Qadimgi yunoniston
Afina quldorlik davlati. O`
Download 28.86 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Miloddan avvalgi II mingyillikda
- 5. Attikaning xo`jaligi.
- Miloddan avvalgi XII–XI asrlarda
- Miloddan avvalgi IX–VIII asrga kelib
- Miloddan avvalgi IX–VIII asrlarda
4. Afina quldorlik davlati. O`rtaYunonistonningjanubi-sharqida Attika viloyati joylashgan bo`lib, yer usti tog`lik va kichik-kichik vohalardan iborat edi. Attika sohillarida qayiq va kemalar to`xtaydigan qo`ltiqlar – bandargohlar ko`p bo`lgan. Attikaning qadimgi aholisi tog` oralaridan chiqib keluvchi mayda soylar bo`yida va tog`larda yashaganlar. Miloddan avvalgi II mingyillikda Attikaning g`arbidagi tekislik o`rtasidagi tepalikda katta bir qal`a qurilgan. Qal`a atrofi mustahkam devor bilan o`ralgan bo`lib, yunonlar qal`ani akropol – yuqori shahar deb atashgan. Ana shu akropol keyinchalik Afina shahriga asos bo`lgan. Afina akropoli atrofida aholining uylari joylashgan. Dushmanlar hujum qilgan vaqtlarda aholi akropolga kirib yashiringan.
5. Attikaning xo`jaligi. Attika tog`lik viloyat bo`lganligi uchun unumdor tuproqli yer maydoni kam edi. Attika dehqonlari yer kamligi va uning unumsizligidan ko`p zarar ko`rganlar. Shu tufayli g`alla Yunonistonga boshqa mamlakatlardan keltirilgan. Attika bog`bonlari tog` yonbag`irlarida zaytun va tokzorlar bunyod etib, ulardan mo`1 hosil olib, uzumdan ajoyib musallas ichimligi, zaytun mevasidan esa zaytun moyi olishgan. Yunonistonda sabzavotchilik va bog`dorchilik ham rivoj topgan edi. Attikada tog` yaylovlari ko`p bo`lib, togiiklar chofvachilik bilan shug`ullanganlar. Miloddan avvalgi XII–XI asrlarda Yunonistonga temirning kirib kelishi, undan foydalanish hunarmandchilikning rivojiga juda katta ta`sir ko`rsatdi. Ayni paytda Attikada kemasozlik, uysozlik, to`qimachilik, zargarlik, asbobsozlik, bo`yoq, shisha ishlab chiqarish ham rivojlangan. Ustalar ishlagan qo`sh quloqli katta-katta xlimiar – amforlar Attika vaYunoniston tashqarisida ham mashhur edi. Ustalar uy va bozor boshida ustaxonalar ochib, unda o`zlari, farzandlari va shogirdlari bilanbirgaishlab, o`z hunarlarini farzandlari va shogirdlariga o`rgatganlar. Ayrim badavlat kishilar har turli ustaxona ochib, unda ustalarni, yollangan ishchilarni va qullarni ishlatganlar. Miloddan avvalgi IX–VIII asrga kelib Attikada dehqonchilik, chorvachilik, ayniqsa hunarmandchilikning rivoj topishi munosabati bilan ortiqcha mahsulotlar ishlab chiqarila boshlangan. Ortiqcha mahsulotlar ichki va tashqi bozorlaiga chiqarib sotilgan. Attikada katta-kichik qishloq va shaharlar ko`paygan. Har bir katta qishloq va shaharning o`z bozori bo`lgan. Miloddan avvalgi IX–VIII asrlarda Afina Attikaning bosh shahri va markaziga aylanib, tez rivojlangan. Akropol atrofida ustaxonalar bino qilinib, dahalar vujudga kelgan. Afina shahri o`rtasida katta bozor – agora joylashgan edi. Agorada hunarmandchilik buyumlari, dehqonchilik va chorva mahsulotlari sotilgan va sotib olingan. Bozorda xorijdan keltirilgan mahsulotlar ham ko`p bo`lgan. Afina yaqinida kemalar to`xtab mol ortadigan va mol tushiradigan qu-lay qo`ltiqlar – bandargohlar ko`p bo`lgan. Ulardan eng mashhuri Pirey qo`ltig`i edi. Bu bondargohda Afina kemalari va chetdan kelgan juda ko`p kemalar turardi. Bandargohda qullar, yollangan ishchilar kecha-kunduz kemalarga yuk ortib, ulardan yuk tushirar edilar. Afina, Italiya, Misr, Kichik Osiyo va boshqa mamlakatlar bilan qizg`in savdo ishlari olib borgan. Download 28.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling