Qadimgi Sharq va Gʼarb falsafasi. Qadimgi Markaziy Osiyodafalsafiy qarashlar
Qadimgi Markaziy Osiyodafalsafiy qarashlar
Download 29.73 Kb.
|
Avesto
Qadimgi Markaziy Osiyodafalsafiy qarashlar.
Qadimgi Turon zaminida dastlabki diniy-falsafiy qarashlar miloddan oldingi VIII-V asrlardayoq shakllana boshlagani maʼlum. Bu davrda Turon zaminida ijtimoiy munosabatlar ancha rivoj topadi. Oʼsha davrlarda bu mintaqada yashagan xalqlar yunon tarixchilari tomonidan skiflar deb atalsa, eron manbalarida saklar deb nomlangan. Bu xalqlar, qabilalar, elatlar asosan dehqonchilik, hunarmandchilik va chorvachilik bilan shugʼullanganlar. Dehqonchilikning rivoj topishi asosida dastlabki madaniy, hunardmandchilik, savdo markazlari - shaharlar vujudga kela boshladi. Miloddan oldingi davrlardayoq qadimgi turk, xorazm va sugʼd alifbosi paydo boʼladi. VIII-V asrlarda mahalliy elatlar, xalqlarning boy maʼnaviy merosi shakllana boshlaydi. Turon zaminida yuzaga kelgan adabiy yodgorliklarda ham jamiyatda vujudga kelgan ijtimoiy tengsizliklar, iqtisodiy ziddiyatlar aks etgan. Miloddan avvalgi VI asrdan to milodning III asrigacha bu yerda zardushtiylik va u bilan bogʼliq boʼlgan dualistik dunyoqarash tarqalgan edi. Zardushtiylik faqat din boʼlib qolmay, balki oʼsha davrning hukmron mafkurasi, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-falsafiy qarashlarining ifodasi sifatida koʼrina boshlaydi. Zardushtiylikning nazariy asosi «Аvesto» adabiy yodgorligining mazmuniga kirgan diniy-falsafiy gʼoyalar miloddan ilgarigi bir qancha asrlar davomida toʼplangan va rivojlangan. Iskandar Zulqarnaynning boskinchilik urushlari davrida «Аvesto»ning koʼp qismi yoʼqolgan. Аrshakiylar davrida uning qolgan qismi tartibga solingan. «Аvesto»ning bizgacha yetib kelgan qismi qaytadan tahrir etildi. «Аvesto»ni Eron, Turon xalqlari maʼnaviy hayotining kup tomonlarini oʼzida aks ettirgan qadimiy diniy-falsafiy, madaniy yodgorligi deyishga asos bor. «Аvesto»da qadimgi kishilarning tabiat va uni bilish yoʼllari haqidagi tasavvurlari umumiy tarzda ifoda etilgan. Unga koʼra koinot yer, okean, osmon yorugʼlik va jannatdan iborat. Uchta dengiz bilan bogʼlangan Yer okean bilan qurshalgan dumaloq shaklda tasvirlanadi. (Olimlarning taxmini boʼyicha bu-Kaspiy, Qora va Oʼrta Yer dengizlaridir). Yerning oxiri Ranga (Volga), Ind va Tigr daryolari hisoblanadi. «Аvesto»da Marv shahri dunyoning markazi sifatida koʼrsatilgan. Shunisi xarakterliki, unda Oy va Quyosh xudo Аxura Mazdaning tanasi sifatida tasvirlanadi. «Аvesto»da afsonaviy tasavvurlar bilan bir qatorda kishilarning hayotiy tajribalari ham oʼz ifodasini topadi. Bu ayniqsa, tibbiyotga qarashli maʼlumotlarda yaqqol koʼrinadi. Kitobda inson va jamiyat, ijtimoiy munosabatlar haqida kiziqarli maʼlumotlar ham berilgan. Zardushtiylikning jamiyat tarixi toʼgʼrisidagi gʼoyalari Tavrot va Qurʼondagi tasavvurlarga juda yaqin boʼlib, unda birinchi odam Ilmadir. Boshqa odamlar undan tarqalgan. Ilmaning hukmronlik davri oltin davr hisoblanadi. U davrda odamlar oʼlim nimaligini bilmagan. Xudo Аxura Mazda abadiy bahorni yaratadi. Natijada odamlar baxtli va farovon yashadilar. Lekin bir paytga kelib odamlar gunoh ish qilib qoʼyadilar, yaʼni taʼqiqlangan molning goʼshtini yeydilar. Shunda axramanьyu («Аxriman») xudosining qahri kelib odamlarga qor va sovuqni yuborgan. Ilma odamlar va mollarni sovuqdan saqlab qolish uchun uy qurib, unga barcha tirik narsalardan bir juftdan joylashtirgan. Shundan keyin tarixning birinchi davri - oltin davri tugab, ikkinchi davri - yaxshilik va yomonlik oʼrtasidagi kurash davri boshlanadi. Uchinchi davr - insoniyatning kelajagi davridir. Bu davrda qadimgi odamlarning baxt-saodat, adolatli jamiyat haqidagi orzu-umidlari ushaladi. Yaxshilik va yomonlik oʼrtasidagi kurashda Xudo Аxura Mazda gʼolib chiqib, baxtli hayot saltanati qaror topadi, oʼlganlar tiriladi, gunohkorlar jazolanadi. Zardushtiylikda oʼsha davrning huquqiy va axloqiy qarashlari ham oʼz ifodasini topgandi. Zardushtiylikning axloq majmuasida mehnatsevarlik, adolat, halollik, yaxshilik asosiy oʼrinni egallaydi. «Аvesto»da ibtidoiy davrdan feodal davrgacha boʼlgan axloqiy qoidalar oʼz aksini topgan. Zardushtiylikning axloqiy asosini uchta narsa - ezgu fikr, ezgu soʼz va ezgu amal tashkil etadi. Yaxshi fikr Аxura Mazda xudosining xislati (ramzi), yomon fikr esa Аndxa-manьyu xudosining xislati hisoblanadi. Zardushtiylik jamiyatda odamlar tinch yashashi, bir-biriga samimiy munosabatda boʼlishi, bir-biriga yordam qilishi gʼoyalari tarafdori boʼlib, shafqatsizlik, zoʼravonlik, shuhratparastlik, hasad qilish, tuhmat, jahlga yoʼl qoʼyish, vaʼdaga vafosizlik kabi illatlarni qoralaydi. «Аvesto»da mehnat inson kamoloti va axloqiy cogʼlomligining manbai sifatida ulugʼlanadi. Bu fikrlarning ildizini «Аvesto»dagi yaxshilik va ezgulik yaratish uchun kishi mehnat qilishi, oʼz qoʼllari bilan moddiy noz-neʼmatlar yaratishi zarurligi toʼgʼrisidagi gʼoyalardan izlamoq lozim. Inson, deyiladi unda, mehnat qilgandagina xudoning inoyatiga noil boʼladi. Bu bilan zardushtiylik oddiy mehnatkash insonni ulugʼlaydi. «Аvesto»da mehnat ahlini ulugʼlashga bagʼishlangan «Dehqonchilikning foydasi haqida» degan maxsus boʼlim ham bor. Kimki oʼng qoʼli va soʼl qoʼli bilan epra ishlov bersa, mehnat qilsa zamin rahmatiga musharraf bulajak». Devlarni magʼlub etish uchun xonadonda hamisha unli ovqat boʼlishi lozim. Bu ovqatni yegandan soʼng ular juda qizishib ketishadi va qocha boshlashadi». «Аvesto» tadqiqotchilaridan biri А.O.Makovelьskiyning fikricha, «ezgu fikr» niyatning yaxshiligi, yaqinlarga nisbatan yaxshilik qilish, zarur boʼlganda madad berishga tayyorlik, kishilar baxti-saodati uchun yovuzlikka qarshi kurashga hozirlik ruhidagi oʼy-fikr, barcha bilan tinch va totuv yashashga intilish va shu kabilardir. Inson boshqalarga nisbatan baxillik qilmasligi lozim. Ezgu fikrlar esa jaholatga teskaridir, chunki jaholatda kishi ezgu niyatlarini yoʼqotadi, burch va adolatni unutadi, uylamay ish qiladi». Zardushtiylik taʼlimotida ezgu fikr, ezgu soʼz, ezgu amalning birligi deyilganda faqirlarga mehribonlik, insonparvarlik, kishiga isnod keltiradigan ishlardan, birovga hasad qilishdan, oʼgʼrilik, talonchilik, oʼzgalar molini oʼzlashtirishdan, zinoga berilishdan, birovlarning dilini ogʼritishdan oʼzini tiyish va hokazolar tushunilgan. Download 29.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling