Qadrli opa-singillar!
Download 178.49 Kb.
|
8-mart
QADRLI OPA-SINGILLAR! Sizlarni qalblarimizni ezgulik va mumtoz tuyg’ularga to’ldiruvchi zebolik va sadoqatga da’vat etuvchi,o’zingiz kabi fayzli bayramingiz - 8-MART munosabati bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz. Ayollar azal-azaldan hayotimiz ko’rki va jamiyatimiz tayanchi sifatida e’zozlanib kelingan. Ayol – oilaning asosi, oila hayotining charog’on etib turuvchi yorug’likdir. “Jannat onalar oyog’i ostidadur” degan muborak kalima ham aslida shu haqiqatning isbotidir. Bugun xotin-qizlarimizning tizimdagi zalvorli odimlarda fidokorona va shijoatli mehnati hissalari beqiyosdir. Har bir xayrli ishda mehr-muhabbati, fidoiyligi va sabr-qanoati mujassamlashgan. Sizlarning e’tibor va e’zozlaringiz hamda oqilona maslahatlaringiz otaxonu-onaxonlarga va ko’ngli nozik nogironlarga madad bo’lmoqda. Aziz opa-singillar! Sizlarni go’zal ayyomingiz bilan yana bir bor qutlaymiz. Savobli ishlaringizga kuch g’ayrat, xonadoningizga fayzu-baraka, oilangizga farovonlik tilaymiz… Download 178.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling