Qadimgi gruzin va qadimgi arman kalendarlari
Download 27 Kb.
|
Kavkaz kalendarlari
Qadimgi Gruzin va qadimgi Arman kalendarlari Qadimgi gruzin kalendari qamariy yilga asoslangan edi. Qamariy yil eramizning 1 asrigacha 12 oy 30 kun (360 kun 1 yilda) dan bо`lib, keyin shamsiy yil bilan almashdi. 12 oydan keyin oddiy yilga 5 kun yoki kabisa yilga 6 kun kо`shilib, gruzin yilining davomiyligi Yulian yiliga muvofiq kelgan. Yil avgustdan boshlangan, oylar gruzincha nomga ega bо`lgan. Oylar Rimcha nomlanishi VII-VIII asrlarda Gruziyada ham tarqala boshladi. Qadimgi Gruziyada sanalar hisobining turli xili uchraydi. “Dunyoning paydo bо`lishi” erasi bilan bog`liq bо`lgan yil hisobi kо`p qо`llanilgan. “Xristosning tugilishi” bilan boshlangan bizning erani 1 yili “Dunyoning paydo bо`lishi” dan gruzin erasining 5605 yiliga tо`gri keladi. Ikki era о`rtasidagi farq 5604 yilni Tashkil etadi. Bu sanoq yilni aniqlashda matematik kulayligi bо`yicha qabul qilingan. Masalan, Gruzin erasigacha “Dunyoning paydo bо`lishi” dagi 6762 yil eramizning 1158 yiliga tо`gri keladi: 6762 – 5604 = 1158 Qadimda armanlar vaqtni misrliklardek hisoblaganlar. Qadimgi armanlarda yil 12 oy 30 kundan iborat bо`lgan. Yil 365 kunni tashkil etgan. Bu kalendar Armanistonga Eron orqali о`tgan. Qadimgi arman kalendarida oylar quyidagicha nomlangan: Qavcard, gor, saxm, tre, kxalak, arats, menan, aper, axenan, marori, magatu, xrotitix. Yil navasarddan boshlangan. Arman yili hisobida adashilgan, har 4 yil davomida yil 1 sutkaga oldin ketgan. Bir yil 365 sutka emas, balki 365,5 soat 48 minut 46 sekund. Shuning uchun yangi yil har tо`rt yilda 1 sutka oldin kirgan. 1460 yilda arman kalendari Yulian yilidan oldin yoki 1461 yil arman yili, 1460 yil yulian yili bilan tenglashgan. 1460 yildan keyin arman yangi yili yana yulian kalendarining bir kuniga tо`gri kelgan. Qadimgi Armanistonda era bо`yicha yil hisobi eramizning 552 yili 11 yildan boshlangan. Bu era keng tarqalib kundalik hayotda, toshlarga yozishda, xujjatlarni yuritishda kо`llangan. Armanistonda IV asr boshlarida xristianlik davlat dini sifatida amal qildi. VII-XI asrlarda Yulian kalendariga о`tishga urinishlar bо`ldi. Oldingi adashilgan kalendar xristian cherkovi uchun noqulayliklarni keltirib chiqardi. Bu urinishlar muvofakiyatsiz chiqdi. Faqatgina XVIII asrda armanlar Xristosning tugilish erasi va Yulian kalendariga о`tishdi. Download 27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling