Qadimgi yunonistonda davlat va huquq 1


Download 202 Kb.
bet4/13
Sana24.02.2023
Hajmi202 Kb.
#1226163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
QADIMGI YUNONISTON

Salonning asosiy iqtisodiy islohati "sisaxfiya" -"yukni qoqib tashlash", ya'ni kambag^allarning garovga qo'yilgan yer uchast-kalaridan qarzdorlik toshlarini olib tashlash deb ataladi. Salon dehqonlarning barcha qarzlarini bekor qilgan, garovga qovyilgan yer uchastkalarini egalariga qaytarib bergan va qarz badaliga qul qilishni abadul-abad bekor qilgan. Shular bilan birga, qarzi uchun chetga qul qilib sotib yuborilganlami qayta sotib olib, vataniga qaytargan.
Salon vasiyat qiluvchining qonuniy farzandlari bo'lmagan taqdirdagina vasiyat qilish erkinligi haqida qonun chiqargan. Natijada va­siyat bahonasi bilan yerlarni sota boshlaganlar. Salon yer maksimumini ham joriy qilib, bunga ko^ra, istagan miqdorda yer sotib olish mumkin emas edi. Shu bois Salon islohotlaridan keyin Attika uzoq vaqtgacha o4rta va mayda yer egaligi mamlakati bo^lib qolgan.
Salon Attikadan don chiqarishni taqiqlagan-u, ammo zaytun inoyi chiqarishga raxsat etgan. U tokzorlar, bog'lar va polizlar barpo etib parvar-ish qilishni rag'batlantiradigan, quduqlardan va umuman sugvorish tizim-laridan foydalanishni tartibga soladigan qonunlar chiqargan.
Hunarmandchilik va savdo-sotiqni rivojlantirish maqsadida Salon shunday bir qonun chiqarganki, bunga binoan, agar ota ovz vaqtida o4g4liga biron bunar o'rgatmagan bo'lsa, ovg"il qartayib qolgan otasiga yordam berishdan bosh tortishga haqli bo'lgan. Salon yana bekorchilikka qarshi ham qonun chiqargan. U yagona olchovlar joriy qilgan va pul islo-hoti o4kazgan.
Salon iqtisodiy islohotlar bilan bir qatorda siyosiy islohotlar ham o"tkazgan. U o'sha vaqtgacha mavjud bo'lib kelgan genoqoatiyani ("genos"- "urugs" demakdir) - nasl-nasabi aristbkratiya hokimiyatini bekor qilgan va o'rniga demokratiyani ("time" - "baho", "qiymat" demakdir), ya'ni mulkiy senzga asoslangan hokimiyatni joriy etgan va shunday qilib, aristokratiyani urugMoshlik tuzumi sarqitlari bilan bog^liq bolgan imti-yozlardan mahrum qilgan. Salon Attikaning barcha fuqarolarini mulkiy holatiga qarab tovrt darajaga bcTlgan. Senzga asos qilib dehqonchilikdan kelgan daromad olingan. CTz yeridan kamida 500 medimn sochiluvchan yoki suyuq mahsulot olgan fuqarolarning hammasi birinchi darajaga kiritilgan (medium - oichov hajmi; turli vaqtda ti 41 litrdan tortib to 52,5 litrgacha bolgan miqdorni tashkil etgan). Ular pentakosio-medimnlar, ya'ni besh yuz g'alvirchilar deb atalgan. CTz yeridan kamida 300 medimn miqdorida daromad olgan fuqarolar ikkinchi darajaga kiritilgan. Uiar su-voriylar deb atalgan, chunki ular ovz jangovar otlari bilan otliq askarlar si-latida xizmat qilishlari lozim bovlgan. O4z yeridan 200 medimn daromad olgan fuqarolar uchinchi darjaga mansub bo'lgan. Ular zevgitlar ("zevgos" - "qoxsh" demakdir), ya'ni qo"sh ho^kizlar deb atalgan. Ular piyoda lash-karda xizmat qilishga va oNz og4ir quroliga ega bo'lishga majbur edilar. 200 medimndan kam daromad oladigan fuqarolar to^rtinchi darajaga kiritilgan. Ular fetlar (batrakiar) deb atalgan. Fetlar harbiy xizmatda yor-clamchi vazifalar va yengil qurollangan piyoda askarlarni tashkil etganlar. ling boy darajadagi Afina fuqarolarning - pentakosio-raedimnlarning vazi-lasi harbiy kemalarni jihozlantirish va ularni yaxshi saqlashdan iborat edi.
So4ngra Salon xalq yig"inida muhokama qilinadigan ishlarni tayyor-lashni Areopagning huquq doirasidan chiqarib tashlab, uni zaiflashtirib qo'ygan. Bu ishlarni tayyorlash uchun Salon yangi davlat organi - bule (400 lar kengashi)ni tuzgan. Ular Attika qadimdan bo'linib kelgan to"rt eski urug'dosh fila (qabila) yigvinlarida har bir filadan 100 bulechi hiso-bidan saylangan.
Salon islohotlari natijasida xalq yig'ini Attika hayotida faolroq, rol o4ynay boshlagan. Unda kundalik siyosiy ishlar muhokama qilingan, arxorftlar va boshqa oliy mansabdor shaxslar saylangan, so'ngra ularning hammasi o"z faoliyatlari haqida xalq yigsini oldida hisob berishlari lozim edi. Xalq yig'ini ekklesiya, ya'ni chorlanganlar yig'ini deb atalgan, chunki-yigvin chaqiriladigan kunni jarchilar barmahal harnma yoqqa jar solib eshittirganlar, shu maqsadda butun mamlakatni kezib yurganlar.
Salon yuqoridagilardan tashqari, har qanday afina fuqarosi qatnashi-shi mumkin bo"lgan yangi oliy haqamlar sudini - gelieyani ta'sis etgan.
Salonning islohotlari uragMoshlik tuzumiga va urag" zodagonlari -ning imtiyozlariga zarba bergan. Islohotlar urug" arsitokratiyasi - yevpatrid-larning hokimiyatini cheklashga va urug"-qabila sarqitlarini tugatishga qaratilgan edi. Yuqorida aytib o"tilganidek, endi fuqaroga lining kelib chiqishiga qarab emas, balki mulkiy senzga qarab babo beriladigan bo"ldi. Arxontlarni faqat birinchi mulkiy darajaga mansub kishilardan, ya'ni pen-takasio-medinmlardan saylash mumkin edi. Faqat dastlabki uch darajaga kiruvchi fuqarolargina bule a'zolari bo"lishi mumkin edi. Faqat ekklesiya-
da va gelieyada hamma darajaga mansub fuqarolar ishtirok etishlari mumkin bo"lgan.
Salon islohotlari chet ellardan qullar sotib olib keltirish hisobiga qul-dorlik xo"jaligining taraqqiy qilishiga olib kelgan, demak, antik qullikning rivojlanishiga asos solgan edi. Erkin vasiyatlarni joriy qilganligi ham yer -ning xususiy mulk bo"lishini rivojlantirib yuborgan edi va yerning urug4" mulki bo"lishi sarqitlarini zaiflashtirgan va bekor qilgan edi. Chetga don chiqarishning taqiqlanishi ham asosan bu mahsulotlami yetishtiradigan yevpatridlarning manfaatlariga zid edi. Hunarmandchilik va savdo-sotiqni rivojlantirishga qiziqtiruvchi qonunlar shahar demosi o"rta tabaqalarining ahvolini mustahkamlardi. Siyosiy timokratik senz islohoti yevpatridlarning urag" aristokratiyasini turli mulkiy darajalarga va bundan kelib chiqadigan turli huquq va majburiyatlarga bo"lib yuborgan edi. Lekin umuman olgan-da Salon islohotlari ma'lum darajada kompromiss (kelishuvchilik) xarak-teriga ega bo4lgan. U Areopagning qonun chiqarish va nazorat qilish vazi-falarini o^zida qoldirgan edi, Attikaning to"it urug" qabilasiga - filasiga bo4linishi kabi eski urug'-qabila bo^linishini daxlsiz qoldirgan edi, holbuki Salon islohotlaridan ilgariyoq Attika hududining urugv-qabila tamoyili asosida bo'linishi buzilgan edi. Harbiy kemalar qurishga butun aholidan pul yig'ish uchun Attika 48 ta hududiy okrugga-navkrariyga bo'lingan edi.
Salon islohotlari Attikaning undan keyingi ijtimoiy-iqtisodiy va si­yosiy taraqqiyoti uchun gvoyat katta ahamiyatga ega bo'lgan. Albatta, bu islohotlar yevpatridlarning - urug" zodagonlarining noroziligini tugMirgan. Lekin islohotlardan demosning kambag"al qatlamlari ham norozi edi. Yer ulushining yetarli bo"lmaganligi ularning qashshoqlik manbai edi. Kambagvallar yevpatridlarga qarashli yerlarning bir qismini tortib olishni, ularni bo4 lib, o4z may da uchastkalariga qovshib berishni va shu уоЧ bilan mazkur uchastkalardan olinadigan hosilni o"lmas ovqat darajasiga yet-kazishni talab qildilar. Lekin Salon bunga ko'nmadi. Bundan tashqari Sa-lonning senz islohoti fuqarolarning kamroq mol-mulki bo'lgan ta-baqalarining siyosiy huquqlarini qirqib qo'ygan edi. Shu sababli Salon arxont-aysiment sifatida hokimiyat tepasida bir yil turgandan keyin islo-hotlardan mulkiy va siyosiy zarar ko'rgan, uning islohotlarini haddan osh-ish deb hisoblagan eski zodagonlar, islohotlarni yetarli emas deb topgan demosning quyi tabaqalari ham unga qarshi chiqdi. Salon birmuncha vaqt Afinadan chiqib ketishga majbur bovlgan.
Bu vaqtda Attikada sinfiy va siyosiy kurash g4oyat keskinlashib ket-gan. (Xzaro kurashlar vaqtida uchta ijtimoiy-siyosiy va hududiy guruh tashkil topgan: ular yer egalarining (ko4pchi!igi Salon qonunlarini bekor qilishni istovchi yevpatridlarning) manfaatlarini himoya qiluvchi pediey-lar (serhosil vodiylar aholisi); paraliylar (sohil aholisi) - Salon qonunlari-dan qanoatlangan va uning islohotlarini mustahkamlashga harakat qilgan shahar va qishloqning ovrta mulkdorlari, savdogarlari va hunarmandlari; diakriylar - Salon qonunlarini yetarli emas deb topgan kambag^al dehqonlar (togli rayonlar aholisi)dan iborat edi. Diaqoiylar ovz yer uchastkalarining miqdorini ko4paytirishni va siyosiy huquqlarini kengay-tirilishini talab qiladilar. Fetlar darajasiga mansub shahar kambag'allari ham ularga qovshilardilar. Bu guruhlarning rahbarlari an'anaga ko4ra man-faatdor aristokrat urag^larning vakillari edi. Eng radikal guruh bo'lgan diakriylar tepasida Pisistrat turardi.
Miloddan avvalgi 560 yilda Pisistrat diakriylarga tayanib, davlat to'ntarishi o'tkazgan va tiran bolib qolgan. Pisistrat Salon islohotlarini bekor qilmagan, balki davom ettirgan. U qishloq kambag'allari - diakriylar manfa*atlarini qondirib, o4ziga dushman yevpatridlarning yerlarini muso-dara qilgan. Dehqonlarga kryedit berib, ularning ahvolini ancha yax-shilagan. Ilgari sudga ishi tushgan kishi albatta Afinaga borishi kerak edi. Pisistrat dehqonlarga sud ishlarini yuritishni yengillashtirish uchun dema (qishloq)lar bo'ylab yuradigan maxsus sayyor sudlar lavozimi va o4ndan bir miqdorda daromad solig4i joriy qilib, davlat xazinasini tartibga solgan.
Ammo tiran - yakka hokim Afinada noqonuniy hukmdor hisoblan-gan. Shuning uchun tez orada ayniqsa boy afinaliklar noroziligiga uchra-gan. vMiloddan avvalgi 527 yilda Pisistrat vafotidan keyin hokimiyatni un­ing o4g"illari Gippiy va Gipparx biroz vaqt ushlab turganlaridan sovng, dastlab Gipparx ovldirilgan va keyin miloddan avvalgi 510 yilda Gippiy Afinani tashlab chiqib ketishga majbur bolgan.
Tiraniya asosan Spartaning qo^llab-quvvatlashi bilan agMarilgan edi. Chunki Sparta Afmaning kuchayishidan cho^chir edi, Shundan so"ng hokimiyatni aristokratiya qo'lga olrnoqchi bcTlgan. Lekin kambag'allarga tayanib, Afinaning boy savdo-hunarmanlari vakili Klisfen boshchiligidagi afina quldorlari spartaliklarni haydab yuborganlar.
Klisfen Afina hokimiyati tepasiga chiqqach, miloddan avvalgi 509 yilda bir qancha islohotlar o4kazgan. Uning islohotlari urug'-qabila mu-nosabatlarining 'qoldiqlari va sarqitlarini uzil-kesil tugatgan va Afina qul-dorlik demokratiyasi tizimini shakllantirgan.
Klisfenning eng asosiy tadbiri'ma'muriy-hududiy islohot edi U aholini eskicha tovrtta qabilaga bo'linishini bekor qildi, ya'ni eski tcTrtta urag4-qabila filaiarni tugatdi, ulaming cTrniga hududiy belgiga qarab o4nta hududiy fila tashki! etdi. Endi urugMoshlik tashkilotlariga taalluqlilik o4z ahamiyatini yqqotib, hal qiluvchi rolni fuqarolarning yashab turgan joyi-dagi tasbkilotlar, o"ynay boshlagan. Har bir fila uchta trittiyga bcTlinib, filaning ichki bo'linishi hisoblangan. Shunisi xarakterliki, bu trittiylarning bittasi shahardaiy ikkinchisi -de'ngiz sohilidan, uchincbisi mamlakatning o'rtasidan joy olgan edi. Shunisi ham borki, har bir fila qaysi trittiylardan tashl^il topishichek tashlash yoli bilan hal etilgan.
Shu.sababli ayrim filalarning trittiylari, hatto umumiy chegaralarga ega bo'lmasliklari ham mumkin edi. Lekin butun Attikaning hududi ki-chik-kichik doiralardan iborat bo'lishi kabi bunday holat bu xildagi aralash-quralash filaiarni idora qilishni qiyinlashtirmasdi. Bundan kovzda tutilgan maqoad - aholini butunlay aralashtrrib yuborish va urug^-qabila aloqalarining qoldiqlarini batamom tugatish edi.
Klisfen butun Attika hududini eng quyi bo4glnda turuvchi yuzta ma'muriy birliklarga - demlarga bo'Iib chiqqan. Har bir filaga o'ntadan demlar kiritilgan. Afinaning har bir fuqarosi ovzi kelib chiqqan demga yozilgan. O~zini urugv-aymoq bilan atash taqiqlangan. Uragvdoshlik alo-qalari shu tariqa bekor qilingan.
Shunday qilib, islohot natijasida ilgari urugvdoshlik tuzumida bo^lmagan va faqat davlatga xos boigan ma'muriy-hududiy bo4linish joriy etilgan.
Filalar sonining o'zgarishi munosabati bilan Salonning toNrt yuzlar kengashi o'rniga besh yuzlar (har bir filadan 50 vakil hisobidan) kengashi tashkil etilgan. Kengashning xalq yigvini muhokamasiga qovyiladigan ish-lami tayyorlash organi sifatidagi vazifasi kuchaygan. Besh yuzlar kengashi oliy ma'muriy organ bo"lib qolgan. Uning o^ninchi (navbatchi) qismi yilning cfndan bir qismi davomida (35-36 kun) navbatma-navbat davlat vazi-falarini bajarishi lozim edi, bu vaqt pritaniya deb atalardi. Besh yuzlar kengashining a'zolari (pritanlar) filalarda saylangan nomzodlardan chek tashlash yovli bilan bir yilga saylab qo"yilardi. Besh yuzlar kengashi xalq yiginlari orasidagi dayrda Afina siyosiy hayotiga rahbarlik qilgan, xalq yigvinlarining qarorlarini bajarishni amalga oshirgan.
Bu vaqtda arxontlarning eski hay'ati ovz ahamiyatini yo^qotgan edi. Klisfen hududiy islohot ovtkazar ekan, Attikada ko'pdan beri yashab kel-gan va lekin mamlakatning tub aholisi bo'lmagan ancha shaxslarni fu-qarolar qatoriga kiritdi.
Klisfen davrida Afina fuqarolarining eng ommaviy organi bo^lgan haqamlar sudi - gelieyaning roli kuchaydi. Gelieyaga fuqarolar senzidan qat'i nazar bir yilga saylab qo'yilar edi. Ular o4z navbati bilan turli sud komissiyalarida sud ishlarim bajarardilar. Klisfen tiraniya qayta tiklani-shining oldini olish uchun "sopollashtirish", yunoncha "ostrakism"ni ("os-trakon" - "sopol" demakdir) joriy etgan. Har yilda bir rriarta xalq yigvini ostrakismni tashkil etish kerakligi yoki kerakmasligim hal qilgan. Agar ijobiy qaror qabul qilinsa, oradan birmuncha vaqt ovtgach, kamida olti ming fuqarodan iborat xalq yigxini chaqirilgan v.a bu fuqarolardan har biri, uning fikricha, Afina demokratik tuzumi uchun xavfli bolgan siyosiy ar-bobning nomini sopolga yozib qo4ygan. Bu yashirin ovoz berish natijasida kimga qarshi ko'proq ovoz berilgan bo'lsa, p'sha shaxs o4n yil muddat bi­lan Afinadan quvilgan, lekin u fuqarohk huquqidan mahrum etilmagan va mol-mulki musodora qilinmagan. Ostrakism dastlab urug" aristokrati-yasiga qarshi qaratilgan bo4lsa, oqibatda undan Afiha jamiyatidagi turli gu-ruhlar o'rtasidagi siyosiy kurashda foydalanilgan.
Klisfenning so'nggi tadbirlaridan biri - miloddan avvalgi 502 yilda o4nta strateg hay'atini ta'sis etishdan iborat edi. Bu ham aholining hududiy bo'linishini hisobga olgan holda tashkil etilgan, ya'ni unga har bir filadan bittadan vakil kiritilgan. Bu strateglar xalq yig'inida qo"lko4tarib (xeyro-toniya) ochiq ovoz berish yovli bilan bir yil muddatga saylanganlar va Af-,ina xalq lashkariga galma-gal qovmondonlik qilganlar. Rasman bu hay'atning raisi hisoblangan eski arxont-polimarxlik lavozimi ovz ahami-yalini yo'qotgan.
Shunday qilib,, Klisfen islohotlari Afinada urugMoshlik tuzumiga eng so'nggi zarba berib, uzoq davom etgan davlatning tashkil topish jarayonini nihoyasiga yetkazgan.
Teseydan sovng tug'ila boshlangan hokimiyatchilik funksiyalari ularni amalga oshirish organlarining tashkil etilishiga ol'ib kelgan. Natijada asta-sekin siyosiy hokimiyatni amalga oshiruvchi maxsus va doimiy hara-katdagi apparat vujudga kelgan. Shu bilan bir vaqtda bu apparat tomonidan jamiyat ustida hokimiyatni tanho egallab olish jarayoni borgan. Hokimi-yatchilik funksiyalarini amalga oshirishni tanho huquqqa aylanishi nati-jasida zoMikdan foydalanish qonuniy huquq bo" lib qolgan. Siyosiy hoki-miyat davlat hokimiyati shaklida amalga oshirila boshlangan, uni amalga oshiravchi apparat esa davlat apparatiga aylangan.
Shu tariqa uzoq asriarga cho'zilib ketgan iqtisodiy munosabatlardagi inqilobdan sovng ijtimoiy inqilob, keyin esa davlatning tashkil topishi bilan yakunlangan siyosiy inqilob sodir bo'lgan. Bulaming hammasi bir vaqt-dagi hodisa bo4lgan. Afinada davlatning kelib chiqishi urag" aristokratiyasi va demos ovrtasidagi keskin va murosasiz kurash bilan birga borgan va bu kurash oqibatda demos gvalabasi bilan tugagan. Natijada Afinada demok-ratik respublika shaklidagi quldorchilik davlati vujudga kelgan.



Download 202 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling