Qadimgi Yunonistonda pedagogik nazariyalarning tug‘ilishi


Download 33.44 Kb.
bet3/3
Sana19.06.2023
Hajmi33.44 Kb.
#1624227
1   2   3
Bog'liq
Qadimgi Yunonistonda pedagogik nazariyalarning tug

Demokritning qarashlari (eramizdan avvalgi 460—370 yillar) qadimgi yunon falsafasining cho‘qqisidir. Demokrit o‘z asarlarida yuqorida nomlari qayd etilgan mutafakkir faylasuflar kabi tarbiya masalalariga katta e’tibor beradi. U o‘z nazariyasida tabiat qonunlariga, xurofotni va qo‘rquvni emirib tashlaydigan chinakam bilimlarga murojaat qiladi.
Demokrit tarbiyani tabiatga muvofiqlashtirish masalasini birinchi bo‘lib ilgari surdi. “Tabiat bilan tarbiya bir-biriga o‘xshaydi” deb yozadi u. Demokrit “ta’lim mehnat asosidagina go‘zal narsalarni Hosil qiladi”, deb, tarbiya ishida mehnatning roli juda katta ekanligini ta’kidladi.
U doimo mehnat qilib turishni talab qildi, mehnatga odatlarna borgan sari, mehnat engil bo‘lib boradi, deydi. U yomon o‘rnakdan ehtiyot bo‘lish kerak, deb ta’kidlaydi va yaxshi xulq Hosil qilishda mashqning ahamiyati katta, deb Hisoblaydi.
Demokrit barcha tabiiy jarayonlarga, jumladan, insonning axloqiy munosabatlarida Ham kishi xulqini real, bu dunyodagi asosini topishga urinadi. Demokrit axloqni odamning o‘z tabiatidan kelib chiqib asoslashga Harakat qiladi. Bilish nazariyasida Demokrit moddiy olamni bilish va Haqiqatga erishish mumkinligini ta’kidladi, bilish jarayonida sezgi va tafakkur rolini ko‘rsatdi. Uningcha sezgilarimiz orqali olingan bilim «qorong‘i»; u olamning mohiyatini ochib berolmaydi; aql orqali olingan bilim «yorug‘», Haqiqiy bilimdir. Tabiat sirlarini faqat fikrlash yo‘li bilan bilib olish mumkin.
Demokritning axloqiy va pedagogik qarashlari diniy qobiqdan xoli edi. SHuning uchun Ham o‘zidan keyingi faylasuf olimlarga katta ta’sir etdi.
Ayniqsa, ularning inson kamolotidagi nazariy qarashlari, tarbiyaning roliga bergan katta ahamiyatlari pedagogika tarixi nazariyasini yaratishda asosiy zamin bo‘lib xizmat qildi.
Qadimgi YUnonistonda pedagogik nazariyalarning tug‘ilishi.
Download 33.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling