Qadimgi Sharqdagi iqtisodiy g'oyalar


Download 27.22 Kb.
Sana28.03.2023
Hajmi27.22 Kb.
#1304386
Bog'liq
1. Qadimgi Sharqdagi iqtisodiy g\'oyalar


Qadimgi Sharqdagi iqtisodiy g'oyalar
Iqtisodiy fan manbalarni avvalo jahon sivilizatsiyasining beshigi bo’lgan qadimgi Sharqdan izlamoq mantiqan to’g’ridir. Iqtisodiy g’oyalarning shakllanishi insoniyatning paydo bo’lishi bilan bog’langan ammo hozirgi paytda qo’l yozmalarda aks ettirilgan g’oyalargina tahlil qilingan. Shu sababli iqtisodiy ta’limotlar tarixi quldorlik jamiyati paydo bo’lishi bilan bog’lanadi. Dastlabki quldorlik jamiyati Sharqda sinfiy ajralish boshlagan joylarda, Mesopatomiya (Tigr va Evfrat daryolari oralig’ida) va Misrda eramizdan avvalgi IV ming yillikda yuzaga kelgan. Bunga asosiy sabab shuki, bu yerda texnologik inqilob ro’y bergan. Metal qurollar ishlatila boshlangan, qishliq xo’jaligida intensif ko’p hollarda sug’orma dehqonchilikka o’tilgan.Shu asosda nisbatan turg’un qo’shimcha mahsulot olish imkoni tug’ilgan. Oqibatda jamiyatda mehnat taqsimotini rivojlantirishga, ko’pgina hunarmandchilik sohalarining ajralib chiqishiga, sinfiy tabaqalanishiga turtki bo’lgan. Bu davrda qo’shimcha mahsulot olishning asosiy usuli jamoaga birlashgan dehqonlarni ekspluatatsiya qilish yo’li bilan renta soliq olish bo’lsa, qullarni beayov ishlatish bilan katta boylik orttirilgan. Sharqda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi darajasiga qarab, qullarnikidan deyarli farq qilmagan (umuman Sharq mamlakatlarida qulchilik masalasi hali uzil-kesil hal etilgan emas). Akademik V.V.Struve uni tan olgan. Lekin ko’pgina olimlarning fikricha , Sharqda quldorlik klassik shaklda rivoj topmagan, patriarxal, ya’ni uy xo’jaligida ustun bo’lgan. Sharq, jumladan O’rta Osiyo mamlakatlaridagi xo’jalik faoliyatida nisbatan erkin odamlar ishtirok etgan. Masalan, dehqonchilik, qurilish sohasida qullar mehnatidan foydalanilmagan. Antik dunyo (G’arbiy Yevropadagi) ayrim regionallarda xalqaro savdoni olib boorish bilan bog’liq ravishda tovar-pulmunosabatlari ham anchagina rivojlangan (masalan Gretsiyaning ayrim shaharlari). Shu asosda qulchilikka asoslangan xususiy mulkchilik rivoj topgan. O’z mahsulotini mo’ljallab ishlab chiqargan qulchilik xo’jaliklari ekspluatatsiyani kuchaytirishi talab etilgan. Oqibatda klassik yoki antic qulchilik yuzaga kelgan. Qadimgi Misrdan farqli ravishda Mesopotamiyada xususiy mulkchilik va Tovar-pul munosabatlarining nisbatan tez rivojlanishi xarakterlidir. Bu Bobil (Vavilon)da podsholik qilgan Xammurapi qonun to’plamlari (jami282 ta) diqqatga sazovor. Bunda ishlab chiqarishni, birinchi navbatda qishloq xo’jaligini rivojlantirishni qo’llab quvvatlash bo’lgan, ya’ni mehnatsiz daromad topishga qarshi kurashilgan. Qarzni qarz hisobiga uch yildan ortiq ushlab turish mumkin bo’lmagan umuman, xususiy mulkchilik shu jumladan yerga ham tan olingan. Birovning xususiy mulkiga ko’z olaytirgan , unga zarar yetkazganlar iqtisodiy jihatdan jazolangan. Bu qonunlar to’plami davlatning, mamlakatlarning iqtisodiy boshqarish sohasidagi dastlabki tajribasini ko’rsatgan. Oqibatda shu davrda mamlakat ham siyosiy jipslashgan ham iqtisodiy ravnaq topgan. Qadimgi Hindistonning “Manu qonunlari”da ijtimoiy mehnat tahsimotining hukmronligi va bo’ysunish institutlarining mavjudligi aytiladi. Hindistondagi iqtisodiy g’oyalarni aks ettiruvchi qadimgi yodgorlik “Artxashastra”dir. Unda qulchilikni mustahkamlash asosiy vazifa qilib qo’yilgan. Asarda “Buyumning qiymat” muammosi, qiymat miqdori davlatning boshqarish bo’yicha takliflar va bir qancha iqtisodiy g’oyalar ilgari surilgan. Qadimgi Hindistinda yaratilgan “Veda”lardan bir qancha muhim iqtisodiy g’oyalar keltirilgan. Qadimgi Xitoydagi iqtisodiy g’oyalari Konfutsiy yoki Kun-Tszi va boshqa iqtisodchilarning asarlarida jamlangan bo’lib, tabiiy huquq nazariyasi ilgari surilgan. Ularda mehnat tahsimoti, davlatning roli, xalq boyligi va hunarmandlar mulki o’rtasidagi bog’lanish, iqtisod va qonun masalalariga bag’ishlangan. Respublikamiz olimlarining tadqiqotlariga ko’ra, Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo’lgan “Avesto”da ham muhim iqtisodiy fikrlar bayon etilgan. Jumladan sun’iy sug’orish asosida dehqonchilik yuritish, ona tabiatni e’zozlash, hayvonlarni asrash, noo’rin so’ymaslik, unga zulm qilmaslik, tuproq sharoitini yaxshilash masalalari yoritilgan. Bu kitob eramizdan avvalgi XI ming yillik oxiri I ming yillik boshlarida voqealarni aks ettirgan va juda qadimiy yodgorlikdir.
Qadimgi Hindistondagi iqtisodiy g’oyalar
Qadimgi Hindiston tabaqaviy jamiyarga asoslangan quldorlik davlati bo’lgan. Qadimgi Hindistondagi davlatlar podsholar tomonidan boshqarilgan. Podsholar oqsoqollar kengashi va qo’shinga tayanib ish olib borganlar. Qadimgi aholi boy badavlat, hunarmand, mayda savdogar, o’rtahol dehqon va ziyolilardan iborat o’rta tabaqaga hamda kambag’allar, qashshoqlar va qullarga bo’lingan. Hindistonda yashagan aholi tirikchiligining asosini sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik tashkil etgan. Dehqonlar daryo vohalaridagi unumdor yerlarni o’zlashtirganlar. Buyvol,zubr va qo’tos ho’kizlarini qo’sh omochga qo’shib yer haydaganlar. O’zlashtirilgan tekis yerlarga suv kanal va ariqlar orqali kelgan. Balandroq yerlarga esa charxparraklar orqali suv chiqarilgan. Suvni yuqoriga chiqarishning eng qadimgi qo’l usuli Misr tipishoduflarbo’lib, ular qadimiy Misr, Mesopotomiyada keng tarqalgan edi. Shoduf moslamasi Hindistonda “densli” nomi bilan mashhur bo’lgan. U yerda “rati” deb yuritiladigan yuqoriga suv chiqarish moslamasi keng tarqalgan bo’lib, bular Misr “atue”siga o’xshaydi. Dehqonlar dalalarga bug’doy, arpa, no’xat, sholi, shakarqamishva g’o’za ekkanlar. Hindiston g’o’za-paxtaning ilk vatanidir. Ular banan, anjir, anor,qovun, o’rik, olma yetishtirib, polizchilik va bog’dorchilik bilan ham shug’ullangan. Dalalarda har turli sabzavotlar ham yetishtirilgan. Dehqonchilikda tosh, mia va jezdan yasalgan qurollardan foydalanganlar. Hind vohasida, ayniqsa Panjobda sero’t yaylovlar ko’p bo’lgan. Shu bois aholi qoramol, qo’tos, zubr, qo’y, echki, cho’chqa va eshak boqin, chorvachilik bilan shug’ullangan. Qadimgi hindlar yovvoyi fillarni qo’lga o’rgatib, ulardan xo’jalik va harbiy maqsadlarda foydalanganlar. Dehqonchilik va chorva mahsulotlari aholini oziq ovqat, jun, teri kabi xomashyo bilan ta’minlagan. Eng qadimgi Hindistonda hunarmandchilik ham rivoj topgan edi. Hind ustalari tosh, mis, jez, kumush, oltin va qimmatbaho toshlardan mehnat va jangovor qurollar, muhrlar, uy-ro’zg’or, zargarlik buyumlari va turli jihozlar tayyorlagan. U yeda to’qimachilik kulolchilik, qayiqsozlik, hatto kemasozlik ham ancha taraqqiy etgan. Arxeologlar Hind vohasi va Panjobning ko’p joylaridan savdo omborxonalari va do’konlarining qoldiqlarini topganlar. U yerlardan qadoq toshlar ham topilgan. Bu Hindistonda ichki va tashqi savdoning rivojlanganligidan dalolat beradi. Savdogarlar Eron, Turon, Xitoy, Mesopotomiya, Arabiston va boshqa mamlakatlar bilan suv va quruqlik yo’llari orqali savdo-sotiq ishlarini olib brogan. Dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlanishi, shuningdek, talonchilik urushlari natijasida ayrim kishilar ixtiyorida ortiqcha boylik yig’ilgan. Bu hol mulkiy tengsizlik va tabaqalanishni yanada tezlashtirgan, bo’g’usi yirik davlatlarning vujudga kelishi uchun zamin tayyorlagan.
”Avesto”dagi iqtisodiy g’oyalar
Qadimgi Maekaziy Osiyo zalqlari (ajdodlarimiz) miloddan ancha ilgari rivoj topgan. Buni dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri- Zaedushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblangan “Avesto” ham isbotlaydi. Plingan ma’lumotlarda “Avesto” kitobining muallifi Zardusht (m. o. 589-512 y.) bo’lganligi qayd etiladi.U Markaziy Osiyo hududida faoliyat ko’rsatgan ilohiyatchi, faylasuf, shoir va tabiatshunos olim bo’lgan.
“Avesto” boshidan oxirigacha yer yuzida adolat qaror topishi uchun kishilarning rangidan, tilidagi va urf-odatlaridagi farqlaridan qat’iy nazar ularning ro’shnoli hayoti uchun kurashuvchi jasur, halol, pok insonlarni shakillantirish va tarbiyalash g’oyasi bilan sug’orilgan. Unda xalqlarning qadimgi davrdagi ijtimoiy- iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to’g’risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatlari o’z aksini topgan. “Avesto”da yer dumaloq shaklda yaratilganligi, uning atrofi okeanlar bilan o’ralganligi haqida yozilgan. Unda 16 mamlakatning nomi ko’rsatigan bo’lib, ulardan to’qqiztasi (masalan, Sug’diyona, Marg’iyona, Nisoya, Gurgon, Varana va boshqalar) Markaziy Osiyo hududiga joylashgan.
“Avesto” shakillanishi davrida kishilik jamiyati ilgarilab rivojlana bordi. Ko’chmanchilikka asoslangan Markaziy Osiyoda eski turmush tarzi o’rnini o’troq yashash egallay boshladi, sug’oriladigan dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik borgan sari taraqqiy etdi. Yangi – yangi shaharlar, obod qishloqlarning paydo bo’lishi o’troq yashash turmush tarzining afzalliklarini ko’rsata bordi. Ana shu o’troqlik turmush tarzining odamlarga benihoya kulfatlar keltirayotgan ko’chmanchilikka asoslangan turmush tarziga nisbatan afzalliklarini ko’rsatib berishda “avesto”ning ahamiyati kattadir.
“Avesto”da “… yerga yaxshi, sog’lom urug’lar sepishdan ortiq savob ish yo’q …” deb, xalq xo’jaligi sohasida dehqonchilikning muhim ahamiyat kasb etishi ko’rsatib beriladi. “Olam go’zalligi dehqondan, dehqonchilikdan, kimki yerga urug’ qadabdiki, u odamiylikka iymon keltiradi, yagona shu yo’lgina haqiqat bo’lib, qolgani sarobdir”, deyiladi unda. Qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirish uni jamoa o’rtasida adolatli taqsimlash eng savobli ishlardan hisoblangan. Asarda oziq – ovqat tayyorlash, uy hayvonlarini va chorva mollarini ko’paytirishga ham alohida e’tibor berilgan. “Avesto”da yer, suv, havoni bulg’ash, ifloslantirish og’ir gunoh hisoblanadi. Bunday ibratli tasdiqlash bugungi avlodlarni ham tabiatga, atrof muhitga, atrof muhitga vaxshiyona munosabatda bo’lmaslikka chorlaydi.
Kitobda ijtimoiy – iqtisodiy muammolar aks ettirilgan holda shunday deyiladi: “Yomon ovqatlangan xalq na yaxshi, kuchli ishlovchilarga va na sog’lom baquvvat bolalarga ega bo’ladi … Yomon ovqatlanishdan odob ahloq ham aynib ketadi. Agar non mo’l-ko’l bo’lsa, muqaddas so’zlar ham yaxshi qabul qilinadi”. Bu yerda biz sog’lom avlod to’g’risida, iqtisodiy va madaniy, ma’naviy yuksalish o’rtasida o’zaro bog’liqlik mavjudligi to’g’risida fikr yuritilganligini ko’ramiz. O’sha davrda aytilgan bunday fikrlar, ajdodlarimiz Qadimgi Dunyo madaniyatida yuqori yutuqlarga erishganligidan dalolat beradi. Bu noyob kitobda patriarxal urug’ jamoasi haqida, uning tugatilishi davrida iqtisodiy tengsizlik, sinfiy tabaqalanish haqida qimmatli ma’lumotlar beriladi. Demak, “Avesto” miloddan avvalgi IX-VII asrlar ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy, madaniy, manaviy hayot haqida g’oyat muhim ma’lumotlar beruvchi xalqimizning merosiy boyligidir.
Konfutsiy ta’limoti
Konfutsiylik yoki konfutsiychilik – Xitoydagi axloqiy-siyosiy ta’limot hisoblanadi va eng ta’sirli uch asosiy falsafiy-diniy oqimlardan biri (daosizm va buddizm bilan birga). Bu ta’limotga Konfutsiy asos solgan. Konfutsiylikning ilk davomchilari – Men-szi (Mek Ke – mil. avv. 371-289), Ven-szi (mil. avv. VI asr), Xan Fey-szi (mil. avv. 233-yil v. e.) keyingi davrda Fan Chjen (VI asr), Xan Yuy (768-824) va boshqalar.
Konfutsiylik ta’limotida insonparvarlik, odob qoidalari, fazilat tushunchasi muhim o’rin egallaydi.Insonparvarlik tushunchasiga ko’ra, odamlar axloqiy va ijtimoiy munosabatlarda yoshi ulug’, mavqei baland kishilarni hurmat qilishlari, podshohga sadoqatli bo’lishlari kerak. Odob qoidalari tushunchasiga ko’ra u tufayli yuksak fazilatlar shakillanadi, jamoyat rivoj topadi, adolat tantana qiladi. Burchni ado etish tufayli inson kamolotga erishadi. Uning negizida “Sen o’zing nimaga erishishni istasang, unga boshqalarning erishishiga ko’maklash”, “Sen nimani orzu qilmasang , uni boshqalarga ham ravo ko’rma” kabi hayotiy tamoyillar yotadi. “Buyuk ta’limot” va “O’rtalik haqida ta’limot”nomli asarlarni Konfutsiy yozgan deb taxmin qilinadi. Bu kitoblarga ko’ra, odamlarning birgalikda oqilona yashashi tartibining muhim shartini beshta oddiy va buyuk fazilat tashkil etadi: donolik, insonparvarlik, sadoqat, kattalarni hurmat qilish va jasorat. Bu fazilatlar o’ziga va boshqalarga xalollikni va chuqur hurmatni anglatadi. Faqat mumtoz va komil insonlargina bunday fazilatga ega bo’ladi.
Konfutsiychilikda ta’kidklanishicha, qonun inson manfaatlariga xizmat qilmog’i lozim. Qonun o’zgarishi bilan manfaatdorlik va manfaatsizlik tushunchalari ham boshqacha ma’no kasb etadi, inson faoliyatida tub o’zgarish ro’y beradi. O’tmishda o’rnatilgan tartibga sajda qilish yangi qonunlar ruhiga ziddir. Konfutsiylikda jamiyatni boshqarishga katta e’tibor berilib, unga ko’ra, jamiyatni keragidan ortiq, oddiy qonunlar bilan to’ldirib yubormaslik zarur. Xitoyda asrlar mobaynida konfutsiychilikning turli maktablari yuzaga kelgan. Ular o’rtasida keskin kurash brogan.
Konfutsiylik milodiy I asrda davlat ta’limotiga aylandi, IX asrda buddizm, XI asrda daosizm ustidan to’la g’alaba qozondi. Bunga, ayniqsa, Sun davri (960-1279)da neokonfutsiychilik rivojlanganligi tufayli erishildi.
Download 27.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling