Qadimgi turkiy tilning fonetik xususiyatlari
Turkiy tillarda turkum sinkretizmi
Download 145 Kb.
|
1-29 tay 1 listdan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turkiy tillar grammatik qurilishining tarixiy-tipologik xususiyatlari
- Turkli tillar
Turkiy tillarda turkum sinkretizmi
Qadimgi turkiy til o’zbek va boshqa ko’p turkiy tillarning shakllanishida asos bo`lgan. Ammo bu turkiy tilning o`zi ham ma`lum taraqqiyot bosqichlarini boshidan kechirgan, shakllangan, ma`lum bir qolipga tushgan yozma til edi. Har qanday tilning qurilishi asta-sekinlik bilan taraqqiy etadi, o`zgaradi. qadimgi turkiy tilning tuzilishi, sintaktik strukturasi bilan hozirgi zamon o’zbek va boshqa turkiy tillarning tuzilishi o`rtasida ko`p o`xshashlik va farqli tomonlar bor. Bu tilning bir-bir yarim ming yillik taraqqiyoti natijasidir. So`z birikmalari. Qadimgi turkiy tildagi so`zlar o’zaro birikib, ma`lum bir so`z birikmasini tashkil etgan va ma`lum fikrni yoki uning ayrim elementlarni ifodalagan. Bu so`z birikmalarining biri hokim — boshqaruvchi so’z bo’lib, ikkinchisi unga tobe so`z bo`lgan va hoki so’z tomonidan boshqarilgan. Boshqaruvchi so`zning xarakteriga ko`ra, so`z birikmalarini ikki gruppaga bo`lish mumkin: Otli birikmalar. Fe`lli birikmalar. 1. Otli birikmalarda boshqaruvchi so’z ot bo`lib, u boshqarib kelayotgan so’z ot, sifat, son, olmosh, sifatdosh bo`lishi mumkin: Typyk bodun (To`n,1) - turk xalqi. 2. Fe`lli birikmalarda boshqaruvchi so`z fe`l yoki uning funksional shakllari — sifatdosh, ravishdosh, shart fe`li, harakat nomi bo`lib, unga tobe bo`lib boshqarilib kelayotgan so`z ma`lum kelishik yoki ko’makchi bilan birikib kelgan ot yoki otlashgan so`z, olmosh, ravish yoki ravishdosh, shart fe`li bo`lishi mumkin: qag`an qыsdыm - (To`n,5) xoqonni qo`lga oldim. qadimgi turkiy tilda so`z birikmalarini tashkil etgan bo’laklarni o’zaro aloqaga kirish usuliga ko’ra uch turga bo`lish mumkin: Turkiy tillar grammatik qurilishining tarixiy-tipologik xususiyatlari Тurkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi” fanining maruza matniga Т А Q R I Z Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi fani o‘zbek filologiyasining bakalavr ta’lim yo‘nalishi uchun asosiy ixtisoslik fanlaridan biri hisoblanadi. Bu fanning asosini turkiy tillarning fonetik, leksik grammatik xususiyatlarini yoritish, turkiy tillarning tipologik o‘ziga xosliklarini umumlashtirish, turkiy tillarning taraqqiyotdarajasini belgilash, turkiy tillarni tasniflashdagi asosiy mezonlarni aniqlash kabi masalalarni mukammal yoritib bergan. “Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi” fani “Turkologiyaga kirish”, “Tilshunos tili tarixi”, “qadimgi turkiy til”, “O‘zbektikasi”, “O‘zbek tili dialektologiyasi”, “hozirgi o‘zbek adabiy tili” kabi bir qator fanlar bilan aloqadorligini misollarda ko’rsatib bergan. Qardosh turkiy tillarni qiyosiy o‘rganish til haqidagi bilimlarni yanada mukammallashishiga, tillararo umumiy va xususiy o‘ziga xosliklarni aniqlashga, hamda mavjud nazariy fikrlarni to‘g‘ri hal etilishga zamin yaratadi. Ushbu fan birbiriga genetik jihatdan qarindosh bo‘lgan turkiy tillarning o‘ziga xos fonetik, leksik, morfologik va sintaktik xususiyatlarini qiyosiy-tarixiy usul asosida tadqiq etish va tahlil qilishni ko’rsatib o’tgan. Turkiy tillarni bunday tarzda o‘rganish hozirgi o‘zbek adabiy tilning tarixiy taraqqiyoti hamda bugungi kundagi takomilini chuqur tushunishga yordam beradi. Negaki hozirgi o‘zbek adabiy tilining dialektlari turkiy tillarning qipchoq, o‘g‘uz va qarluq guruhi tillari bilan bog‘liqligi izohlangan Turkli tillar — hozirgi va qadimgi turkli ellar va elatlarning tillari. Asosan, Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, XXR, Afgʻoniston, Eron, Tojikistonda, shuningdek, Bulgʻariya, Ruminiya, Ukraina, Germaniya, Kipr, Shimoliy Makedoniya, Albaniya, AQSh, Saudiya Arabistoni va boshqa bir kancha mamlakatlarda tarqalgan. Oʻtgan asr oxiridagi maʼlumotlarga koʻra, Turkiy tillarda soʻzlashuvchilarning umumiy soni 130 million kishidan ortiq. Download 145 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling