Qadimgi sharq mamlakatlarida tibbiyot ilmining rivojlanishi


Download 0.69 Mb.
bet3/7
Sana25.02.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1228841
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qadimgi sharq mamlakatlarida tibbiyot ilmining rivojlanishi

Eron tabiblari ham, boshqa sharq tabiblari singari kishi sog’lig’i va kasallinishini to’rt suyuqlikka bog’liq deb tushunganlar. Ular kishi ruhiy xolatiga alohida e’tibor berganlar. Ularning ta’kidlashicha, jaholat kishi ishtahasini bo’g’ib, kasallik keltirib chiqaradi. Yaxshi kayfiyat va xursandchilik esa bemorni sog’aytiradi. Bu hozirgi zamon nuqtai nazaridan ham to’g’ri. Qadimgi eronliklarni o’z tibbiy xudolari bo’lgan. U Traeton deb atalgan. Bu nom Avasto nomli kitobda ham uchraydi. Eronda amaliy tibbiyot ham ancha rivojlangan edi. Tabiblar alohida guruhlarga bo’linganlar. Masalan, fuqarolar tabiblari, dengizchilar tabiblari, quruqlikda harbiy kuchlarda xizmat qiluvchi tabiblar va h.k. Eron tabiblari kasalliklarni ancha muvaffaqiyatli davolaganlar. Kasalliklarning oldini olishga alohida ahamiyat berganlar. Masalan, Eron tibbiy aforizmlaridan birida shunday deyiladi: "Kasallik tanangga ziyon yetkazishidan oldin sen uni sug’irib tashla!".

  • Eron tabiblari ham, boshqa sharq tabiblari singari kishi sog’lig’i va kasallinishini to’rt suyuqlikka bog’liq deb tushunganlar. Ular kishi ruhiy xolatiga alohida e’tibor berganlar. Ularning ta’kidlashicha, jaholat kishi ishtahasini bo’g’ib, kasallik keltirib chiqaradi. Yaxshi kayfiyat va xursandchilik esa bemorni sog’aytiradi. Bu hozirgi zamon nuqtai nazaridan ham to’g’ri. Qadimgi eronliklarni o’z tibbiy xudolari bo’lgan. U Traeton deb atalgan. Bu nom Avasto nomli kitobda ham uchraydi. Eronda amaliy tibbiyot ham ancha rivojlangan edi. Tabiblar alohida guruhlarga bo’linganlar. Masalan, fuqarolar tabiblari, dengizchilar tabiblari, quruqlikda harbiy kuchlarda xizmat qiluvchi tabiblar va h.k. Eron tabiblari kasalliklarni ancha muvaffaqiyatli davolaganlar. Kasalliklarning oldini olishga alohida ahamiyat berganlar. Masalan, Eron tibbiy aforizmlaridan birida shunday deyiladi: "Kasallik tanangga ziyon yetkazishidan oldin sen uni sug’irib tashla!".

Qadimgi Eronda tabiblarga nisbatan alohida talablar qo’yilgan. U o’z kasbini yaxshi egallagan bilimdon kishi bo’lmog’i, odamlarga nisbatan muloyim, xushmuomala, bemorlar bilan do’stona munosabatda bo’lishi lozim. Bemorga uning kasalligi haqida ko’p gapirmaslik, sir saqlanishi zarur bo’lgan narsalarni esa umuman etmasligi kerak. Ular tashxis masalasida bemorlar bilan suhbatga alohida ahamiyat berganlar. Bemorning subьektiv xislarini etiborga olganlar. Bu haqida shunday aforizm bo’lgan: " qaysi bir bemor kasalligini yashirsa, u o’zini aldagan bo’ladi". Avastoda odam anatomiyasi va fiziologiyasi haqida ham ba’zi ma’lumotlar berilgan. Unda odam organizmi 8 qismdan iborat bo’ladi, deb ko’rsatilgan. Tomirlar haqida bunday deyilgan: 2 xil, ya’ni qizil qon oquvchi, qora qon oquvchi tomirlar bo’ladi. Bundan tashqari oq qon oquvchi yoki qon oqmaydigan 3 xil tomirlar ham bo’ladi. Bu yerda nerv tomirlari ko’zda tutilgan bo’lsa kerak.

  • Qadimgi Eronda tabiblarga nisbatan alohida talablar qo’yilgan. U o’z kasbini yaxshi egallagan bilimdon kishi bo’lmog’i, odamlarga nisbatan muloyim, xushmuomala, bemorlar bilan do’stona munosabatda bo’lishi lozim. Bemorga uning kasalligi haqida ko’p gapirmaslik, sir saqlanishi zarur bo’lgan narsalarni esa umuman etmasligi kerak. Ular tashxis masalasida bemorlar bilan suhbatga alohida ahamiyat berganlar. Bemorning subьektiv xislarini etiborga olganlar. Bu haqida shunday aforizm bo’lgan: " qaysi bir bemor kasalligini yashirsa, u o’zini aldagan bo’ladi". Avastoda odam anatomiyasi va fiziologiyasi haqida ham ba’zi ma’lumotlar berilgan. Unda odam organizmi 8 qismdan iborat bo’ladi, deb ko’rsatilgan. Tomirlar haqida bunday deyilgan: 2 xil, ya’ni qizil qon oquvchi, qora qon oquvchi tomirlar bo’ladi. Bundan tashqari oq qon oquvchi yoki qon oqmaydigan 3 xil tomirlar ham bo’ladi. Bu yerda nerv tomirlari ko’zda tutilgan bo’lsa kerak.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling