Qadimgi yunoniston
Afinada aslzodalar hukmronligi
Download 28.86 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Miloddan avvalgi VII asr oxirlariga kelib
- «... xalqning ko`kragiga oyoqni qattiq qo`yib, mis nayza bilan uni savalab turish kerak»
6. Afinada aslzodalar hukmronligi. Afinada aholining katta qismini o`rtahol va kambag`al dehqonlar tashkil etgan. Qurg`oqchilik va hosilsizlik yillarida dehqonlar og`ir ahvolga tushib qolar edilar. Qurg`oqchilik va suvsizlik tufayli zaytunzorlar, uzumzorlar va meva bog`lari qurib qolardi. Ularni qayta tiklash va hosilga kiritish uchun bir necha yil kerak bo`lardi. Bog`lar hosilga kirguncha bog`bonlar badavlat kishilardan qarz olib turardilar. Qarz evaziga esa qarzdorlar boylarga qo`shimcha to`lovlar to`lashardi.
Miloddan avvalgi VII asr oxirlariga kelib boylar va aslzoda dehqonlar Attikadagi yerlarning katta qismini egallab olganlar. Dehqonlaming ko`pi yerdan ajrab qullikka tushib qolganlar. Dehqon yerlarida esa qarz toshlari ko`payib ketgan. XI–IX asrlarda Afinani oqsoqollar kengashi va shu kengash saylab qo`ygan 9 hokim idora qilgan. Hokim, kengash a`zolari va sudyalar Afina aslzodalaridan bo`lgan. Aslzodalar oddiy xalqqa nafrat ko`zi bilan qaraganlar. Aslzodalardan biri: «... xalqning ko`kragiga oyoqni qattiq qo`yib, mis nayza bilan uni savalab turish kerak», deb yozgan edi. VII asrda Drakon ismli hokim tomonidan tuzilgan «Drakon qonunlari»da jinoyatchilarni jazolash uchun qattiq jazolar belgilangan. Sudyalar ana shu qonunga asoslanib kishilarga qattiq jazo berganlar. «Drakon qonunlari» haqida odamlar «Ular siyoh bilan emas, qon bilan yozilgan», der edilar. Shu davrda Afinada aslzodalarning mavqei oshib ketgan. Shu tufayli ular o`z idora usullarini «aslzodalar hokimiyati» deb ataganlar. Shu tariqa miloddan avvalgi VIII–VII asrlarda Afinada zo`rlikka asoslangan davlat qaror topadi. Aholining tabaqalarga ajralishi kuchayib, aslzodalar bilan qullar va quyi tabaqa kishilar o`rtasidagi qarama-qarshilik avjiga chiqadi. Afinada demosning g`alabasi va davlatning mustahkamlanishi 1. Demos va uning aslzodalarga qarshi kurashi. Demos Afinaning oddiy fuqarosi hisoblangan. Yunonchadagi demos bizda oddiy xalq, fuqaro degan ma`nolarni bildiradi. Afinada demosning ko`pchiligini dehqonlar, hunarmandlar, mayda savdogarlar, dengizchilar va yollangan mardikorlar tashkil etar edi. Afina aslzodalari hukmronlik qiigan davrda demosning huquqlari cheklangan edi. Download 28.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling