Qadimgi yunoniston va rimda din


Download 79.38 Kb.
bet9/10
Sana19.06.2023
Hajmi79.38 Kb.
#1608488
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
QADIMGI YUNONISTONDA DIN

6. Qadimgi yunon dini. Din ma`naviy madaniyatning bir turi bo`lib, ishonch, e`tiqod degan ma`nolarni bildiradi. Ibtidoiy jamoadan quldorlik tuzumiga o`tish davrida yunonlaming e`tiqodida ham katta o`zgarishlar sodir bo`lgan.
Yunonlar e`tiqodicha har bir narsa, hodisa va kasb-hunarning o`z xudolari – homiylari bo`lgan. Ularni erkagini ma`bud, ayolini esa ma`buda deb ataganlar. Yunonlar bu ma`bud va ma`budalarni izzat-ikrom qilish bilan biiga ulardan qo`rqqanlar ham. Yunonlar xudolar tabiat va jamiyatning hamma yerida yashab, uni boshqarib turadi deb ishonganlar. Ular o`z xudolarini kuchli, chiroyli va kelishgan odam qiyofasida tasavvur etganlar.
Afsonalarga ko`ra Zevs osmon, momaqaldiroq, chaqmoq va yomg`ir xudosi deb tan olinib, odamlar va xudolarning bosh hukmdori – podshosi hisoblangan. Odamlar Zevsdan qo`rqqanlar, uni ulug`laganlar. Unga bag`ishlab ibodatxona qurib, haykalini ham ishlaganlar.
Poseydon «yerni tebratuvchi» dahshatli dengiz xudolaridan bo`lgan. U yarim yalang`och o`ng qo`lida uch ayriliq nayza tutgan holda tasvirlangan. Afsonaga ko`ra, u o`zining uch ayriliq nayzasi bilan yerni larzaga keltirib, dengizda bo`ron ko`tarar va kemalarni parchalab, cho`ktirib yuborar ekan.
Gelios quyosh xudosi bo`lib, oppoq otlar qo`shilgan aravasida osmonga chiqqanida go`yo kunduz boshlanar ekan.
Appian esa yorugiik va san`at xudosi, Demetriy hosildorlik ma`budasi hisoblangan. O`simliklarning o`sib-unishi, kuzakda so`lib, sarg`ayishi unga bog`liq ekan. AytishlarichaAid Yer osti saltanati homiysi bo`lgan. Odam o`lgach, uning joni Yer osti saltanatiga tushib ketar ekan.
Dionis uzumchilik, musallas-sharob, sevgi, go`zallik va dengiz sayohatchilari homiysi bo`lgan ekan.
Afina Zevsning qizi bo`lib urush, g`alaba, san`at, bilim va donolik ma`budasi bo`lib, u go`zal ayol qiyofasida tasvirlangan. Ayni paytda u Afina shahrining homiysi bo`lib, shahardagi Parfenon ibodatxonasi oldida uning ajoyib haykali bor. Mashhur yurion xudolaridan biri Gefest bo`lgan. U Zevs bilan Geraning o`g`li bo`lib temirchilar homiysi hisoblangan. U hunarmandlar kiyadigan oddiy kiyim-bosh kiyib, peshband taqib, qo`llari va yuz-ko`zi temirchilarnikiga o`xshab qora kuyaga belanib yurar ekan.
Germes savdo-sotiq xudosi bo`lib, Zevsning topshiriqlaiini bajarib yurgan. Yunonlar Germesni shippak va shlyapa kiygan kishi qiyofasida tasvirlaganlar.
Xulosa shuki, yunonlar ko`p xudo – ma`bud va ma`budalarga e`tiqod qilganlar.
Ko`p xudolik Yunonistonning ko`p qirrali xo`jaligi bilan cham-barchas bog`liq bo`lgan.
Yunonistonning ko`p qirrali madaniyati Yevropa, Janubi-G`arbiy va O`rta Osiyo xalqlari madaniyatining rivojlanishiga juda katta ta`sir ko`rsatgan.


Download 79.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling