Qadimgi sharq donishmandlarini tarbiya haqida
Download 77 Kb.
|
1 2
Bog'liqQADIMGI SHARQ DONISHMANDLARINI TARBIYA HAQIDA
QADIMGI SHARQ DONISHMANDLARINI TARBIYA HAQIDA Reja: 1. Avesto- qadimgi dunyoning ahloqiy qomusi 2. Qadimgi Yunoniston mutafakkirlarining ahloqiy qarashlari 3. Qadimgi Rimda ahloqiy ta`limotlar 1. Insoniyat ma`naviy olamining tarkibiy qismi bo`lgan Zardushtizm dini qadimiy ilohiy ta`limot bo`lib, tabiat, jamiyat inson taqdiri va orzu- intilishlarini ifodalovchi bebaho hazinadir. Ayni holda insonlarga haqiqiy odil yo`lni ko`rsatuvchi uni yaratgan ilohiy qudratga ishonchni uy`otuvchi, imon - e`tiqodni mustahkamlovchi ta`limotlar majmuasidir. Tarihchi olimlarning qayd etishicha zardushtizm dini eramizdan avvalgi 7-8 asrlarda O`rta Osiyoda maydonga kelgan. Bu din asoschisi Spitaman Zardusht eramizdan avvalgi 570 yilda tu`ilgan. U o`z davrining mashhur ilohiyotchisi, faylasufi, shoiri hisoblangan. Avestoda Spitaman Zardusht tu`ilgan va o`z faoliyatini boshlagan mamlakat haqida ham quyidagi so`zlar uchraydi. "Shunday mamlakatni, ko`p sonli lashkarlarni botir sarkardalar boshqaradilar, baland to`lar bor, yaylov va suvlari bilan go`zal, chorvachilik uchun barcha narsa muhayyo, chuqur, suvga mo`l ko`llari bor, keng qir`oqli va kema yurar daryolari o`z to`lqinlarini Iskata (Skifiya), Pauruga, Mouru (Marv), Hareva (Ariya) Bava (Su`d hududida), Huvayrizima (Horazm) mamlakatlari tomon elituvchi daryolari bor". Darhaqiqat, "Avesto"da tasvirlangan shaharlar O`rta Osiyodagi Amu va Sirdaryo orali`ida joylashganligi aniq ko`rsatilgan. Shu nuqtai nazardan zardushtiylikning kelib chiqishi va tarqalishi Horazm, So``d, Far`ona, Baqtriyadir deb ayta olamiz. Avestoning "Yasht" qismida bayon qilingan fikrlarga ko`ra Zardushtning diniy ta`limotini yurtdoshlari qabul qilmay, unga nisbatan salbiy munosabatda bo`ladilar. Oqibatda u Vatanni tark etib, qo`shni davlatga ketadi. Shu davlat shohi Vishtaspa va malika Hutosa Zardusht ta`limotini qo`llab - quvvatlaydilar. Asta- sekin bu ta`limot qo`shni yurtlarga ham tarqaladi. Shoh Vishtaspa farmoniga ko`ra "Avesto"ning qadimiy 1200 bobdan iborat "Gotni" pandnomasi yozma ravishda shohning otashkadasiga topshirilgan. Avestoda birinchi bor muqaddas olov "Atarhurra" Ayrian Vodjada yoqildi deyiladi. "Ayrian vodja" geografik va iqlimiy tavsifi Horazmnikiga mosdir. So`ngra "odamlar va chorva mollarga mo`l" So`d (Su`d) "Qudratli va muqaddas" Mouru Marv, "Baland ko`tarilgan bayroqlar mamlakati" Bahti (Baqtriya) tilga olingan. Tarihdan ma`lumki, Aleksandr Makedonskiy O`rta Osiyoni bosib olgan davrda juda ko`p moddiy va ma`naviy boyliklar qatori "Avesto" kitobini ham yondirib yo`q qilib yuborgan. Ruhoniylar qatl etilgan. Abu Rayhon Beruniy ana shu voqealarni tasdiqlovchisi quyidagi fikrlarni bayon qiladi: "Podsho Doro Ibn Doro hazinasida Avestoning o`n ikki ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nushasi bor edi. Iskandar otashhonalarni vayron qilib, bularda hizmat etuvchilarni o`ldirgan vaqtda uni kuydirib yuboradi. Shuning uchun o`sha vaqtdan beri Avestoning beshdan uchi yo`qolib ketdi. Avesto o`ttiz "nask"edi. Majusiylar qo`lida o`n ikki nask chamasi qoldi. Biz Qur`on bo`laklarini haftiyak deganimizdek, nask Avesto bo`laklaridan har bir bo`lakning nomidir"1. Eramizning VIII- asridagi arab bosqini davrida ham juda ko`p tarihiy, badiiy, diniy adabiyotlar qatorida "Avesto" kitoblari ham yoqib yuborilgan. Halqimiz ma`naviy merosining noyob hazinasi bo`lgan "Avesto" keyingi asrlardagi pahlaviy, fors tillaridagi talqin asosida bizgacha etib kelgan. Eng qadimgi jahon dinlaridan biri hisoblanuvchi zardushtizm eramizdan avvalgi VII-VIII asrlarda O`rta Osiyo, Eron,Ozarbayjon, Hindiston, Kichik Osiyo halqlarining asosiy dini hisoblangan. Eronda rasmiy davlat diniga aylangan. Arab istilosigacha O`rta Osiyoda ham asosiy din sanalgan. Hozirgi kunda Zardushtizmga e`tiqod qiluvchilar Hindistonning Bombay, Gujarot shtatlarida, Eronning ba`zi chekka viloyatlarida uchraydi. "Avesto" ning to`ldirilgan nushalari Bombay, Kalьkuta shahar kutubhonalarida mavjud. Zardushtizmning muqaddas kitobi "Avesto" da O`rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon halqlarining islomgacha bo`lgan davridagi ijtimoiy- iqtisodiy hayoti, olam, tabiat, jamiyat to``risidagi tasavvurlari, diniy marosimlari, urf- odatlari o`z ifodasini topgan. "Avesto" da o`zaro qabilaviy urushlar, behuda qon to`kilishlar qoralanadi. Tinch yashashu, hayot kechirish va dehqonchilik, chorvachilik bilan shu`ullanishga da`vat etiladi.2 Har bir inson o`lgandan so`ng bu dunyoda qilmishiga yarasha abadiy rohat jannatga yoki do`zohga tushadi degan `oya din asosini tashkil etadi. Barcha yahshiliklar Ahura Mazda, yomonliklar Ahriman timsolida bayon qilindi. Bu dinga e`tiqod qiluvchilar har kuni besh mahal yuvinib quyoshga qarab uni olqishlash shart bo`lgan. Ibodathonalarda doimiy ravishda olav yonib turgan "Avesto"da suv, havo, tuproq, olov muqaddas sanaladi. Yahshilik, hallolik, mehnatsevarlik, adolat, tinchlik kabi ezgu tuy`ular asosiy o`rinda turadi. Unda oila, fuqarolik burchi, huquqiy munosabtlar ham o`z ifodasini topgan. Tabiatni muhofaza qilish, tozalik, gigiena haqidagi o`gitlarning hozirgi kunda ham ahamiyati katta. Zardushtizm dini bilan bo`liq urf- odatlar, marosimlar asrlar osha avloddan- avlodga o`tib kelmoqda. Yurtimizning ayrim viloyatlarida kelin- kuyov olov atrofida aylantirilib,so`ngra go`shangaga olib kiriladi. Qabr ustiga chiroq yoqiladi. "Avesto"dagi inson madhi, halollik, ayol talqini, haqiqat madhi, uning eng oliy ne`mat ekanligi, tabiatni muhofaza qilish, e`tiqod, poklik, ahd- paymon, ona zamin, ba`ri kenglik va boshqa qator ahloqiy fazilatlarning hozirgi kunda yanada ahamiyati oshdi. "Bergan so`zning ustidan chiqish"- deyiladi "Avesto" da - unga sodiq qolish, savdo sotiqda shartnomalarga qat`iy amal qilish, qarzini vaqtida to`lash, aldamchilik hiyonatdan holi bo`lish" majburiyati yuklangan. Yana bir boshqa satrlarda halollik, poklik, e`tiqod nafasini ko`ramiz. "Avesto"ning quyidagi satrlariga e`tiborimizni qaratamiz: "Ey olamni yaratgan zot!" Ey haqiqat! Zamini hammadan ko`ra bahtliroq bo`lgan dunyodagi birinchi joy qaer? Ahura Mazda javob beradi: - Ey Sipitam Zardusht? Bunday joy qo`lda pokiza o`tin va yangi so`ilgan sut tutgan, o`z amal e`tiqodiga dilda ishongan sodiq, o`ktam ovoz, keng yaylovlar ishi bilan ma`rur va bu yaylovlarni qo`shiqqa- solgan bir Ashavan oyoq bosgan zamindir". "Avesto"ni o`qib tushunish, ahloqiy qadriyatlarini kengroq tushunishga yordam beribgina qolmasdan, o`zlikni anglashga, millatimiz, hududimizda yashayotgan halqlarning hususiyatlarini bilishga, halqimizdagi iymon- e`tiqod, insof- diyonat, sahovat, halollik, mehr- oqibat, sharmu- hayo kabi fazilatlarni yanada yuksaltirishga, ayniqsa yoshlarimizning irodasini baquvvat qilish iymon- e`tiqodini shakllantirishga hizmat qiladigan muhit yaratishga yordam beradi. "Avesto" nafaqat diniy majmuagina bo`lmay, balki, o`z davridayoq umumbashariy maslalarni o`rtaga tashlab, inson ma`naviy kamoloti taraqqiyoti uchun buyuk hissa qo`shuvchi qomusiy kitob deya sharaflangan. Unda tabiat, jamiyat, madaniyat, adabiyot, til, iqtisod, tibbiyot, qishloq ho`jaligi bilan bo`liq masalalar ham o`z ifodasini topgan. Shu sababli ushbu kitob juda ko`p mamlakatlarga tarqaldi, insonlar ushbu kitobdagi hikmatli iboralar, duolar, she`riy madhiyalarni qo`shiq qilib kuylab keldilar. Buyuk bobomiz Abu- Rayhon Beruniy "Qadimgi halqlardan qolgan yodgorliklar" nomli tarihiy asarida "Avesto" ning qo`lyozmasi o`n ikki ming molning terisiga oltin harflar bilan yozilganligi habarini beradi. Demak ushbu qadimiy kitobning qimmati nihoyatda bebaho bo`lgan. "Avesto" asrlar osha insoniyatni kurashga, mehnatsevarlik, hallolik, mardlik, oliyjanoblikka chorlab keldi. Ezgulik va yovuzlik, bunyodkorlik va buz`unchilik, yahshilik va yomonlik, yoru`lik va zulmat o`rtasidagi kurashni madh etuvchi oyat va kalimalar insoniyat ma`naviy olamini boyitib kelgan. Unda ibtidoiy davrdan feodal davrgacha bo`lgan ahloqiy asosini uchta narsa tashkil etadi. Bular yahshi so`z, yahshi fikr yahshi ish. Yahshi fikr Ahuramazda timsolida aks etsa, yomon fikr Ahriman hudosining hislati hisoblanadi. "Avesto"ning tub mohiyati insonlarning tinch yashashi, bir- biriga samimiy munosabatda bo`lishi, o`zaro yordam berib, bir- birini doimo qo`llab quvvatlanishini ta`riflashdan iborat. Ayni holda zo`ravonlik, bosqinchilik, shuhratparastlik, qonunga rioya qilmaslik, hasad, tuhmat, jahl bilan ish tutish, va`daga vafosizlik qattiq qoralanib gunoh sanaladi. "Avesto"dagi ushbu misralar mohiyati o`ta chuqur va umumbashariydir: Muqaddas imon kuchila buzing, Ko`ngillarda kinu `arazni. Quloqlarin berkiting uning, Panjasidan tuting beomon, Oyoqlarin majaqlab tashlang Adovatni bo`lang (bermang unga yon) Zero, insoniyatni chin insoniylik, barkamollik va komilikka chorlab turuvchi ushbu misralar hozirda ham ahamyatini saqlab turibdi. O`zbekiston respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning tarihchi olimlar bilan qilgan suhbatida aytilgan ushbu so`z, "Avesto"ga berilgan katta bahodir. "Eng mo``tabar qadimgi qo`lyozmamiz "Avesto"ning yaratilganligiga 3000 yil bo`lyapti. Bu nodir kitob bundan XXX asr muqaddam ikki daryo orali`ida mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma`naviy,tarihiy merosidir. "Avesto" ayni zamonda bu qadim o`lkada buyuk davlat, buyuk ma`naviyat, buyuk madaniyat bo`lganidan guvohlik beruvchi tarihiy hujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi" "Avesto" chin ma`nodagi ma`naviyat bulo`idir. Uning har tomchisi dillarni nurga, ziyoga to`ldiradi. Zulmat va jaholatni chekintiradi. Hayotga, insonlarga, olamga mehr- muhabbat uru`ini sochadi. Shu nuqtai nazardan "Avesto" ni o`qish, o`rganish kelajak yoshlar uchun farz ham qarzdir. 2. Etika ta`limotlarining birmuncha aniq ifodalarini qadimgi Yunoniston va Rimda ko`rish mumkin. Yunon faylasuflari ahloqiy qonunlar umumbashariy harakterga egami, ular azaldan mavjudmi yoki ularni inson o`zi yaratganmi, hayotning ma`nosi nima kabi savollarga javob berishga uringanlar. Suqrot (er.av. 469-399 y) "Real dunyo hudo tomonidan yaratilgan, insonning ahloqiy hislatlari hudoga bo`lgan ishonchdan iborat" degan umumiy fazilatni tar`ib qiladi, fazilat bilan bilimni bir narsa deb biladi, fazilat fan tufayli qo`lga kiritiladi, unga faqat imtiyozli odamlar erishadi. Avom halq bunday fazilatdan mahrumdir, ular itoatkor, barcha tartib- qoidalarga rioya etishlari, bo`layotgan voqealarga befarq bo`lishlarini maslahat beradi. Bu `oya mantiqiy jihatdan rivojlantirilib quldorlik aristokratiyasining `oyaviy quroliga aylantirilgan. Demokrit (er. av. 460-370 y) ahloqiy `oyalari asosida inson hayotdan mamnun bo`lish, o`z burchini bajargan holda jasur va odobli bo`lish kabi `oyalar yotadi. Demokrit "inson hulqining to``ri yoki noto``ri hatti- harakatlarining asosi aqldir. Yuksak ahloqiy kamolotga inson bilim olish orqali erishishi mumkin", deb ta`kidlaydi. Ammo Demokritning ahloqiy qarashlari cheklangan edi. U halq ommasi va qullardan jirkanadi. U ta`lim-tarbiyaga katta e`tibor beradi. "Insonni inson qilib etishtiruvchi narsa- tarbiyadir", deb ta`lim - tarbiya masalasida muhit ta`siri ahamiyatga ega ekanligini e`tirof etadi. Aflotun (er. av. 427-347 y) falsafa, jumladan etikada ob`ektiv idealist edi. Uning etikasi ruh haqidagi ta`limotga asoslangan. Aflotun fikricha, ahloq manbai inson tabiatida emas, balki insonga bo`liq bo`lmagan, abadiy, ruhda. Ruh uch qismdan - aql, iroda,hissiyotdan tashkil topgan. Aql- oliy fazilat bo`lgan donolikning asosi, iroda- mardlikning manbai, hissiyotni saqlay bilish fazilati aqlilikning asosidir. Fazilat adolat bo`lib, unda donolik, mardlik mujassamlashgan. Real dunyoni yovuzlik manbai, demak u haqiqiy dunyo emas, deb ta`kidlaydi. Uning fikricha, inson ongi ruhlar (mangulik) olamida hudoning doimiy nazoratida bo`lishi lozim. Insonning ahloqiy hayoti shu oliy "yahshilik `oyasi"ga intilishidan iborat, deb inson hulqini hudo hohishiga bo`ysundiradi. Aflotun fikricha ahloqiy fazilatlar yuqori tabaqa kishilar aristokratlar, quldorlargagina hos, halq ommasi faqat bo`ysunish, itoatkorlik ahloqigagina mansub, qullar esa hech qanday fazilatga ega emas, deb u ahloqiy tushunchalarni mutlaqlashtirdi. Bu o`z navbatida jamiyat siyosiy tuzulishining o`zgarmasligi `oyalarini himoya qilishga va quldorlik davlatini ideallashtirishga hizmat qiladi. Aflotun (er. av. 384-322 y) o`zining "Nikomah etikasi" va "Siyosat" asarlarida ahloq haqidagi fikrlarni sistemalashtirib, unga etika deb nom berdi. Uning predmeti, vazifasi insonning oliy maqsadi- yahshilikka, bahtga intilishni o`rganishdan iborat deb bildi. Ahloqning asosini real hayot, inson turmushi bilan belgilashga harakat qildi, ahloqning jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligini ta`kidlaydi, ya`ni tabiat inson qo`liga aqliy va ahloqiy kuch bergan, unda to``rin foydalana bilish lozim, aks holda tuban mavjudod bo`lib qoladi deydi. Boshqacha aytganda, tabiat ahloqiy fazilatli bo`lish imkoniyatini yaratadi, ahloqiy fazilatlar inson faoliyatida namoyon bo`ladi,ya`ni ahloqiy fazilat, hatti- harakat demakdir, bunda tarbiyaning roli kattadir. Bu o`rinda shuni ta`kidlash lozimki, Arastu ahloqiy fazilatlarni tahlil etganda aqliy fazilatlarga, ya`ni bilim, donishmandlik, onglilikka ahamiyat beradi, ammo ahloqiy fazilatlarni aqliy fazilatlarga bo`ysundirgan holda ifodalaydi. Bu fazilatlar faqat ozod kishilar va zodogonlarga hosdir, deb faqat aql faoliyatini tan oladi va qullar bu fazilatlar egasi bo`la olmaydi, deydi. Arastu etikasida adolatlik fazilati muhim rolь o`ynaydi. Boshqalar haqida `amhurlik qilish- bu jamiyat haqida `amho`rlik qilishdir. Adolat tenglikdan iborat, tenglik esa erkin kishilarga hos, qullar bundan istisnodir. Shunday qilib, Arastu quldorlar mafkurachisi sifatida quldorlik jamiyatini abadiylashtirishga, siyosiy, ahloqiy, moddiy jihatdan tengsizlikni tabiiy, deb hisoblaydi va o`z ta`limoti bilan shu jamiyatni himoya qilishga intildi. Epikur (er. av. 341-270 y) inson hatti- harakatining asosiy maqsadi rohat- faro`atga erishishdan iborat, deb hisoblaydi. Epikur ahloqni dindan ajratadi, baht tushunchasini ahloqning negizi deb hisoblaydi, uni donolik bilan bo`laydi. Etikaning vazifasi insonga oqilona orom olishga, mamnunlikka erishishiga, tabiiy va zaruriy istaklarni ongli ravishda qondirishga, mazmunsiz, `ayri tabiiy hohish- istaklarni yo`qotishga o`rganishdan iboratdir. Baht asosida hayotdan mamnun bo`lish bahramandlik yotadi. Bu esa yahshi turmush va osoyishtalikka olib keladi, bahtsizlikning manbai azob- uqubatdir, bahtga eirishish yo`lida inson barcha to`siqlarni uloqtirib tashlamo`i lozim. Bu to`siqlarning eng zararlisi dinga ishonish va hudodan qo`rqishdir, deb individualistik `oyani ilgari suradi va jamiyat uning nazar- e`tiboridan tushib qoladi. Epikur barcha rohatlarni ikki turga jismoniy va ma`naviy (ruhiy) turga bo`ladi. Jismoniy rohatlashnish- kishilarning oziq- ovqat uy-joy, kiyim- kechak va boshqa narsalarga bo`lgan ehtiyojning qondirish, ma`naviy rohatlanish- bilish va do`stlikdan topiladigan huzurdir. U ma`naviy huzurni o`tkinchi, deb jismoniy rohatlanishdan ustun qo`yadi.Shunday qilib, epikurizmning ahloqiy ta`limoti inson shahsining dunyoviy real olam mavjudoti deb qaraganligi bilan muhimdir, chunki dunyoviy baht, shahsning dunyoviy qadr- qimmati to``risidagi fikr, insonparvalik printsipi epikurizm qimmatini oshiradi. Shuningdek hurfiklilik tarihida muhim rolь o`ynaydi. Umuman antik faylasuflar kishi faoliyatining maqsadi- bahtga erishish, rohatlanish, foyda, manfaatdor bo`lish, deb qaraganlar, rohatlanishni birinchi o`ringa qo`yganlar, biroq shunga qarmay, kishi o`z huzur- halovatining quli bo`lib qolmasligi, har bir narsada me`yor bo`lishini ta`kidlaganlar. Chunki antik faylasuflarning ko`pchiligi kishining ijtimoiyligini tushunmasdan, shuningdek ijtimomy hodisalarni ruhiy omillar bilan, kishining hatti- harakatlarini biologik omillar bilan tushuntirishga urunganlar. Shunga qaramay, ular kishilarni bu real dunyoda bahtli bo`lishi uchun kurashganlar va ahloqning real dunyoviy asosini topishga intilganlar. Qadimgi Yunon ahloqshunoslari ilmiy an`analarini Tsitseron, Lukretsiy Kar, Seneka, Epiktet, Mark Avreliy, Sekst Empirik singari Qadimgi Rim mutafakkirlari davom ettirdilar. Tit Lukretsiy Kar (millodan avvalgi 99-44 yillar), Epikur ahloqiy ta`limotining izchil himoyasi sifatida, mashhur "Narsalarning tabiati" degan dostonida ruh va ijodning ajralmas aloqasini ta`kidlaydi, ruhning o`lishi to``risida fikr yuritadi, insonning o`lim qo`rquvidan halos bo`lishida ahloqiy ma`no borligini aytib o`tadi. O`lim qo`rquvidan va ma`budlar oldidagi qo`rquvidan halo bo`lgan kishi bahtli yashashi mumkin, aql- idrok va his- tuy`ullar sharofati bilan narsalar haqida u haqiqiy tasavvurga erishadi. Lutsiy Anney Seneka (miloddan avvalgi 5- milodiy 65 yillar) ham yozuvchi, ham ahloqshunos, faylasuf. Uning "~azab haqida", "Shafqat haqida", "Bahtli hayot haqida" singari ahloqshunoslikka doir risolalari ko`pchilikka ma`lum. Ayniqsa, "Lutsiliyga ahloqiy maktublar" asari mashhur. Senekaning fikriga ko`ra, dunyo moddiy biroq, unda qandaydir jonli ibtido hukmron: uni aql- idrok deymizmi, tabiat, bashorat yoki taqdir deymizmi- ahamiyati yo`q. Muhimi shuki, uning yozi`i albatta amalga oshadi. Faylasuf fazilatlarning ma`nosini taqdirdan rozilikda, uning zarbalariga insoniy qadr- qimmatini yo`qotmay, mardona va chidam bilan dosh berishda ko`radi. U o`limni sovuq, tund lekin ozodlikning kafolati sifatida talqin etadi. Ozodlikni o`z- o`zini o`ldirishda ko`rish, shubhasiz, u yashagan davrning `oyatda fojialiligi bilan bo`liq. Seneka qul bilan ozod kishining ma`naviy tengligini ta`kidlaydi: "Ular qullarmi? Yo`q odamlar. Ular qullarmi? Yo`q ular uyingdagi qo`shnilar. Ular qullarmi? Yo`q sening itoatkor do`stlaring. Ular qullarmi? Yo`q ular sening qullikdagi birodarlaring, negaki, sen ham, ular ham taqdirning qullarisiz". Albatta, bu o`rinda Seneka ijtimoiy tenglikni emas, balki qul bilan quldorning ahloqiy tengligini nazarda tutmoqda. Faylasufning aytishicha, ruh ozodligi- shahs uchun o`z- o`zini qadrlash va `urur- iftihor manbai. Kimki botiniy ozodlikka erishgan ekan, u taqdir ko`rgiliklariga bo`ysunmaydi,qismat zarbalarini mardona kutib olishga tayyor turadi. Yana bir Qadimgi Rim ahloqshunosi ozod qilingan qul Epiktetdir (50-138 yillar atrofida). Uning ahloqiy qoidalari quyidagicha: taqdir muqarrar; aql- idrok ahloqning yagona va ishonchli mezoni; tashqi dunyo ma`budalari irodasiga qat`iyan bo`liq, ichki dunyo insonning hukmi ostida; haqiqiy donishmandning erki shundaki, u o`ziga bo`liq bo`lgan narsalarning o`ziga bo`liq bo`lmagan narsalar bilan chalkashtirib yubormaydi; hayotning maqsadi va ma`nosi shahsiy ichki erkinlikni anglash va uni qo`lga kiritish; unga elitadigan yo`l bitta- ma`budalar irodasiga so`zsiz itoatkorlik, ehtiyojida mo``tadillik, beparvolik, sovuqqon aql bilan ish ko`rish. Epiktetning fikriga ko`ra, baht, haqiqiy saodat- fazilatida fazilat esa butunlay insonning ijodidir, zero uni inson shakllantiradi. Faylasuf o`zing yoqtirmaydigan sharoitni o`zgalarga ravo ko`rma, agar qul bo`lishni istamasang, atrofingdagi qullikka yo`l berma, degan fikrni ilgari suradi. Shunday qilib, Qadimgi Rim ahloqshunoslari ham inson hatti- harakatlari muammosini o`rtaga tashlaydi va insonning olamdagi o`rni hamda hayotning maqsadini belgilashga intiladilar. Bunday intilish, ayni paytda, butun Qadimgi dunyo mumtoz ahloqshunoslariga hosdir. Hullas, Qadimgi dunyoning mumtoz ahloqshunoslari oddiy ahloq- odob qoidalari, pand- o`gitlari va hikmatlardan tortib, to ahloqshunoslik nazariyasi tizimigacha yaratdilar. Bu meros hanuzgacha o`z ta`siri kuchini yo`qotgani yo`q. Hanuzgacha jahon ahloqshunosligi ko`p hollarda o`sha tushunchalar va tamoyillarga yangicha yondashuv asosida taraqqiy etib kelmoqda. Download 77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling