Qadimgi yunonistonda davlat va huquq 1


Yunonistondagi qadimgi davlatlar


Download 202 Kb.
bet2/13
Sana24.02.2023
Hajmi202 Kb.
#1226163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
QADIMGI YUNONISTON

2. Yunonistondagi qadimgi davlatlar
Qadimgi Yunoniston - Bolqon yarim oroli, Egey va CTrta yer den- -gizlaridagi bir qancha orollarni ovz ichiga olgan mamlakat. U tabiiy jihat-dan uch qismga: Shimoliy Yunoniston, CTrta Yunoniston va Janubiy Yunonistonga boiinadi. Janubiy Yunoniston Peloponnes ham deyilgan. Yunoniston maydonining uchdan ikki qismi togiardan iborat. Tog'lardan katta-kichik daryolar oqib chiqadi. Eng yirik daryolari Vardar va Marit-sadir. Bolqon yarim orolining Sharqida Egey, Mirtoy, janubida Krit, g4ar-bida loniya dengizlari joylashgan. Yunonistonda oltin , mis, qo^rg'oshin, rux, temir kabi qazilma boyliklar ham ko"p. Bu holat metallurgiya va bi-nokorlikning rivojlanishiga sabab bo'lgan. Tog4lar orasidagi kichik-kichik tekisliklar tuprogvi unumdor bovlib, dehqonchilik va bogvdorchilik uchun juda qulaydir.
Ma'lumotlarga qaraganda Bolqon yarim oroli va Yunonistonda juda qadim zamonlardan, xususan qadimgi tosh asridan boshlab odamlar ya-shab keladilar. Pelasg, Krit, ioniy, eoliya va axayya qabilalari uning eng qadimgi aholisi bo"lgan. Miloddan avvalgi XII asrda yunon doriy qabila-larning shimoldan Bolqon yarim orolining janubiga ko'chishi boshlangan.
Krit - O4rta yer dengizidagi katta orollardan biri. Miloddan avvalgi П1-П ming yilliklarda Kritda xo4ja3ik rivqjlanib, mulkiy tengsizlik, ta-_ baqalanish sodir bo'lgan. Ibtidoiy jamoa tuzumi o'rnida dastlabki qabila ittifoqlari paydo bo4lgan. Ularga qabila sardorlari va oqsoqollaridan say-langan kishilar rahbarlik qilishgan. Knoss, Maliya va Fest aholi markazlari mazkur ittifoqlarning eng yirigi bcTlgan. Keyinchalik bu aholi markazlari biriashib, dastlabki davlatlarga asos solingan. Knoss shohi Minos butun Kritda hukmronlikni o"z qo'liga olib, kuchli dengiz davlati tuzgan. Krit miloddan avvalgi XVTII-XV asriarda CTrta yer dehgizi havzasidagi eng kuchli davlat bov lib oladi.
Kritda dehqonchilik, chorvachilik, hunarmaadchilik va savdo-sotiq rivojlangan, saroy xo'jaligi taraqqiy qilgan. Yerlar qisman jamoaga te-gishli bolib, qisman yakka tartibda ijaraga berilgan va xususiy raulk bo'lgan. "Odisseya"da saqlanib qolgan xotiralarga~kovra, Krit hukmdori Minos faqat podsho boNlib qolmay, shu bilan birga kohin va umumap xudo nazar qilgan shaxs hisoblangan. Har ovn yilda u bosh ma'bud bilan diniy muloqotda bo'lgan va undan yana o4i yil podsholik qilishga fotiha olgan. Demak, podsho diniy martabaga ega bo'lgan. Boshqa afsonalarda aytil-ishicha, Minos sudya bigan. Bu, aftidan, ilk sinfiy davlat tashkil topay-otgan davrda Ki"it hukmdorlarning qonun chiqaruvchilik faoliyatini ko4rsatsa kerak.
Krit hokimiyati ostida bo'lgan dengizning narigi tomonidagi yerlarni mahalliy hokimlar idora etib, Kritga xiroj tovlab turganlar.
Bolqon yarim orolining janubida, Egey dengizi orollarida va Kichik Osiyoning g'arbiy sohilida yashagan axayyaliklar miloddan avvalgi XV asrda Kritdagi ilk quldorlik davlatini zabt etganlar.
Kritda bo'lgani singari Bolqon yarim orolining janubida ham sinfiy tuzilishlar jarayonlari yuz bera boshlagan. Sohilga yaqin joylarda bu sinfiy tuzilish jarayonlari juda jadallik bilan borgan. Ichkarixoqdagi joylarda ibti-doiy-jamoa munosabatlari uzoq vaqtgacha saqlanib qolgan. Peloponnesda Miken, Tirinf, Pilos, CTrta Yunonistonda Orxomen, Fiva va Afina, Fes-saliyada lolk va boshqalar ilk sinfiy jamiyatning kattaroq markazlari bo'lgan. Bu joylarning hammasida qalin devorlar bilan o^ralgan saroylar saqlanib qolgan. Saroylar yonida mol-mulki turli darajadagi mahalliy aholining turar joylari, bulardan tashqari, yana bir qancha qishloqlar ham bovlgan. Kritdagi singari, materik (quruqlik) Yunonistonda yashovchi aholi ham dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullangan. Ko'pdan-ko^p kasb-korlar ham yuqori darajada takomillashgan. Bu jarayonlarning hammasi miloddan avvalgi II ming yillikning birinchi yarmidayoq qayd etilgan.
CTsha mahalda paydo bo'lgan Miken tez orada o"z davrining kattagina ilk quldorlik davlati bo'lib qolgan edi. Arxeologik tekshiruvlar natijasida Miken istehkomidan va undan tashqarida bir necha o"n podsho-lik maqbaralari topilganligi fikrimizga guvohlik beradi.
Janubiy Yunonistondagi ilk quldorlik davlatlaridan bo'lgan Miken podsholigi Peloponnesning shimoli-Sharqiy chekkasida joylashgan edi, Unga miloddan avvalgi III ming yillik oxirlarida asos solingan. Miken podsholigi Miloddan avvalgi XV-XVIII asrlarda gullab-yashnagan. Bu davrda uning xo"jaligi ancha ravnaq topib, qishloq xo"jaligi, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo taraqqiy etgan. Mikenda dengiz kemasozligi ham rivojlangan. .
Davlat tepasida p.odsho turgan. Podsho saroyi juda xashamatli boiganligi uning hokimiyati ancha kuchli bcTlganligini tasdiqlaydi.
Peloponnesdagi yana bir ilk qadimiy davlat Janubiy Yunonistonning katta qismini egallagan Pilos podsholigi bo"lgan. Pilos podsholigi quldor­lik davlati bo"lib, yer podsho, ayrira kishilar va "xalqqa" qarashli edi. Yer-siz oddiy kishilar ekin yerlami ijaraga olib ishlaganlar. "Xalq" turlicha yer uchastkalarini xizmat uchun mukofot qilib bergan. Yer uchastkasining ha-jmi yer oladigan shaxsning mansab-martabasiga qarab belgilangan. "Xalq" yeri, ehtimolki, jamoa yeri bo"lib, asta-sekin davlat qaramog"iga o"tib bor-gan bo"lsa kerak. Aftidan, bu yerlami bo4lib berish xalq yigvinming, "xalq"ning qarori bilan amalga oshirilgan. Lekin "xalq"dan olinadigan yer maydonining aniq hajmlari belgilab qo"yilgan edi. Pilos davlatining hukmdori - vanaka - 1800 don o"lchovi miqdorida, uning yordamchisi, qo"shinlar qo"rnondoni - ravaketa - 600 don olchovi miqdorida, boshqa mansabdor shaxslar o"z mavqelariga qarab, kamroq yer uchastkalari olgan. Ular orasida kohinlar va kohinalar ko"zga kovrinarli mavqeni egallaganlar. Oddiy erkin kishilar "xalq"dan ham, xususiy mulkdorlardan ham ozgina yer uchastkalarini ijaraga olganlar. Shunday qilib, Pilos davlatida yerga egalik qilish va yerdan foydalanishning murakkab, hali yetarlicha tadqiq qilinmagan tizimi boiganki, unda endigina yuzaga kelayotgan xususiy mulk so"nib borayotgan jamoa an'anasi sharoitida paydo bo"lgan, birga yashagan va rivojlangan. Pilos saroyida yashagan va g4oyat katta yer uchastkasiga ega bo"lgan vanaka ham bu yerni rasman "xalq"dan olgan. Miloddan avvalgi III ming yillikning oxiri va II ming yillikning birinchi yarmida Pilos davlati ravnaq topadi. U yerda chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandlik va savdo taraqqiy etgan. Davlat va xo"jalikning barcha so-halarida qullar va chorilar xizmatidan foydalanilgan.
Pilosning quraqlikdagi qo'shini va floti bovlgan. Davlat viloyatlarga bovlingan, viloyatlarni, Kritdagi singari, vanakaga (hukmdorga) qaram bo"lgan pasirevelar (noiblar) idora qilganlar. Aftidan Axayyaning boshqa davlatlarida ham shunga cTxshash shart-sharoitlar bovlgan bcTlsa kerak.
Miloddan avvalgi XIII-XII asrlarda doriy qabilalari Bolqon yarim orolining shimolidagi yerlardan janub tomon siljib, CTrta va Janubiy Yunonistonga bostirib kirganlar. Doriy qo'shinlari Miken, Tirinf, Pilos, Krit davlatlarini tor-mor etganlar. Doriylar istilosi natijasida bu yerdagi aholi yana qaytadan ibtidoiy munosabatlar'girdobiga tashlangan. Axayya davlatlarining hukmdorlariga qaram bo'lgan viloyatlarning hokimlari (pasirevelar) endi mustaqil patriarxal qabilalarnirig boshiiqlari- basileylar bovlib qolgan. Axayya davlatlarida mavjud bo'lgan xalq yig\inlari endi katta ahamiyat kasb eta boshlagan. Yunoniston tarixida yangi davr -Gomer davri boshlangan.
3. Gomer va arxaik davrlarda Yunoniston
Qadimgi Yunoniston tatixining mazkur davri an'anaga ko>a Gomer davri deb yuritiladi. Chunki bu davrni o'rganishda afsonaviy ko4r baxshi Gomeming "Iliada" va "Odisseya" dostonlaii muhim manba hisoblanadi. Gomer dostonlarining guvohlik berishicha, miloddan avvalgi II va I ming yilliklar sarhadida yer jamoasi mavjud bo4lib, undan tenglik asosida.foy-dalanilgan va yer doimo qayta-qayta bo"linib turgan. Jamoa a'zolari yer uchastkalarini chek tashlab olganlat. Yer uchastkasining "kler" deb atal-ishining o4zi ham shuni kovrsatib turibdi: "kler" so'zining aynan tarjimasi "chek" demakdir. Biroq jamoa a'zolari orasida muikiy tabaqaianish bosh­langan boMib, urug4 aristokratiyasl ajralib chiqmoqda edi, bu aristokrati-yaning kattaroqlari, ya'ni qabila boshiiqlari "basileylar" deb atalar edi. Basileylar o4z qariudoshlariga jamoa yerlaridan katta-katta kesik uchast-kalar - "temenlar" ajrafib bera boshlaganlar.
Bu vaqtda boy ҳо jayinlarga batrak bo'lib ishlaydigan kambag4allar -fetlar va hatto o'z urug4doshlik jamoasi bilan aloqasini yovqotgan kishilar - zovr-bazoV kun kovrishga va tilamchilik qilishga majbur bo'lgan mo-tanastlar paydo bo"lgan. Hali o'tmishdagi ko^chishlar va istilolardanoq qaqshab qolgan jamoa asta-sekin parchalanib ketgan. Dostonlarning maz-muniga qaraganda, bu davrda o~z jamoalari bilan aloqasini yovqotgan ko^pgina darbadar hunarmandlar bo4lgan. Ular natural haq evaziga yol-lab ishlatilgan. Shuni aytish kerakki, Gomer davrida xo'jalik asosan natu­ral xarakterda edi. "-
Gomer jamiyatida patriarxal qullik mavjud bo'lib, u basileylarning xo^jaliklarida joriy etilgan. Qullar asosan harbiy asirlardan to'plangan, bundan tashqari qul sotish va sotib olish hollari ham bo'lgan. Erkak qul-larni cho'pon va bog'bon qul cho\rilarni esa uy-ro"zg4or ishlarida oqsoch, yarg'ichoqda un tortuvchi, mato tovquvchi sifatida ishlatganlar. Har qan-day itoatsizlik uchun qul yoki cho'rini xcTjayin qattiq qiynab o'ldirishi mumkin edi.
Gomer davri - harbiy demokratiya davridir. Bu vaqtda hali davlat bcTlmagan, jamiyatni boshqarish quyidagi organSar yordamida amalga oshirilgan.
Hokimiyatning doirniy harakatdagi organi oqsoqollar kengashi -bule boMgan. Ammo'bu organ qariyalar kengashi emas, baiki urug4 zo-dagonlarining ancha taniqli vakillari kengashi edi. Bu vaqtda hali ibtidoiy demokratiya saqlanib qolgan va ijtimoiy hayotda xalq yig'mlari muhim rol o"ynagan. Lekin vaqt o4ishi bilaii, mulkiy tabaqalanish, asosiy aholi ommasining birlashuvi, urug4 aristokratiyasining boyishi, kam-bag4allarning boy qo4shnilariga iqtisodiy qaramligi tobora oshib, patriaixat davridayoq paydo boNlgan qullik rivojlana borgan sari, xalq yig4 Manning roli kamayib boradi.
Qabilalararo urushlarning tez-tez bo4 lib turishi natijasida turli qabila-lar aholisi aralash-quralash bovlib ketar edi. Shu sababli qabila boshliqlari -filobasfleylar ("fila" - "qabila" demakdir) qabiSani idora qilishdan ko'ra ko'proq ayni qabila hududida yashovchi aholini idora qiladigan bo4lganlar. Bu hududni basiley qo4mondonligidagi erkak jangchilar qo'riqlar edi. Basiley garchi qabila boshlig4i degan unvonini saqlab qolgan bo'lsada, haqiqatda harbiy lashkarboshi edi. Urug4 va qabila xalq yig'inlari asta-sekin mazkur jangchilar hal qiluvchi rol o'ynaydigan yig4inlarga aylangan.
Basileylik mansabi saylangan, lekin asta-sekin muayyan bir aristok-ratlik urag'ida nasldan-naslga meros bovlib ovtadigan mansabga aylana borgan. Basiley bir vaqtning o4zida qabilaning harbiy boshlii, oliy sud-yasi va oliy kohini bo4gan. Amalda u urug" zodagonlari vakillari bilan birga hokimiyatni amalga oshirgan. Oqsoqollar kengashi bu vaqtlarda basiley huzuridagi maslahat organi hisoblangan. Basiley va oqsoqollar kengashi 6~z qarorlarini aksariyati jangchilardan iborat xalq yig^inining muhokamasiga va tasdig'iga havola qilardilar.
Shunday qilib, Gomer Yunonistoni juda ko"p mayda ovzini-o"zi boshqaradigan viloyatlarga bovlinib ketgan edi. Keyinchalik, nan ushbu hududiy mayda viloyatlardan birinchi shahar-davlatlar - poll iar tashkil topgan. Zero, miloddan avvalgi XI-XVIII asrlarda yunonlar dunyosida Af-ina, Sparta, Korinf, Megara, Agros, Fiva, Siklon va boshqa juda kovp ki-chik-kichik shahar-davlatlar bor edi. Bu davr Qadimgi Yunonistonning tarixiy rivojlanishida chuqur oszgarishlar bilan tavsiflanadi.
Miloddan avvalgi VIII-II asrlarda Yunonistonning ijtimoiy taraqqiyoti Gomer davri oxirlaridan boshlab hamma joyda yuz bergan ilk sinfiy jamiyatning qaror topishi jarayonning davomidir. Bu davr an'anaga ko'ra kovpincha ar-xaik, ya'ni dastlabki davr deb ataladi, chunki xuddi shu vaqtda quldorlik jamiyatining shakllanishi birinchi marta eng sof va eng aniq ifodalangan variantida yuz bermoqda ediki, bu davr fanda antik davr degan nom olgan.
Doriylar istilosi natijasida yuz bergan uzilishdan so'ng Yunonistonda yangidan kichik-kichik quldorlik davlatlari paydo bovla boshlagan. Bu davlat tuzilishlari istehkom bilan ovrab olingan manzillardan iborat bovlib, ularda dehqonlarning va ayni vaqtda quldorlarning jamoalari yashab, ular birgalikda o'zlarining umumiy manfaatlarini: istehkom bilan o'rab olingan manzil yonidagi yer uchastkalarini va boshqa mol-mulklarini himoya qil-ganlar. Bu davlat tuzilishlari yunonlarda polislar, ya'ni shahar-davlatlar deb. nom olgan. Natural xo'jalik katta davlat birlashmalari tuzish uchun shart-sharoit tugvdirmagan.
Bu vaqtda kovp oddiy dehqonlar o^zlarining chek yerlaridan mahrum bovlgan, bunday yerlar uragv zodagonlari qo'lida tovplangan. Yirik yer egaligi tashkil topgan. Qarz badaliga qullikka tushish paydo boMgan va keng tarqalgan. Hunarmandchilik ishlab chiqarishi va savdoning o^sishi jamiyatning ijtimoiy va mulkiy tabaqalashuvini tezlashtirgan.
(Tz a'zolari o'rtasida qon-qarindoshlik aloqalarini saqlab qolgan qadimgi jamoa yangi sharoit talabiga javob bera olmay qolgan. Miloddan avvalgi VIII-VI asrlarda Yunonistonning hamma yerida ilgarigi alohida mayda, bir-biriga yaqin joylashgan jamoalarning qo^shilib ketishi (si-noykizm) sodir bo'lgan. Urug4lar birlashmalarining qadimgi shakllari -filalar va fratriyalar ham bu birlashmalarda ovz ahamiyatlaiini birmuncha saqlab qolganlar. Biroq ular tez orada d~z o'mini yangi, mulkiy va hududiy belgilarga asoslangan bo'linishlarga bo"shatib bergan. Shu tariqa uragMoshlik va qishloq jamoalari asosida yangi ijtimoiy-siyosiy birliklar -polislar vujudga kelgan. Polis shaklidagi ilk quldorlik jamiyati va davlat-ning tashkil topishi Qadimgi Yunonistonning arxaik davrdagi tarixiy rivo-jlanishining mazmunini tashkil etadi.
Qadimgi Yunoniston tarixida quyidagi ikkita polis: Afina va Sparta tnuhim rol o'ynagan. Afina - quldorlik demokratiyasining, Sparta esa -quldorlik aristokratiyasining namunasi edi. Afina Yunonistonning eng rivojlangan davlati bo'lsa, Sparta o'zida ibtidoiy jamoa tuzumi qoldiqlarini saqlab qolgan qoloq davlatlardan hisoblangan.

Download 202 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling