Qadimgi Yunon falsafasining o’ziga xos xususiyatlari
Download 416.4 Kb.
|
Qadimgi Yunon falsafasining o’ziga xos xususiyatlari
Eley falsafiy maktabi namoyandasi Ksenofan (eramizdan avvalgi VI V asr) shoir va faylasuf bolgan. U Kichik Osiyoda dunyoga kelgan. Ilm olish maqsadida Yunonistonga, janubiy Italiyaga sayobat qilib, umrining so’nggi yillarini Faley shahrida o’tkazgan. Tarixchi Diogen Laertskiyning yozishicha, Ksenofant «Tabiat haqfda» asarining muallifidir. Afsuski, ushbu asarning yarmigina omon qolgan, xolos. u ko’p xudolikka hamda insonlarga xos sifatlarni hayvonlarga, o’simlik dunyosiga daxlgor deb biluvchi ta'limotga qarshi chiqib, mifologiyani rad etishga harakat qilgan, uning falsafiy ta'limotiga ko’ra, tabiat – o’zgarmas va harakatsizdir, «Hamma narsa erdan unib chiqadi va pirovardida yana yerga qaytadi», Biz hammamiz erdan tug’ilganmi va erga aylanamiz». Ksenofan qadimgi yunon faylasuflaridan birinchi bo`lib, bilishning imkoniyati va chegarasi haqida fikr yuritgan. Bu qadimgi yunon gnoseologiyasining rivojiga turtki bo’ldi.Sofistlar antropologiya (inson haqidagi fan) va gnoseologiya (bilish to`g`risidagi fan) muammolari bilan shug`ullangan. Sofistlar yangi kasblarning moxir ustalari, ya’ni o`qituvchilar, diplomatlar, notiklar, sud maxkamalarida ishlovchi mutaxassislardan iborat bo`lib, haqiqat, osoyishtalik, adolat o`rnatishga xizmat qilgan. ularning ta’limoti Suqrot falsafasiga ham ma’lum darajada ta’sir ko`rsatgan. Suqrot (eramizdan oldingi 469-399 yillar.) (asli — Sokrat) — qadimgi Yunon faylasufi. «Afinaning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etgan, yoshlar tarbiyasi bilan shug`ullangan, xurfikrli inson, kambag`aldan chiqqan, tosh yunuvchining o`g`li, o`ta bilimdon kishi sifatida mashhur bo`lgan. Suqrot o`z ta’limotini og`zaki ravishda kucha-kuyda, maydonlarda, xiyobonlarda shogirdlari va izdoshlari bilan birga shakllantirgan va xalq ongiga singdirishga harakat qilgan, lekin bironta ham asar yozmagan. Uning falsafiy, axloqiy ta’limotlari mohiyatini shogirdlari Ksenofant, Aristofan va Aflotunlarning asarlaridan bilib olishimiz mumkin. Ksenofant «Suqrot haqida esdaliklar» asarida o`z ustozi haqida ilk so`zlar aytib, uni olijanob, axloq-odob borasida xaqqoniy fikr yuritgan inson sifatida ta’riflagan. Yoshlarning axloqini bo`zgan deb unga siyosiy ayb qo`yish — tuxmat ekanini aloxida ta’kidlagan. Aflotun esa uni chuqur muloxazali, insonni ulug`lovchi donishmand, deya ta’riflagan, uning falsafiy qarashlarini o`z asarlarida Suqrot nomidan bayon etgan. Suqrotning fikricha, falsafaning markazida axloq masalalari turmog`i lozim. Jamiyatning ravnaki, tinchlik va osoyishtaligi, farovon hayoti axloq va odobning axvoliga bog`liq. Bu masalalar Sharq falsafasida ham katta o`rin to`tganli bois xalqimiz, buyuk allomalarimiz Suqrot nomini benixoya hurmat bilan tilga olgan, uning axloq-odob haqidagi pand-nasixatlariga amal qilgan.Download 416.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling