Qadimgi yunoniston
Miloddan avvalgi XIV–XIII asrlarga kelib
Download 28.86 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Miloddan avvalgi XIII–XII asrlarda
- Miloddan avvalgi XI–VI asrlarda Qadimgi Yunoniston va Afina 1. Miloddan avvalgi XI–IX asrlarda yunon qabilalari.
Miloddan avvalgi XIV–XIII asrlarga kelib Pilos zaiflashadi va doriylar hujumi natijasida yemiriladi.
Pilosliklar Krit-Miken madaniyatidan bahramand bo`lib, o`zlariga mos madaniyat yaratganlar. Ular ham kritliklarning chiziqli yozuvidan foydalanganlar. 5. Doriylar istilosi va uning oqibatlari. Qadim zamohlardan boshlab Bolqondan shimolda, quyi Dunay bo`ylarida doriy qabilalari yashar edilar. Ular miloddan avvalgi XIII–XII asrlarda o`z boshlaridan ibtidoiy jatnoa tuzumining so`nggi bosqichini kechirmoqda edilar. Ular madaniyat jihatdan krit-mikenliklardan orqada edilar. Miloddan avvalgi XIII–XII asrlarda doriylar Yunonistonga bostirib kirib, uni bosib ola boshlaydilar. Janubiy Yunoniston va Krit ham doriylar ixtiyoriga o`tadi. Faqat Attika aholisi doriylarga qarshilik ko`rsatib o`z mustaqilliklarini saqlab qolganlar. Doriylar bilan bo`lgan janglarda juda ko`p aholi halok bo`lgan, qishloq va shaharlar kuydirilib, vayron etilgan. Tokzorlar, zaytunzorlar va mevali bog`lar xarob bo`lib qolgan. Mahalliy aholining bir qismi doriylarga itoat etib, ular bilan aralashib ketgan. Bosqinchilarga itoat etishni istamagan aholi o`z vatanini tashlab uzoq o`lkalarga bosh olib ketishga majbur bo`lgan. Doriylar istilosi natijasida Yunonistonning xo`jaligi tushkunlikka uchragan. Qadimgi Miken, Tirinf, Krit va Pilos kabi quldorlik davlatlari tugatilgan. Ammo doriylar o`zlari bilan temir va temir qurollar olib kelishgan. Kelgindilar yunon aholisi bilan aralashib ketganlar. Keyinchalik xo`jalik ancha rivoj topgan va madaniyat qaytadan jonlangan. Miloddan avvalgi XI–VI asrlarda Qadimgi Yunoniston va Afina 1. Miloddan avvalgi XI–IX asrlarda yunon qabilalari. Doriylar istilosidan keyin yunon qabilalari Yunonistonning va Kichik Osiyoning turli joylarida tarqalib yashaydilar. Shimoliy Yunoniston va Kichik Osiyoning shimoli-g`arbida eoliylar joylashib olganlar. O`rta Yunonistonning sharqiy Egey dengizi orollari va Kichik Osiyoning g`arbiy sohillarida esa ioniylar yashar edilar. Peloponnes, Krit, Egey dengizining janubidagi orollar va Kichik Osiyoning janubi-g`arbiy sohillariga esa doriylar o`mashib olgan edilar. Peloponnesning shimoliy va markaziy qismi, shuningdek, Kiprdaaheylar yashardilar. Yunonistonda yashagan aholi bu davrda urug` va qabilalardan tashkil topgan edi. Yunonistonning har qaysi kichik vodiy va orolida alohida qabilalar yashardi.Yer umumiy bo`lib, oila o`zi uchun ajratilgan yerda ishlab dehqonchilik qilardi. Urug` va urug`doshlar chorva mollarini umumiy yaylovlarda boqishardi. Muhim masalalarni muhokama qilish uchun butun qabila erkaklari tomonidan saylangan urug` oqsoqollari kengashi va xalq yig`inga to`planganlar. Urug` doirasidagi ishlarni urug` oqsoqollari, qabila miqyosidagi ishlarni qabila oqsoqollari bajarganlar. Download 28.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling