Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari ma`naviyatining shakllanish jarayonlari. Reja: 1


Download 98 Kb.
bet1/2
Sana24.12.2022
Hajmi98 Kb.
#1063972
  1   2
Bog'liq
Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari ma`naviyatining shakllanish jarayonlari


Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari ma`naviyatining shakllanish jarayonlari.
Reja:


1. Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari ma`naviyatining shakllanish jarayonlari
2. Islom dinida ma`naviyat va shaxs ma`naviy qiyofasining talqini
3. O`rta Osiyo falsafiy tafakkurida ma`naviyat va ma`rifat masalalari
Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari ma`naviyatining shakllanish jarayonlari.
Markaziy Osiyo xalqlari milliy ma`naviyati takomil bosqichlari bu o`lka xalqlari madaniy taraqqiyot jarayoni bilan bevosita bog`liq. Xalqimiz madaniy taraqqiyoti o`ta murakkab tarixiy hodisalar majmuini tashkil etib, o`z ichiga bir necha ming yilliklarni qamrab oladi. Ana shu murakkab va ko`p ming yillik ma`naviy takomilimiz jarayonidan asosiy bo`g`inlarni ajratib olishimiz lozim. Busiz milliy ma`naviyatimiz rivojlanishi bosqichlari haqida fikr yuritib bo`lmaydi. Ko`pgina tadqiqotchilarning, shu jumladan M. Imomnazarovning bu boradagi fikrini qo`llab unga qo`shilib milliy ma`naviyatimizning necha ming yillik tarixini uch yirik davrga (balkim to`rt davrga) ajratib ko`zdan kechirishni ko`p jihatdan maqbo`l bildik:
1. Islomgacha milliy ma`naviyatimiz taraqqiyoti.
2. Islom mintaqa madaniyati takomilida milliy ma`naviyatimizning o`rni va mavqei.
3. Yangi davr jaxon madaniyati va milliy ma`naviyatimiz takomili masalalari.
Bu davrlar o`z ichiga olgan tarixiy davrlar muddatiga ko`ra aslo teng emas. Birinchi davr bir necha ming yillarni qamrab olsa, ikkinchi davr 11-12 asrni (1000-1200 yilni) o`z ichiga oladi. Uchinchi davr esa bizning o`lkamiz-Turkiston uchun deyarli 100-150 yilni tashkil etadi.
Islomgacha bo`lgan milliy ma`naviyatimiz va uning takomillashishi haqidagi eng muhim manbalar guruhini to`rtga bo`lish mumkin. 1. Zardushtiylikning “Avesto” kitobi va turkiy bitiklar (yozuvlar). 2. Qadimgi Shumer, Bobil, Ashshur, qadimgi Misr, Yunon, Hind, Xitoy manbalari va Eron shahanshohlaridan qolgan turli inshootlar.3.Arxeologik yodgorliklar 4. Xalq og`zaki va yozma adabiyot namunalari, urf-odat va marosimlar, o`yinlar, bayramla va boshqalar.
Bizning eng qadimiy ajdodlarimiz ma`naviyat va ma`rifati haqidagi ma`lumotlar asrlardan asrlarga o`tib hozirgacha saqlanib kelayotir. O`rta Osiyo xalqlarining qadimiy mif, afsonalari turli mavzularda bo`lgan. Chunonchi kosmogonik miflar, hayvonlar va qushlar xaqidagi miflar, xudolar va afsonaviy qaxramonlar haqidagi miflar bo`lib, ularda yaxshilik, baxt-saodat, quyosh nuri va issiqlik, yomonlik, baxtsizlik zulmat va daxshatli sovuqqa qarama-qarshi qo`yilgan. Shu asosda baxt o`lkasi va baxtsizlik o`lkasi degan miflar yuzaga kelgan. Yaxshilik va yomonlik kuchlari o`rtasidagi kurash mifalogik obrazlar Mitra, Anaxita, Kayumars, Yima (Jamshid), Elikbek va boshqalar obrazida mujassamlashtirilgan. Bo`lar haqidagi miflar biz keyingi masalada ko`rib o`tadigan zardushtiylikning “Avesto” kitobiga ham kirgan.
Mitra- Quyosh xudosi. U kishilarga nur, issiqlik, baxt-saodat baxsh etadi. Shu bilan birga u yaxshi qurollangan bo`lib, dushmanlarga qarshi daxshat soladi, kishilarni ofatdan qutqaradi. Mitra bitmas-tuganmas kuchga ega bo`lgan pahlavon sifatida tasvirlanadi. U dushmanga qarshi shafqatsizlik bilan jang qiladi va uni maxv etadi. Mitra-o`tda kuymas, suvda cho`kmas, o`q o`tmas qaxramon. Qadim O`rta Osiyo aholisi yaratgan og`zaki adabiyot va yodgoliklar orasida qaxramonlik eposi katta va muhim o`rin tutadi. Ularda xalqimizning chet el bos qinchilariga qarshi vatanparvarlik kurashi asosiy o`rinni egallagan. Chunonchi To`maris, Shiroq, Zarina, Rustam, Siyovush, haqidagi xalq og`zaki eposlarida vatanparvar va fidokor bahodirlarning monumental obrazlari yaratilgan. “To`maris” eposida O`rta Osiyo aholisining chet el bosqinchilariga, xususan eramizdan avvalgi VI asrda bu o`lkaga bostirib kirgan Eron ahmoniylari shohi Kirga qarshi massaget qabilalarining qaxramonona kurashi aks etgan. Kir qo`shini tor-mor etilib, uning o`zi e.a. 529 yilda jang maydonida o`ltiriladi, kallasi tanasidan judo etilib, qon bilan to`ldirilgan meshga solinadi. “Shiroq” eposi ham O`rta Osiyo xalqlarining chet el bosqinchilariga qarshi qaxramonona kurashini aks ettiradi. Vatanparvarlik va jasorat, vatani va o`z xalqi baxti-saodati yo`lida fidoiylik qilishga shay, tayyor turish kabi yuksak ma`naviylik Sak qabilasining cho`poni Shiroq timsolida gavdalangan. Qadimiy turkiy tilda yaratilgan yozma yodgorliklardan bizgacha O`rxun-Yenisey va uyg`ur tilidagi yodgorliklar saqlanib qolgan. O`rxun-Yenisey yodgorliklari V-VIII asrlarga mansub bo`lib, ulardan kul-tagin, bilka-qoon, tunyukuk qabr toshlariga o`yib yozilgan tezislar ayniqsa ahamiyatlidir.
Markaziy Osiyoda ma`naviyat bilan birga ma`rifat ham rivojlangan. Ma`rifat rivojining isboti sifatida bu o`lka xalqlarning yozuvini kursatish mumkin. Eramizdan avvalgi birinchi ming yillik o`rtalarida oromiy, grek yozuvlari, forsiy mixxat mavjud bo`lgan. Qadim O`rta Osiyoda astronomiya, geometriya, geodeziya, matematika, fizika, meditsina fanlari rivoj topgan. Bizga qadar saqlanib qolgan so`g`d kalendari va Beruniy asarlaridagi ma`lumotlar bu o`lkada, ayniqsa astronomiya fani rivojlanganidan darak beradi. O`rta Osiyo xalqlari juda qadim zamonlar dayoq sug`orish inshootlari qurganlar, kanallar ochganlar, chig`ir va koris usuli bilan suvsiz yerlarga suv chiqarganlar. Albatta bo`lar kishilardan ma`lum tajriba va bilimni talab etgan.
Bizgacha yetib kelgan ma`lumotlarga asoslanib, Markaziy Osiyo qadimiy madaniyati, ma`naviyat va ma`rifat o`choqlaridan biri bo`lgan degan xulosa chikara olamiz.
2. Islom dinida ma`naviyat va shaxs ma`naviy qiyofasining talqini.
Islom dini (arabcha "aslama") - xudoga o`zini topshirish, itoat, bo`ysunish shundan "muslim" - bo`ysinuvchi, (itoatkor) - dunyoda eng keng tarqalgan uch dinning, ya`ni jaxon dinlarining (buddaviylik, xristianlik va islom) biri. Yer yuzidagi 6 milliardga yaqin aholidan deyarli bir yarim milliarddan ortiqrog`i unga e`tiqod qiladi. Islom dinining ilk va asosiy targ`ibotchisi Muhammaddir(s.a.v) (570, Makka - 632, Madina). O`z targ`ibotini u 609-610 yillarda Makkada boshlagan va qarshilikka uchragan, 622 yilda Madinaga ko`chgan. Arab tilida "Ko`chish", "xijrat" deyiladi va shundan xijriy yil hisobi boshlanadi. Islom dini, avval boshidanoq, insonni o`qib-o`rganishga, ilm vositasi bilan dunyoni anglab yetishga da`vat qiladi. Qur`onda "ilm" so`zidan chiqqan "alima" (bilmoq) so`zi 750 marotaba uchraydi.
Islom dini kibrni qoralaydi, qabilachilik xurofotlariga keskin qarshi chiqadi, irqiy birodarlik o`rniga insoniy birodarlik jamoasi-"umma" tushunchasini kiritadi. Bu narsa insoniyatning ma`naviy takomilida muhim burilish nuqtasi bo`ldi. Ilohiyotda islom dini uch elementdan iborat-iymon, islom va ehsondan iborat deb etirof etilgan Iymon talablari 7ta aqidani -Allohga, farishtalarga, muqaddas kitoblarga, payg`ambarlarga, oxirat kuniga, taqdirning ilohiyligiga va o`lgandan keyin tirilishiga ishonish talablarini o`z ichiga oladi. Islom talablariga, yani din asoslari-arkon ad-din deb nom olgan 5 ta amaliy marosimchilik talablari-kalima keltirish-namoz o`qish-ro`za tutish zakot berish va imkoniyat topilsa xaj qilish talablari kiradi.
Islom kishilar ongi va turmushiga tasir etishi, ular hayotidan mustahkam o`rin olishini taminlovchi diniy marosimchilik-ro`za hayiti, qurbonlik va qurbon hayiti, mavlid, sho`ro va boshqalar shakllangan. Bundan tashqari mahaliy xalqlarga islomgacha mavjud bo`lgan urf -odat jumladan kinna soldirish, fol ochirish, dam soldirish, muqaddas joylarga avliyolarga sig`inish kabi odatlar ham islom marosimligiga moslanib ketgan. Islomda axloqiy-huquqiy qonun qoidalar majmui shariat 11-12 asrlarda tugal shakllangan. Shariat qonun qoidalari Kuron va Sunna asosida ishlab chiqilgan. Unda musulmonlarning ijtimoiy- iqtisodiy, diniy huquqiy va axloqiy hayotini tartibga solib turuvchi qonun qoidalar belgilab berilgan. Bunday tartib qoidalar juda ko`p kitoblarda tartib bilan jamlangan.
Qur`oni karim, hadislar va shariat ko`rsatmalari inson ma`naviy-ma`rifiy kamoglatining asosi bo`lgan axloq-odob tarbiyasining barcha qirralarini o`z ichiga olgan. Sirasini aytganda, hadislar ma`naviy-axloqiy tarbiyaga oid bo`lgan fikrlarning mukammal to`plamidir. Qur`oni karim, hadislarni, shariat ko`rsatmalarini o`rganar ekanmiz, ularda axloqiy kamolat, hallolik va poklik, iymon va vijdon bilan bog`liq bo`lgan birorta ham masala e`tibordan chetda qolmaganini ko`ramiz. Ayniqsa, islom harom va halol masalasiga musulmonlar e`tiborini qaratadi. Shariatda Alloh tomonidan qilinishga ruhsat etilgan amallar, ishlar halol deyiladi. Harom esa aksincha, qilinishiga ruhsat etilmagan ishlar va amallardir.Odatda, xalqimiz halol va haromni yeyiladigan va ichiladigan narsalarga ishlatib kelgan. Shariatda ijozat etilgan hamma narsalar, ishlar va amallar esa haromdir. Alloh harom etilgan ishlarni qiluvchilarga bu dunyoda yoki qiyomat kunida jazosini albatta berishi aytiladi.
Mustaqil O`zbekistonda o`zining ichki va tashqi siyosatida islom dini qobig`ida ifoda etilgan umuminsoniy qadriyatlarga jiddiy o`rin ajratadi; islom dini xalqimizning moddiy va ma`naviy hayotining shakllanishida, yurtimizning jaxon madaniyatining yirik maskaniga aylanishida muhim ahamiyat kasb etgani ta`kidlanmoqda.
Abo`lg`ozi Bahodirxonning "Shajarayi turk" asarida yozilishicha, xazrati Nuh ikki yuz ellik yoshga yetganda xudoi taolo uni payg`ambar qilib yuboradi. Nuh alayhisalom yetti yuz yil xalqni musulmonlikka da`vat qiladi. Faqat sakson kishi iymon keltiradi. Bundan achchiqlangan Nuhalayhissalom iymon keltirmaganlarni duoband qiladi. Jabroilga deydiki:"Xudoi taolo sening duoingni qabo`l qildi. Yer yuzidagi xalqni suvga g`arq qilmoqchi bo`ldi. Kema yasasin deb amr qildi".
Jabroil alayhissalom Nuh alayhissalomga kemani qanday yasashni o`rgatadi. Nuh alayhissalom iymon keltirib, musulmon bo`lgan kishilar bilan kema yasaydi. Shundan keyin yerdan suv chiqadi, osmondan yomg`ir yog`adi-to`fon bo`ladi. Nuh alayhissalom qushlar va xayvonlarning har xilidan bir juftdan olib iymon keltirgan kishilar bilan kemaga minadi. Yer yuzidagi barcha tirik jonzot suvga g`arq bo`ladi. Olti oy o`n kun deganda xudoi taoloning amri bilan to`fon qaytadi. Kemadagilar salomat qolib judi degan tog`da kemadan quruqlikka o`tadilar. Shu yerda ular bemor bo`ladilar, Nuh payg`ambarning uch o`g`lu, uch kelini tuzaladi, boshqalar vafot etadi. Shundan keyin Nuh payg`ambar o`g`illariga:"Odam farzandlaridan faqat uchalangiz qoldingiz. Endi uchalangiz uch yurtda turing", deb ularni uch tomonga yuboradi. Yofas alahissalom otasining amri bilan judi tog`idan jo`nab ketib, Itil va Yoyiq daryolarning yoqasini makon tutadi. Shu yerda yana 250 yil yashaydi. Avlodi ko`payadi. Vafoti oldida to`ng`ich o`g`li gurkni qoldirib boshqa o`g`illariga shunday vasiyat kiladi. "Gurkni o`zlaringga podshoh bilinglar, so`zidan chiqmanglar". O`g`illar ota vasiyatiga sodiq bo`lib qoladi, Gurkni podshoh qiladilar. Gurk odobli aqlli kishi edi. Ota me`ros mamlakatni kezib chiqadi. Issiqko`l bo`ylarini hushlab qolib, shu yerda yashaydi. Xirgoh uyni, ya`ni chodir o`tovni to`qishni ixtiro qiladi.
Nuh alayhissalom zamonidan to Alanchaxon zamonigacha bo`lgan davr turk elining birinchi musulmonlik davri edi. Turk eli ikkinchi marta O`g`uzxon zamonida musulmonlikka qaytdi. O`g`uzxon Alanchahonning evarasi edi. Bobosi Mug`ulxon otasi Noraxon musulmon emasdilar.
O`g`uzxon tug`ilgach, uch kechayu kundo`zonasini emmaydi. Har qancha onasining tushiga kirib: "Ey ona musulmon bo`ling. Agar bo`lmasangiz, o`lsam o`lamanki, sizni emmayman", derdi. Onasi o`g`lining ra`yiga qarab, tangrining birligiga iymon keltiradi. Shundan keyin O`g`izxon onasini emadi. Onasi ko`rgan tushini va musulmon bo`lganini birovga aytmaydi. Chunki, Qoraxon zamonida musulmonchilik va musulmonlar qattiq ta`qib etilardi. Bu davrlarda chaqaloq bir yoshga to`lmaguncha ism qo`yilmas edi. O`g`uzxon bir yoshga to`lganda otasi Qoraxon yurtga to`y berib, beklariga shunday deydi: "O`g`limiz bir yoshga yetdi. Endi unga ne ot qo`yarsizlar?" Beklar javob bermasdan, bir yashar O`g`uzxon tilga kirib, bunday deydi: "Mening otim O`g`o`zturur". To`yga kelgan barcha katta kichik yoshu qari bundan tang qoladilar. O`g`uzxon o`zi tarbiya qilib, voyaga yetkazgan Qipchoqqa ko`p el va navkarlar berib, mojor, boshqird ellarni itoatda ushlashini buyurib, Don, Getil va Yoyiq daryolari xavzalarini yurt qilib belgilab, uni o`sha yoqqa yo`llaydi. Bu joylarning Dashti Qipchoq deyilishining boisi ham shundadir.
Yer yuzini Nuh alayhissalom avlodi va aholisi tomonidan egallashi bilan, ularning zurriyodi hamda xeshlarining har biri o`rtasida ibratli tartiblar, e`tiborga loyiq qoidalar ko`rina boshlaydi.
Tangri taolo ular dilini ilhom bilan boyitadi, toki ular mamlakatni boshqarish bo`yicha rasm-rusumlar bunyod etdilar.
Ma`lumki, islom dinining mohiyati va qudrati ham shundaki, bu ta`limotni qurol kuchi bilan emas, mantiq, isbot kuchi bilan, namuna ko`rsatish yo`li bilan targ`ib va tashviq etiladi. Aytish mumkinki, Qur`oni Karim Muhammad alayhissalomga nozil qilina boshlagan milodi 610 yillardayok turonliklarning aksariyat qismi islom dinini qabo`l qilishiga ruhan va qalban tayyor edilar. Albatta islom dinini qabo`l qilishga ular hozir emasdilar.
Islom shunday ilohiy va qudratli dinki, u ixtiyoriy qabo`l qilinadi, uni qurol ishlatib, majburan qabo`l qildirishga xojat ham yo`q. Ana shu borada, tarixiy ma`lumotlarning guvohlik berishicha Amir Qutayba, Ibn Muslim tezlik qilib qo`ygan holatlar ham bo`lgan. Samarqandda musulmonlar bilan otashparastlar o`rtasida qon to`qilgan. Shuni alohida ta`kidlab o`tish zarurki, Amir Qutayba askarlarni o`tparastlik ta`limotini targ`ib qiluvchi kitoblarni, yoqishgan. Abu Rayhon Beruniy "Osorul al-boqiya" larida xuddi shu holatni eslatib o`tgan.
Qadimda yunon, rumo va boshqa qavmlarda ko`p xudolilik mavjud bo`lgani holda turklarda tangri birligi ishonchi vujudga kelgan. Shu bilan birga tangri ko`p deb hisoblashgan. Aslida ya`ni islom ta`limotiga ko`ra, Alloh makonga xojati yo`q eng buyuk zotdir.
Demak, Markaziy Osiyo xalqlarida ilm-ma`rifat va madaniyatning rivojlanishida islomning ijobiy rol o`ynaganini e`tirof etishimiz lozim. Markaziy Osiyoda islomning dastlabki elatlar hayotiga kirib kelgan davridan boshlab tashkil etilgan maktab, madrasa va diniy dorilfununlar diniy maqsadda tuzilgan bo`lishiga qaramay savod va bilimga yo`l ochgan. O`rta asrlarda shakllanib ijod etgan savodli kishi olim, shoir, ma`rifatparvar, mutafakkirlarning hayoti va faoliyatida islomning ijobiy roli bor desak xato qilmaymiz".
Islomda muqaddaslashtirilgan kunlardan biri juma kunidir. Islom keng tarqalgan mamlakatlarda juma dam olish kuni deb e`lon kilingan. Shu kuni taqvodor musulmonlar o`z kunlarini toat-ibodat bilan o`kazadilar. Uning muqaddaslashtirilishi sababini ruhoniylarga kuyidagicha izohlaydilar. Alloh olamni yaratishni juma kuni boshlagan. Muhammad(s.a.v) ham Ali ham juma kuni tug`ilganlar. Muhammad (s.a.v) 622 yilda Makkadan Madinaga juma kuni hijrat qilgan.
3.O`rta Osiyo falsafiy tafakkurida ma`naviyat va ma`rifat masalalari.
Sharq xalqlari tafakkurini asrlar davomida nurafshon etib, ma`naviyatimiz va ma`rifatimizga chuqur ta`sir o`tkazgan tasavvuf (so`fizm) ta`limoti VIII asr o`rtalarida paydo bo`lgan. Dastlab u zohidilik (tarkidunyochilik) harakati ko`rinishida bo`lib Bog`dod, Basra, Ko`fa, Damashq shaharlarida keng yoyilgan.
Asli tasavvuf so`zi “So`fiy” so`zidan “So`fiy” so`zi esa arabcha “so`f” so`zidan yasalgan. Dastlabki davrlarda so`fiylik yo`lini tutgan. kishilar, boshqa oddiy kishilardan ajralib turishi uchun jundan tiqilgan chakmon yoki po`stin kiyib yurishini odat qilganlar. Shuning uchun ularni jun chakmon kiyib yuruvchilar ya`ni so`fiylar deb ataganlar. So`fiy boshqa odamlardan o`zini pok g`aribona turmush kechirishi, doimiy toat ibodatda bo`lishi va faqat ilohiy ruhga qo`shilishini maqsad qilib qo`yishi bilan tubdan farq qiladi. So`fiy uchun na dunyodan na oxiratdan ta`ma bo`lmasligi kerak. Yagona istak bu Allohning diydoriga yetishdan iborat.
Tasavvuf-so`fiylik insonni o`rganar ekan, avvalo, kishining ko`ngliga, diliga tayanadi, ko`ngilni, qalbni tarbiyalashga ko`ngil kishisini voyaga yetkazishga intiladi, chunki, Alloh faqat kishining pokiza qalbidagina jilva qiladi. Tasavvufda insondagi jamiki xudbinliklar, illatlar, razolat dunyosiga hirs qo`yish jism ehtiyoji va nafs ta`masidan keliib chiqadi, deb o`rgatiladi. Komil inson bo`lish uchun avvalo, jism va nafs ehtiyoji va ta`masini yengish kerak. Dunyoga, boylikka mehr qo`yish kishini nafsiga qul qilib qo`yadi. Darvesh, so`fiy nafsni rad etadi. Nafs barcha falokatlar sababchisi,insonni tubanlashtiruvchi narsa. Insonni falokat botqog`idan,tubanlik jaridan qutqarib, uni poklashning birdan-bir yo`li nafsning ehtiyojini yengishdir. Buning uchun dunyo muhabbatidan voz kechish va Alloh muhabbatiga ko`ngil bog`lash darkor. So`fiylikda buni dunyo mohiyatini va o`zligini, insoniylikni anglash yo`li deb qaralgan. O`zligini anglagan kishi esa dunyo va uning boyliklari o`tkinchi ekanligini anglaydi. Xoja Bahouddin aytadilar: «O`z nafsining yomonligini tanish o`zligini tanishdir».
Demak, tasavvuf ilmi –inson xaqidagi ilmdir. U inson qalbiga sayqal berish ilmi. Biz bu ilmdan 70 yil dovomida behabar edik. Inchunun, biz necha zamonlar insondan behabar qoldik va ne zamonlar qalbimizdan fayz ketdi. O`tmishdagi Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Baxouddin Naqshbandiylar yurtimiz va xalqimizning fayzi kamoli edilar.Istiqlol tufayli shu nur,shu fayz bizga qaytdi.
Shuni iftihor bilan qayd etishimiz lozimki tasavvuf ta`limoti taraqqiyotida Turkiston farzandlarining beqiyos o`rni bo`lgan. Xoja Xakim at-Termiziy, Shayx Abu Mansur al-Maturudiy as-Samarqandiy, Xoja Abduholiq g`ijduvoniy, Xoja Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg`oniy, Shayx Najmiddin Kubro, Xoja Ali Romitaniy, Abu Ali al-Farmadiy, Yusuf Hamadoniy, Bahouddin Naqshband kabi siymolar iloxiy ma`rifat yo`lining rahnomalari bo`ldilar.Ular yaratgan ta`limot va ilgari surgan ma`naviy –axloqiy g`oyalar hozirgi kunda ham o`z ahamiyatini yo`qotgan emas. Chunonchi, Ahmad Yassaviy xikmatlarida ilgari surilgan axloqiy pand-nasixatlardan molparastlikni fosh etish, kishilarning insofli diyonatli, iymonli bo`lishga chaqirishda foydalanish o`rinli. Yassaviy inson hayotidagi katta kurash-nafsni taslim etishga xizmat qiladigan kurash deb hisoblagan. Nafsga mag`lub shoh-qul, nafsdan ustunlikka erishgan g`arib-shohdir, deb aytadi. Nafs inson uchun katta yovdir. Shu yovning boshini yanchgan, uni yenggan, nafsga taslim bo`lmagan kishining gururi va insoniy qadr-qimmatini hech kim paymol qila olmaydi, deb bilgan.
Mavorounnahr tasavvuf ta`limotida xoja Bahovuddin Naqshbandning o`rni alohida ahamiyatga ega ekanligini qayd etishimiz lozim. Naqshbandiya ta`limoti xayratlanarli darajada ijtimoiy-iqtisodiy, ma`naviy-ma`rifiy ma`no, mohiyatga hayotiy mazmunga ega.
Naqshbandiya ma`naviy- axloqiy ta`limotida hurfikrlilikka keng o`rin berilgan. Bu sulukdagilar mehnat qilish ilm olish o`z mehnat evaziga halol yashash, noz ne`matlarni ko`pchilik bilan baham ko`rish faqirona hayot kechirish, hammaga yaxshilikni ravo ko`rishni afzal bilganlar.
Tasavvuf tariqatlari xaqida so`zlaganda Najmiddin Kubro asos solgan kubroviya xaqida ham to`xtab o`tishni maslaxat berami. Biz Najmiddin Kubro siymosida faqat tariqat boshchisini emas, balki o`z vatanini, xalqini dildan sevgan insonni ham ko`ramiz. 1221 yilda bosqinchi mo`g`il galalari qadami Xorazmga yetib boradi
Tasavvuf taxminan uch asosiy oqimga bo`linadi:
1. To`liq yoki ekstazdagi so`fiylar oqimi Mansur halloj, Farididdun Attor, Jaloliddin Rumiylar bu oqimning yirik vakillarining fikrlariga, birgina borlik, Voxid boshlang`ich yagona xaqiqat, birgina mohiyat borki, u ham bo`lsa hak, ya`ni xudodir.
2. Eklektik oqim. Imom G`azzoliy, xo`ja Ahmad Yassaviy, bu oqimning ko`zga ko`ringan namoyondalari hisoblanadilar. Bo`lar tasavvufni xudo bilan kelishtirishga, birlashtirishga uringanlar.
3. Naqshbandiya oqimi. Bu asl mohiyatiga kura, asketizmga, ya`ni tarkidunyochilikka zid bo`lgan oqimdir. Markaziy Osiyo yaqin va o`rta Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan, o`z davriga nisbatan ilg`or oqim bo`lmish Naqshband (1318-1389) nomi bilan bog`liqdir. Bahovuddin 1318 yilda Buxoro yaqinidagi Kasri Xinduyon qishlog`ida tug`iladi.
So`ngra xazrati Naqshband sharofati bilan bu qishloq "Kasri Orifon" nomini olgan.
Ma`lumki Shariat, tariqat xaqiqat, insonni kamolotga yetkazuvchi maqomlardir. Shariat xukmlari Allox taolo tamonidan farz, payg`ambar alayhissalomdan sunnat qilib berilgan. Ul xukmlarni bajarish o`zini musulmonman deb bilgan har bir shaxs uchun shart. Shariat xukmlariga to`la-to`kis amal qilmagan odam tariqatni mutlaqo tushunmaydi. Tariqatga o`tish uchun esa shariat birinchi zinapoya hisoblanadi.
Ulamolar quyidagicha qiyos qilganlar: shariat yong`oqning po`chog`i bo`lsa, tariqat po`choq ichidagi mag`iz. Darhaqiqat, mag`iz po`stlog`siz va po`chog`siz xosil bo`lmas.
Shariat- yer, tariqat mazkur yerda unga daraxt, xaqiqat esa shu daraxtning mevasidir, deb ta`rif bergan mashoyiqlar.
Islomiy shariat mana shu ehtiyojni qondirishi va mana shu maqsadni amalga oshirishi uchun kelgan. U biror qobiliyatning ishsiz qolishini, yoki biror qiziqishning so`nishini, biror tuyg`uning yo`qolishini xohlamaydi. U sizni tarki dunyo qilib, hayotingizni g`or, ungur, mozorlarda o`tkazishingizni, nafsingizni o`ldirib, uni musibat va mashaqqatlar bilan qiynalishingizni hamda uni hayot ziynati, lazzati, ne`matlaridan mahrum qilishingizni talab etmaydi. Aslo-zero shariatga asos solgan Alloh, dunyoni ison uchun yaratib bera turib, qanday qilib uni harob, vayron bo`lishiga rozi bo`ladi? Alloh taolo insonga hech narsaga asqotmaydigan foydasiz qobiliyat bergan emas.
Shuningdek, yeru, osmonlardagi narsalarni bekordan-bekorga yaratgan emas. Alloh insonning mana shu bir maromda ketayotgan, tadbirli tartibda davom etayotgan koinot korxonasidagi har bir narsadan faqat o`ziga va o`zgacha zarar kelmaydigan yo`l bilan foydalanishini va undagi turli hil vositalarni iste`mol qilishni xohlaydi. Quroni karim, hadislar va shariat ko`rsatmalari inson manaviy – marifiy kamolotining asosi bo`lgan ahloq odob tarbiyasining barcha muammolarini o`z ichiga olgan. Sirasini aytganda hadislar axloqiy tarbiyaga oid bo`lgan fikrlarning mukammal to`plamidir. Kuroni karim hadislarni, shariat ko`rsatmalarini o`rganar ekanmiz, ularda ahloqiy kamolat halollik va poklik, iymon va vijdon bilan bog`liq bo`lgan birorta ham masala etibordan chetda qolmaganligini ko`ramiz. Ayniqsa, islom halol va harom masalasiga musulmonlar diqqatini qaratadi. Shariatda Alloh tomonidan qilinishga ruhsat etilgan amallar ishlar halol deyiladi. Harom esa uning aksi-qilinishga ruhsat etilmagan ishlar va amallardir.
Shariatning qonun-qoidalarini ham faqat mana shu maqsaddagina to`zgan. Shunday qilib, shariatda insonga foydali narsalar halol, zararli narsalar esa harom bo`lgan. Islomiy shariatning asosi shundan iboratki, inson o`zining ehtiyojlarini qondirish, maqsadlarini amalga oshirish va shaxsiy manfaati uchun xohlagancha harakat qilishga xaqqi bor. Lekin ayni zamonda mana shu huquqdan o`zgalarning huquqini qasddan yoki bilmay poymol etish yo`li bilan foydalanmaslik kerak. Ular bilan hamkorlikda harakat qilishi lozim.
Inson hech qachon biror ishning yoki biror narsaning foydali yoki zararli ekanini bila olmaydi. Shuning uchun ham koinotning barcha siridan voqif har narsadan xabardor Alloh, inson hayoti uchun mukammal qonunni tuzib bergan.
Tariqat-arabcha so`z bo`lib "usul", "yo`l", "maslak", "so`fiylik yo`li" ma`nolarini anglatgan. Tariqat ahli so`fiylardir. Tariqat ahli, ya`ni so`fiylar esa uch narsada: dam, kadam, karamda o`zgalarga ibrat bo`lishlari lozim. YA`ni keraksiz gaplardan tiyilmoq-dam, bexuda ishlarga qadam qo`ymaslik,-kadam foydali ishlar, ya`ni oxiratga foydasi tegadigan ishlarni qilish - karam hisoblanadi.
Aziz Nasafiyning "Maqsadul-asko" asarida yozilishicha, Muhammad alayhissalomning xosu hammaning amal qilishi lozim bo`lgan ishlarni buyurganligi shariatdir. Tariqat esa payg`ambar alayhissalomning Allox, taoloning qudrati ila bunyod etilgan nimalarga va nima reallarning ko`rganlaridir.
Fikr bilan tasavvur orasidagi farqni ushbu misoldan bilib olishingiz mumkin: oldingizga bir odam kelsa, unga ikki tarafdan nazar kilasiz: Bir tarafdan uning tashqi qiyofasiga-badaniga, a`zolarining to`laligiga; ko`rlik soqovlik kabi kamchiliklarning bor-yuqligiga nazar tashlaysiz. Ikkinchi tarafdan esa, uning ahloqiy, odatini, hislatini, ilmini, aqlini, ma`naviyatini bilmoqchi bo`lasiz. Shuningdek birov bilan do`st bo`lmoqchi bo`lsangiz, uning ikkala tarafi-tashqi qiyofasi ham, ichki ma`naviyati ham yaxshi bo`lishini xohlaysiz. Shuningdek, islom nazarida ham shariat xukmlariga ichki va tashqi tarafdan to`la ergashgan kishining hayoti go`zal bo`ladi. Yuzaki amal yaxshi bo`lib, ichki olam buzuq bo`lgan kishi ruhidan ajragan jasad kabidir.
Ichki ma`naviyatlari kamolga yetganu, tashqi olami ko`zda tutilgandek yaxshi bo`lmagan kishi o`zi yaxshiyu, lekin yuzi xunuk, ko`zi ko`r, oyog`i cho`loq odam kabidir.
Mana shu misol orqali fiqx bilan tasavvuf orasidagi farqni bilib olishinigiz yengillashadi. Lekin oxirgi vaqtlarda ruy bergan ilm va ahloqning tubanlashib, inqirozga uchrashi dillarni tilka-pora qilib, ko`zlarni yoshlatmoqda. Ushbu inqiroz natijasida chidab bo`lmas darajada buzuqliklar, noma`qulchiliklar paydo bo`ldi. Tasavvufning sof bo`log`i bo`lgandi. Tasavvuf nomini Qur`on va sunnatda umuman bo`lmagan, bir qancha e`tiqod va maslak sifatida tatbiq qildilar.
Keyin bu e`tiqoddagilar o`zlarini islomdan torta boshladilar va tasavvuf bilan shariatni bir-biriga mutlaqo aloqasi bo`lmagan, begona ikki narsa, so`fiy odam esa shariatning qonuni va xukmlariga rioya qilishi shart emas, degan uydirmalarni tarqatishdi.
So`fiy odamga Alloh va payg`ambar alayhissalom bayon qilgan iqtisodiy, ijtimoiy, ahloqiy, huquqiy vazifalar, halol-haromni ajratish xukmlaridan birortasiga zid ish qilishi namoz, ro`za zakot, haj kabi ibodatlardan ozod bo`lishi mutlaqo mumkin emas.
Aniqroq qilib aytganda, so`fiylar musulmonlar ichida qalb sofligi uchun fidoyi, toat-ibodat, taqvodorlikka ko`proq e`tibor berganligi bilan hurmatga sazovor bo`lgan(Muhammad Sodik Muhammad Yusuf) Tariqat shayxlari Qur`oni karim ta`limoti, payg`ambar alayhissalom hadislarini yoyish ya`ni payg`ambar sunnatlarini qayta tiriltirish ularga amal qilish, shuningdek xurofot va bid`atga qarshi kurashmoq o`zlarining asosiy maqsadu vazifalari deb bilganlar. Muhammad alayhissalomga ergashmagan u kishi da`vat etgan maslakni qabo`l etmagan kishi uzini islomiy so`fiy deb nomlashi mumkin emas. Zero, islomda bunday tasavvufning xidi ham yo`q. Islomiy tasavvuf-Alloh va payg`ambarni yaxshi ko`rish, bor vujudini ularga bag`ishlashdir. Bu muhabbat va bag`ishlov musulmonning payg`ambar alayhissalom keltirgan xukmlaridan qilcha ham chiqmasligini taqozo etadi. Demak, holis islomiy tasavvuf shariatdan boshqa aloxida narsa emas, balki shariatning xukmini g`oyatda samimiylik, sofdillik va ixlos bilan ado etishdir.
O`rta Osiyo tabiiy ilmiy tafakkurining rivojining boshlanishi buyuk alloma Ahmad al-Farg`oniy va Muso Muhammad al-Xorazmiylarning nomi bilan bog`liqdir. 1998 yilda Ahmad al-Farg`oniy tavalludining 1200 yilligi yurtimizda keng nishonlandi. U mashhur falakkiyotshunos olim. Uning asosiy asarlari “Falakdan bo`ladigan sabablar”, “Astrolyabiya fani usullari”, “Osmon harakatlari va yulduzlar ilmi” va boshqa sanalar.
Muhammad Muso al-Xorazmiy sharqning buyuk mutafakkir qomusiy olimidir. Uning ilmi nujum, geodeziya, jug`rofiya, riyoziyot sohasidagi xizmatlari beqiyosdir. Xorazmiy “Sind Hind”, “Ziji Xorazmiy”, Quyosh soati haqida risola, “Yerning shakli haqida kitob”, “Musiqa bo`yicha risola”, “Tarix haqida” va boshqa asarlarning muallifi.
Sharq falsafiy axloqiy fikri rivojini Abu-Nasr Farobiysiz tasavvur qilish qiyin. U Sharq Aristoteli degan unvonga sazovor bo`lgan. U yaratgan asarlarning umumiy soni 160 ta bo`lib uni ikki guruhga ajrtish mumkin:
a) qadimgi yunon faylasuflari va tabiatshunoslari-Aristotel Platon, Galent va boshqalarning ilmiy me`roslarini tarjima qilish, sharhlash va o`rganishga bag`ishlangan asarlar.
b) O`rta asr fanining tabiiy, ijtimoiy falsafiy sohalariga oid risola.
Jumladan ”Aristotelning metofizika” asariga izoh, “Aristotelning etika kitobiga sharh”, “Masalalar manbai”, “Musiqa haqida so`z”.”Fozil odamlar shahri” va boshqalar.
Farobiy hayotning oliy maqsadi baxt-saodatga erishuvdan iborat, kishilar bunga olamni o`rganish, kasb-xunar va ilmilarni o`zlashtirish-ma`rifatli bo`lish orqali erishadi deb qaraydi.
Xorazmlik buyuk olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) jaxon fani tarixida eng mashhur siymolar qatoridan joy olgan, o`z davridagi deyarli hamma fanlarga katta hissa qo`shgan, mashhur qomusiy ilm sohibi, yirik tabiatshunos va faylasufdir. U o`z umri davomida 150 dan ortiq asarlar yaratgan. Shulardan eng mashhurlari “Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar”, “Ma`sud qonuni”, “Hindiston”, “Geodeziya”, Mineralogiya”, “Saydana” va boshqalardir. Garchi Beruniy falsafiy-axloqiy masalalarga oid maxsus asar yozmagan bo`lsada, ammo ko`pgina asarlarida bu masala haqida fikrlar bayon etgan.
Jaxon madaniyati va ma`rifatiga katta hissa qo`shgan, Sharq va Yevropada “Shayx-ur rais-olimlar boshlig`i” unvoniga ega bo`lgan alloma Abu Ali Ibn Sino (980-1037) ning me`rosi biz uchun bebaho xazinadir. U o`z umri davomida 450 dan ortiq asarlar yaratgan. Uning “Tib qonunlari” nomli 5 jilddan iborat kitobi asrlar davomida Sharq va Yevropada meditsina bo`yicha asosiy qo`llanma bo`lib xizmat qilib kelmoqda.
IX-XII ma`naviyati va ma`rifati rivojida ko`ringan shoiri Yusuf Xos Hojib ham katta o`rin tutadi. Yusuf Xos Hojib o`zining yagona dostoni bo`lmish “Qutadg`u bilig” (“Baxtga eltuvchi bilim”) bilan mashhurdir. Bu asar 1069 yilda yozilgan bo`lib, uni shoir Qashqar xoqimi Sulaymon Arslon qoraxonga bag`ishlagan. Shu asar uchun unga Xos Hojib, ya`ni buyuk xonning maxsus maslaxatchisi unvoni berilgan. Doston qahramonlari - xoqim Kuntug`di adolat ramzi,vazir Oyto`ldi baxt ramzi sifatida, vazirning o`g`li O`gdulmish aql ramzi sifatida tasvirlanadi.
IX-XII asrlar davomida Markaziy Osiyoda ilm, fan, ma`rifat, ma`naviyat yuqori darajada rivojlandi.
XVI-XIX asrlarda O`rta Osiyo xalqlari ma`naviy - ma`rifiy tafakkur taraqqiyoti ikki yo`nalishda bordi. Birinchi O`rta Osiyoning o`zida ro`y berdi. Ikkinchisi Xindistonda Boburiylar davridagi O`rta Osiyolik mutafakkirlarning ijodida namoyon bo`ladi.
XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrning boshlarida O`rta Osiyoda ma`naviy-ma`rifiy qarash rivoji Boborahim Mashrab (1653-1711) nomi bilan chambarchas bog`liq. Mashrab o`sha vaqtda Yaqin va O`rta Sharq mamlakatlarida tarqalgan tasavvufning qalandarlik oqimiga e`tiqod qilib, o`zining isyonkorona she`rlari bilan jamiyatdagi adolatsizlikka qarshi kurash olib borishga harakat qilgan. O`z g`azallarida axloqiy, ma` naviy poklikka erishish, hayotdagi sal biy illatlarga qarshi kurashni kuylaydi.
U o`zi yashayotgan davr xoqimlaridan adolatni kutadi. Hatto ularga murojaat qilib, xalq to`g`risida g`amxo`rlik qilishni, ularning arz-dodiga quloq solishni so`raydi.
Mashrab kishilarni boylikka hirs qo`ymaslikka, o`zgalarga yaxshilik qilishga, saxiylikka, halol bo`lishga, o`z mehnati evaziga yashash, nafsni tiyishga chaqiradi.
Mashrab o`z ijodida xulq-odob masalalariga katta e`tibor berib, odamlarni yaramas xatti harakatlardan, takabburlik va yolg`on so`zlashdan saqlanishga undaydi. Uning ma`naviy - axloqiy dunyoqarashida farzandning ota-onani hurmat qilishi ularni yuksaklikka ko`tarish g`oyasi muhim o`rin tutadi. Xususan, farzanddan otaning rozi bo`lishi lozimligi, aks holda yomon oqibatlarga olib kelishi haqida yozadi. Mashrab ijodidagi bunday g`oyalarning mustaqil O`zbeksiton yoshlarini ma`naviy kamolga yetkazishida ahamiyati katta.

Адабиётлар:



Download 98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling