NAMANGAN VILOYAT XALQ TA’LIMI
BOSHQARMASI
NAMANGAN TUMAN XALQ TA’LIMI
BO’LIMIGA QARASHLI
32-SONLI MAKTABI
TARIX FANI O`QITUVCHISI
XOLIQOV OBILJON
ZOKIRJONOVICHNING
6-SINF UCHUN TARIX FANIDAN
“QADIMGI YUNONISTON MADANIYATI”
MAVZUSIDA BIR SOATLIK
DARS ISHLANMASI
Ushbu tarix fanidan dars ishlanmasi umumta’lim maktablarining tarix fanidan dars
beruvchi o’qituvchilari uchun tayyorlangan bo’lib, yangi pedogogik texnologiyalar
asosida tuzilgan.
Muallif: O.Xoliqov - Namangan tuman 32-sonli maktab tarix fani o’qituvchisi,
“Xalq ta’limi a’lochisi”, “Shuhrat” medali sohibi.
Taqrizchi: Sh. Sharipova - Namangan tuman 32-sonli maktab Ijtimoiy fanlar uslubiy
birlashmasi boshlig’i
Ushbu dars ishlanmasi Namangan tuman 32-sonli maktab pedagogika kengashining
2023-yil “__”- ____dagi “____”- sonli qarori bilan foydalanishga tavsiya etilgan.
6-sinf. Qadimgi dunyo tarixi.
Mavzu: Qadimgi Yunoniston madaniyati.
I. Darsning maqsadi:
a) ta’limiy; O‟quvchilarga qadimgi yunon madaniyati, fuqarolar tarbiyasi,
Olimpiya o‟yinlarining tashkil topishi, teatrning paydo bo‟lishi, haykaltaroshlik va
me‟morchilik, so‟qir qo‟shiqchi Gomer dostonlari haqida tushunchalar berish;
b) tarbiyaviy; O‟quvchilarda jasurlik, ezgulik, vatanni sevish, uni himoya qilish
tuyg‟ularini shakllantirish;
v) rivojlantiruvchi; O‟quvchilarni mavzuga doir atamalarga izoh berish orqali
tushunchalarini kengaytirish.
Kompetensiyalar:
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi, Kommunikativ
kompetensiyani, Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor
bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi ni shakllantirish
Do'stlaringiz bilan baham: |