Qadimgi sharq sivilizatsiyasi


Download 15.65 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi15.65 Kb.
#1374539
Bog'liq
qadimgi sharq sivilizatsiyasi


qadimgi sharq sivilizatsiyasi
qadimgi sharq sivilizatsiyasining ma’naviy sohasiquyidagi tavsiflarni o‘z ichiga
olgan:Birinchidan, ma’naviy sohada kishilar hayotining konservativligi tufayli dastlab politeistik, so‘ngra
monoteistik dinlar belgilovchi o‘rin tutadi.Ikkinchidan, afsonalarga notanqidiy yondashish, dogmatizm,
ekzaltatsiya (yunonchadan ag‘darilganda cheksiz shodlik yoki
boshqa xursandlik holati, qattiq hayajonlanishi) va mistitsizmga
berish mavjud.qadimgi Sharqda xo‘jalik yuritilishima’naviy va ijtimoiysiyosiy hayotvibob. Jamiyat va sivilizatsiya
Sharq sivilizatsiyasidagi betakror jihatlarUchinchidan,ilmiy bilimlarning aksariyat hollarda hunar sifatida
kishilar faoliyatining mavjud shakllari uchun qolip, andoza shaklida tushunilishi tufayli fan to‘la shakllana olmagan.To‘rtinchidan, barqaror stereotiplar sifatida avlodlar tajribasi muhim qadriyatlar sanalib, avlodlarning to‘liq o‘zaro birdamligi
mavjud bo‘ladi.Ijtimoiy-siyosiy hayot ham qadimgi sharq sivilizatsiyalariga
mansub jamiyatlarda qator o‘ziga xosliklar bilan ajralib turadi:Birinchidan, ijtimoiy tarkibda aholi turli qatlamlarining o‘zaro
hokim-tobe munosabatda ekanligi (masalan, hindistonda kastachilik),
ijtimoiy faollikning cheklanganligi, jamoaviylikning shaxsiylikdan
ustunligi, inson turmush faoliyati barcha jihatlarini, ijtimoiy adolat
tamoyillarini belgilash va nazorat qilish.Ikkinchidan,davlat va jamoat boshqaruvida ko‘pincha mustabidlik
mavjud bo‘lib, bunda davlatning jamiyatdan mutlaq ustunligi, uning barcha insoniy munosabatlarni boshqarib borishi ijtimoiy ideal va ishtiyoqni shakllantiradi.Uchinchidan, qadimgi sharq sivilizatsiyalarida insonga muayyan
jamoaning a’zosi sifatida qaralib, uning o‘z shaxsiy hayotini erkin
belgilashining iloji bo‘lmagan.sharq sivilizatsiyasi to‘g‘risida fanda
xilma-xil qarashlar mavjud. bu yerda tipik quldorchilik bo‘lmagan, feodalizm deb
atash qabul qilingan tartibotlarning tipik ifodasi qariyb o‘zgarishsiz holda, qadimda bo‘lganidek, o‘rta asrlarda
ham, birmuncha yangi jihatlar kasb etgan holda yangi zamonda ham
davom etib keldi.ma’lumki, qadimda jamoaga birlashgan kishilarning hayot
faoliyati quyidagi jihatlarga asoslangan: birinchidan, jamoa a’zolari majburiy ravishda bajariladigan o‘zaro almashuv
tamoyillari va mexanizmlariga amal qilishi kerak edi: har bir a’zo umumiy qozonga topganining hammasini qo‘shgani holda, undan
faqat o‘ziga tegishli qisminigina olgan. bular o‘rtasidagi farq esa jamoa yoki urug‘ boshlig‘iga tegishli bo‘lib, uning nufuzini
anglatgan;Ikkinchidan, katta oila boshlig‘i, urug‘ oqsoqoli yoki urug‘
kengashi a’zosi obro‘-e’tibor va hokimiyatga egalik qiluvchi sifatida
uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar – ijtimoiy-madaniy jarayon jamoaning barcha mulkini qayta taqsimlaydi, shu bilan jamoa
mulkining ham egasi ekanligini ko‘rsatadi.dehqonchilik bilan shug‘ullanish sharoitida boshliq jamoani jins,
yosh, avlod, oiladagi mavqega ko‘ra boshqargan. Odatda asta-sekin bir nechta qo‘shni jamoalarning nufuzlisi atrofida birlashish hodisasi yuz berishi ham mumkin. nufuzli jamoa markazidagi ilk shaharlarda ibodatxona, saroy, xazina, omborlar qurilgan. natijada oqsoqollarning eng kuchlisi yuqoridagi tarzda shakllanayotgan ilk davlatning sardori bo‘lgan.sharqda dastlab nomajburiy ijtimoiy hokimiyat, so‘ngra majburiylikka asoslangan davlat hokimiyativujudga kelgan. bunda boshqaruvchilarning o‘rni va ahamiyati tobora oshib borgan.buning natijasi o‘laroq kim hokimiyatga aloqador bo‘lsa, uning boshqa sohalarda ham ahvoli tegishli tarzda belgilangan. hokimiyat egasi qo‘lida boylik va mulk bo‘lgan. shunga ko‘ra kim hokimiyatga ega bo‘lsa, barcha narsalarga, jumladan, mulkka ham ega bo‘lgan. qadimgi sharq mamlakatlari sivilizatsiyalarida hokimiyat-mulk tamoyili amalda bo‘lgan. Oddiyroq qilib aytilsa, bunday tamoyilda hokimiyat mulkni tug‘dirgan, hokimiyatdan mahrum bo‘lish esa
barcha mulkdan ajralishgacha olib borgan.
Download 15.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling