Qadimgi yunoniston va rimda din
Download 79.38 Kb.
|
QADIMGI YUNONISTONDA DIN
QADIMGI YUNONISTONDA DIN Reja: 1. Qadimgi Yunoniston yozuvi va maktablari 2. Qadimgi yunon san`ati va dini 3. Yunonistonning qadimgi dini tarixi 1. Qadimgi Yunoniston yozuvi va maktablari. Qadimgi Yunoniston o`zining ko`p asrlik madaniyatiga ega. Miloddan avvalgi III–II mingyilliklardayoq Krit-Miken madaniyati ravnaq topgan edi. Ular o`zlarining chiziqli yozuvlariga ega bo`lganlar. Lekin bu yozuv keyinchalik unutilgan, Gomer davrida yunonlar finikiyaliklarning yozuvlari bilan tanishganlar. Shu asosda ular 24 harfdan iborat o`z yozuvlarini yaratganlar. Yunonlar xat va yozuvni papirus o`simligi bargidan tayyorlangan varaqqa, sopol parchalarga va ustiga mum surtilgan taxtachalarga yozganlar. Yunonlar xat yozishda metalldan tayyorlangan qalamcha – stilda yozganlar. Stilning bir uchi ingichka bo`lib u yozishga mo`ljallangan. Ikkinchi tomoni to`mtoq bo`lib, u o`chir-g`ich vazifasini o`tagan. Qadimgi yunonlar kitobni sevishgan va ularni ehtiyot qilib saqlaganlar. Shu tufayli bo`lsa kerak Yunonistondan juda ko`p faylasuf, olim, adiblar yetishib chiqqanlar. Yunonlar o`qishga ishtiyoqmand bo`lib, erkin yunonlarning o`g`illari yetti yoshdan maktabga borganlar. Dehqon va hunarmandlarning bolalari maktabni bitirib, ota-onalariga yordam berganlar. Badavlat va o`ziga to`q kishilarning bolalari 18 yoshgacha gimnaziyalarda o`qishni davom ettirganlar. Yunon maktablarida bolalar chiroyli yozishga, aniq va ravon so`zlashga o`rgatilgan. O`qituvchilar bolalarga Gesiod, Gomer, Sofokl, Esxil, Aristofan kabi adiblarning asarlarini o`qitganlar. Yunon bolalari Gomerning «Odisseya» va «Iliada» dostonlarini sevib o`qiganlar va yod olganlar. Maktabda o`quvchilarga rasm chizish, raqs tushish, ashula aytish va lira chalish o`rgatilgan. Maktabda bolalarga har turli jismoniy va harbiy ta`lim ham berilgan. Maktabda intizom qattiq bo`lib, yalqov, dangasa, intizomsiz va so`zga kirmaydigan bolalar kaltakiangan. Qullar o`quv-yozuvdan mahrum edilar. Yunonistonda qizlar uchun maktablar boimagan. Qizlar buvilari, onalari va opalari rahbarligida har xil hunar va ro`zg`or ishlariga o`rgatilgan. Download 79.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling