Qadimiy Samarqand shahriningrasmiy markazi Registon maydoni boʻlib, bu erda uchta madrasa qad koʻtargan: Ulugʻbek madrasasi (1417-1420), Sherdor madrasasi


Download 275.07 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi275.07 Kb.
#1346913
Bog'liq
Samarqand


Qadimiy Samarqand shahriningrasmiy markazi Registon maydoni boʻlib, bu erda uchta madrasa qad koʻtargan: Ulugʻbek madrasasi (1417-1420), Sherdor madrasasi (1619-1636), Tilla-kori madrasasi (1647-1660). Registon - qadimiy ilm, taʼlim muassasalari joylashgan joy boʻlib, sharqdagi shahar qurilishi sanʼatining eng koʻzga koʻrinarli namunalaridan biri hisoblanadi. U haqda Temuriylar faxr bilan: „Kim bizning kuch- qudratimizga shubha qilsa, kelib biz qurgan binolarni koʻrsin“, deganlar. 2001- yilda bu uch madrasa UNESCOning butun dunyo yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan. Registon maydoni- tarixda shaharning ilm-fan, siyosat va diniy markazi bo’lgan. “Registon ” so’zi “qumloq joy” degan ma’noni anglatadi. O’rta asrlarda hamma katta shaharlarda markazlar “Registon” deb atalar edi. Shu nomdagi maydonlar Buxoro, Shahrisabz va Toshkentda ham bo’lgan. Samarqanddagi maydon esa O’rta Osiyodagi eng mahobatli va tahsinga sazovor maydonlardan biri edi. Bu maydonda bir necha ming yillik tarix mujassam. Amir Temur podshohligi davrida Registon Samarqandning markaziga aylantirildi. Ulug’bek davri (1409-1447)da esa maydon bundan ham muhimroq ahamiyatga ega bo’ldi. Zamonaviy Registon ansambli o’zida Ulug’bek madrasasi (1417-1420), Sherdor madrasasi(1619-1636) va Tillakori masjid-madrasasini (1647-1660) mujassam etadi. Registonning janubiy tomonida xalq orasida “Childuxtaron” deb atalmish xonaqoh va maqbaralar joylashgan edi. Ularni Ko’chkunjihon (1527-1530) qurdirgan edi va Tillakori madrasasiga qo’sh qilib bunyod etilgan edi. U 1904-yilgi zilziladan so’ng xarobaga aylanib, 1910-yili butunlay buzilgan va o’rni maydon bo’lib qolgan. 100 yil orasida oxirgi ko’rinishini olgan bu Registonni ko’rish ishtiyoqida butun dunyo sayyohlari tashrif buyurishadi.
Samarqand — Samarqand viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938 yildan). 1925—30 yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning janubi-gʻarbida, Zarafshon vodiysining oʻrta qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan. Oʻrtacha 695 m balandlikda. Toshkentdan 300 km. Sdan Toshkent—Dushanbe, Toshkent—Turkmanboshi, Toshkent—Uchquduq—Qungʻirot temir yoʻllari, Katta Oʻzbek trakti (Toshkent—Termiz yo'li) oʻtadi. Shahar aholisi va xoʻjaliklari Shovdor, Bogʻishamol ariklaridan suv oladi. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 25,9°, eng yuqori temperatura 40—42°, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0,2°, eng past temperatura —26°. Maydoni 120 km². Aholisi 519,6 ming kishi (2016); 1975 yil 299 ming, 1970 yil 267 ming, 1959 yil 196 ming, 1939 yil 136 ming, 1897 yil 55 ming, 1865 yil 26 ming. S. shahar Kengashiga qarashli 4 shaharcha (Ingichka, Kimyogarlar, Farhod, Hishrov) mavjud.
Nomlanish tarixi
Tarixiy yozma manbalarda S.ning yoshi qadimiyligi toʻgʻrisida maʼlumotlar bor. Muhammad an Nasafiy „alQand fiy zikri ulamoi Samarqand“, Xaydar asSamarqandiy (12-asr) „Qandiyai Xurd“, Abu Tohirxoja Samarqandiy „Samariya“, Xitoy tarixchisi Chjan Syan, yunon va rimlik tarixchilar Arrian, Kursiy Ruf va boshqa koʻplab mualliflarning asarlarida bu haqda yozib oʻtilgan. Shu bois oʻrta asrlardan Sharqda ommalashib ketgan maqollardan birida „Gʻarbda Rim, Sharqda Samarqand“ deyilgan. Samarqand va Rim insoniyat takdiridagi buyuk xizmatlarini nazarda tutib „Boqiy shaharlar“ nomini olganlar. Xalq iborasi „Samarqand saykali roʻyi zamin ast“ — Samarqand yer yuzining sayqali (jilosi) deb bexuda aytilmagan. Amir Temur S.ni oʻzgacha mehr bilan qadrladi, obod qildi, dunyoning sayqaliga aylantirdi.
Samarqand — jahonning eng qadimiy shaharlaridan biri, Rim, Afina, Vavilonlarning tengdoshidir. O’tmishning shoirlari va tarixchilari uni chinakam «Sharq jannatmakon bog’i», «Yer yuzi», «Sharq olamining bebaho durdonasi», «Jahon mamlakatlarning bezagi», «Sharqning Rim kabi shahri»… va hokazolar kabi go’zal o’xshatishlarni bejiz bag’ishlamagan edilar.
Samarqand vujudga kelgan Zarafshon daryosi vodiysining tabiiy mo’l-ko’lligi «Avesto» ning muqaddas she’rlarida maqtalgan edi. Eramizdan avvalgi 1-ming yillikning o’rtalarida yunon manbalari Samarqand shahri haqida nomini Marokand shaklida aytib o’tganlar, o’rta asrlar davrida qadimiy Samarqandning xarobalari Afrosiyob deb nomlanadigan bo’ldi. Samarqand shahri haqida eng birinchi yozma fikr eramizdan avvalgi 329 yilga oid, u paytda Iskandar Zulqarnayn boshchiligidagi yunon-makedon lashkarlari uni ishg’ol qilgan. Eramizning birinchi asrlarida shahar qudratli Kangyuy davlati hukmronligiga tushib qolgan edi.
VI—VII asrlarda Samarqandda turk hoqonligi bilan yaqin aloqada harakat qilgan ishxiy hukmdorlari taxtga chiqqan. VII asr oxirida – VIII asr boshida arab istilochilariing lashkarlari paydo bo’ldi.
1220 yil bahorida shaharni Chingisxonning qo’shinlari qo’lga olib, uning qadimgi zaminigacha buzib tashlaganlar. XIV asr — XV asrning o’rtalarida Samarqandning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotining yangi beqiyos yuksalishi yuz beradi. Aynan shu davrda Temur tomonidan yaratilgan, Volgadan Gang daryosigacha, Tyan-Shan tizmasidan Bosforgacha yastanib yotgan ulkan davlatning poytaxti sifatida Samarqand jahonda mashhur bo’ladi. Amir Temur poytaxti Samarqandni go’zal shaharga aylantirishni orzu qilar edi.
Hindiston, Afg’oniston, Eron, Suriya, Kavkaz orti davlatlari, Turkiyaga qilgan har bir harbiy yurishdan u Samarqandga eng mohir me’morlar, zargarlar va allomalarni olib kelar edi. O’z davlati ichida Temur yaratuvchi ijodkor edi. U rassomlar va shoiralr, mutafakkir va olimlarni saxiylar bilan qo’llab-quvvatlar edi. Bu fe’l-atvor keyinchalik uning nevarasi – Mirzo Ulug’bekka ham o’tadi, uning besh asr avval yaratilgan yulduzlar katalogi va xaritasi butun dunyoni hozir ham hayratda qoldiradi.





Download 275.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling