Qadimgi yunoniston
Qarzlarni bekor qilinishi
Download 28.86 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Afina davlati fuqarolarining burchlari va huquqlari.
3. Qarzlarni bekor qilinishi. Oqsuyak aslzodalar hukmronlik qilgan davrda dehqonlar og`ir ahvolda kun kechirar edilar. Yerlar qarz toshlariga to`lib ketgan bo`lib, dehqonlar qarzdorlikdan jafo chekar edilar. Solonning iqtisodiy islohotlaridan biri dehqonlarning qarzlarini bekor qilish va dalalardan qarz toshlarini olib tashlash bo`ldi.
Islohotga binoan dehqonlarning qarzlari bekor qilinib, yerlardagi qarz toshlari olib tashlandi. Qarz tufayli qulga aylantirilgan ozod kishilar qullikdan ham ozod etildilar. Ayni paytda erkin afmaliklarni qullik zanjiriga tushirish taqiqlangan. Uzoq mamlakatlarga qul qilib sotib yuborilgan ozod afinaliklar davlat tomonidan to`lanadigan haq evaziga ozod etilib, Afinaga qaytarib olib kelingan. Solon ona yurtimning o`zi qilgan ishlarimning shohididir, deb quyidagilarni yozgan edi: «Qora libos kiygan sitamdiyda ona yurtimdan, Isnod-badnomlik toshlarini men olib tashladim. Ilgari cho`ri bo`lsa, hozir ozoddir vatanim, O`zga yurtga qul qilib sotilgan ko`p odamlarni, Muhtasham shahrimiz Afinaga qaytarib keldim, Ham shu yerda – jonajon yurtda qullikka tushgan, Xo`jayin oldida titrab-qaqshagan, Qullarni ham ozod ayladim». Qarzlar va qarz badaliga qul qilish bekor qilingach, Afinada dehqon xo`jaliklari rivojlanib mustahkamlandi. Dehqon xo`jaliklarining soni ortdi. Ammo Solon islohotiga ko`ra o`zga mamlakatlardan Afinaga keltirilgan qullarning ahvoli o`zgartirilmadi. 4. Afina davlati fuqarolarining burchlari va huquqlari. Attikada tug`ulib o`sgan erkaklar Afina davlatining chin fuqarosi hisoblangan. Bu fuqarolar boyliklarning miqdoriga qarab to`rt toifaga bo`linganlar. Ular har turli vazifalarni bajarganlar. Afmaning voyaga yetgan erkak fuqarolari quruqlikda yoki harbiy-dengiz flotida ikki yil harbiy xizmatni bajarishlari lozim bo`lgan. Agar mamlakat urush holatda boisa, ular belgilangan joyga qurollangan holda kelishlari shart bo`lgan. Yeri kam kambag`allar esa piyoda qo`shinda yengil qurollangan jangchi yoki harbiy kemalarda oddiy dengizchi va eshkakchi bo`lib xizmat qilishlari mumkin edi. O`ziga to`q, qurol-aslahalar sotib olishga kuchi yetadigan dehqonlar og`ir qurolli piyodalar bo`lib, ular Afina qo`shinining asosini tashkil etganlar. Ot sotib olishga qurbi yetadigan kishilar esa otliq qo`shinda xizmat qilganlar. Boy, badavlat aslzodalar esa qo`shin, flotda qo`mondonlik vazifalarini egallar edilar. Xalq yig`ini Afina davlati hayotida muhim o`rin tutgan. Afinaning voyaga yetgan erkak fuqarolari xalq yig`inida qatnashish huquqiga ega edilar. Xalq yig`ini eng muhim masalalarni hal qilib, davlatni idora qiladigan mansabdor shaxslarni, qo`shin va flotga qo`mondonlik qiladigan strateglarni saylar edi. Bu lavozimlaiga boy va o`ziga to`q fuqarolar saylanganlar. Afinaning barcha ozod fuqarolari sudya bo`lish huquqiga ega edilar. Fetlar Attikaning yersiz, kambag`al kishilari bo`lib, ular oliy mansabdagi vazifalarni egallashlari mumkin emas edi. Afina xalq yig`ini saylab qo`ygan arxont boshqaradigan quldorlik davlati bo`lib, unda xalq yig`inining o`rni katta edi. O`sha vaqtda harbiy xizmatga chaqirilgan yigitlar harbiy saf oldida qasamyod qilganlar. Afina yigitlarining harbiy xizmatga kirayotgandagi qasami: «Men mana shu muqaddas qurolga isnod keltirmayman va qayerda tursam ham jangdagi o`rtog`imni hech qachon tashlab ketmayman. Xonadonimning chirog`i so`nmasligi, uchun jang qilaman, toki mendan keyin Vatanim zaiflashmasin, balki yanada qudratli va kuchli bo`lib qolsin. O`zim ham hamma kabi hozir amalda bo`lgan qonunlarga, shuningdek kelgusida amal qiladigan qonunlarga bo`ysunaman». Download 28.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling