Qadimgi Xorazm O’rta Osiyoning Misridir”- insoniyat sivilizatsiyasining ko’hna makonlarini o’rgananuvchi arxеologlar ulkan yutuqlarga ko’hna Xorazm zaminidagi makonlar, qabriston
Download 431 Kb.
|
@yosh ustozlar tarix xorazm va xiva tarixi(1)
Qadimgi yozma va arxеlogik manbalarni o’rganish natijasi shuni ko’rsatadiki, qadimgi xorazmliklar ilm-fan sohasida o’z davri uchun ilg’or bo’lgan yutuqlarga erishganlar va hayotga tadbiq qila olganlar. Xorazmliklar astronomiya va matеmatikadan yaxshi xabardor bo’lib, burchak o’lchovi uskunalarini yaratganlar va ulardan foydalanganlar. Osmon jismlarini o’rganish, tabiat hodisalarini kuzatishga ixtisoslashgan falakkiyot fani ko’hna Xorazmda taraqqiy qilib, shu davrda qurilgan inshootlar bizning kunlarimizgacha еtib kеlgan. Ana shu inshootlardan biri ko’hna Xorazmning madaniy yodgorligi Qo’yqirilgan qal'asidir, eramidan avvalgi IV asrda bunyod etilgan bu qal'a To’rtko’ldan 22 km shimoli sharqda joylashgan. Qal'a faqat ibodatxona sifatida emas, balki astronomik kuzatishlar olib borish uchun ham mo’ljallab qurilgani, bu еrda yana arxеologlar tomonidan eramizning uchinchi asrga oid dastlabki taqvimnoma hujjat, ya'ni “Xorazmliklarning kalеndari” topilgan. Bu topilmalar qadimda xorazmliklarning o’z kalеndari bo’lganligidan guvohlik bеradi.
“ ■Muhammad Rahimxon II "Feruz" M Muhammad Rahim to’ra 1864 yil 22 sentyabrda 19 yoshida taxtga o’tirgan. Xorazm san'atining sayqal topishi, abadiylikka yuz tutishi, bugungi avlodlarga boy va tuganmas xazina sifatida yetib kelishi bevosita Muhammad Rahimxon Feruz nomi bilan chambarchas bog’liq. 1870 yilda Xiva shahrida taxminan 700 dan ortiq mayda hunarmand kosiblarning ustaxonasi bo’lgan. Shu jumladan, shahardagi 54 bo’yoqchilik, 37 ta etikdo’zlik, 33 mahsi-kavushdo’zlik, 16 ta ko’nchilik ustaxonalari xon buyurtmasi va aholining kundalik zaruratini qondirish uchun ishlardi. Shaharda do’konlari bor 200 dan ortiq savdogarlarning 56 nafari baqqollik, 38 tasi bazzozlik, 32 tasi choy va tamakifurushlik, 15 tasi choponfurushlik qilishgan. Qo’qon xonligi va Buxoro amirligini bosib olgan Rossiya imperiyasi 1873 yilda Xiva xonligini ham bosib oldi. 1873 yildan Amudaryoning o’ng sohillaridagi yerlar Rossiya tasarrufiga o’tkazildi. Muhammad Rahimxon II ning 37 yillik hukmdorlik davri Rossiyaga qaramlikda o’tdi. Bu davrda Rossiya butun Markaziy Osiyo xonliklarini bosib olgan edi. Shundan keyin xonliklar o’rtasidagi o’zaro urishlar to’xtadi, qullik tizimi tugatildi. Tinchlik bilan davlat ishlarini boshqarish va bunyodkorlik ishlari boshlandi. Xon saroyidan va Xiva shahridan talab olib ketilgan kitoblarning o’rnini to’ldirish maqsadida xon 1874 yilda Xiva shahrida Markaziy Osiyoda birinchilardan bo’lib tosh bosmani ishga tushirdi, Xudoybergan Devonov suratkashlikni mashq qilib, Xivada Markaziy Osiyoda birinchilardan bo’lib foto-kino san'atiga asos soldi, uni Muhammad Rahimxon o’z himoyasiga olib homiylik qildi. Muhammad Rahimxon davrida qurilgan imoratlardan 30 tadan ziyodi xozirgacha saqlangan. Xon Ko’hna Ark qarshisida 76 hujrali qilib, katta madrasa qurdirdi. Muhammad Rahimxonning 1898 yil 12 apreldagi farmoni bilan xonlik xududlarida qadimdan qolgan muzeybop buyumlar to’plandi. Xorazm asori-atiqalari 1890 yilda Toshkentda, 1895 yilda Nijniy Novgorodda, butunrossiya ko’rgazmasida, 1900 yilda Parijda, 1904 yilda AQShning Missuriy shtatida o’tgan xalqaro ko’rgazmalarda namoyish qilindi. 1910 yil 16 avgustda xon 66 yoshida dunyodan o’tdi. ■Vaziri Akbar Sayid Islomxo’ja I Islomxo’ja 26 yoshida bosh vazir bo’lgan XX asr boshlaridagi o’ta murakkab siyosiy sharoitda Sayid Islomxo’ja xonlikda sanoat va qishloq xo’jalik ishlarini yo’lga qo’yish, savdo-sotiqni rivojlantirish va madaniy hayotni jonlantirish ishlariga katta e'tibor berdi. U 1903, 1907, 1911, 1913 yillarda Rossiya shaharlariga safar qilgan vaqtida rus ma'murlari bilan foydali muzokaralar olib bordi va ko’plab shartnomalarni imzoladi. Natijada Urganch va Xonqa shaharlarida yangi yog’ zavodlari qurila boshlandi. Urganchda "Rus-Osiyo banki" bo’limi ochildi. Xonlikning Xiva, Yangi Urganch, Toshhovuz, Xonqa, Xazorasp va boshqa shaharlarida kapitalistik sanoat ishlab chiqarish korxonalari qurila boshlandi. Islomxojaning xonlikda obro’si va salohiyati kundan - kunga oshib bordi. U ko’p marta Muhammad Rahimxonning topshirig’iga ko’ra turkman sardorlari bilan muzokaralar yuritdi. 1910 yilda Vaziri Akbar Islomxo’ja xonning yangi" xalqning osoyishta va farovon turmush kechirishi bilan bog’liq bo’lgan barcha masalalar o’rganilib, tez fursatda hal qilinsin degan farmonini e'lon qildirdi. Ushbu ishlarni amalga oshirishni xurmatli Islomxo’ja Ibrohimxo’ja o’g’liga topshirdik" deyiladi farmonda. Islomxo’ja shaharda ma'muriy binolar qurishga ham boshchilik qildi. Uning tashabbusi bilan 1910-12 yillarda yangi uslub maktabi, pochta-telegraf binosi, madrasa va minora, hamda shahar kasalxonasi qurildi. Download 431 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling