Qadimgi Yunonistonda fan. Reja: Yunonistonda ilmiy bilimlarning rivojlanishi
Qadimgi yunonlar adabiyoti. Yunoniston tarixini o'rganishda dostonlar va afsonalarning ahamiyati
Download 22.76 Kb.
|
Qadimgi Yunonistonda fan
^ 2. Qadimgi yunonlar adabiyoti. Yunoniston tarixini o'rganishda dostonlar va afsonalarning ahamiyati.
Qadimgi yunon adabiyotining paydo bo'lishi o'zoq o'tmishga borib taqaladi. Yunonlar ajoyib afsona, rivoyat, she'r, doston, tragediya va komediyalar yaratganlar. Yunon baxshilari esa qadimgi afsona va rivoyatlarni og'zaki tarzda avloddan-avlodga yetkazganlar. “Prometey”, “Gerakl”, “Dedal va Ikar”, “Argonavtlar”, “Odisseya” va “Illiada” kabi afsona va dostonlar yunon adabiyotining nodir namunalaridir. Rivoyatlarga ko'ra, bu asarlarning muallifi miloddan avvalgi YIII yashagan ko'r baxshi Gomerdir. Dostonlarda yunonlarning Kichik Osiyodagi Troya shahriga qilgan yurishlari, qahramonlarning kurashlari va boshidan kechirgan sargo'zashtlari va boshqalar haqida hiqoya qilinadi. “Illiada” dostonning davomi “Odisseya” dostoni hisoblanadi. Yunonlar jahon adabiyotiga ulkan hissa qo'shganlar. Yunon dostonlarida rivoyat va afsonalar juda ko'p. Ammo dostonlarda tasvirlangan voqea-hodisalarning hammasi shunchaki afsona emas. “Argonavtlar”, “Dedal va Ikar”, “Gerakl” , “Illiada” va “Odisseya” kabi rivoyat va afsonalarning mazmuniga chuqurroq e'tibor berilsa, ularda qadimgi yunonlarning turmush tarzi, kasb-korlari, qurol-yarog'lari, turar joylari, mehnat qurollari va oilaviy munosabatlari qanday bo'lganligini bilib olish mumkin. Olimlar o'zoq vaqtgacha Gomer dostonlaridagi voqealar o'ylab chiqarilgan afsonalar deb faraz qilganlar. Ular Troya shahri ham bo'lmagan deb o'ylab kelardilar. Ammo arxeolog olimlar Kichik Osiyoning shimoliy-g'arbiy yerlarida qazish ishlarini olib borar ekanlar, u yerdan yonib kul bo'lgan shahar xarobalarni topganlar. Bu yunonlar urush olib borgan Troya shahrining qoldiqlari edi. Arxeolog olimlar Troya shahri xarobalardan uy-joylar, mudofaa devorlari, sopol buyumlarning parchalari, yashirib qo'yilgan narsalar, buyumlar va odam suyaklarining qoldiqlarini topganlar. Yunoniston tarixini o'rganishda yunon afsonalari, xususan Gomer dostonlari juda katta ahamiyatga ega. Shu tufayli miloddan avvalgi XI-IX asrlarni Gomer davri deb bekorga aytilmagan. Gomer dostonlari she'riy uslubda yozilgan bo'lib, tilining boyligi va ta'sirchanligi bilan ajralib turadi. Shunday qilib, Gomerning dostonlari buyuk adabiy asargina bo'lib qolmay, balki ajoyib tarixiy kitob namunalaridandir. Yunonlarning, adabiy merosi jahon halqlari adabiyotiga munosib hissa qo'shdi. Qadimgi Yunonistonda fanning turli sohalari bo'yicha mashhur olimlar yetishib chiqqanlar. Yunon olimlari Qadimgi Misr, Bobil va Kichik Osiyo halqlarining bilimlaridan bahramand bo'lganlar. Gomer asarlarining bosh qahramonlari faqatgina beqiyos pahlavonlar emas, shuningdek ma'budalar ham bo'lganlar. Gomer dostonlarining muhim xususiyatlaridan biri ularning kuyga solib aytilishidir. Bu xildagi asarlar kitob tariqasida o'qish uchun emas, balki tinglash uchun xosdir. Bu asarlarda janglar tasvirida otlarning yurishi va yugurishda, qahramonlarning qurol-yarog'lari ta'rifida, ziyofatlarda to'zilgan dasturxon maqtovida va yana turli-tuman manzarali voqealar tasvirlanadi. Bu xildagi takrorlar Gomer poemalarida haddan ziyoda (masalan: “Illiada”ning I bobida Axill bilan Agamemnon o'rtalarida bo'lib o'tgan diltanglik haqida shoirning o'zi hikoya qiladi. Keyinchalik Axill o'z opasi Fetidaga Sardorning sitmagarligi haqida shikoyat qilganida, ilgarigi gaplar aynan takrorlanadi). Dostonlarda ba'zi hodisalarni chunonchi, kech kirishi, tong otish paytlarini tasvirlaydigan misralar ko'pki, ular zarracha o'zgartirilmasdan bir taxlitda ishlatilaverib qolip shakliga kirib ketgan. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Yunoniston tarixini o'rganishda yunon afsonalari juda katta ahamiyatga ega. Dostonlar she'riy usulda yozilgan bo'lib, tilining boyligi va ta'sirchanligi bilan ajaralib turadi. Shunday qilib, qadimgi Yunoniston asarlari adabiy asargina bo'lib qolmay, ajoyib manba hamdir.
Download 22.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling