Qadimgi yunoniston


Miloddan avvalgi IV mingyillik oxiri


Download 28.86 Kb.
bet2/10
Sana18.06.2023
Hajmi28.86 Kb.
#1560841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Miloddan avvalgi IV mingyillik oxiri va III mingyillikning birinchi yarmida Kritda xo`jalik – dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq ancha rivoj topib, odamlar orasida xususiy mulk, mulkiy tengsizlik va tabaqalanish boshlangan. Ular birlashib, Kritda dastlabki davlatni tuzganlar. Miloddan avvalgi 2000-yilda Kritda Knoss hukmdorining juda ulkan va muhtasham saroyi qurilgan. Uch, hatto to`it qavatli qilib solingan bo`lib, devorlari nafis qilib suvalgan. Saroyning pastki qavatidagi binolar yog`du chiqarib turadigan quduqlar bilan yoritilgan ekan. Saroy odam, xilma-xil hayvon va o`simlik suratlari bilan bezatilgan. Devorlarda saroyda yashovchilarning turmushini ifoda etuvchi rasmlar ham bor. Binolar ichida chiqindi suvlarni tashqariga chiqarib yuborish uchun sopol quvurlardart tashkil topgan qurilmalar ham bo`lgan ekan.
Miloddan avvalgi 1750-yilda Kritda qattiq zilzila bo`lib, aholi markazlaridagi saroyJar, shuningdek Knos saroyi ham vayron bo`ladi. Shu vaqtda Kritga yaqin orollardan birida vulqon otiladi. Shu vaqtda orolni kuldan iborat bulutlar, vulqon changlari va balandligi bir necha o`n metr keladigan dengiz to`lqinlari bosib kelgan. Vulqon changlari, ulkan to`lqin, zilziladan zararlanmagan bog`-u rog` va ekinzorlarni yo`q qilib tashlagan.
3. Krit davlatining ravnaqi va inqirozga yuz tutishi. Miloddan avvalgi XVIII asrning ikkinchi yarmida Kritdagi vayron bo`lgan saroylar qayta tiklangan. Knoss shohi Minos butun Kritda hukm-ronlikni qo`lga olib, kuchli dengiz davlati tuzgan. Minos kuchli harbiy-dengiz floti qurib Egey dengizidagi orollarni, Kichik Osiyo va Bolqon yarimoroli sohilidagi yerlarni, hatto Attikani ham o`ziga itoat ettiradi. Minos boshliq dengizchilar uzoq Sitsiliyagacha suzib borganlar. Ba`zi ma`lumotlarga qaraganda, Minos Sitsiliyadagi janglarda halok bo`lgan ekan.
Miloddan avvalgi XVI–XV asrlarda Krit O`rtayer dengizi havzasidagi eng kuchli quldorlik davlatiga aylangan.
Bu davrda Kritda dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq yuksak darajada rivojlanadi. Krit shohlari O`rtayer dengizi havzasidagi hamma mamlakatlar bilan qizg`in savdo-sotiq olib boradilar.
Minos va uning vorislari davrida Knoss saroyi qaytadan tiklanadi. Qaytadan tiklangan saroy devorlari ajoyib rasmlar bilan bezatilgan. Saroy devorlari zangori ko`ylaklar kiyib marjonlar, munchoqiar taqib olgan serpardoz saroy xonimlarining raqsga tushayotgani ifoda etilgan rasmlari bilan mashhurdir. Devorlarning birida esa ulkan ola-chipor buqaustidao`yin ko`rsatayotgan akrobat-o`yinchilarning tasvirlari ham kishini hayratga soladi. Krit davlati rivoj topgan davrda to`qimachilik, kulolchilik, zargarlik, miskarlik, kemasozlik, rassomlik, haykaltaroshlik va tasviriy san`atning boshqa tarmoqlari rivoj topgan edi.
Qadimgi kritliklar «A» va «B» chiziqli xat belgilariga ega bo`lganlar. Ammo bu yozuvlarni uzoq vaqt hech kim o`qishga muyassar bo`la olmagan. 1953-yilga kelib, ingliz olimlari Ventris va Chadviklar chiziqli «B» yozuvni o`qishga muvaffaq bo`ldilar. Miloddan avvalgi XV asrning ikkinchi yarmidan boshlab Krit davlati yemiriladi. Zilzila, vulqon va dengiz to`lqinlari mamlakatni vayron etgan.
Shu davrda axey qabilalari kelib orolga o`rnashib oladilar. Miloddan avvalgi XIII asrdan boshlab esa Kritga doriylar bostirib kirib, uni ishg`ol qiladilar.
Shu bilan Krit davlati va uning madaniyati ham inqirozga uchraydi.

Download 28.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling