Qadimgi Misr, Misr


Download 28.65 Kb.
Sana11.01.2023
Hajmi28.65 Kb.
#1087885
Bog'liq
mustaqil ish


Qadimgi MisrMisr— Afrikaning shimoliy-sharqida, Nil daryosining quyi oqimida joylashgan qadimgi davlat deb aytiladi. Misrda odamlar paleolit davridan boshlab yashaganlar. Miloddan avvalgi 6 ming yillikda Nil atrofidagi savannalarda tarqoq yashagan qabilalar terimchilik, ovchilik, keyinroq esa baliq ovlash bilan shugʻullanishgan. Ular orasida kad, som xalqlariga mansub qabilalar, barbarlar va kushitlar boʻlib, ularning aralashuvidan miloddan avvalgi 4 ming yillikda Misr xalqi vujudga kelgan. Aholi nufuzining ortishi chorvachilik va dehqonchilikka oʻtishni tezlashtirgan, bu esa hududiy jamoalarning paydo boʻlishiga olib kelgan.
Dehqonchilik qilish uchun kanallar, toʻgʻonlar qurish zaruriyati tugʻilgan, buning uchun esa oʻzaro urushlarda asir tushgan qullar mehnatidan foydalanilgan. Natijada jamoada ijtimoiy tabaqalanish roʻy berib, urugʻ zodagonlari ajralib chiqqan, qabila sardorlari podshohchalarga aylangan. Bir qancha mayda quldorlik davlatlar vujudga kelgan. Keyinchalik ular oʻrtasidagi kurash natijasida, shimolida Quyi Misr, janubida Yuqori Misr podsholiklari tuzilgan. Miloddan avvalgi taxminan 3ming yillikda ikkala podsholik birlashib, yagona davlat barpo boʻlgan. M.ning key-ingi tarixi 4 asosiy davrga boʻlinadi: Ilk podsholik (miloddan avvalgi taxminan 3000— 2800), Qadimgi podsholik (miloddan avvalgi taxminan 2800—2250), Oʻrta podsholik (miloddan avvalgi taxminan 2050—1700), Yangi podsholik (miloddan avvalgi 1580—1070), Soʻnggi (Liviya-Sais va Eron) davr (miloddan avvalgi taxminan 1070—332).
Ilk podsholik davri sugʻorish tarmoqlarining rivojlanishi, tosh va mis kurollarining mukammallashuvi, kulolchilik charxining paydo boʻlishi, ayirboshlash savdosining taraqqiy etishi bilan harakterlidir. Bu davrda davlat apparati va unga xizmat qiluvchi amaldorlar — kotiblar tabakasi shakllangan, maʼmuriy okruglar — nomlar tashkil topib, ularni nomalar boshqargan, muntazam ravishda bosqinchilik yurishlari uyushtirilib turilgan, jumladan, jan.ga — Kush (Nubiya)ga, shim.-gʻarbga — liviyaliklarga va Sinay yarim oroldagi badaviylarga qarshi (bu yerda mis konlari bor edi) yurishlar qilingan.
Qadimgi Misr podsholik davrida qishloq xoʻjaligi, hunarmandchilik, savdo va qurilish rivojlanishda davom etgan. Xususiy yer egaligi paydo boʻlgan. Oliy mansabdor — tchati (vazir) bosh boʻlgan davlat apparati mustahkamlangan. Firʼavnlar, shuningdek, bosh kohin ham boʻlib, barcha yer va fuqarolarning egasi hisoblangan. Jamoa aʼzolari va qisman kelgindilar (asosan, Kush aholisi)dan tuzilgan muntazam qoʻshin barpo qilingan. Ilohiylashtirilgan firʼavnlarning mutlaq hokimiyati gʻoyasi mahobatli maqbaralar — ehromlar qurilishida mujassamlantirilgan. Bu ayniqsa III —IV sulolalar davrida (Snofru, Xeops, Xefren, Mikerin ehromlari) avj olgan. Ularni bunyod etishda qul va dehqonlar mehnatidan keng foydalanilgan.
Miloddan avvalgi XXIII - XXII asrlarda Misr oʻzaro nizoda boʻlgan bir qancha nomlar va mayda davlatlarga boʻlinib ketgan. Taxminan miloddan avvalgi 2050-yil Mentuxotep I davrida mamlakat Fiva shahri gegemonligi ostida qayta birlashgan. Bu shahar Misrning poytaxtiga aylangan.
Oʻrta podsholik davrida, asosan, XII sulola vakillari hukmronlik qilishgan. Fayyum vohasida yirik irrigatsiya ishlari olib borilgan. Jez (bronza) buyumlari paydo boʻlgan. Suriya, Krit, janubida — Punt bilan aloqalar kuchaygan. Senusert III davrida Kush (Nubiya)ning bir qismi Misrga qoʻshib olingan. XII sulolaga mansub dastlabki firʼavnlar davrida oʻzaro ichki nizolar davom etmoqda edi. Faqat Amenemxet III davrida (19-asrning 2-yarmi) isyonkor nomarxlar boʻysundirilib, markaziy hokimiyat mustahkamlangan. Ittaun shahri Misr poytaxtiga aylangan. Biroq mulkiy tabaqalanishning kuchayishi kambagʻallarning qoʻzgʻoloniga sabab boʻlgan, natijada taxminan 1750-yil mamlakat yana parchalanib ketgan. Taxminan 1700-yil Misrga shimoliy-sharqdan giksoslar bostirib kirib, mamlakatning katta qismini deyarli 110 yil egallab turganlar. Avarisda qoʻnim topgan ularning podshohlari XV va XVI sulolani tashkil etishgan. Fivada mahalliy hukmdorlar saqlanib qolgan (XVI1 sulola). Ushbu sulolaga mansub firʼavnlardan Sekenenra va Kamos ozodlik urushini boshlab yuborishgan, bu kurash ularning vorisi XVIII sulola asoschisi Yaxmos I (Amasis) tomonidan muvaffaqiyatli yakunlangan. U taxminan 1580-yil giksoslarni Misrdan quvib chiqargan. Shundan soʻng tiklangan Misr davlati Yangi podsholik deb atalgan. Bu davrda jezdan keng qoʻllanila boshlangan, temirdan ishlangan dastlabki buyumlar paydo boʻlgan, metallsozlik, toʻqimachilik dastgohi va omoch takomillashgan, gʻildirakli ara-valar keng tarqalgan, shishasozlik rivojlangan. Boʻysundirilgan va qoʻshni mamlakatlardan oʻlpon sifatida va ayirboshlash yoʻli bilan xom ashyo olib kelingan, jumladan, kumush, qoʻrgʻoshin, mis, yogʻoch materiallari Suriya va Falastindan, oltin, fil suyagi Kushdan, xushboʻy atirlar, oliy nav daraxt koʻchatlari Puntdan keltirilgan. Malika Xatshepsut tomonidan Puntga joʻnatilgan flot haqidagi maʼlumot saqlangan. Xususiy qulchilik nihoyatda keng rivojlangan. Muvaffaqiyatli harbiy yurishlardan soʻng 10 minglab qullar keltirilgan. Tinimsiz davom etgan urushlar XVIII—XX sulolalar firʼavnlarini qoʻshin tuzilishini takomillashtirishni oʻylashga majbur qilgan, qoʻshin asosini zodagon aravakashlar tashkil qilgan. Piyoda qoʻshin uchun namunaviy qurol, xususan, ulama kamon joriy etilgan. Bu tadbirlar armiyaning jan-govarlik qobiliyatini oshirgan. Yaxmosning vorislari Tutmos I, ayniqsa, Tutmos III, Amenxotep II shimolida Suriya va Falastinni, janubida — Kushning bir qismini M.ga qoʻshib olganlar. Mitanni, Bobil va Xett podsholigi bilan muntazam diplomatik alokalar oʻrnatilgan. Amenxotep III davrida (15-asrning 2-yarmi) M. oʻz qudratining yuksak choʻqqisiga yetgan. Firʼavnlardan katta yerlar, qullar, oltin va boshqa olib turgan ibodatxonalar mavqeining ortishi kohinlarni podsho hokimiyati bilan toʻqnashuviga olib kelgan. Kohinlar va zodagon nomlar mavqeini pasaytirish maqsadida Amenxotep IV (Exnaton) mayda va oʻrta yer egalariga tayangan holda diniy islo-hot oʻtkazgan, xususan, eski maʼbudlarga sigʻinishni bekor qilib, yagona quyosh maʼbudi — Atonga sigʻinishni joriy qilgan. Exnaton oʻz qarorgohini yangi qurgan shahri Axetatonga (hozirgi Al-Amarna) koʻchirgan. Firʼavn bilan kohinlar oʻrtasidagi kurash M.ni za-iflashtirgan; 14-asrning 1-yarmida u shimolidagi barcha mulklardan ajralgan. Exnatonning vafotidan soʻng firʼavnlardan Tutanhamon va Xoremxeb davrida kohinlar va zodagonlar eski dinni tiklashga erishganlar. XIX sulolaning eng mashhur vakili Ramses I davrida Suriyani egallash uchun xettlar bilan kurash olib borilgan. Miloddan avvalgi XIII asrning 2-yarmi — XII asr boshida, firʼavnlar Merneptax va Ramses IV davrida „dengiz xalqlari“ va liviyaliklar bosqini qaytarilgan.
Uzoq davom etgan urushlar Misrning iqtisodiy, siyosiy va harbiy jihatdan zaiflashuviga olib kelgan; XX sulola hukmronligining oxiriga kelib Suriya va Kushning janubiy viloyatlaridagi mulklar qoʻldan ketgan. Ramses XII davrida (miloddan avvalgi taxminan 1070-yil) Fivadagi hokimiyat amalda Amon maʼbudning oliy kohini — Xerixor qoʻliga oʻtgan.
Soʻnggi (Liviya — Sais va Eron) davrida temirdan foydalanish, pul muomalasi keng tarqalgan. XI asrning 2-yarmi — X asr boshida Misrning navbatdagi parchalanishidan soʻng liviyalik harbiylar rahbari Sheshoik X asr oʻrtasida Bubastisda hokimiyatni qoʻlga olib, XXII sulolani boshlab bergan. Bu sulola firʼavnlari Misrni yagona davlat qilib birlashtirishga intilganlar. Miloddan avvalgi VIII asr 2-yarmida Misr Kushga tobe boʻlib qolgan (XXV sulola), miloddan avvalgi 671 yil esa ossuriyaliklar tomonidan bosib olingan. Sais hokimi Psammetix 1 (663—610) yunon va kariyalik yollanma qoʻshin yordamida mamlakatni ozod qilishga va uni birlashtirishga erishgan. U va uning vorisi Nexo II davrida Yunoniston va Sharqiy Oʻrta dengizning boshqa mamlakatlari bilan mustahkam savdo aloqalari oʻrnatilgan, Deltada yunonlar manzilgohi (koloniyasi) Navkratisga asos solinadi, Nilni Qizil dengiz bilan bogʻlovchi kanal kaziladi; Nexo II tomonidan yuborilgan finikiyalik dengizchilar Afrika qitʼasini Sharkdan Gʻarbga aylanib oʻtishgan. Nexo II, Psammetix II va Apriy Suriya va Falastinga egalik qilish uchun Bobil bilan kurash olib borishgan. Biroq zaiflashib qolgan Misr Eron podshosi Kambis qoʻshini zarbasini qaytara olmagan va miloddan avvalgi 525 yil Axomaniylar davlati tarkibiga qoʻshib yuborilgan. Miloddan avvalgi 331 yil Aleksandr (Iskandar Maqduniy) axomaniylarga qarshi yurishi chogʻida Misrni bosib olgan. Shundan soʻng Misr ellinistik dunyoning bir qismiga aylangan. Makedoniyalik Iskandar tomonidan asos solingan Iskandariya shahri eng yirik savdo va madaniy markazga aylangan. Misrda hunarmandchilik va savdoning yangi markazlari vujudga kelgan, savdo aloqalari (Arabiston va Hindistongacha) kengaygan, Gʻarb va Sharq davlatlari madaniyatlarining uygʻunlashuvi sodir boʻlgan. Miloddan avvalgi 2-asrning oxiriga kelib ishlab chiqarish pasaygan, bozorlar kamaygan, iqtisodiy va siyosiy tushkunlik roʻy bergan. Miloddan avvalgi 2-asr boshlarida Sshavkiylar davlati va Makedoniya bilan boʻlgan urushlardan soʻng M. koʻp yerlaridan ajralgan. Mamlakatda oʻzaro ichki nizolar, xalq galayonlari avj olgan. Bu davrda Rim M.ning ichki ishlariga aralasha boshlagan. Misr zodagonlari uning yordamida galayonlarni bostirishga harakat qilgan. Bu Misrni rimliklar Misrliklar maʼbudi Tot—iyerogrif yozuvi ijodkori (papirus; London, Britaniya muzeyi).tomonidan bosib olinishiga imkon bergan, natijada miloddan avvalgi 30 yildan Misr — Rim viloyati. Milodiy 395 yil Rim imperiyasi boʻlingach, Sharqiy Rim imperiyasi (Vizantiya) viloyati. 619 yil Eron shohi Xusrav II Vizantiyaning zaiflashib qolganidan foydalanib, Misrni bosib olgan. 639—642 yillarda Misrni arablar zabt etgan. Misrning keyingi tarixi haqida Misr Arab Respublikasi maqolasiga qarang.
Qadimgi Misr hukmdorlari. Ilk podsholik. 1-sulola: Meneye, Jer, Den, Semerxet, Ka. 2-sulola: Xotep-Sexe-mui, Nebra, Peribsen, Xasexem, Xa-sexemui. Qadimgi podsholik. 3-sulola: Joser, Sexemxet, Neferka. 4sulola (miloddan avvalgi XXVIII—XXVI asr oʻrtalari): Snofru, Xeops (Xufu), Xafra (Xefren), Mikerin (Menkaura), Shebeyeskaf. 4sulola (miloddan avvalgi XXVIII—XXVI asr oʻrtalari): Snofru, Xeops (Xufu), Xafra (Xefren), Mikerin (Menkaura), Shebeyeskaf. 5-sulola (miloddan avvalgi XXVI —XXV asrlar): Userkaf, Neferirkara, Neuserra, Isesi, Una. 6-sulola: (miloddan avvalgi XXV - XXIII asr oʻrtalari); Teti I, Piopi I, Merenra I, Piopi II, Merenra II. 7, 8, 9-sulolalar (miloddan avvalgi XXIII—XXII asr oʻrtalari). 10-sulola (miloddan avvalgi XXII— XXI asr oʻrtalari). 11-sulola: Antef 1 Sexertaui, Menxuxotep III, Nebxepetra.
Oʻrta podsholik. 11-sulola: Mentuxotep IV, Sanxkara (2015—2007), Mentuxotep V, Nebtauira (2007—2000). 12-sulola (2000—1787): Amenemxet I (2000—1970), Senusert I (1970—1934), Amenemxet II (1934—1896), Senusert III (1884—1849), Amenemxet III (1849— 1801). 13-sulola (1785—1700). 14-sulola (1680-yilgacha). 15- va 16- (giksoslar) sulola (1700—?). 17-sulola 1680-1580): Senenenra, Kamos. Yangi podsholik. 18-sulola (1580—XIV asr oʻrtalari): Yaxmos I (1580—1559), Amenxotep I (1559—1538), Tutmos I (1538—1525), Tutmos II va Xatshepsut (1523—1503), Tutmos III (1503—1491), Amenxotep III (1455—1419), Amenxotep IV (Exnaton, 1419—1400), Tutanhamon (1400—1392),Xoremxeb (14-asr oʻrtalari). 19-sulola (1342—1206): Seti I (1337—1317), Ramses II (1290—1224). 20-sulola (1204— 1085): Ramses IV (1204—1180), Ramses XII (1112—1070).
Soʻnggi podsholik (miloddan avvalgi XI - IV asrlar). 21-sulola (1085—950): Xerixor (Fiva), Smendes (Tanis) (1035—1054). 22-(liviyalik) sulola (950-730): Sheshoik (950-929). Osorkon I (929-893), Takelot 1 (893-870), Osorkon II (870—847), Sheshoik III (823-772). 23-sulola (817-730): Pedubast (817—763), Sheshoik IV (763— 757). 24-sulola (730—715): Bokxoris (720 — 715). 25- (nubiylar) sulola (751-656): Pianxi (751-716), Shabaka (716-701), Shabataka (701-689), Taharka (689—663), Tanutamon (663— 656). 26- sais (sulola) (663 — 525): Psammetix I (663—610), Nexo II (610-594), Psammetix II (594—588), Apriy (588-569), Yaxmos II (569-525). 27-(forelar) sulola (525—404, yana Ahamaniylar), 28-sulola (404—398). 29-sulola (398—378). 30-sulola (378—341). 31- (forelar) sulola (341—322, yana Ahamaniylar).
Maorifi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qadimgi podsholik davrida firʼavnlar saroyida boʻlajak mirzalarni tayyorlaydigan maktablar tashkil qilingan. Keyinchalik ibodatxonalar va yirik davlat idoralari qoshida ham maktablar ochilgan. Maktabda 5 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻqitilgan; 12 yoshdan boshlab talabalar idoralarda mirzalik qilishgan. Mashgʻulotlar tong sahardan kechgacha davom etgan; maktabda qattiq institutizom joriy etilgan, tan jazosi qoʻllanilgan. Oʻquv, yozuv va hisob asosiy fanlar boʻlgan. Oʻquv predmetlaridan tashqari, maktabda gimnastika mashgʻulotlari va suzish, yaxshi muomalaga oʻrgatilgan. Ibodatxonalar qoshidagi maktablarda umumiy va diniy bilimlar bilan birga astronomiya, tibbiyot oʻrgatilgan. Zodagonlarning bolalari qoʻshin boshliklari tayyorlaydigan harbiy maktablarda taʼlim olishgan.
Texnika va fani[tahrir | manbasini tahrirlash]
Nil vodiysida paleolit davridayoq mehnat qurollari ishlangan. Keyinchalik neolit davrida (miloddan avvalgi 5ming yillik) aholi ovchilikdan chorvachilik, soʻngra dehqonchilikka oʻtishi bilan tosh, suyak va yogʻochdan ishlangan dastlabki qishloq xoʻjaligi asboblari— choʻkich, oʻroq va boshqa paydo boʻlgan. Miloddan avvalgi 4ming yillikdan boshlab, mis ishlatila boshlangan, kulolchilik dastgohi paydo boʻlgan. 3ming yillikdan shishasozlik rivojlana boshlagan. 2-ming yillikdan jezdan foydalanila boshlangan. Temirdan yasalgan ilk buyumlar miloddan avvalgi 2-ming yillik oʻrtalariga oiddir. Misrliklar oltin va kumushdan haqiqiy sanʼat asarlarini yaratganlar. Sunʼiy sugʻorishdan keng foydalanilgan, kanal va toʻgʻonlar bunyod etilgan. Yuqoriga suv chiqarish uchun laylak (havoza-shaduf), chigʻir (sakkis)dan foydalanishgan. Ilk podsholik davrida omoch paydo boʻlgan.
Qad. Misrda asosiy qurilish materiali sifatida loy va qamishdan foydalanilgan. Firʼavnlar saroyi va qalʼalar qurilishida xom gʻisht ishlatilgan. Toshlarga sayqal berishda misrliklar ajoyib yutuklarga erishganlar. Ehromlar qurishda ishlatiladigan katta tosh plitalarni yuqoriga richag, havoza yordamida koʻtarganlar. Mat., astronomiya taraqqiy etgan. Kohinlar va mirzalar oddiy asboblar (chizgich, tosh bogʻlangan ip) yordamida sayyoralar va yulduzlarning holatini belgilashgan. Vaqtni belgilash uchun quyosh va suv so-atlari (klependralar)dan foydalanganlar. Sodda geografik haritalar va shahar loyihasi rejalari tuzilgan. M.liklar planimetriya, ayniqsa, stereometriya sohasida bilimli boʻlishgan; toʻgʻri toʻrtburchaklar, uchburchaklar, aylanalar yuzasi, oddiy va kesik piramidalar sirti va hajmini hisoblab chiqishgan. Yil 3 mavsum (toshqin, oʻrim, qurgʻoqchilik) va 12 oyga boʻlingan. Har oy 30 kundan iborat boʻlgan, yil oxirida qoʻshimcha 5 kun kiritilgan, bu har 4 yilda astronomik yil bilan kalendar yili oʻrtasidagi 1 kunga farq qilinishiga imkon bergan. Jarrohlik rivojlangan, tabiblar bosh miyani ochganlar, tishlarga plomba qoʻyganlar. Jasadlarni mumiyolashda turli anvoi xushboʻyliklar, doridarmonlar, boʻyoqlar va boshqalarni tayyorlashgan.
M.liklarning turli sohalardagi bilimlari jahon fanining rivojiga muhim hissa qoʻshgan. Yunonlar M.ni qad. donishmandlar yurti deb, M.liklarni esa oʻz ustozlari deb hisoblab kelishgan.
Mifologiya va dini. M. miflari orasida markaziy oʻrinni dunyoni yaratilishi, insonlarni qilgan gunoxlari uchun jazolash, quyosh xudosi Ra bilan ilon Apop obrazidagi zulmat kuchlari oʻrtasidagi kurash, Osirisning oʻlimi va qayta tirilishi va boshqa egallaydi.
M.liklar dini ilk urugʻdoshlik jamoalarida vujudga kelgan. Diniy anʼanalar mustahkam va turgʻun boʻlgan. Fetishizm, totemizm ayniqsa, hayvonlarga topinish, M.da uzoq vaqt davom etgan. Politeizm mavjud boʻlgan. Deyarli har bir maʼbud qandaydir hayvon koʻrinishida tasvirlangan. Masalan, Anubis maʼbudi boʻri, maʼbuda Bast — mushuk koʻrinishida tasvirlangan. Keyinchalik maʼbudlar insoniy qiyofa olgan. Aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullana boshlagach, turli xil tabiat kuchlarini oʻzida ifodalovchi maʼbudlarga, jumladan, osmon (maʼbud Nut), Yer (maʼbud Geb), Quyosh (maʼbud Ra), Oy (maʼbud Tot) va boshqa ga sigʻinish kuchaygan. Xapi maʼbudi obrazida M.lik dehqonlar Nil daryosiga sigʻinishgan. M.da juda boy diniy va jodu kitoblari yaratilgan. Afsunlar, duolar, sharxlar, maʼbudlarga iltijolar toʻplam qilingan (mas, „Ehrom matnlari“, „Sarqofa matnlari“, „Murdalar kitobi“ va boshqalar). Qad. M. ilo-hiyoti antik dunyo dinlarida keng tarqalib, xristian aqidalari, urf-odatlariga katta taʼsir koʻrsatgan.
Adabiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
M. tilida yozilgan eng qad. yodgorliklar miloddan avvalgi 3ming yillikka, soʻnggilari esa mil.ning boshlariga oiddir. Misr. adabiyoti namunalari bizgacha koʻplab iyeroglif, iyeratik va demotik matnlarda yetib kelgan. M. Adabiyoti Firʼavn Taharka ulkan lochin kiyofasidagi maʼbud, Gorga sajda qilmoqda (zarhal jez; Parij, Luvr).dunyodagi eng kad. adabiyotlardan biridir. M. adabiyotining asosiy janrlari: ertaklar, qissalar, madhiyalar va duolar, didaktik asarlar, masallar, dostonlar, sevgi lirikasi va boshqadir.
Badiiy adabiyot yodgorliklari bilan birga M. adabiyotiga ehrom matnlari va adabiy salohiyatga ega boʻlgan shohlar va amaldorlarning bitiklari ham kiritiladi. M. adabiyoti qadimda boshqa xalqlar adabiyotiga, jumladan, yunon adabiyotiga (ayniqsa, yunonrim) ham taʼsir koʻrsatgan. Baʼzi syujetlar yunonlar orqali Yevropa xalqlari adabiyotiga kirib kelgan.
Meʼmorlik, tasviriy va amaliy-bezak sanʼati. Din va ilohiylashtirilgan firʼavn kulti ehtiyojlariga xizmat qilishi lozim boʻlgan M. sanʼati oʻz gʻoyalarini qatʼiy belgilangan shaklda ifodalagan. Meʼmorlik firʼavnlar hokimiyatining qudratini, ulugʻvorligini va mashhurligini koʻrsatishga qaratilgan, shu maqsadda bino (ehrom, ibodatxona, saroy va boshqalar) larning ulkan, hashamatli boʻlishiga ahamiyat berildi.
Nil daryosi vodiysidagi badiiy madaniyat yodgorliklari qadimdan maʼlum. Miloddan avvalgi 5—4ming yilliklarda loy va qamishdan qurilgan turar joylar oʻrniga asta-sekin yogʻoch va xom gʻishtdan toʻgʻri toʻrtburchak tarxli turar joylar qurilgan. Ilk podsholik davrida qad. M. sanʼati tamoyillari, turlari va janrlari shakllangan. Bu davrda diniy meʼmorlikning asosiy turi — mastabalar toʻgʻri toʻrtburchak tarxda koʻplab qurilgan. Haykaltaroshlikda geometrik uygʻunlik, simmetriya va statistikaga eʼtibor berilgan (firʼavn Xasaxem xaykali, miloddan avvalgi 3ming yillik boshlari).
Qad. podsholik davrida badiiy usullar takomillashgan, yangi meʼmoriy tiplar paydo boʻlgan. Meʼmor Imxotep exromning meʼmoriy tipini yaratadi. U firʼavn Joser uchun Sakkarada marhumlar ruhiga bagʻishlab marosimlar oʻtkaziladigan majmua bunyod etadi, uning markazida pogʻonali maqbara — ehrom (balandligi 60 m., asosi 109,2x121 m) qurgan. Keyinchalik Qad. podsholik meʼmorlari faqat ehrom shakllarini takomillashtirganlar. Gizada meʼmor Xemnun firʼavn Xeops uchun qurgan ehrom (balandligi 146,59 m, asosi 233x233 m), shuningdek, firʼavnlar Xefren (balandligi 143,3 m, asosi 215,25x215,25 m), Mi-kerin (balandligi 62 m, asosi 108,4x108,4 m) ehromlari (barchasi Gizada) shunday inshootlar qatoriga kiradi. Qad. podsholik davrida ibodatxonalarning yangi tipi paydo boʻlgan, ular odatda M.ning bosh maʼbudi — Quyosh maʼ-budi Raga bagʻishlangan. Toʻgʻri toʻrtburchak tarhli bunday ibodatxonani, odatda, ochiq qovlisi boʻlib, uning chekkalarida sajdagohlar va uchiga oltin qoplangan obelisk joylashgan. Maqbara va ibodatxonalar devoriy rasmlar, relyef va haykallar bilan bezatilgan. Bu davrda haykal portretlar sanʼati taraqqiy etdi. M.liklar tasavvuricha haykal portretlar marhumlarning qiyofadoshi rolini oʻtab, ma-rhumlarning ruxlari joylashgan joy vazifasini oʻtashgan.
Oʻrta podsholik davrida M. sanʼatida bir qator yangi xususiyatlar paydo boʻlgan. Firʼavnlarning maqbaralari oʻz mahobatini yoʻqotgan, ular koʻpincha qoya toshlarga oʻyib ishlangan, irrigatsiya inshootlari (kanallar, toʻgʻonlar, dambalar, Fayyum tevaragidagi suv omborlari) qurilgan, shaharlarning roli oshgan. Shahar qismlari tabaqaviy boʻlinish asosida qurilib, ular devor bilan ajratilgan. Oʻrta podsholik tasviriy sanʼatida realistik tendensiyalar kuchaygan. Nomarxlarning maqbaralaridagi devoriy rasmlardagi maishiy koʻrinishlari jonli ishlashga, oʻsimlik, hayvon, qushlarni jozibador koʻrsatishga, haykallarda modelning harakterini, yoshini va boshqalarni ifodalashga ahamiyat berildi (firʼavnlar Giksoslar istilosi (miloddan avvalgi 1700— taxminan 1580-yillar)dan keyin Kds. M. sanʼati tushkunlik davrini boshidan kechirib, Yangi podsholik davrida katta ravnaq topdi. Osiyoga qilingan zafarli yurishlar, M. boyligini orttirdi, binolarda hasham koʻpaydi. Rasmlar va devoriy rasmlarda ziyofatlar, tantanalar, ov manzaralari aks ettirildi, manzara janriga alohida eʼtibor berildi (Rexmir, Naxt, Jes-serkaraseneb maqbaralaridagi devoriy rasmlar, miloddan avvalgi 15-asr oxiri). Yangi podsholik davri meʼmorligida ochiq tipdagi ibodatxona — sajdagohlar keng tarqalgan. Bu ibodatxona devorlariga firʼavnlarning gʻalabalari aks etgan devoriy rasmlar ishlangan (Amonra maʼbudning Karnakdagi, miloddan avvalgi 16— 12-asrlar va Luqsordagi ibodatxonasi, miloddan avvalgi 15—13-asrlar). Firʼavn Exnaton hukmronligi davrida eski maʼbudlarga sigʻinish bekor qilingan, yangi maʼ-bud — Atonga sigʻinish joriy qilingan. Yangi poytaxt — Axetaton qurilgan. Haykaltarosh Tutmes yaratgan firʼavn va uning xotini Nefertiti portretlari Qad. M. sanʼatining nodir namunalari sifatida hozirgigacha yetib kelgan. Miloddan avvalgi 14-asrning 1-yarmida tasviriy sanʼatda quruq dekorativlik koʻproq koʻzga tashlandi (firʼavn Tutanhamon maqbarasidan topilgan oltin niqob va boshqalar). Miloddan avvalgi 14-asrning 2-yarmidan ibodatxonalar kurilishi kengaygan bu davrda binolarning dabdabali va mahobatli boʻlishiga eʼtibor qaratildi (Karnakdagi 134 kolon nali, devor va kolonnalariga rangdor relyeflar ishlangan ibodatxona). Qoya ibodatxonalari ham koʻplab qurilgan (Abu Simbaldagi Ramses II ning katta ibodatxonasi).
Qad. M.da amaliy-bezak sanʼati yuksak darajada taraqqiy etganligiga bizgacha saqlanib qolgan shifer, ganch, billurdan ishlangan idishlar, fil suyagi va yogʻochdan yasalgan qoshiqchalar, tilla baldoq, uzuk, munchoqlar, qimmatbaho toshlar qadab, oʻyma naqsh, tasvir ishlangan qutichalar, badiiy mebel va boshqa misol boʻlishi mumkin.
M. Aleksandr tomonidan bosib olingach, mamlakat ellinistik madaniyat, keyinchalik Qad. Rim madaniyati taʼsir doirasiga kirgan (Edfudagi maʼ-bud Gor ibodatxonasi, miloddan avvalgi 3—1-asrlar; Fayyum voqasidan topilgan rangtasvir portretlar, milodiy 1—4-asrlar). M. Vizantiya xukmronligi ostiga oʻtishi bilan (4-asr oxiri), mamlakatda xristian sanʼatining oʻziga xos mahalliy koʻrinishi shakllangan. Mamlakatni arablar fathetgach (7-asr), M. arab madaniyati tarqalgan viloyatlardan biriga aylangan.
Musiqasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
M. musiqa madaniyati — eng kds. madaniyatlardan biri. Bizgacha yetib kelgan musiqa madaniyatining ilk moddiy yodgorliklari miloddan avvalgi 3ming yillikka mansub. Bular turli musika asboblari — shiqildoq, tartarak, hamda chigʻanoqlardan yasalgan hushtaklardir. Maqbaralar devorlariga ishlangan barelyeflar maishiy tur-mushda musiqa keng tarqalganiga guvoxlik beradi. Ommaviy bayramlar, diniy marosimlar, mehnat jarayonlari musiqasiz oʻtmagan. M.da bir ovozli musiqa rivoj topgan. Yangi podsholik davrida koʻp ovozli musiqaning sodda shakllari ham paydo boʻlgan. Raqslar, sahna tomoshalari, badiiy adabiyot musiqa bilan uzviy bogʻliq boʻlgan. Arfa, nay, yogʻoch va jez karnay, organ, urma musiqa asboblari keng tarkalgan. Qad. M.da musiqa ijrochilari — professional musiqachi — shoirlar moʻʼtabar zot sanalib, firʼavnlarga qarindosh deb hisoblanishgan. Ellinistik va Rim davrida M.da musiqa oʻziga xosligini saklab qolgan. Rim hukmronligi barham topgach, turk, arab va boshqa xalqlar musiqa madaniyati bilan uzviy bogʻliqboʻlgan. M. musiqa madaniyati taraqqiyotining yangi bosqichiga koʻtarilgan.[1]
Bir qator o'lchov birliklari Misrda uzunlik, massa, maydon, imkoniyat va boshqalarni o'lchash uchun ishlatilgan. Misrda metrik tizim 1873 yilda ixtiyoriy ravishda ishlab chiqarilgan va 1891 yildan beri hukumat tomonidan majburiy qo'llanilgan.[1][2]

Mundarija


1 Qadimgi Misr o'lchov birliklari
2 19-asr oxirida birliklar
2.1 Uzunlik
2.1.1 Yo'l choralari
2.2 Massa
2.3 Maydon
2.4 Imkoniyatlar
2.4.1 Suyuqlik o'lchovi
2.4.2 Quruq o'lchov
3 Adabiyotlar
Qadimgi Misr o'lchov birliklari
Asosiy maqola: Qadimgi Misr o'lchov birliklari
19-asr oxirida birliklar
Misrda bir qator birliklardan foydalanilgan. Milliy tizimda birliklar va ularning o'zaro aloqalari juda o'zgaruvchan edi.[1] 1891 yildan boshlab ularning metrik ekvivalentlari aniqlandi.[1]

Uzunlik
Uzunlikni o'lchash uchun bir qator birliklardan foydalanilgan. 1891 yilda aniqlangan metrik ekvivalentlarga ko'ra bitta derah baladi 0,58 m ga va bitta kassaba 3,55 m ga teng edi.[1][2] 1891 yilda aniqlangan metrik ekvivalentlarga muvofiq ba'zi boshqa birliklar quyida keltirilgan:[1][2][3]

1 kirat =1⁄24 dirra

1 abdat =1⁄6 dirra

1 kadam =1⁄2 dirra

1 rasm = 1 dirra

1 gasab = 4 dirra

1 mil xachmi = 1000 dirra

1 farsax = 3000 dirra

Oltita dera (a.a. dirra) quyidagicha bo'lgan:[3]1 Nil piksi = 0,2545 m, 1 ta mahalliy pik (derah baladi) = 0,5682 m, 1 ta Konstantinopol pikasi (derax Istambuli) = 0,6691 m, 1 ta mato pic (derah hendazeh) = 0,6479 m, 1 ta quruvchi pik (derah meimari) = 0,7500 m , 1 marshrut piksi (aka. Road-o'lchov pic) = 0,7389 m.

Yo'l choralari
Bitta yugurish derasi 0,7389 m ga teng edi.[3] 1891 yilda aniqlangan metrik ekvivalentlarga muvofiq ba'zi boshqa birliklar quyida keltirilgan:[1][2]

1 kassaba = 5 derah

1 bââh =2 1⁄2 dera

1 mil = 500 kassabalar = 1,148 mil (1,847 km)

1 farsax (liga) = 3 mil1 barid = 4 farsax

1 safar yome (shulardan2 1⁄2 meridianning 1 ° = 60 milya) = 2 hosil qiling baride.

Massa
Massani o'lchash uchun bir qator birliklardan foydalanilgan. Bittasi oke 1891 yilda belgilangan metrik ekvivalentlarga ko'ra 1,248 kg ga teng edi.[1][2] 1891 yilda aniqlangan metrik ekvivalentlarga muvofiq ba'zi boshqa birliklar quyida keltirilgan:[1][2]

1 kirat =1⁄6400 oke

1 dirhem = ​1⁄400 oke

1 miskal = ​8⁄800 oke

1 okieh = 0,03 oke

1 rotoli = 0,36 oke

1 kantar = 36 oke[1][2]

1 dubulg'a = 200 oke[1][2]

Ipakni tortish uchun ishlatiladigan bitta harsela - bitta oke.[3]

Maydon
Maydonni o'lchash uchun bir qator birliklardan foydalanilgan. Bittasi feddan 4200,8 m ga teng edi2, 1891 yilda aniqlangan metrik ekvivalentlarga muvofiq.[1][2] 1891 yilda aniqlangan metrik ekvivalentlarga muvofiq ba'zi boshqa birliklar quyida keltirilgan:[1][2]

1 sahme = ​1⁄576 feddan

1 kirat kamel = ​1⁄24 feddan[1][2][3]

1 feddan masri = 1 feddan.

Erlarni qisman o'lchash uchun dera va kassaba kvadratlari (3,55 m) ishlatilgan.[3]

Imkoniyatlar
Misrda suyuq va quruq ikkita asosiy tizim ishlatilgan.

Suyuqlik o'lchovi


Bittasi guirbeh 70.4467 kvartaga teng edi (66 2⁄3 litr).[3]

Quruq o'lchov


Imkoniyatlarni o'lchash uchun bir qator birliklardan foydalanilgan. Bitta kedda, 1891 yilda aniqlangan metrik tengliklarga ko'ra 2,0625 l ga teng edi.[1][2] 1891 yilda aniqlangan metrik ekvivalentlarga muvofiq ba'zi boshqa birliklar quyida keltirilgan:[1][2]

1 kirat =1⁄32 kedda

1 xonubah =1⁄16 kedda

1 toumnah =1⁄8 kedda

1 robha = ​1⁄4 kedda

1 nisf keddah =1⁄2 kedda

1 malouah = 2 kedda

1 rob (roubouh) = 4 kedda

1 keila = 8 kedda

1 ardeb = 96 kedda

1 daribah = 768 kedda

1891 yilgacha, 1867 yilgi Parij ko'rgazmasidagi Amerika Qo'shma Shtatlari Komissarlari hisobotiga ko'ra, 1 ta ardeb 2,603 ​​botelga (91,72 l) teng edi.[3] Boshqa vakolatlar ardeb = 5.1648 bushni beradi.[3] Iskandariyaning bitta arbi 7,6907 botelga teng edi.[3]



Entsiklopediya site:uz.wikihre.ru
Download 28.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling