Qadimgi yunon madaniyati
Yunonistonning qadimgi Olimpiya o`yinlari
Download 25.13 Kb.
|
Документ (5)
5. Yunonistonning qadimgi Olimpiya o`yinlari. Olimpiya Peloponnesning shimoli-g`arbidagi Elida viloyatidagi qadimgi shaharlardan biri bo`lib, u yunonlar uchun muqaddas bo`lgan. Shaharda har 4 yilda bir marta yunbnlarning turli o`yin-musobaqalari o`tkazilgan.
Solnomachilarning bergan ma`lumotlariga ko`ra Olimpiya musobaqalari birinchi bor miloddan avvalgi 776-yilda boshlangan ekan. Shahar o`rtasida yunonlarning bosh xudosi Zevs ibodatxonasi bo`lib, uning o`rtasida taxtda o`tirgan Zevs haykali o`rnatilgan. Zevs ibodatxonasi atrofida kichik ibodatxonalar ham bo`lib, ular xudolar, afsonaviy qahramonlar va minglab o`yin g`oliblarining haykallari bilan bezatilgan. Ibodatxona atrofida jismoniy mashq maydonlari va inshootlari joylashgan, Olimpiya o`yinlarini tomosha qilish uchun bu muqaddas dargohga Yunonistonning turli polis, o`lka, hatto manzilgohlaridan o`n minglab tomoshabinlar kelishgan. Olimpiya o`yinlari vaqtida bu yerga ayollarning kirishlari taqiqlangan. Bu qoidani buzgan kishilar hatto o`limga mahkum etilgan ekan. Olimpiya maydonlarida chopish, sakrash, kurash, disk otish, mushtlashish, nayza otish va boshqa sohalar bo`yicha musobaqalar o`tkazilgan. Yosh yigitlarning musobaqalari uchun bir kun ajratilgan. Olimpiya musobaqalari orasida to`rt ot qo`shilgan ikki g`ildirakli aravalar poygasi eng zavqli va eng xavfli o`yin hisoblangan. Aravakash jang aravasi ustida turib, uni boshqargan. U ippodrom otchopar maydonini 12 marta aylanib chiqishi kerak bo`lgan. Aravakashlar kuchli, epchil, jasur va arava boshqaruvga mohir bo`lishi kerak bo`lgan. Bir yugurishda bir necha o`n arava ishtirok etgan. Arava poygalari vaqtida, aravalarni bir-biriga va ustunlarga urilishi natijasida ag`darilish hollari ko`p bo`lgan. Shunday vaqtlarda qanchadan-qancha odam va otlar jarohatlanib, qanchadan-qanchasi o`lgan. Musobaqada g`olib chiqqanlar zaytun daraxti novdalaridan to`qilgan gulchambarlar bilan mukofotlanganlar. Shu narsa achinarliki, poygada o`z hayotini xavf ostida qoldirib, aravani boshqargan aravakash emas, balki ot-arava egasi musobaqa g`olibi hisoblangan. G`oliblar ona shahri va qishloqlariga qaytishgach, aholi ularni tantanalar bilan kutib olgan. Joylarda g`oliblar sharafiga haykallar o`rnatilgan. Olimpiya o`yinlari o`tkaziladigan oy muqaddas hisoblanib, shu oyda butun Yunonistonda urushlar to`xtatilgan. Olimpiya o`yinlariga yozuvchi, shoir, rassom, haykaltarosh, tarixchi va faylasuflar tomoshabin sifatida ishtirok etganlar. Rivoyatlarga ko`ra «tarix otasi» Gerodot o`zining mashhur «Tarix» asarini birinchi marta Olimpiya o`yiniarining birida o`qib beigan ekan. Yunonlar o`zlarining qadimgi yil hisobini eng dastlabki Olimpiya o`yinlari boshlangan1 kun va yildan hisoblaganlar. Hozir ham jahon bo`ylab Olimpiya o`yinlari har 4 yilda navbat bilan u yoki bu mamlakatda o`ticazilib kelinmoqda. Download 25.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling