Qadrli o’qituvchi va murabbiylar!


Download 233.89 Kb.
Sana07.10.2019
Hajmi233.89 Kb.

Qadrli o’qituvchi va murabbiylar!

Har yili ustozlarning qutlug‘ ayyomi keng nishonlayotgani jonajon mamlakatimizda bu kasbga bo‘lgan yuksak hurmat-e’tibordan dalolat beradi. Holbuki, harf o‘rgatuvchi, kasb, hunar o‘rgatuvchi, faqat ezgulikdan saboq beruvchi mehribon muallimlarsiz Vatan taraqqiyotini, kelajagini ko‘z oldimizga ham keltira olmaymiz. Buyuk Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, dunyoning bor ganji, xazinasi bilan ham ustozning ranj chekib qilgan olijanob mehnati haqini ado etib bo‘lmaydi.

O‘qituvchi kadrlarga yuksak e’tibor namunasini ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish ishiga katta ahamiyat berilayotganida ko‘rishimiz mumkin. O‘qituvchilar, olimlarning oylik maoshlari keskin oshirilishi, oilaviy sharoitini yaxshilashga doir qator imtiyozlar berilishi, ularni chet ishlarga jalb qilmaslik haqida maxsus qaror qabul qilinishi kabi o‘nlab chora-tadbirlar ham bu fikrni yanada tasdiqlaydi.

Fursatdan foydalanib, Sizlarni “1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bilan tabriklaymiz, Sizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz. Doimo sog‘-omon bo‘ling, aziz ustozlar!



Andijon viloyat kasaba uyushmalari

tashkilotlari birlashmasi
Download 233.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling