Qadimgi yunoniston
Miloddan avvalgi VIII–VII asrlarda
Download 28.86 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Miloddan avvalgi VII–VI asr boshlarida
- Miloddan avvalgi 594-yili Solon
Miloddan avvalgi VIII–VII asrlarda demosning bir qismi badavlat kishilarga aylanadilar. Ular orasidan boy savdogarlar, dehqonlar, chorvadorlar, kema va ustaxona egalari ajralib chiqadilar. Ularning ixtiyorida qullar ham bo`lib, ustaxonalarda qullar va yollangan mardikorlar kuchidan foydalanganlar. Lekin shunga qaramay demosning haq-huquqlari cheklanganligicha qolmoqda edi. Afinada demos aslzodalar hukmronligidan norozi edi. Ular Afinani idora qilish ishlarida qatnashish uchun kurash olib borganlar.
Oddiy dehqonlar esa qarzlarni bekor qilishni, yerdan qarz toshlarini olib tashlashni, yerlarni aslzodalardan tortib olib, uni kam yerli va yersiz dehqonlarga bo`lib berishni talab qilar edilar. Miloddan avvalgi VII–VI asr boshlarida demosning aslzodalar hukmronligiga qarshi noroziligi kuchayadi. 2. Solon qonuni va uning ahamiyati. Miloddan avvalgi VII asr oxiri va VI asr boshlarida aslzodalar bilan demos o`rtasida shiddatli janglar boshlanib ketadi. Mashhur yunon faylasufi Aristotel: «Demos aslzodalarga qarshi qo`zg`olon ko`tardi», deb yozgan edi. Bu ikki tabaqa o`rtasidagi kurash ancha uzoq davom etgan va ko`p qon to`kilgan. Xalq harakatidan qo`rqib ketgan aslzodalar demosga yon berishga majbur bo`lganlar. Demos ham urushni to`xtatib, sulhga moyilligini bildirgan. Natijada ikki tomonni kelishtirish g`oyasi tug`ilgan. Miloddan avvalgi 594-yili Solon Afina (arxonti) hokimi etib tayinlanadi. Solon aslzodalardan bo`lib, kambag`allashib qolgan oiladan chiqqan edi. U jasur jangchi, shoir va ajoyib notiq bo`lib, o`z she`rlarida xalqni mardlikka, vatanparvarlikka va jasoratga undagan. U yoshligida dengiz savdosi bilan shug`ullangan. Solon o`ta bilimdon bo`lib, juda ko`p kitob o`qir va bilish, o`rganishdan charchamas edi. Arxont bo`lib saylangan Solon Afina uchun juda muhim bo`lgan Salamin oroliga qo`shin yuborib, uni Afinaga qo`shib olishga muvaffaq bo`ladi. Solonning eng muhim ishlaridan biri mamlakatda siyosiy va iqtisodiy islohotlar o`tkazishdan iborat bo`ldi. Download 28.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling