Qadimgi kichik Osiyo Bajardi: Mamashukurova Eʼzoza
Download 0.67 Mb.
|
Qadimgi kichik Osiyo
Poytaxti Sard bo`lgan Lidiya podsholigi taxminlarga ko`ra eramizdan avvalgi XII asrda Anatoliyaga (hozirgi Turkiya hududi) egey-bolqon bosqinlaridan keyin xett kolonistlari, mahalliy liviya qabilasi bo`lgan meonlar tomonidan tashkil etilgan. Eramizdan avvalgi VIII asrda Lidiya Frigiyaga bo`ysunadi. Eramizdan avvalgi 685-yillar atrofida taxtni podsho navkari Gig (Gug ), egallab olib yangi Mermnad sulolasiga asos soldi. Bu sulola davrida Lidiya buyuk davlat mavqeini oldi. 675-yildan Lidiya mustaqil bo`ldi.
Kichik Osiyo yarim oroli - Osiyoning gʻarbiy qismidagi yarim orol. Qora, Marmar, Egey va Oʻrta dengizlar hamda ularni birlashtirib turgan boʻgʻozlar bilan chegaralangan. Maydoni 506 ming km². Oʻz. 1000 km dan koʻproq, kengligi 400–600 km. Yarim orolning dengiz boʻyidagi kambar pasttekislikdan tashqari hamma qismi togʻlik. Shim. va janubiy qirgʻoqlari tekis, gʻarbiy qirgʻogʻi notekis, orol koʻp. Yarim orolning katta qismi Kichik Osiyo togʻligidan iborat. K.Kichik Osiyo yarim orolio.ning markaziy qismida chala choʻl landshaftli Anadolu yassitogʻligi joylashgan. Eng baland joyi — soʻngan Erjiyos vulkani (3916 m). Yarim orolning shimoliy va gʻarbiy qismida zilzilalar boʻlib turadi. Karst relyef shakllari keng tarqalgan. Iqlimi subtropik oʻrta dengiz iqlimi, sharqqa tomon qurgʻoqlashib boradi. Yillik yogʻin chekka qismidagi togʻlarda 1000–3000 mm, ichki rayonlarda 200–500 mm. Daryolari kamsuv, qishda toʻlibroq oqadi. Oqmas koʻl va shoʻrxok koʻp. Chala choʻl va dasht oʻsimliklari oʻsadi, oʻrmonlar uchraydi. K.Kichik Osiyo yarim orolida Turkiya hududining katta qismi joylashgan.
Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling