Qadimgi turkiy tilning fonetik xususiyatlari
Jahon adabiyotining rivojlanish davrlari va mintaqa adabiyotlari masalasi
Download 321.49 Kb.
|
1-15 SHARQ ADABIYO
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sharq va G‘arb adabiy-nazariy tafakkuri tarixidan Reja
Jahon adabiyotining rivojlanish davrlari va mintaqa adabiyotlari masalasiMaʼlumki, jahon tarixida ilk yozuv va demakki, yozma manbalar Sharqda, Afrika va Osiyo qitʼalarida paydo boʻlgan va necha asrlar rivojlanish jarayonini boshdan kechirgan. Qadim dunyo adabiyoti bilan shugʻullangan rus olimlari „slovesnost“ deb atagan keng maʼnodagi yozma adabiyot milodiy eradan uch ming yil ilgari Osiyoda, Dajla va Furot daryolari quyi oqimi boʻylarida va Shimoliy Afrikada Nil daryosi boʻylarida yaratila boshlagan. Ammo Yangi davrga kelib, nazariy ilm sohasida Yevropa xalqlari ilgarilab ketdi va natijada, nafaqat tabiiy va texnika fanlari, balki ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻyicha, jumladan, adabiyotshunoslik va tarixshunoslik ilmida ham Yevropa olimlarining qarashlari jahonda etakchi oʻringa oʻtdi. Oʻtgan asr boshlarida bu holat ijobiy baholangan boʻlsa, XX asr oxiri — XXI asr boshlariga kelib, bu sohada ancha-muncha muammolar yigʻilib qolganligi maʼlum boʻlmoqda. Jahon adabiyoti tarixi insonlar jamoasining vujudga kelishi va rivojlanishi, inson tafakkurining takomili, umumjahon madaniyati tarixi bilan uzviy bogʻliqdir. Demak, adabiyot tarixini insoniyatning maʼnaviy, fikriy, ijtimoiy, iqtisodiy takomil tarixidan ajratib olib qarash imkondan tashqaridir. Biz har bir jarayonni ilmiy tadqiq etishda maʼlum qonuniyatlar, maʼlum tartib qidiramiz. Shu jumladan, insonlar jamiyatining uzluksiz va murakkab taraqqiyot jarayonini maʼlum darajada shartli boʻlgan davrlar, bosqichlarga ajratamiz. Insonning dunyo mohiyatini, Borliq haqiqatini anglab etish jarayoni turli daraja va miqyoslarda kechadi: 1) bashariyatning umumtarixiy takomili davomida, 2) insonlar jamoasining turli zamoniy va makoniy birlashmalari (urugʻ jamoasi, qabila, elat, millat, davlat, madaniy—siyosiy mintaqa va h.k.lar) doirasida, 3) har fard inson umri davomida. Bularning har biri oʻz navbatida boshqasi bilan murakkab bogʻlanish, munosabatlar hosil qilmasdan iloji yoʻq. Sharq va G‘arb adabiy-nazariy tafakkuri tarixidan Reja: Sharq va Farb adabiy aloqalari tarixini davrlashtirish. Sharq mamlakatlarining qadimiyligi. «Nur Sharqdan» deyiladi Yunon naqllaridan birida. Darhaqiqat, quyosh Sharqdan chiqadi. Aql quyoshi ma`rifat ham Mashriqda tug`ilib Mag`ribga yo`l olgandir. San`at va madaniyat dastlab Xitoy, Xindiston, Markaziy Osiyo, Arabiston, Misr kabi o`lkalarda maydonga kelgandir. Lekin Sharq olamiga ziyo berib, uni mumtoz aylagan tafakkur tug`ilgan joyida qolib ketmadi, balki umuminsoniyat aqli-shuuri, mushtarak mulki sifatida zamonlar osha Farbga ham yetib bordi. Farbning mo`tadil, osoyishta tuprog`ida yangidan-yangi samaralar berdi. Farb-Sharqning bu «oldi-berdi»si to hanuzgacha davom etmoqda. Bugungi Yevropaning xolis fikrlovchi eng mashhur olimlari qadim antik madaniyatning maydonga kelishida Xorazm sarhadlarida ko`z ochgan zardushtiylik ta`limotining hal qiluvchi ta`sirini ko`radi. O`z navbatida Farb antik madaniyati insoniyat tafakkurining ajralmas bir sahifasi bo`lib tarixga kirdi. O`rta asrlar islom fani unga yangi hayot baxsh etdi. Aristotel, Platon, Ptolomey, Galen kabi o`nlab daholarni Arastu, Aflotun, Batlimus, Jolinus nomlari bilan Yevropaga qayta tanitdi. Ayni paytda Al-Xorazimiy, Ahmad Farg`oniy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino kabi tafakkur mash`allarini dunyoga berdi. Farb Yana Sharqqa ergashdi. Va bu uzluksizlik qonuniga amal qiluvchi hodisa 15-asrlargacha davom etdi. Ko`pincha olimlarni eng qadimiy madaniyat qayerda paydo bo`lgan: sharqdami yoki g`arbdami degan savol o`ylantiradi. XIX asr o`rtalariga kelib, Yevropada qiyosiy adabiyotshunoslik alohida fan sifatida taraqqiy topdi. Farbda maxsus komparavistika (qiyosiy adabiyotshunoslik) maktablari yuzaga kela boshladi. Ayniqsa fransuz olimlari Pol Azar, Georg Brandes, Paul Van Tigem adabiyotshunoslikni yangi kashfiyotlar bilan boyitdilar. Ammo jahon adabiyoti tarixini yaratishga bel bog`lagan bu olimlar dunyoning faqat bir qit`asi, ya`ni Yevropa (shunda ham Farbiy Yevropa) madaniyatini tan oldilar, xolos. Boshqa xalqlar tomonidan bunyod etilgan ma`naviy boyliklar ular tadqiqotlaridan chetda qoldi. Necha asrlar muqaddam gullab-yashnagan muazzam Sharq madaniyati umumiy oqimdan surib chiqarildi. Komparavistlar uni o`rganishga arzimaydi, deb hisobladilar. Bu mustamlakachilik, irqchilik siyosatini yurgizuvchi «yevropotsentrizm» oqimining ta`siri edi. Mustamlakachilik mafkurasini ifodalovchi mazkur oqim vakillarining fikricha, Sharq xalqlari azaldan qoloq bo`lganlar; ularning bashariyat taraqqiyotida hech qanday ulushlari yo`q. Adabiy ta`sir masalasida ular faqat Yevropaning Sharqqa ta`siri xususidagina gapirish mumkin, deb bildilar. Sharqni o`rganish, ularcha, etnografik ma`lumotlar to`plash hamda ekzotik jimjimadorlikni ko`rib, ko`zni quvontirishdan iborat. Sharq xalqlari madaniyatiga past nazar bilan qarash adabiyotshunoslargina emas, balki yevropalik faylasuflar, tarixchilar orasida ham birmuncha keng tarqalgandir. Masalan, Fr. Shlosser degan tarixchi: «Sharq davlatlari mustabidlik (despotizm) hamda iyerarxiya asosiga qurilgan. Din bu yerda hamma narsani o`z ta`siriga olganidek, urf-odat, adabiyot, mafkura, axloq, hokimiyat tarzi va hatto, san`at ham doimiy, o`zgarmas deb qaralgan… Ular o`z madaniyatlarining doim ana shunday turg`un bo`lishini xohlab keldilar, boshqalar ta`sirini qabul qilmadilar»,-deb yozadi. Farbda bunday qarashlar ko`p vaqtgacha hukmron aqida bo`lib keldi. Ular o`z madaniyatlarining Sharqdan kelib chiqqanligini zo`r berib inkor etdilar va jahon tarixini faqat Yevropa xalqlari tarixi tashkil etadi, deb tushuntirdilar. Xalqlar orasiga fitna soluvchilar Sharq va Farb azaldan bir-birlariga dushmandir, ular qo`shilolmaydilar, deb chiqdilar. Bu fikrlar 1841 yilda chop etilgan «Russkiy vestnik» nomli jurnalning 1-sonida nashr etilgan «Yevropa, Rossiya va Ulug` Petr» degan maqoladan iqtibos qilingan. Bu maqola o`z vaqtida V.G. Belinskiy (Sob. sochin., II tom, M., GIXL, 1948, 178-179-b.b) tomonidan qattiq tanqid ostiga olingan. Download 321.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling