Qadimgi davrda qashqadaryo vohasida din otashparastlik


Download 276.5 Kb.
bet1/6
Sana14.10.2023
Hajmi276.5 Kb.
#1703769
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qashqadaryo vohasi mavzular


QADIMGI DAVRDA QASHQADARYO VOHASIDA DIN OTASHPARASTLIK
Reja: 
1.
Qashqadaryo vohasida dastlabki diniy e‘tiqodlarning vujudga kelishi.
2.
Qashqadaryoda zardushtiylik dinining keng tarqalishi.
3.
Qashqadaryoda diniy marosim, e‘tiqodlar va urf-odatlar.

Totemizm, fetishizm, Shamanizm, Zardushtiylik, Avesto,


Vishtasp, animizm, magiya, Zoroastr. Ajdodlarimiz hayotida dastlabki diniy e‘tiqodlar va marosimlar urug`chilik jamiyatida paydo bo`lgan. O`zbekiston insonlarda ilk bor diniy tasavvurlar va aqidalar paydo bo`lgan eng qadimgi o`lkalardan biri hisoblanadi. Masalan, Surxon vohasidagi (Boysuntog`) Teshiktosh
g`oridan neandertallarga mansub yosh bolaning suyak qoldiqlari va uning atrofiga terib chiqilgan tog`echkisi shoxlarining topilishi o`rta paleolitning oxirlarida dastlabki diniy tasavvurlarning paydo bo`la boshlaganini ko`rsatadi. Neolit davrining oxirlariga kelib animizm, totemizm, fetishizm va sehrgarlik (magiya) singari ibtidoiy din shakllari tarqaldi.
Tabiatning jonliligi to`g`risidagi tasavvurlar yig`indisi fanda animizm (lotincha anima, animus – ruh) deb ataladi. Animizm –jon, ruh; dunyoda ruhlar jonlar shaklidagi kuchlar degan
ibtidoiy din shakli. Ibtidoiy odam tasavvuriga ko`ra, uning atrofidaga dunyoda har narsaning (hayvonlar, o`simliklar, tabiat hodisalari va h.k.) joni, ya‘ni ruhi mavjud. Yer, olov, o`rmon, suv, tog` va uy «ruh»larining kelib chiqishi ham shundan.
Daraxtga topinish ramzi sifatida «hayot daraxti» mavzusi O`zbekiston xalq
hunarmandchiligida muhim o`rin tutadi. So`nggi jez va temir davri boshlarida inson ruhi o`lmaydi, balki narigi dunyoda yashashda davom etadi, degan tasavvur vujudga keldi. Shunga binoan mayit bilan birga turli ashyolar, oziq – ovqatlar, hatto bir necha xizmatkor – qulni
ko`mish odat tusiga kirdi. Abu Rayhon Beruniy o‗zining «Qadimgi xalqlardan o`lgan yodgorliklar» nomli mashhur asarida Xorazm xalqi orasida animizm keng tarqalganini ko`rsatadi. Tarixan dehqonchilik va chorvachilik bilan bog`liq ravishda totemizm O`zbekiston
xalqlarida bir muncha keng tarqalgan edi. Totemizm – hayvonlar va o`simliklarni e‘tiqod obyektiga aylanishi natijasida keng tarqalgan diniy tasavvurlarning yig‗indisidir.Bu tasavvurlarga ko`ra hayvonlar, o`simliklar va boshqalarning bir xillari totem (totem (hindu.) — urug`chilik tuzumining ilk davrida hayvon va o`simliklar turiga yoki jonsiz tabiat narsalariga topinish) deyilgan. Ibtidoiy xalqlarda o`z qabilalariga asos solgan deb hisoblagan hayvon yoki o`simliklarga e‘tiqod qilish, topinish; totemni o`ldirish, iste‘mol qilish ta‘qiqlangan, hayvon, o`simlik va baliq nomi bilan yuritilgan qabilalarning totem shakli solingan ramzi bo`lgan. Ayrim totemlar ham yaxshilik, ham yomonlik timsoli bo`lgan. Macalan, ilon totem jonivor sanalib, u tashqi ko`rinishidan o`q ilonga o`xshash tosh tumor O`zbekiston tarixi muzeyida saqlanmoqda. U
Farg`ona vodiysining So`x qishlog`idan topilgan va miloddan avvalgi 2 – ming yillikka oiddir. Ho`kizga esa qadimdan kuch – qudrat, mahsuldorlik timsoli sifatida qaralgan. Ba‘zi arxeologik yodgorliklardan tutqichi qo`y shaklida ishlangan idishlar topilgan. Shuningdek, O`zbekiston madaniy yodgorliklarida tuya, otga sig`inilganidan dalolat beruvchi tasvirlar
mavjud. Kuch – qudrat ramzi bo`lgan sher tasvirini ham ko`plab uchratish umkin.
Qadim – qadimda ba‘zi qushlar ham O`zbekiston hududida tabarruk hisoblangan.
Masalan, xo`roz, tovus va qirg‗ovul «quyosh» qushlari deb qaralgan va ular hosildorlik keltiradi deb ishonilgan. Shuni alohida ta‘kidlab o`tish lozimki, Turkiston xalqlari orasida musicha, qaldirg`och, ko`k qarg`a, laylak kabi qushlarga ozor berish gunoh deb hisoblanishi ham totemizmning bir ko`rinishi hisoblanadi. Ajdodlarimiz hayotida keng tarqalgan dastlabki diniy e‘tiqodlardan yana biri –
fetishizmdir. Fetishizm (portugal., fransuz.) — yasalgan, tumor, sehrli narsa; jonsiz narsalarni g`ayri tabiiy xususiyatga ega deb ishonish va ularga topinish, sajda qilish. Fetishizmning korinishlaridan biri turli xil buyumlardan yasaladigan tumor taqish odatidir. Tumorlarning shakl va korinishiga qarab etnik tafovutlarni ko‗rish mumkin. Masalan, xivalik ozbeklar uzunchoq tumorlar taqishni afzal ko‗radigan bolsa, Fargona, Samarqand, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlarida togri burchakli va uch burchakli tumorlarni taqishgan. agiya (yunon.) — sehrgarlik: odamning ozini g‗ayri tabiiy kuchlarga ta‘sir korsata
olish qobiliyatiga asoslangan ish amallari. Sehrgarlik (magiya) turlicha bolib, avolash, biror
odamni «isitish» yo «sovitish», dehqonchilik, chorvachilik sohalari, hatto ob – havoga ta‘sir korsatish kabi korinishlari ma‘lum bolgan. Kozmunchoq, tumor yordamida yomon ko`zlardan, balo – qazolardan asrashga oid sehrgarlik ham shunga kiradi. Sehrgarlikning ba‘zi shakllari hozir ham uchrab turadi: Qur‘oni karim oyatlari yozilgan tumor, duo matni tushirilgan ko`zmunchoq va h.k. Shamanizm ham ibtidoiy diniy e‘tiqod shakli sifatida mavjud bo`lgan. Shamanizm (tungus – evenk.) — taman, saman — shamanlik; evenk tilida shamanizm ruhoniy; ibtidoiy jamoa tuzumi oxirlarida vujudga kelgan dinlardan biri. Shamanizm ayrim kishilar —
shamanlarning g`ayri tabiiy qobiliyatiga ega bo‗lib, ashula aytish, raqsga tushish, childirma chalib jazavaga tushib, yovuz va sahiy ruhlar bilan bevosita munosabatda bo‗la olganlari uchun kasallarni davolash, fol ochish va boshqa qobiliyatga egaliklariga ishontirishdan iboratdir. Shamanlar go`yo ruhlarni chaqira olar, qo`ng‗iroqli childirma bilak ruhlar makoniga sayohat
qilar, ularga iltimos bilan murojaat qila olar emish. Janubiy Sibir xalqlarida shamanlarning maxsus belgilari — qo`ng`iroqli childirma, turli
buyumlar osilgan maxsus kiyimlari va o`z marosimlari bo‗lgan. Shamanizm qadimdan Afrika, Shimoliy va Sharqiy Osiyo xalqlari (xususan O`zbekistonda ham) orasida tarqalgan. Xususan, yunon tarixchisi Gerodot O`rta Osiyoda yashovchi ayrim massaget qabilalarining shamanlari
gulxan atrofida raqsga tushib, qo`shiq aytishi haqida yozgan. O`rta Osiyo homonchilik (shamanizm) halqning hayot tarzi, turmushi bilan uzviy bog`liq bo`lgan. Bizning ota –
bobolarimiz yordamchi ruhlarning borligiga qattiq ishonganlar. Faqat ishonibgina qolmay, balki amalda ular bilan ish ko`rishgan. Ajdodlarmiz ma‘naviy hayotidagi dastlabki diniy e‘tiqodlar zaminida sta – sekin butun Turon hududi bo`ylab keng tarqalgan dinlar vujudga kelgan. Zardushtiylik, buddizm, yahudiylik va xristianlik kabi dinlar ana shular jumlasidandir. Bu diniy qarashlar ajdodlarimizning tabiat va jamiyat voqea – hodisalariga munosabatlarini o‗zida aks ettirgan. Miloddan avvalgi birinchi ming yillikda Markaziy Osiyo xalqlari orasida otashparastlik
keng yoyilgan. Bundan Qashqa vohasining nufusi ham mustasno emas. Zardushtiylik vohaning quyi qismida, kushoniylar ta‘sirida bo‗lgan Naxshab va uning mulklarida amalda bo`lgan. Biroq
aytish joizki, qadim zamonlarda ajdodlarimiz nimalarga sig‗ingan, qaysi dinga e‘tiqod qilgan, bu haqda aniq ma‘lumotlar yetarli emas. Qashqadaryoning qadimiyatga taalluqli bo`lgan yodgorliklarini o`rganish, topilgan osori atiqalarning xos jihatlarini tahlil etish o`tmishda
yashagan ajdodlarimizning mafkurasi va dunyoqarashlari haqida ozmi-o`pmi tasavvur beradi. Zardushtiylik — zoroastrizm – mil. avv. VII –VI asrlarda vujudga kelgan din. So`nggi tadqiqot xulosalariga qaraganda, O‗rta Osiyo, xususan, Xorazm zardushtiylik vatani bo‗lgan.
Zardushtiylikni Baqtriya podshosi Vishtasp birinchilardan bo‗lib qabul qilgan. Bu din mil. avv. VII asrdan to milodning VII asrigacha qariyb ming yil O`rta Osiyo, Ozarbayjon va Eron
xalqlarining asosiy dini hisoblangan. Qadimgi paxlaviy tilida «Zardusht» so‗zi «Magupta» deb atalgan. Pahlaviy tilidagi yodgorliklarni arab tiliga tarjima qilgan olimlar uni «majus» shaklida
qo`llagan. Natijada o‗rta asrlardan beri «Zardusht» «majus», «zardushtiylik» esa «majusiylik» sifatida qo`llanib kelingan. «Hyp», «otash» zardushtiylikning ramzi, timsolidir. Zardushtiylikda Ahuramazda oliy xudo hisoblanganligi uchun zardushtiylik — mazdaizm yoki mazdaiylik deb
ham atalgan. Bu dinning paydo bo`lishi —Zardusht, Zaratushtra (Avesto tili bo‗yicha), Zoroastr (yun. «astron» – «yulduz»), (mil. avv. taxm. 618, Xorazm – mil.av. 554, Balx) degan
payg‗ambar nomi bilan bog‗liq. U Spitama (so‗g‗diycha Spitaman degan ism ham shundan kelibchiqqan) urug‗ining raisi Porushasp xonadonida tug‗ilgan. Onasining nomi Dug`dova. Zaratushtra nomi qadimgi Eron «Zara – ushtra» so‗zidan kelib chiqqan, «Zar» – Oltin,
«ushtra» – tuya, yoki uch xil ma‘noda – «Oltin tuyali», «Oltin tuya egasi», «Oltin tuya yetaklagan odam» deb tarjima qilinadi. Zardusht nomini Osetin olimi V.I. Abayev «Keksa tuyalar egasi», ingliz olimi Richard Fray «Tuyakash», rus eronshunos olimi I.M. D‘yakunov «Tilla rang tuya sohibi» deb tarjima qilgan. Zardusht 40 yoshga yetganda o`zigacha bo`lgan ko`p xudolilik diniy aqidalariga hamda tabiat hodisalariga qarshi chiqib, yakkaxudolikka asoslangan birinchi diniy kitob – «Avesto» («Qat‘iy qonunlar» ma‘nosini bildiradi) yaratgan. Avesto, Ovasto (parfiyoncha: apastak – matn; ko`pincha «Zend – Avesto», ya‘ni «tafsir qilingan matn» deb ataladi) — zardushtiyliknpig
mukaddas kitoblari to‗plami. Ko‗pchilik tadqiqotchilar fikriga ko‗ra, «Avesto» O‗rta Osiyoda, xususan Xorazmda mil. avv.1 ming yillikning 1 yarmida vujudga kelgan. Naxshab – Yerqo`rg`on shahrida olib borilgan qadimshunoslik tadqiqotlari bu joyda
ibodatxona majmuasini ochishga muvaffaq bo‗ldi. Ibodatxona majmuasi shaharning arkazida joylashgan va katta hajmga ega. Ibodatxonaning sharqiy qismidagi marosimlar xonasi 25x13 m o`lchamni tashkil etadi. Ibodatxona miloddan bir necha asr avval vujudga kelib, milodning V-VII asrlariga qadar yashashda davom etgan. Ibodatxona o`z tarixida besh qurilish davrini kechirgan.Uning o`rni 8m chuqurlikda kavlanganda qadimiy madaniy qatlamga yetilgan. Undan hayvonlar suyaklari va
sopol buyumlar topilgan. Bu ashyolar milodgacha bo`lgan V asrga taalluqli deb aniqlangan. Sopol idishlar ibodatxonalar uchun an‘anaviy bo‗lgan jom va xumlardan iboratdir. Naxshab ibodatxonasini mufassal o`rgangan qadimshunos olim R.H.Sulaymonovning ta‘kidlashicha, bu madaniy qatlam ibodatxonaning 1-qurilish davriga, ya‘ni miloddan avvalgi VI-V asrlarga
daxldor. Olib borilgan tekshirish ishlari ba‘zi binolarning yong`inga duchor bo`lganligini ko‗rsatadi. Bu hol shaharning tarixi bilan uzviy bog`liq bo`lgan. Naxshabliklar asrlar davomida muqaddas maskanlarini tashlab ketmaganlar, aksincha, zarurat bo`lganda uni ta‘mirlaganlar, yangi imoratlar qurganlar.
Ibodatxona uchinchi qurilish davrida tubdan qayta ta‘mirlanadi. Devorga taqalgan
tagliklarga ma‘budlarning haykallari qo`yiladi. Uchinchi ta‘mir davridan e‘tiboran otashkadada olov uzoq muddat yonganligi yaqqol bilinib turadi. To`planib qolgan kulning qalinligi qariyb 2 metrga yetadi. Naxshabliklarning topinish ramzlari ma‘dan va toshlardan yasalgan. Mehrob
tokchasining tosh terilgan qismidan oltin tipratikon, mitti sanam haykalchasi va baqa (haqiqdan qilingan) ramzlari topilgan. Otashparastlik aqidasida tipratikon muqaddas mavjudot hisoblangan. Ammo Naxshab osori atiqalari orasida oltin tipratikon bilan bir joyda baqa, ilon kabi ―Avesto‖da yomonlik olamiga mansub deb hisoblangan jonivorlar ramzlarining bo‗lishi Naxshab nufusi
dunyoqarashining, mafkuraviy tushunchalarning o`ziga xos jihatlarini, e‘tiqodda erkinlik xususiyatlarini ifoda etadi. Qadimshunoslar ibodatxona binolarining juft qilib qurilganligini yunoniylar an‘analari
ta‘siri bilan ham bog`laydilar. Yunonlar vaqtida Afina va Gerakl ibodatxonalarini yonma-yon qurganlar. Naxshabdagi ibodatxona ham shu yo`nalishning davomimi yoki shahar kengayishi
natijasida yana bir otashkadaga ehtiyoj sezilganmi, aniq bir narsa deyish qiyin. Aleksandr Makedonskiy istilyosi cho`zilib, u Naxshabda uzoq muddat bo`lgan. Harholda,So`g`dda ibodatxonalarni juft qurish an‘anasi (Naxshab va Panjikentdagi kabi) mavjud bo`lgan.
Nufusning dunyoqarashi, e‘tiqodi ularning turmush tarzida, hunarmandchiligida aks etishi tabiiy hol. Milodning IIIV asrlariga kelib, jamiyatda o`ziga xos tarixiy burilish yuz beradi, ya‘ni, mavjud tuzumdan putur keta boshlaydi. Oqibatda So`g`d va Boxtar mamlakatlari o`rtasidagi tarixiy-madaniy birlikka ham zavol yetadi. Hatto bu holni – tarixiy-madaniy
birlikning yo`qola borishi alomatini Qashqa vohasining ikki viloyatida – Yuqori va Quyi Qashqadaryoda (ya‘ni, Kesh va Naxshabda) ham kuzatishga to‗g‗ri keladi. Masalan, Jangaltepadan topilgan va milodning III-V asrlariga taalluqli deb hisoblangan sopol buyumlar
xuddi shu davrdagi Naxshab, Mudintepa, Qo`shtepa yodgorliklaridan topilgan kulolchilik buyumlaridan farq qiladi. Qadimshunoslarning qiyosan tahlil etishlari natijasida O`rta Qashqadaryo moddiy yodgorliklari Naxshabdan o`zga viloyatga, ya‘ni, Kesh madaniyatiga mansub ekanligi aniqlangan. Naxshab va Kesh viloyatlari yaqin qo`shnilar bo`lsa-da, ayni vaqtda, ular o`ziga xos alohida kulolchilik markazlari ham edi. Bu ikki hunarmandchilik maktabining tafovutlari
o`rtadagi ayirboshlash aloqasining sustligi, qolaversa, etnik xususiyatlar bilan bog`liq,deb qaraladi. Jangaltepa sopol ashyolari orasida qo`y shaklida yasalgan chirog`donlar(olov bilan bog`liq idishlar) uchramaydi. Naxshab va uning tevarak-atrofidagi qadimiyat yodgorliklaridan
baldog`i qo`y shaklli chirog`donlar nchagina topilgan. Idishlarda uy hayvonlari shaklining ifoda etilishi Qang` madaniyatiga, ko`chma hayotdan o`troq turmushga o`tgan xalq madaniyatiga
tegishli ekanligi fanda isbot etilgan. Naxshabdagi chirog`donlar dastasi esa, o`troq hayotga o`tgan yuyechjilar (kushanlar)
madaniyati nishonasi deb aniqlangan. Bu xulosaga quyidagi muqoyasa asosida kelingan:agar shimolda, ya‘ni Qang`da hayvon shaklli baldog`lar suv idishlariga o`rnashtirilgan bo`lsa, Naxshabda ular issiqqa dosh bera oladigan buyumlarni bezagan. Aftidan, bu ramzlar marosim (diniy) yo`sunli bo`lib, ibodatdagi farqlarni – Qang‗da suvni, Naxshabda olovni ifoda etgan. Jangaltepadan Qang`madaniyatiga mansub bo`lgan boshqa idishlar ham topilgan. Hayvon shakli bo`yin qismida aks etgan qozonlar, Qovunchi madaniyatiga daxldor sopol buyumlarga o`xshab ketadigan yana bir necha ashyolar topilgan. Hatto dastgoh kulolchiligi namunalari ham
Qovunchi-I madaniy qatlamini eslatadi. Qovunchi madaniyatining ilk davri milodga qadar bo`lgan I asrlar, deb qaraladi. Jangaltepa madaniyati tarixi esa milodning II asri bilan bog‗lanadi. Oradagi vaqt tafovuti katta, lekin Qang` madaniyatining So`g`od janubida tarqalishi uchun ko`p yillar kerak bo‗lgan.
Qang` davlati va uning siyosiy-madaniy ta‘siri Quyi Qashqadaryoga qadar yetganligini, ya‘ni, ma‘lum muddat Qashqa vohasi janubi ham qang`lilarga tobe bo`lganligini ayrim moddiy yodgorliklar dalolat etadi. Bunda isiriqdonlar ko`zda tutiladi. Naxshab tegarasidagi qadim manzillardan topilgan va Jangaltepadan chiqqan isiriqdonlar tuzilishi, naqshlari bilan bir-biriga
juda o`xshaydi. Naxshab isiriqdonlari baldog`i hayvon shaklli bo`lib, bu olovga sig`inishning o`ziga xos ramzidir. Naxshab kushonlar ta‘sirida, Kesh esa (Jangaltepa shu ikki madaniyatning oralig`i yoki chegarasida edi) Qang‗ tobeligida edi. Kushonlar (yuyechjilar), qang`arlar 
(turkiylar) qondosh ko`chmanchi xalqlar bo`lganlar. Ular madaniyatidagi mushtaraklik jihatlari shu bilan izohlanadi. Quyi va Yuqori Qashqadaryoda qadimiy mafkuradagi o`ziga xoslik alomatlari ayniqsa ro`zg`or ashyolarida, kundalik turmush uchun zarur asbob-idishlarda o`z aksini topgan. Turkiylarda suvga topinish, suvni ulug`lash muqaddas udum bo`lgan. Amudaryoning azaliy turkiy nomi O`kuz bo`lganki, bu eng katta suv, eng katta daryo ma‘nosini bergan. Lekin, davrlar kechishi bilan otashparastlik chuqurroq tomir yoygan. Qashqadaryoning hamma hududlarida otashkadalar (olov uylari) paydo bo`la boshlagan. Akad.V.V.Bartold islomga qadar Turkistonning diniy hayoti haqida ayrim ma‘lumotlar mavjudligini yozadi. Jumladan, u Turkistonning asosiy shahri Samarqandda otashparastlik,
moniylik, nasroniylik e‘tiqodlari X asrga qadar davom etganligini, buddiylik esa, Samarqand va bo`lak viloyatlardan islomga qadar barham topganligini ta‘kidlaydi.
Milodgacha bo`lgan va milodning I ming yilligi birinchi yarimlarida Qashqa vohasi nufusining e‘tiqodida ikki xillik (olov suv) mavjudligi dalilining o`zi ham ajdodlarimizning diniy qarashlarda erkin bo`lganligini ko`rsatadi. Buddiylik ta‘siri ham urf-odatlarda elas saqlanib keladi. Garchand, buddiylik So`g`ddan islomga qadar chiqib ketgan bo`lsa-da, u qo`shni davlat- Boxtarning asosiy mafkurasi bo`lib uzoq yashagan edi. Shuni ko`zda tutib bo`lsa kerak,
B.A.Litviksikiy ―buddiylikning Markaziy Osiyoga kirib kelishi milodning II-II asrlarida yunon- boxtarlarga nisbatan quvvatli bo`lgan kushonlar davlatida kuchayadi, degan edi. Buddiylik Surxon vohasi, Farg`ona va qadim Turkistonning bo`lak ma‘volarida bir muddat amal qilgan esa-da, uning umri uzoq bo`lmagan. Buddiylik o`rnini otashparastlik egallagan.
Ajdodlarimiz bosib o‘tgan uzoq yo‘lga bir sira nazar tashlaylik. Necha ming yillar burun Yer yuzida kishilik manzillari siyrak va tarqoq bo‘lgan. Odamzod oyog‘i tegmagan qit’alar, shuningdek, ma’volar ko‘p edi. Ibtidoiy zamon kishisi uchun ham hayot uchun kurash asosiy muammo bo‘lib, u mudom tirikchilik unsurlarini mukammallashtirishga ehtiyoj sezgan. Olimlarniig ehtimoliga ko‘ra, bundan 3530 ming yillar ilgari Odam qavmi yashash ilinjida o‘zining qo‘poldanqo‘pol tosh qurollari silliqlashga, ixchamlashtirishga ehtiyoj sezadi. Hayot tirikchilik bobida odam bolasini chiniqtira boradi.
Ibtidoiy zamonlardagiga nisbatan uchi o‘tkirlashgan, hajmi xiyol o‘ng‘ay shaklga kelgan qurolasboblar ovning baroriga yo‘l ochar edi. Markaziy Osiyoning janubiy hududlari sharoitida ovchilik tirikchilikning bosh manbai edi. Hayot kechirish tarzidagi necha ming yillarni qamrovchi o‘zgarishlar nufus ko‘payishida muhim omil bo‘lgan. Bir hududda yashovchi kishilar sonining ortib borishi ijtimoiy hayot shakliga ham tahrirlar kirita borgan. Olimlar taxminiga ko‘ra, Markaziy Osiyoda yuqori paleolittosh asrining so‘ngti davrida qabilalarga bo‘linish yuz bera boshlaydi. Bu tarixiy o‘zgarishning muhim xususiyati shundaki, ona urug‘i astasekin qabilada hukmron mavqeni egallaydi.
Turkiy xalqlarning beshigi bo‘lgan Turon Xitoy, Rim, Misr, Eron singari jahonning qadimiy madaniyat o‘choqlaridan biri hisoblanadi. Qadimshunoslar O‘zbekistonning janubiy sarhadlaridan ibtidoiy odam manzillarini topganlar. Vatanimiz janubi hali hamon o‘zining miloddan burungi davrlarga daxldor osori atiqalari bilan qadim tariximizni boyitishda benazir manba bo‘lib kelmoqda. Qashqadaryo va Surxondaryo oralig‘idagi Boysuntog‘ning jahon fanida ham mashhurlik kasb etgan Teshiktosh g‘oridan neandartal bola (89 yoshdagi) qoldig‘ining topilishi bemisl voqea bo‘lgan edi. Teshiktoshda besh madaniy qatlamga oid qurollarning topilishi bu joyning yanada qadimiyroq ekanligidan dalolat beradi. Mezolit va neolit zamonlari davomiyligi 1015 ming yil deb hisob qilinadi. Tabiiyki, o‘rta tosh davri va undan so‘ng keluvchi yangi tosh asri turli hududlarda turlicha kechgan. Mar­kaziy Osiyoda kishilik jamiyatining mazkur taraqqiyot bosqichlarida nufus birqadar ko‘paygan, ona urug‘i mavqei oshgan. Bu davrlarda tirikchilik qurollari takomil topadi, xo‘jalik yuritish, hayot kechirishning yangi usul va tarmoqlari vujudga keladi. Kulolchilik, yerga ishlov berish va chorvachilik qaror topa boshlaydi. Yangi tosh asri neolit davriga oid yodgorliklar shahodaticha, bundan taxminan 97 ming yillar muqaddam kishilik tarixida olamshumul burilish yuz beradi. Inson tabiatdan tayyor mahsulotlarni olish va iste’mol qilishdan bevosita ishlab yaratishga, turmush kechirishning ijodkorlik pog‘onasita qadam qo‘yadi. Ovchilik, meva to‘plash endi dehqonchilik va qo‘yechki, mol asrash bilan almashinadi. Bu neolit davrida vujudga kelgan eng buyuk o‘zgarishdir.
Markaziy Osiyoda dehqonchilik madaniyatining shakllanishi miloddan oldingi VI asrlarga to‘g‘ri kelishi manbalarda qayd etilgan. Bu madaniyat neolit davriga mansub Joytun qabilasi nomi bilan yuritiladi. Joytunliklar o‘troq hayot kechirib, arpa, bug‘doy yetishtirish hadisini olganlar, chorvachilik bilan shug‘ullanganlar. Turon hududida, jumladan, Buxoro va unga tutash Qashqadaryoning quyi qismi tekisliklarida kishi­lik jamoalari vujudga kelganligi ma’lum. Fanda Kaltaminor madaniyati deb nom olgan bu davr aslida boshqa joydagilardan farqli o‘laroq, ovchilik va baliqchilik turmush tarzini ifoda etadi. Ayni vaqtda Kaltaminor madaniyati uchun ham dehqonchilik, chorvachilik alomatlari xosdir.
1963-1964 yillarda quyi Zarafshon ibtidoiy madaniyati tadqiq etilgan edi. Bunda asosan sug‘orish ishlarining yo‘lga qo‘yilishini o‘rganish, shu davrga xos qadimiy yodgorliklarni izlab topish maqsad qilingan edi. Izlanishlar xududning Qashqadaryo daryosi bilan bevosita bog‘liq qadimiy jug‘rofiyasi izlarini topishga olib keldi. Qashqadaryoning Paykand oldi o‘zani qirg‘oqlari bo‘ylab neolit va jez davri kishilarining moddiy yedgorliklari namunalari aniqlandi.
Qadimshunoslar Qashqadaryoning eski o‘zani bir zamonlar Zarafshon daryosiga qo‘yilganligining guvoxi bo‘ldilar.
Kishilik hayoti suv bilan bog‘liq edi. Markaziy Osiyo, jum­ladan, O‘zbekistonning xaritasiga nazar tashlansa, o‘troq joylarning dare bo‘ylarida vujudga kelganligi manzarasi ko‘zga tashlanadi. Saxro kishisi quduqni qachon kashf etgan, buni aniq aytish mushkul. Bu jihatdan, A.S.Kesning quyidagi fikri inobatli. U, «cho‘ldagi butun tirik mavjudot suv manbalariko‘l, quduq, yoinki yomg‘ir suvlari yig‘ilgan joy tevaragida jamlanar edi. Bu yerda inson ichish uchun suvdan tashqari, ozuqa xam topar edi, chunki saxrodagi suv manbalari yonida turlituman o‘simliklar mo‘lko‘l o‘sib yotgani kabi, chanqoq bosish uchun kel­gan jonivorlarni ovlash ham qulay edi», deydi.
«Zarafshon pasttekisliklarida ibtidoiy madaniyat» kitobida Y.G‘ulomov, A.Asqarov va U.Islomovlar Markaziy Osiyoning neolit davri voqe’ligi haqida gapirib, ulkan xududda yashovchi qabilalar o‘rtasida «mustahkam madaniy aloqalar hukm surganligini» qayd etadilar. Bu aloqalar yaqin mintaqalar hunarmandchiligi, ovchilik bilan bog‘liq qurolaslahalari mutanosibligida ko‘zga tashlanadi. Qadimshunos olimlar miloddan burungi V ming yillik ostonasida Markaziy Osiyoda xo‘jalik rivoji ikki yo‘nalish bo‘ylab davom etganligini ta’kidlaydilar. Kopetdog‘ va boshqa joylarda yashovchi qabilalar (aniqrog‘i, sun’iy sug‘o­rish imkoniyati bo‘lgan yerlarda yashovchilar) ibtidoiy tarzda hayot kechirishdan dehqonchilik qilishga, dondun yetishtirishga o‘ta boradilar. Bunday qabilalar turmushi o‘nglanib, tez taraqqiy qila boshlaydi. Markaziy Osiyoning sovuq iqlimli saxro va cho‘llarida o‘rnashgan qabilalar odatdagidek ov va baliqchilik3 bilan tirikchilik qilish tarzini davom ettiradilar.
V.M.Masson fikriga ko‘ra, milodga qadar bo‘lgan VI-V ming yilliklarga kelib, Markaziy Osiyo dehqonchiligi taraqqiyotida yangi davr boshlanadi ular mis eritishni o‘zlashtiradilar. Endi odamning mehnat qurollari bir qadar takomillashadi. Shu tariqa eneolit davriga o‘tiladi. Qabila a’zolari bu davrda qo‘y va echkilar asrashdan tashqari, sigir va tuyalar boqishga ham o‘tadilar. Aholi soni sezilarli darajada oshadi.
Miloddan oldingi III ming yillikda Markaziy Osiyo janubiy hududlarida jez asbobuskunalar ishlatila boshlanadi. O‘qlarning paykoni, xanjarlar, tesha va pichoqlar, o‘roq singari ro‘zg‘or ashyolari jezdan yasaladi. Bu ancha pishiq ma’dan sifatida qadimgi davr kishisi hayotiga taraqqiyot olib kiradi.
Jez zamonasi insoniyat tarixida muhim davr sanaladi. Ishlab chiqarish kuchlari o‘sgani singari, ijtimoiy hayotda ham ijobiy siljishlar sodir bo‘ladi. Ma’dan qazib olish va undan ov va mehnat, muqofaza qurollari tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Dehqonchilikda sun’iy sug‘orish amal qila boshlaydi, Mar­kaziy Osiyoda yashovchi qabilalar astasekin ishlab chiqaruvchi xo‘jalik tusini oladi. Bu esa yirik aholi manzillarining vujudga kelishiga zamin hozirlaydi.
Jez davrida Markaziy Osiyo qabilalari sezilarli darajada moddiy va ma’naviy madaniyatga erishganlar. Qadim Turon tog‘larida ma’dan, jumladan, mis konlari anchagina bo‘lgan. Jez davrida ma’danlarni qayta ishlash o‘zlashtirilgan. Farg‘ona vohasida Navkat (ChatqolQurama tog‘lari) konidan mis olingan. Qalayi esa Zarafshon vohasida, Qarnab konlaridan qazib chiqazilgan. Qashqadaryoning quyi qismida tayyorlangan qurol va uy asboblari Yakkabog‘ tog‘laridan keltirilgan ma’danlardan tayyorlangan.
Markaziy Osiyoning jez davri kishilari hayoti silliq kechgan, deyish qiyin. Qadimshunoslik fani ana shu katta hududda milodgacha bo‘lgan II ming yillikning 2 choragida muhim o‘zgarishlar yuz berganligini qayd etadi. Qadimiy kishilik manzillari huvillab qoladi, qishloqlar tashlab ketiladi, shaharlar xarobaga aylanadi. Bu evrilishning asorati ayniqsa, kulolchilik ashyolarida chuqur iz qoldiradi. Idishlar va ularni bezashda avval odat bo‘lgan usullarda jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi.
Olimlar qadim zamonlarda kechgan bu holni tahlil etib, uni Markaziy Osiyoda yangi qabilalarning tarqalishi yoki bosqin bilan bog‘laydi. Ajdodlar bosib o‘tgan yo‘l mashaqqatli va uzoq bo‘lgan. Biroq milodgacha bo‘lgan 1 ming yillikning boshlariga kelib, Markaziy Osiyoda temir olishga erishish taraqqiyot nishonasi edi. Xitoy, masalan, temir asri bobida Markaziy Osiyodan rivojda juda orqada qolgandi.



Download 276.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling