Qadriyatni tõsuvchi zamonaviylik


Download 9.64 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi9.64 Kb.
#1619271
Bog'liq
Qadriyatni tõsu-WPS Office


Qadriyatni tõsuvchi zamonaviylik
Libos azaldan insonning madaniyatini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Chunki insonning tashqi kõrinishi, kiyinish borasidagi etika qoidalariga rioya qilishi uning boshqalar oldida birinchi taassurotiga sabab bõladi. Kiyinish odobi bir tomondan kishi madaniyat darjasini õlchovchi mezonlardan biri hisoblansa, boshqa tomondan qadriyatlarni ham õzida namoyon etadi. Biroq hozirgi kunda shu mezon buzilganday. Zamon bilan hamnafas yurish bahonasida moda "qul"iga aylanayotgan yoshlarni tez-tez uchratamiz. Goh qarasangiz, yigitlarning tor shim-u, bòyniga taqqan zanjirlari, qizlarning yelkasi ochiq, kalat kõylag-u, yubkalari e'tiboringizni tortmay qolmaydi. Agar kimdir nimadir e'tiroz bildirsa, modaning talabi shu yoki zamon bilan hamnafas yurish kerak degan gaplarni aytishadi. Yo bõlmasam, sizning nima ishingiz bor mening kiyimim bilan degan achchiq javob olasiz, qõyasiz. Ana,bõlmasam deydigan odam kõp-u, ammo shuni tõxtatishga yechim topadigani yõq. Aslida ham ularning gapida jon bor. Qanday kiyim tanlash, nimani egniga loyiq kõrish bu har bir insonning óz xohishi, õzining erkinligi. Biroq har millat, har bir jamiyatning õziga yarasha qoidalari mavjud. Shuningdek, kiyinishga doir etika ham bu õsha jamiyatning õsha davridagi madaniyatini kõrsatib beruvchi kõzgu. Tõğri, endi qadriyatga asoslanib kiyinamiz deb atlas, adras-u, beqasam tõnlar kiyib yurish kerak demayman. Chunki hozirda bunday milliy kiyimlar faqatgina qandaydir milliy bayramlarda kiyilishigagina barcha kõnikib bõlgan. Biroq jamiyatimizning bir a'zosi sifatida qabul qilingan har bir inson uning qoidalariga ham rioya etishi va jamiyat oldidagi mas'uliyatini unutmasligi kerak. Axir xalqimizda hayo eng oliy õrinlarda turuvchi odob. Yirtiq shimlar-u kalta shortiklar, ochiq-sochiq kõylaklar behayolikka kirmaydimi?!
Shuni ham aytish joizki, hozirda qaysiki jamiyatda qanday kiyim urfda bõlsa, bunga qõshiqch-yu xonandalarning ham xizmati katta bõladi. Chunki bugungi kunda yoshlarning eng diqqat markazidagi insonlar - san'atkorlar. Endi ularning sahnada tor, kalta, ochiq kiyimlar bilan kõrinishi olovga moy sepayotganday gôyo. Bozorlarda esa qaysidir repper yoki qandaydir qõshiqchi kiygan shunday yozuvli fudbolkasi, yo bõlmasa kõylagini olib berishini xohlab, ota-onalariga xarxasha qilayotganing ham guvohi bõlamiz.
Eng qiziği, yoshlar orasida "Modada jins bõlmaydi" degan shiorga amal qilishlik eng chõqqisiga chiqmoqda. Ba'zida tashqi kõrinishidan yigit yoki qizligini ham ajratib bõlmay qoldi. Insonning zamonaviy bõlishida hecha qanday yomon holat yõq, albatta. Biroq zamonaviylik shu deya, har qanday kiyimni ham egniga ilib ketaverish qay darajada tõğri?! Bundan tashqari odamning kiyib olgani borgan sari uning xaraketeriga ta'sir qilib borishi isbotlangan. Shuni ham unutmaslik kerakki, muqaddas dinimiz Islomda ham kiyinishga qattiq e'tibor berilishi libos musulmon kishining e'tibor berishi kerak bõlgan ahamiyatli jihatlaridan biri ekanligini belgilaydi. Zero, modada jins yõq deb qaraydiganlar uchun quyidagi hadisi sharifning ózi yetarli bõladi deb ôylayman. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:“Nabiy sollallohu alayhi vasallam o‘zini ayollarga o‘xshatib yuruvchi erkaklarni va o‘zini erkaklarga o‘xshatib yuruvchi ayollarni la’natladilar” (Buxoriy, Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy rivoyat qilganlar).Bundan tashqari barcha sohalardagi kabi kiyinish borasida ham bandaning o‘ziga mutlaqo erkinlik berib qo‘yilsa, u nafsining aytganini yoki shaytonning vasvasasini yoki boshqalarga ko‘r-ko‘rona taqlid qilishni ixtiyor etadi.
Albatta, insonning tabiatida nimadir taqiqlansa, aynan õsha narsaga qiziqish kuchli bõlishi tabiiy holat. Shuning uchun ham hozirgi yoshlarga uni kiyma, bunday kiyinma deya cheklov qõyish yaramaydi. Balki ularga xuddi shu holat millatimizga, qadriyatlarimizga hurmatsizlik ekanligini tushuntirish, ularning õzi bunday kiyimlarni kiyish behayolikdan darak ekanligini tushunib yetmoği lozim.
Download 9.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling