orqali Dunxuanga olib borgan, u yerdan esa ikkiga boʻlingan. Shimoliy yoʻl Tur-fan orqali oʻtgan, keyin Pamirni kesib oʻtgach, Fargʻona va qozoq choʻllarigacha borgan. Janubiy yoʻl Lobnor koʻli yonidan Takla-Makon choʻlining janubiy sarhadlari boʻyicha Yarkend va Pamir (janubiy qismida) orqali Baktriyaga, u yerdan esa - Parfiya, Hindiston, va Yaqin Sharqga olib borgan. Old Osiyo, Oʻrta Osiyo va Xitoy xalqlarining iqtisodiy va madaniy aloqalarini rivojlantirishda katta rol oʻynagan. Atama ushbu yoʻldan tashilgan qimmatbaho tovar — Xitoy ipagi bilan bogʻliq. Buning sababi, Xitoy uzoq vaqt ipak ishlab chiqarish usulini sir saqlay olgan. Atama tarixiBuyuk ipak yoʻli atamasi qadimda ishlatilmagan. Buyuk ipak yoʻlini tarixiy, geografik va madaniy jihatlarini ilmiy oʻrganish amalda koʻplab mamlakat olimlari tomonidan 19-asrning 2-yarmidan boshlangan. Uni tadqiq etishga Gʻarbiy Yevropa, SSSR, Rossiya va Yaponiya olimlari salmoqli hissa qoʻshdilar. Xususan, Yaponiyada „Buyuk ipak yoʻli ensiklopediyasi“ nashr qilindi. 1877-yil mashhur nemis olimi Karl Rixtgofen oʻzining „Xitoy“ nomli yirik ilmiy asarida ulkan Yevroosiyo materikining turli qismlarini bogʻlovchi yoʻllar tizimini „Ipak yoʻli“ deb atagan, keyinchalik „Buyuk ipak yoʻli“ atamasi qabul qilingan. Yoʻl tarixiMiloddan avvalgi 2-asrgacha ham Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida Oʻrta Osiyo karvon yoʻllari orqali amalga oshirilgan aloqalar mavjud boʻlgan. Bunga Togʻli Oltoydagi Poziriq qoʻrgʻonidan topilgan Kichik Osiyoda tayyorlangan buyumlar, Afgʻoniston va Oʻrta Osiyodan topilgan yunon buyumlari misol boʻlishi mumkin. Iskandar Zulqarnayn (Maqduniy) (qarang Buyuk Aleksandr) saltanati tuzilishi bilan bu aloqalar toʻgʻri yoʻlga solingan. Buyuk ipak yoʻlining sharqiy qismini barpo etishda sugʻdiylar katta rol oʻynaganlar. Iskandar Zulqarnayn tomonidan Sugʻdiyona mamlakati istilo etilishi bilan koʻplab sugʻdiylar sharqqa tomon koʻchganlar va Buyuk ipak yoʻlining markaziy qismini — Oʻrta Osiyodan tortib Xitoyning Chanan shahrigacha boʻlgan oraliq masofada savdo faktoriyalari (manzilgohlari) bunyod etganlar. Download 158.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling