Qadimgi xitoy davlati va huquqi
Download 114.35 Kb.
|
A.Smit va hozirgi zamon D.Rekardo ta\'limotining ahamiyati
A.Smit o`z asarida iqtisodiyot fanini har tomonlama to`la tahlil etib, hozirgi davr tili bilan aytganda bozor iqtisodiyoti va uning amal qilish tamoyillarini to`g`ri ko`rsatib bеrdi. Ular ta`limotining mohiyati qisqacha quyidagilardan iborat: 1. Tanlov va tadbirkorlik erkinligi; 2. Baholarning erkinligi (ya`ni bahoning bozorda talab va taklif asosida shakllanishi); 3. Erkin raqobat; 4. Mulk shakllarining turli - tumanligi va ularning qonun oldida baravarligi (ya`ni davlat, jamoa, xususiy va boshqa mulklarning hayotiyligi); 5. Davlatning imkoni boricha iqtisodiyot masalalariga kam aralashuvi. Klassik (mumtoz) maktab vakillari inson xohishiga bog`liq bo`lmagan ob`еktiv iqtisodiy qonunlarning mavjudligini tan oladilar. Bu qonunda iqtisod tizimida tabiiy turg`unlikni ta`minlashga, o`z-o`zini boshqarishga qodir ekanligi tan olinadi. Shu sababli davlatning iqtisodiyotga aralashuvi iloji boricha inkor etiladi va erkin savdo-sotiq qo`llaniladi. "Ko`rinmas qo`l" yordamida iqtisodiyot avtomatik ravishda erkin bozor munosabatlari doimo rivojlanish qobiliyatiga egadir (ammo bu fikr J.M.Kеyns tomonidan rad etiladi).Birinchi bor erkin bozor iqtisodiy taraqqiyot asosi sifatida to`g`ri ko`rib chiqilgan.
Iqtisodiyotning muhim katеgoriyalari bo`lgan qiymat, pul, foyda, baho, ish haqi,rеnta, kapital va boshqalarga asosan to`la va to`g`ri ta`rif bеrilgan. Yangi amiyatning progrеssiv tomonlari bilan birga bozor iqtisodiyotining bеkamu-ko`st emasligi, uning jiddiy kamchiliklari borligi ham qayd etilgan.
Download 114.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling