Qadimgi yunoniston va rimda din
Miloddan avvalgi VI – IV asrlarda
Download 79.38 Kb.
|
QADIMGI YUNONISTONDA DIN
- Bu sahifa navigatsiya:
- «xushchaqchaq dehqonlarning qo`shiqlari»
- Esxil, Sofokl
Miloddan avvalgi VI – IV asrlarda Yunonistonda Esxil, Sofokl, Evripid kabi mashhur adiblar yashaganlar. Ular turli mavzuda tragediya asarlari yaratishgan.
Bu jihatdan Esxilning «Zanjirband Prometey», «Forslar», Sofoklning «Shoh Edip» va «Antigona» tragediyalari diqqatga sazovordir. Bu tragediyalar o`sha vaqtlarda yunon teatrlarida qo`yilib namoyish etilgan. Tragediyalarda qahramonlarning jasorati, azob-uqubatlari va fojiali oiimlari bayon etiladi. o`sha vaqtda sahnalarda namoyish etilgan qadimgi yunon tragediya asarlari hozirda ham jahonning ko`p mamlakatlari, shuningdek o`zbekistonning teatr sahnalarida namoyish etilib kelinmoqda. Qadimgi yunon adiblari hazil, kulgi va mutoiba ruhida ham ko`p asarlar – pyesalar yaratganlar. Kulgi, hazil, masxaralash ruhida yozilgan pyesalar komediya deyilgan. Komediya yunoncha so`z bo`lib «xushchaqchaq dehqonlarning qo`shiqlari», degan ma`noni bildiradi. Qadimgi yunon komediyasining mashhur vakillaridan biri miloddan avvalgi 450–388-yillarda yashab ijod etgan afinalik Aristofandir. U «Tinchlik», «Ayollar xalq yig`inida», «Suvoriylar» kabi o`nlab mashhur pyesalarning muallifidir. Aristofan komediyalarining birida Peloponnes urushida azob chekkan qishloq aholisining mashaqqatli turmushini aks ettirgan. Uning komediyalarida o`sha zamon amaldorlari va xudolarining illatlari fosh etilgan. Aristofan odamlarga kulgu baxsh etish bilan birga, o`sha davr illatlari ustidan kulib, amaldorlarni qattiq hajv ostiga ham oladi. Tomoshalar ko`rsatiladigan kunlarda ular oziq-ovqatlarini olib, ena tongda teatrga kelishgan. Teatrga juda ko`p odamlar to`planib, uni zavq-shavq bilan tomosha qilishgan. Tomoshabinlar qo`yilgan pyesa va aktyorlarning ijrosi haqida o`z fikrlarini bildirishgan. Tomoshalar nihoyasiga yetgach, maxsus tuzilgan hay`at a`zolari odamlarning fikrini e`tiborga olib, komediya va tragediya mualliflarini, shuningdek ijrochi aktyorlarni gulchambarlar va qimmatbaho sovg`alar bilan mukofotlaganlar. Yunonistonda mashhur pyesalarning mualliflari qayta-qayta izzat-hurmatga sazovor bo`lganlar. Xususan mashhur adiblar – Esxil, Sofokllarga Afina teatrlarida haykallar o`rnatishgan. Qadimgi Yunonistonda teatrni «tarbiya maktabi», deb bilganlar. Mashhur tragediya mualliflarini esa «Donishmandlik yo`lboshchilari», deb ataganlar. Qadimgi yunon teatri jahon teatr san`atining rivojiga o`zining ulkan hissasini qo`shgan. Download 79.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling