Qadimgi sharq xalqlarining ilk falsafiy qarashlari. Sharq falsafasi atamasi bilan Osiyo qitʼasida paydo boʻlgan falsafiy oqimlar, qarashlar majmuasi nomlanadi
Download 122.43 Kb.
|
1 2
Bog'liqfalsafa
QADIMGI SHARQ XALQLARINING ILK FALSAFIY QARASHLARI. Sharq falsafasi atamasi bilan Osiyo qitʼasida paydo boʻlgan falsafiy oqimlar, qarashlar majmuasi nomlanadi. Sharq falsafasiga hind, xitoy, fors, yapon, koreys hamda Oʻrta Osiyo falsafasi kiradi. Bu roʻyxatga baʼzan Bobil va Arab falsafasi ham kiritiladi, biroq bular gʻarb falsafasiga ham taalluqlidirlar. Koʻpgina jamiyatlar falsafiy muammolarni koʻrib chiqishdi va boshqa jamiyatlar ishlari asosida oʻz falsafiy anʼanalarini qurishdi. Masalan, Yaqin Sharq falsafasi Gʻarb falsafasi taʼsiri ostida boʻldi. Rus (baʼzilar buni Gʻarb falsafasiga taalluqli, deb koʻrishadi), Yahudiy, Islomiy, Afrika va baʼzi Lotin Amerikasi falsafiy anʼanalari Gʻarb falsafasidan taʼsirlanishdi; biroq, oʻzlarining aslliklarini ham yoʻqotishmadi.Bu anʼanalar orasidagi farqlar xush koʻrilgan tarixiy faylasuflar, gʻoyalar, uslublar yoki tillar bilan aniqlanadi. Ularni bir-biriga tegishli metodlar bilan oʻrgansa boʻladi va ular orasida sezilarli umumiyliklar bor. Ilk falsafiy taʼlimotlar qad. Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va Yunonistonda paydo boʻlgan, keyin Gʻarb mamlakatlariga yoyilgan. Qad. Hindistondagi falsafiy maktablar 2 turga bulinib, biri vedalaraxm kelib chiqqan va ularga suyanuvchi maktablar (vedanta, yoga, vaysheshika, nyaya, sankxya), ikkinchisi vedalarni rad etuvchi maktablar (jaynizm, buddizm, lokoyata) x, isoblanadi. Qad. Xitoydagi dastlabki falsafiy taʼlimotlar miloddan avvalgi 7asrda vujudga kelgan. U Qad. Xitoy yozma manbalarida uchrab, bu manbalarga „Qoʻshiqlar kitobi“, „Bahor va kuz“ kabi qad. yodgorliklar va Konfutsiynnng „Aforizm“larini, daosizmni kiritish mumkin. Markaziy osiyodagi enh qadimgi va ilk o`rta asrlarda falsafiy fikrlar rivoji. XVI asrdan XX asr boshlarigacha O`zbekistondagi ijtimoiy-falsafiy tafakkur. Markaziy Osiyodagi eng qadimgi falsafiy qarashlar. Miloddan oldingi ming yilliklarda Vatanimiz hududida ijtimoiy-siyosiy va falsafiy tafakkur rivoji. Qadimgi Xorazm, Sug’diyona, Afrosiyob, Sxosh madaniyati, uning milliy g’oya shakllanishidagi ahamiyati. "Avesto" va zardushtiylik g’oyalari. Avesto - mamlakatimiz sivilizatsiyasi va xalqlarimiz ijtimoiy fikri tarixining qadimgi namunasi. Zardushtiylikning olam, borliq va ruh, tabiat va odam to’g’risidagi qarashlari. Avestodagi milliy g’oyalarning ifodalanishi va uning xalqlarimiz taraqqiyotidagi ta`siri. Markaziy Osiyodagi buddaviylik. Buddaviylikning Kushon davrida yangi va ustivor yo`nalishlardan biriga aylanishi. Moniy falsafasi. Moniylik g’oyalarining tarqalishi. Mazdak g’oyalari. Mazdakiylikning tarqalishi, asosiy tamoyillari va qarashlari. Moniy va Mazdak ta`limotlarining tarixiy taqdiri va xalqlarimiz ma`naviy taraqqiyotiga ta`siri. O’rta asrlarda evropada falsafiy fikrlar tarqqiyotining asosiy husuiyatlari va yo`nalishlari. O‘rta asrlar g‘arb falsafasi Yevropa tarixida o‘rta asrlar davri deyarli to‘la ming yilni (Rim imperiyasining parchalanish lahzasidan Uyg‘onish davrigacha) o‘z ichiga oladi. O‘rta asrlar yevropasi feodalizmning qaror topishi bilan belgilanadiki, u xristian dunyoqarashidan foydalandi. Ma'jusiylik dini va falsafasi, hamda bid'atchilarning adashishlariga qarshi kurashiga apologetlar (yunoncha apologiya-himoya) deb atalgan qadimgi antik davrning keyingi xristian yozuvchilari bel bog‘ladilar. Apologetlarning eng ko‘zga ko‘ringan vakili Kvint Tertullian (160-220) edi. Falsafa va xristianlikni bir biriga to‘g‘ri kelmasligiga dalillar keltirib, u shundan kelib chiqdiki, xristianlik falsafiy asosga ehtiyoji yuq. Isodan keyin hyech qanday bilimga qiziqishning keragi yo‘q, Injildan keyin esa hyech qanday tadqiqotning zaruriyati yo‘q. E'tiqodni oliy haqiqat sifatida tushunish falsafani ilohiyotga bo‘ysundirish uchun asos bo‘ldi. Apologetika orqasidan xristian mafkurachilarining asarlari bo‘lgan patristika paydo bo‘ldiki, uning mualliflari bid'atchilarga qarshi kurashga katta hissa qo‘shganliklari uchun avliyolik darajasiga ko‘tarildilar va cherkov otalari deb ataldilar. «Cherkov otalari» ning eng yirigi Avreliy A vgustin (354-430) edi. Avgustin falsafasining markazida Xudo turadi. Xudo oliy mohiyat bo‘lib, eng oliy ezgulikdir. Inson esa o‘zida tabiatning moddiy jismlarini – o‘simliklar va hayvonlarni birlashtiradi va aqliy ruh, hamda ozod irodaga egadir. Ruh xudoga yaqin bo‘lib, moddiy emas, zavol topmaydi va o‘z qarorlarida ozoddir. Ma'naviy hayotning asosi irodadir, ammo aql emas. Hayotning maqsadi va mazmuni baxtsaodatdadirki, unga Xudoni bilish bilan erishib bo‘ladi. Insoniy va ilohiy tarix voqyealari birlik va qarama-qarshiliklar orqali ro‘y beradi, ular o‘z ifodasini ikki saltanat (shaharlar) - Xudoning va yerning to‘qnashuvida topadilar. Xudo saltanatiga insoniyatning oz qismi, ya'ni o‘zining axloqiy-diniy xulqi bilan Xudoning rahmatiga va najotiga erishganlar kirdilar, yerdagi saltanatga esa, baraks, o‘zini yaxshi ko‘radigan, ochko‘z, xudbin kishilar kiradilarki, ular Xudoni unitadilar. Xudo saltanatiga mansublikning bosh garovi sifatida Xudo va cherkov oldida itoat va bo‘ysunish xizmat qiladi. RENOSANS DAVRI FALSAFASI Uygʻonish davri (Renessans) — Markaziy Osiyo, Eron, Xitoy (9-12 va 15-asrlar), Gʻarbiy Yevropada yuz bergan alohida madaniy va tafakkuriy taraqqiyot davri. n "Renessans" atamasi dastlab Italiyadagi madaniy-maʼnaviy yuksalish (14—16-asrlar)ga nisbatan qoʻllanilgan, uni oʻrta asrchilik turgʻunligidan yangi davrga oʻtish bosqichi deb baholaganlar. Renessansning asosiy alomatlari: tafakkurda va ilmu ijodda dogmatizm, jaholat va mutaassiblikni yorib oʻtib, insonni ulugʻlash (qarang Gumanizm), uning isteʼdodi, aqliyfikriy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish; antik davr (yunonrum) madaniyatiga qaytib, uni tiklash, boyitish; cherkov sxolastikasidan qutulib, adabiyot va sanʼatda dunyoviy goʻzallik, hayot taronalarini qizgʻin kuylash; inson erki, qurfikrlilik uchun kurashish. Buning natijasi oʻlaroq, ijodiy qudrat va tafakkur kuchini namoyish etadigan ulugʻvor badiiy asarlar, salobatli binolar yaratildi, ilmfan rivojlandi. Italiyada shoir Petrarka va Dante, rassom Jotto, adib va mutafakkirlar Bokkachcho, Ariosto, Tasso, Byome Renessans gʻoyalarining jarchilari boʻlib maydonga chiqsilar. Keyinchalik Mikelanjelo, Rafael, Shekspir, Servantes Yevropaning turli mamlakatlarida buni davom ettirdilar. Ammo Renessans, yaʼni Uygʻonish faqat Yevropa hodisasi emas. Dunyo madaniyatini yaxlit olib oʻrgangan olimlarning ishlari shuni koʻrsatdiki, Osiyo markazida joylashgan Movarounnaxr, Xuroson va Eronda Italiyaga qaraganda bir necha asr oldin (9— 12-asrlar) ulkan madaniy koʻtarilish yuz bergan, ilmfan, falsafa, adabiyot kuchli rivojlanib, ilgʻor insonparvarlik gʻoyalari jamiyat fikrini band etgan, aqliy va ijodiy faollik gurkiragan. Bu davr dunyo ilmida "Musulmon Renessansi" (A. Mets) yoki "Sharq Uygʻonishi" (N. I. Konrad) nomi bilan atalib kelinmoqda. Sharq Uygʻonish davrida Yevropa Uygʻonish davrining asosiy belgilari mujassam: joʻshqin ijodiy faoliyat, ulkan bunyodkorlik ishlarining amalga oshirilgani, aqlni hayratga soluvchi bemisl asarlarning yaratilgani shundan dalolat beradi. Sharq Uygʻonish davri ham ulugʻ allomalar, qomusiy bilim sohiblari, mashhur mutafakkirlarni yetishtirdi. Aniq fanlar sohasida Muhammad Xorazmiy, Abu Bakr ar Roziy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al Fargʻoniy, Umar Xayyom, Mirzo Ulugʻbek jahonshumul kashfiyotlar qildilar. Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Ibn Rushd, Muhammad Gʻazoliy, Nasafiy Aziziddinlarning falsafiy asarlari tafakkur xazinasini boyitdi, olam, odam va jamiyat yaxlitlikda tadqiq etilib, yangi qonuniyatlar ochildi, aqliy bilim ufqlari kengaydi, fozil jamiyat va komil inson nazariyasi chuqur ishlab chiqiddi. Sheʼriyatda Abu Abdullo Rudakiy, Abulalo alMaarriy, Abulqosim Firdavsiy, Jaloliddin Rumiy, Hofiz Sheroziy, Nizomiy Ganjavip, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy kabi daho ijodkorlar yetishib, oʻlmas asarlar yaratdilar, ishqmuhabbat, qahramonlik, ozodlik va ezgulikni kuyladilar. Miniatyura rassomchiligida bir necha maktablar shakllandi, bunda Kamoliddin Behzod rasmlari yangi ijodiy yoʻnalishga asos soldi. Uygʻonish davri ning yana bir belgisi xalq ruhini ifodalaydigan "Ming bir kecha", "Kalila va Dimna", "Qirq vazir", "Toʻtinoma", "Sindbodnoma", "Jomeʼul hikoyot" kabi qiziqarli sarguzashtlarga toʻla, shavqu zavq qoʻzgʻatadigan asarlarning koʻpaygani, ikkinchi tomondan "Xamsa"larda boʻlganiday, insoniy ideallarni mujassam etgan hikmat va falsafaga boy umumbashariy gʻoyalarning tasvirlanishidir. Rumiy Jaloliddin (1207, Balx — 1273, Koʻnya) — shoir va mutafakkir. Tasavvufdagi mavlaviya tariqatining asoschisi. Arab, fors va turkiy tillarida ijod qilgan. Otasi Bahouddin Valad sufiylar va fiqh donishmandi boʻlgan. Shu bois ham sulton Muhammad Xorazmshoh (1199—1220) saroyga taklif etgan. Pekin Valad uning taklifini rad etib, maktabdorlik hamda ilmiyi-ijodiy ish bilan mashgʻul boʻlgan. Xorazmshoh bilan kelisholmagan Valad haj safari bahonasida oilasi bilan Balx shahrini tark etgan. Rumiy Makka yoʻlida Farididdin Attor bilan uchrashgan. 1220-yil Rum sultoni Alouddin Kayqubod I ning daʼvati bilan Koʻnya (Kichik Osiyo) ga kelgan. R. Halab, Damashq va Bagʻdod madrasalarida oʻqigan, mudarrislik qilgan. Rumiy shaxsiyati kamolotida shoir va shayx Shams Tabriziyning oʻrni katta. U 3 yil Rumiyga dars beradi: falsafa, xususan, soʻfiylik taʼlimotini oʻrgatadi. Shoirning oʻzi ham bir baytida "Agar Attor menga ruh baxsh etgan boʻlsa, Shamsi Tabriziy tilsim kalitini tutqazdi", degan. 1244-yil R. ustozini nihoyatda hurmat qilgani uchun oʻz gʻazallarida "Shamsi Tabriziy", "Shamsi" taxalluslarini qoʻllay boshlagan. Shoir gʻazallarining "Shamsi Tabriziy devoni" nomi bilan shuhrat qozonishining boisi ham shunda [42 ming baytli "Devoni Kabir" ("Ulugʻ devon")ning ikkinchi nomi "Devoni Shamsi Tabriziy"]. Rumiyning ijodi usmonli turk adabiyotining sarchashmasi hisoblanadi. Rumiy.dan sheʼrlar devoni, "Makotib", "Ichindagi ichindadir" ("Fihi mo fihi") hamda "Masnaviyi maʼnaviy" kitoblari meros boʻlib qolgan. "Ichindagi ichindadir" nasriy asar boʻlib, olimning turli majlis va suhbatlardagi falsafiy nutklarining majmuasidir. "Makotib" esa, muallifning zamondoshlari va ustozlari bilan boʻlgan turli yozishmalari — maktublaridan iborat. Har 2 asarda muallifning ijtimoiyfalsafiy, axloqiytaʼlimiy mushohadalari, tasavvufga doir nazariy qarashlari oʻz ifodasini topgan. Shoir devoni turli janrlardan iborat 25 ming baytdan ziyod sheʼrlarni oʻz ichiga olgan. Rumiy sheʼriyati, asosan, ilohiy ishq bilan bogʻlangan. U oʻzining barcha asarlarida yeru koʻkning sohibi boʻlmish Alloh va uning zamindagi xalifasi hazrati insonni ulugʻlaydi. R.ning mashhur asari "Masnaviyi maʼnaviy"dir. Asarda Qurʼoni karim va Hadisi sharif maʼnolarini oʻziga singdirgan, inson hayoti bilan bogʻliq barcha masalalar badiiy yoʻsinda bayon etilgan. 6 jild (daftar)dan iborat asarning dastlabki qismlarini adibning shogirdi Hisomiddin Chalabiy ustozi ogʻzidan yozib olib, taxlildan oʻtkazgan. Chalabiy vafotidan soʻng muallif asarning davomini 10 yilda yozib tugatadi. Qurʼoni karim oyatlarining 70 foizi mohiyatini oʻzida mujassamlashtirgan, 270 dan ziyod hikoyalarni, yuzlab pandu hikmatlarni oʻz ichiga olgan bu kitob oʻz vaqtida va keyinchalik ham yozuvchi nomining dunyoga keng tarqalishiga sabab boʻlgan. Chunki R. masnaviyda oʻzigacha boʻlgan Sharqu Gʻarb donishmandlarining falsafiy qarashlarini, islomiy farzlarni sodda bir uslubda, sheʼriy yoʻl bilan badiiy ifodalagan. Agar R. "Har ertalab bemorlar shifo tilab Iso alayhissalom eshigiga borishgani", "Lochinning oʻrdaklarni sahroga chiqargani", "Zarvon ahli qissasi", "Majnun Layli koʻyida yurgan itni oʻpib, erkalagani", "Boʻyoqchining xumiga tushgan shaqalning tovuslik daʼvo etgani", "Xorut va Morut qissasi" singari qissa va hikoyalarida paygʻambarlar hayotidan turli moʻʼjizalar keltirib, islomiytasavvufiy gʻoyalarni targʻib etgan boʻlsa, boshqa turkum hikoyalarida bevosita insonning kundalik turmushi, ilmmaʼrifat kasb etishi, hunar oʻrganish yoʻlidagi riyozatlarini badiiy tasvirlab, chuqur falsafiy xulosa chiqarishga undagan. Rumiy ijodi yuksak badiiyati bilangina emas, balki mantiq kuchi, falsafiy fikrlarga boyligi bilan ham katta taʼsir kuchiga ega. Uning tabiat va jamiyat hodisalarining doimiy oʻsish, oʻzgarishda ekani, eskining yoʻqolib, yangining paydo boʻlishi — "dunyoning ziddiyatlar birligidagi ziddiyatlar jangi"dan iboratligi toʻgʻrisidagi qarashlari, nemis faylasufi Gegelning eʼtiroficha, uning dialektik metodni yaratishiga yordam bergan. Rumiy asarlari koʻpchilik forsigoʻy va turkigoʻy shoirlar ijodiga katta taʼsir koʻrsatgan, masnaviyxonlik xalqimiz oʻrtasida keng tarqalgan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida R.ning "Masnaviyi maʼnaviy" asari saqlanadi. Istikdol yillarida R. hayoti va ijodiga kiziqish yanada kuchaydi. Sh. Shomuhamedov, A. Mahkam va boshqa shoirning turli janrdagi sheʼrlaridan namunalarni oʻzbek tiliga tarjima qilishdi. Shoir Jamol Kamol "Masnaviyi maʼnaviy" tarjimasini nihoyasiga yetkazdi, 6 kitobdan iborat bu yirik asarning 4 jildi bosilib chiqdi (2002, 2003). "Ichindagi ichindadir" asari ham oʻzbek oʻquvchilarining maʼnaviy mulkiga aylangan. Sharq falsafasi atamasi bilan Osiyo qitʼasida paydo boʻlgan falsafiy oqimlar, qarashlar majmuasi nomlanadi. Sharq falsafasiga hind, xitoy, fors, yapon, koreys hamda Oʻrta Osiyo falsafasi kiradi. Bu roʻyxatgabaʼzan Bobil va Arab falsafasi ham,kiritiladi,biroq bular gʻarb falsafasiga ham taalluqlidirlar. Koʻpgina jamiyatlar falsafiy muammolarni koʻrib chiqishdi va boshqa jamiyatlar ishlari asosida oʻz falsafiy anʼanalarini qurishdi. Masalan, Yaqin Sharq falsafasi Gʻarb falsafasi taʼsiri ostida boʻldi. Rus (baʼzilar buni Gʻarb falsafasiga taalluqli, deb koʻrishadi), Yahudiy, Islomiy, Afrika va baʼzi Lotin Amerikasi falsafiy anʼanalari Gʻarb falsafasidan taʼsirlanishdi; biroq, oʻzlarining aslliklarini ham yoʻqotishmadi.Bu anʼanalar orasidagi farqlar xush koʻrilgan tarixiy faylasuflar, gʻoyalar, uslublar yoki tillar bilan aniqlanadi. Ularni bir-biriga tegishli metodlar bilan oʻrgansa boʻladi va ular orasida sezilarli umumiyliklar bor. Ilk falsafiy taʼlimotlar qad. Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va Yunonistonda paydo boʻlgan, keyin Gʻarb mamlakatlariga yoyilgan. Qad. Hindistondagi falsafiy maktablar 2 turga bulinib, biri vedalaraxm kelib chiqqan va ularga suyanuvchi maktablar (vedanta, yoga, vaysheshika, nyaya, sankxya), ikkinchisi vedalarni rad etuvchi maktablar (jaynizm, buddizm, lokoyata) x, isoblanadi. Qadimgi Xitoydagi dastlabki falsafiy taʼlimotlar miloddan avvalgi 7-asrda vujudga kelgan. U Qad. Xitoy yozma manbalarida uchrab, bu manbalarga „Qoʻshiqlar kitobi“, „Bahor va kuz“ kabi qad. yodgorliklar va Konfutsiynnng „Aforizm“larini, daosizmni kiritish mumkin. Markaziy Osiyodagi falsafiy qarashlar qad. turkiy yozuvlar, tangriga eʼtiqod qilish tamoyillarida va zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestodya oʻz ifodasini topgan. Bundan tashqari, Sharq xalqlarining tabiatning asosiy unsurlari yer, suv, havo va olovni eʼzozlash haqidagi naturfalsafiy qarashlari va gʻoyalari Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlariga keng yoyilib Qadimgi Misr, Bobil, Lidiya mamlakatlari xalklarining tafakkur tarziga singib ketgan. Yunonistonning ilk falsafiy maktabi — Milet maktabi ham oʻz gʻoyalarini Sharkdan olganligi tadqiqotchilarga maʼlum. Miloddan avvalgi 2—1-asrlarda Marv, Balx, Termiz, Sigʻnoq, Samarkand, Buxoro zaminini oʻziga qamrab olgan hududda kushonlar saltanati qaror topib, unda budda dini xukm suradi, uning falsafasi bu joyda yashovchi xalqning tafakkur tarziga oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Ammo Avesto gʻoyalari xalq ongidan butunlay chiqib ketmaydi. Milodiy 3-asrga kelib tenglik gʻoyalarini ilgari suruvchi moniylik taʼlimoti paydo boʻldi. Bu taʼlimot mazdakiylar harakatinnnt maʼnaviy tayanchi boʻlgan. Falsafa Xitoy tamadduniga, umuman Sharqiy Osiyoga sezilarli taʼsir koʻrsatdi. Koʻpgina buyuk falsafiy maktablar Bahor va Kuz Davri hamda Davlatlar Urushi Davrida paydo boʻlib, Fikrning Yuz Maktabi nomi ostida tanildi. Ulardan eng ahamiyatlilari orasida Konfutsianizm, Taoizm, Mohizm va Legalizmlarni koʻrsatsa boʻladi. Keyinchalik, Tang Sulolasi davrida, bu safga Buddizm ham qoʻshildi (shuni aytib oʻtish joizki, Sharq falsafasida din va falsafa orasida qatʼiy farqlar yoʻq). Gʻarb falsafasi kabi, Xitoy falsafasi ham keng qamrovlidir va falsafaning har bir sohasiga taalluqli maktablarga ega. Hind ostqitʼasi tarixida Oriy-Vedik madaniyat oʻrnatilganidan soʻng ikki ming yillik davr ichida falsafiy va diniy mutafakkirlik oltita Nastika maktablari paydo boʻlishiga olib keldi. Bu maktablar hinduizm bilan chambarchas bogʻlangan edilar.Hind falsafasi Janubiy Osiyo madaniyatining katta qismini qurgan va Uzoq Sharqqa ham dharmik dinlar orqali yetib borgan. Undagi fikrlar pluralizmi hind falsafasini liberal universalizm shakliga keltirgan. Fors falsafasi tarixi Qadimgi Eron falsafiy anʼanalari va ularning hind-eron ildizlariga borib taqaladi. Fors falsafasi Zardusht taʼlimotidan taʼsirlangan. Eron tarixidagi turli urushlar — Iskandar Zulqarnayn, arablar va moʻgʻullar istilolariturli madaniyatlar, dinlar aralashuvi va natijada turfa falsafiy maktablar paydo boʻlishiga olib keldi. Bularga zardushtiylik va islom taʼlimotlari, yunon falsafasi taʼsiridagi oqimlar, manixeylik, mazdakiylik va hokazo kiradi. Oʻrta Osiyo falsafasi Zardushtiylik, keyinchalik esa Islom dinlari taʼsirida shakllangan. Muhim faylasuflardan biri — ibn Sino Oʻrta Osiyo va umuman Islom olamida mantiq va metafizikani shakllantirdi; bunda u Arastu va Aflotun ishlariga tayandi. Ibn Sino olamning vaqt oʻqida yaratilishini rad etadi; olam uning yaratuvchisi emanatsiyasidir, deydi. Ibn Sinoning bu qarashlari islomiy deizm va pandeizmga yaqindir. Keyinchalik Oʻrta Osiyolik boshqa faylasuflar — Beruniy, Forobiy, Gʻazzoliy, Navoiy, Bedil va hk — ibn Sino asos solgan islomiy metafizika doirasida fikrlashdi va bu oqimlardan baʼzilari Yevropagacha yetib bordi. Hind falsafasi (dini) VEDA bu din hozirgi davrda hinduizm deb ataladi lekin. VEDA 4 ga bo'linadi bular rigveda - hudolarga madh, samaveda - kuy qo'shiq, yadjurveda - qurbonlik qo'shiqlari atxarveda - sehr va jodular.Veda dini hind halqlarida juda katta tabaqalanishga olib keldi.Keyinchalik buddizm paydo bo'ldi.Barcha hii=nd aholisi budizm diniga o'tishni boshlashgandan keyin veda dinidagilar o'z dinida katta o'zgartirish qilishadi va shu tariqa veda dini hinduizmga aylaadi Xitoy falsafasining oʻrta asrlar davri (miloddan avvalgi 2-asr - milodiy 10-asr) Bu davr konfutsiylik , legalizm va daoizm o'rtasidagi qarama-qarshilik bilan tavsiflanadi . Oxir-oqibat, bu bahsda konfutsiylik davlat dini va axloqi sifatida ustunlik qiladi. Miloddan avvalgi 1-asrda. e. Buddizm Xitoyga kirdi . Xan davrining atoqli mutafakkirlari: faylasuf va davlat arbobi Dong Chjungshu (miloddan avvalgi 2-asr), oʻrta asrlarda “Xan davri Konfutsiysi” nomi bilan shuhrat qozongan, Xan sulolasi imperatori Vudi (miloddan avvalgi 2-asr, Konfutsiy) , Konfutsiychi faylasuf, yozuvchi va filolog Yang Xiong (miloddan avvalgi 53 - miloddan avvalgi 18 yillar), "O'zgarishlar kitobi" ga taqlid qilib yozilgan " Tay Xuan Jing " (Buyuk sir qonuni) asari muallifi . Van Chong (milodiy 27 - 97 yillar) va Chjan Xen (78-139) kabi buyuk mutafakkirlar ham Xan davriga mansub. Chjan Xen qadimgi Xitoy astronomiyasi, mexanikasi, seysmologiyasi va geografiyasining rivojlanishiga ulkan hissa qo'shgan. Bu davrning yirik mutafakkiri ham tarixchi ediSima Tsyan (miloddan avvalgi 145-86), Xitoyning qadimgi davrlardan boshlanib, miloddan avvalgi II asr oxirida tugallangan birinchi umumiy tarixi muallifi. e. Xan sulolasi hukmronligi davrida Men Si (miloddan avvalgi 90-40 yillar) va Jing Fang (miloddan avvalgi 78-37 yillar) kabi mutafakkirlarning ijodi "I Ching" kalendar ilovalariga asos solgan deb ishoniladi . I Chingning kalendar astronomik jihatlarini rivojlantiruvchi bu yoʻnalish Men Si shogirdi Jiao Yanshou, “I Lin” (“Oʻzgarishlar oʻrmoni”) asari muallifi, shuningdek, Chjen Syuan (127-127-yillar) asarlarini ham oʻz ichiga olishi mumkin. 200), Xun Shuang (128-190) va Yu Fan (164-233). Milodiy II asrda daochi faylasuf va alkimyogari Vey Boyangning (taxminan 100-170) faoliyati " Can tong qi " asarining muallifi bo'lib, unda u trigramlar va hexagramlar yordamida Taoizm alkimyosining asosiy tamoyillarini bayon qilgan. davom etdi.Vey Boyan ijodi klassik “Oʻzgarishlar kitobi” (“Chjou Yi”)ga sharh shaklida qurilgan. Xan davrida Tay Ping Ching yozilgan bo'lib, uning muallifligi Taoist donishmand Yu Jiga tegishli . Ushbu kitobda keltirilgan ta'limotlar Sariq salla qo'zg'oloni mafkurasining asosini tashkil etdi va daoizm utopik tafakkurining rivojlanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. 23 yil yashagan faylasuf Van Bi (226-249) Xitoyda falsafaning rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatdi . Ilk Vey sulolasi davrida (220—264) yirik amaldor boʻlgan. Mutafakkir konfutsiy va daosizm klassikasiga yozgan sharhlarida o‘z fikrlarini bildirgan. Vang Bi "Chjou i Chju" (Chjou o'zgarishlariga sharh) va " Laozi Chju" ( Laozi haqida sharh ) muallifidir . “Chjou i”ning mazmuni Van Bi tomonidan vaqtinchalik jarayonlar va o‘zgarishlar nazariyasi sifatida talqin qilingan. G'arbiy Jin Pey Vey (267-300) shtatidagi faylasuf va olim, Chun Yu Lun (Mavjudlikni hurmat qilish to'g'risida nutq) insho muallifi "yo'qlik qadri" g'oyasiga faol qarshi chiqdi. gui wu) Vang Bi tomonidan ishlab chiqilgan Xitoy falsafasining yangi davri (milodiy 1000 yildan beri) U asoschisi bilan birgalikda diniy ehtiromga ko'tarilgan konfutsiylikning dogmatizatsiyasi bilan tavsiflanadi (1055 yil - Konfutsiy oilasiga oliy olijanob unvon berilishi, 1503 yil - Konfutsiyning avliyo sifatida kanonizatsiya qilinishi, u uchun ibodatxonalar qurilishi, Biroq, avliyolarning tasvirlari yo'q edi). Boshqa tomondan, daochilarni ta'qib qilish (daosizmning rasmiy taqiqlanishi - 1183) mavjud. Xristianlik o'sha vaqtga kelib Xitoyga kirib, Xitoy falsafasiga ta'sir o'tkaza oldi. Chjan Zay 11-asrning taniqli mutafakkiri edi., Chjan Tsixou, Chjan Xenju va Chjan-tszu (1020-1078) nomi bilan ham tanilgan neo-konfutsiy li syue maktabi (“ta’limot tamoyili”) asoschilaridan biri.Uning asosiy asarlari “Si Ming” ( “G‘arbiy yozuv”), “Dong Ming (Sharq yozuvi), Chjen Men (Ma’rifatsizlarga yo‘l-yo‘riq), Jing Syue Di Ku (Kanonni o‘rganish tamoyillari tubsizligi), Yi Shuo (O‘zgarish qonuni ta’limoti). Chjan Zay inson haqidagi ta'limotida insonda ikkita "tabiat" - samoviy va "efir" mavjudligini tan olishdan kelib chiqqan. Chjan Zayning so'zlariga ko'ra, qi (efir) hamma narsaning ham, butun olamning asosiy printsipidir. Qi katta bo'shliqni to'ldiradi (taishu). Yunjia maktabining asoschisi faylasuf Ye Shi (1150-1223) fikricha, olam beshta asosiy element va sakkiz turdagi substansiyadan iborat bo‘lib, ramziy ma’noda sakkiz trigramma bilan belgilanadi.Van Yangming (1472-1529), daosizm va konfutsiylik o'rtasida vositachilik qilgan. Keyinchalik o'qituvchi Yan Yuan (XVIII asr) paydo bo'ladi . 17-asrning yirik mutafakkiri konfutsiy faylasufi Van Chuanshan (1619-1692) boʻlib, uning naturfalsafiy konstruksiyalari Chjan Zayning (1020-1078) “Buyuk boʻshliq” (tay xu) haqidagi taʼlimotiga asoslanadi. neokonfutsiylik asoschilari. 17-asrda tabiat toʻgʻrisidagi taʼlimotning (pu xue) asoschisi olim-entsiklopedist (filolog, tarixchi, geograf, iqtisodchi, astronom) Gu Yanvu (1613-1682) faoliyati oʻziga xos empirik- konkret yoʻnalish. , ham sodir bo'ladi. 18-asr faylasufi va olimi Dai Zhen (1723-1777) ham ushbu oqimning eng yirik vakili edi. Xitoyda 19-asrning asl va teran mutafakkiri bu harakat tashkilotchilari va mafkurachilaridan biri, faylasuf va shoir Tan Sitong (1865-1898) edi, u islohot harakatining boshqa besh faol arbobi bilan birga qatl etilgan . 20-asr vakillari orasida, birinchi navbatda , Xitoy falsafasining sofligi uchun kurashayotgan Gu Hongmingni , shuningdek, Sun Yat-sen , Feng Yulan va Liang Shuminni (1893-1988) qayd etishimiz kerak. Xitoyda marksistik mafkuraning mashhur targʻibotchisi faylasuf Ay Siqi (1910-1966) edi. Xitoy falsafiy va ijtimoiy tafakkurining faylasuflari va tarixchilari Xou Veylu ham o‘z tadqiqot faoliyatida marksistik dunyoqarash tamoyillaridan kelib chiqqan.(1903-1987) va Du Guoxiang (1889-1961) so'nggi o'n yillikda faylasuf va geosiyosatchi Chjan Venmuning globallashuv va geostrategiyaning eng dolzarb muammolariga bag'ishlangan asarlari mashhur bo'ldi . 20-asrda turli xorijiy falsafiy oqimlar ichida sovet falsafasi Xitoy falsafasi rivojiga eng katta taʼsir koʻrsatganligi sababli bir qator xitoylik tadqiqotchilar sovet falsafasi tarixini, sovet davrini oʻrganishga eʼtibor qaratmoqdalar. rus falsafasi tarixi va rus falsafasi tarixida (Jia Zelin , An Qingyan, Li Shangde , Bao Ou, Ma Yinmao, Chjan Baichun va boshqalar). Sharq qadimiy madaniyat o'chobi va jahon sivilizatsiyasining beshigi deya bejiz ta'riflanmagan. Farb madaniyati tarixini o'rganish jarayonida Ovrupotsentrizm nazariyasiga obib ketish bayriilmiy bo'lgani kabi, masalaning Sharq bilan bobliq jihatini tahlil etganda ham Osiyotsentrizm boyalari ta'siriga tushmaslik lozim. Shu bilan birga, Sharqning o'ziga xosligi, unga mansub bo'lgan madaniy taraqqiyot jahon sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo'shilgan munosib hissa ekani ham sir emas. Bu hol jahonning barcha xolis mutaxassis olimlari tomonidan e'tirof etiladi. Qolaversa, Vatanimiz sivilizatsiyasining Sharq sivilizatsiyasi quchobida voyaga yetgani va uning qadriyatlarini o'zida aks ettirganini, unga va butun dunyo madaniyatiga ulkan ta'sir ko'rsatganini doimo esda tutish darkor. Download 122.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling