Qaffol ash shoshiy hayoti va ijodi qaffol ash shoshiy bugungi fanga qo`shgan hissasi va merosi qaffol ash shoshiy asarlari


Download 24.87 Kb.
bet2/2
Sana20.11.2023
Hajmi24.87 Kb.
#1788177
1   2
Bog'liq
QAFFOL ASH SHOSHIY XAZRATI IMOM

Diplomatik faoliyati
Sharqshunos olim, marhum Bahriddin Mannonov yozishicha, hijriy IV (X) asrga kelib, Rum imperiyasi ikkiga bo‘linib ketadi. Bu hududning sharqiy qismida qaror topgan mustaqil Vizantiya imperiyasi ta’sir doirasi nafaqat Bolqon yarimoroli va Sharqiy Ovrupada, balki Qora dengiz qirg‘oqlari, Kavkazning g‘arbiy qismi, Kichik Osiyoning sharqigacha bo‘lgan joylarda ham mustahkamlanadi. Konstantinopol xalifalik tasarrufiga o‘tgan hududlarni qaytadan egallashga kirishadi. Shu maqsadda olib borilgan janglarda Vizantiya qo‘shinlari bir necha bor g‘alabaga erishadilar... Vizantiya imperiyasining Bag‘dod xalifaligiga, umuman, Islom olamiga qarshi xurujlari har taraflama avj olib ketadi.
Qaffol Shoshiy Islom dunyosining turli o‘lkalariga ilm-ma’rifat izlab, safar qilar, haj ibodatini ado etishga tez-tez Makkaga borar, qaytayotganida Bag‘dodda birmuncha vaqt turib, bilimlarini oshirishga harakat qilar edi. Bir gal u Bag‘dodda to‘xtaganida noxush voqea ustidan chiqib qoladi.
Vizantiya imperatorining qo‘mondoni Tag‘fur abbosiylar xalifaligiga tegishli Shomning shimoliy qismi va Antokiyani bosib olib, xalifalik poytaxtiga ham xavf soladi. U Bag‘dod xalifasiga she’riy maktub-tahdid jo‘natadi. Maktubda bunday satrlar bor edi:
“Damashqdur ota-bobomiz yurti,
Uning zaminiga men sohib o‘zim.
Misrni fath etgum shamshirim bilan,
Cheksiz sahrolarda kular yulduzim.
Undan so‘ng Makkaga qarab yo‘l olsam,
Tundek bosib borar botir qo‘shinim.
Kuddusga yo‘l olib tolmasman yo‘lda,
U yerda tiklagum muqaddas ustun...”
O‘sha vaqtda Bag‘dodda ko‘zga ko‘ringan olim va shoirlar ko‘p bo‘lsa ham, hech kim Tag‘furning bu tahdid xatiga javob yozishga botina olmaydi. Xalifa xatga javob yozishni Imom Qaffol Shoshiyga topshiradi. Hazrati Imom dushman xatiga javoban bunday otashin misralarni bitadi:
“Qudrat-la quvdik biz sizni Rum sari,
Tuyaqush misoli qochdingiz nari.
Qochdingiz qontalash kirpi singari,
Bizlarni Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) boishar ilgari! Payg‘ambar hurmati, qirmadik sizni,
“Bizlarda bor edi shiddat va qudrat.
Shom yerin fath etdik bo‘lib zarurat,
Misr, Qayravonni, Andalusni ham.
Boshingiz majaqlab, zo‘r keldik har vaqt,
Baytlahm, xaroba shaharlar qator.
Iskandariyada bo‘ldi zafar yor,
Quddus, Iyerusalimda g‘alabamiz bor!
Sizlarni yengoldik biz mardonavor.
Ilmu irfonimiz qadimdan mashhur...
Bemaza she’ringiz bo‘lmagay manzur.
Bizning ash’orimiz durdona, maqbul,
Bilguvchi odamga bag‘ishlar huzur...”
“Tabaqotush shofi’iya”da berilgan she’riy misralardan ushbu parchani marhum ustoz Nodirxon ibn Alouddin o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Shubhasiz, Tag‘fur tahdid xati orqali musulmonlarningo‘sha vaqtdagi ma’naviy saviyasini bilmoqchi bo‘lgan. Imom Qaffol Shoshiyning she’riy maktubi esa unga munosib javob, sezilarli zarba bo‘lib tushgan. Hatto Vizantiya adiblari, kohinlari ham: “Musulmonlarning shunday shoirlari borligini bilmas ekanmiz”, deb tan olganlari juda e’tiborlidir.
Bu haqda Xoja Ahror Valiyning shogirdi Shayx Abu Ahmad Muhammad Qoziy Shoshiy qalamiga mansub “Silsilatul orifin” (“Oriflar silsilasi”) kitobida batafsil yozilgan: “364 hijriy yilda vafot qilgan Abu Bakr Muhammad ibn Ali Qaffol Shoshiy Kabir zamonasining mashhur ulamolaridan bo‘lib, o‘zlari tug‘ilgan Shosh (Toshkent) shahrida istiqomat qilar edilar. U zot ko‘p marotaba hajga safar qilib, borishda va qaytishda aksar ilmlarini olgan Bag‘dodga kirib o‘tar edilar. Bir galgi safarlarida Bag‘dodga kelsalar, ulamolarning nihoyatda sarosimada qolishganini ko‘rdilar. Chunki Rum podshohi - qaysari ibriy tilida xalifaga bir qasida yuborib, yo pgu qasidaga munosib javob yozasizlar, yo har yili o‘lpon to‘laysizlar yoki urushga tayyorlanaveringlar, deb talab qilgan edi. O‘sha paytda ularning Rum bilan urushishga imkonlari yo‘qligi va talab qilingan o‘lponni to‘lash uchun yetarli mablag‘lari bo‘lmaganidan, qasidaga javob yozishga majbur edilar. Bag‘dodning jami ulamo va fozillari yig‘ilishdi. Lekin qasidaga mos keladigan javob yozishga barchalari ojiz qolishdi. Rum elchisi esa ularni shoshiltirar edi. Shayx Bag‘dodga kirib kelganlarida, turklar yurtidan Bag‘dodga bir zabardast olim kelibdi, degan xabar tarqaldi. Xalifa odam yuborib, u kishi javob qasidasi yozsa, evaziga xohlagan narsasini berishini aytadi”.
Qaffol Shoshiy hayoti va faoliyatiga doir ibrat olsa arzigulik bunday xabarlar tarixiy manbalarda ko‘plab uchraydi. Maxdumi A’zam avlodlaridan bo‘lmish Sayyid Ma’sumxon o‘g‘li Xoja Muhammad Hakimxon qalamiga mansub «Intihobut tavorih» asari qo‘lyozmasida ham bu fikrning isbotini ko‘rish mumkin:
“Shayh Abu Bakr Qaffol Shoshiyning “Maqomot”larida zikr qilinishicha, Hazrati Shayh o‘z hayotlarini uch qismga bo‘lgan ekanlar. Bir yil Rum tarafga g‘azotga borar ekanlar. U paytda Rum hanuz Islom sharafiga muyassar bo‘lmagan ekan. Bir yil hajga borar ekanlar. Bir yil o‘z viloyatida o‘tirib, xalqni Haqqa da’vat qilar ekanlar”.
“...Naql qilinishicha, Hazrati Shayh g‘azotga borib, rumliklar bilan jang qilgan yili ahli Islomga shikast yetib, ko‘pgina musulmonlar bilan birga Hazrati Shayh ham asirga tushadilar. Hazrati Shayhni Rum podshosining oldiga olib kelganlarida, podshoh Hazrati Shayhga boqib: “Sen bu viloyatning odamiga o‘xshamaysan, rostini ayt, qayerdansan?”, deb so‘raydi. Hazrati Shayh: “Shosh viloyatidanman”, deydilar. Podshoh: “Sen mening ibriy tilidagi maktubimga javob yozgan odam emasmisan?” deb so‘raydi. “Ha”, deb javob beradilar. Podshoh deydi: “Sen biz uchun Tavrotni arab tiliga o‘gir, sening va asir musulmonlarning gunohidan o‘taman va ko‘p ne’matlarni in’om qilaman!” Shayx unga: “Mayli, roziman, ammo shartim shuki, Tavrot qanday nozil bo‘lgan bo‘lsa, arab tiliga xuddi o‘shanday tarjima qilaman. Ammo hozir sizlarning qo‘llaringizdagi Tavrot o‘zgartirilgandir!” - deb javob qiladilar. Podshoh darg‘azab bo‘lib: “Agar bu ishni qilmasang, seni asir musulmonlar bilan birga qatl ettiraman!” deb dag‘dag‘a qiladi. Shayh deydilar: “Nimani xohlasang, shuni qil! Men Haqdan nozil bo‘lgan Tavrotdan o‘zga Tavrotni arabcha qilmayman!” Podshoh viloyatning ulamolari va ulug‘lari bilan maslahat qilib, oxiri rozi bo‘lib: “Mayli, sen uni arabcha qil, ammo biz Muhammadning sharhlariga kelganda ko‘zimizni yumamiz va uni o‘qimaymiz!” deydi.
Alqissa, Hazrati Shayh Maliki Allomga yolborish va zorlanish bilan ko‘maktilab, Tavrotni arabchalashtirishga kirishdilar. Ozgina fursatda shunday katta ishning uddasidan chiqib, Tavrotni boshdan-oyoq arabcha qildilar. ...Rum podshohi Hazrati Shayxga ko‘p in’omlar berib, ahli Islomning barchasini ozod qildi”.
Qaffol Shoshiy esa bu fidoyilikdan ham o‘zi ko‘z ochib dunyoni tanigan Shosh ahliga manfaatlar yetishini istagan.
Asarning davomida o‘qiymiz:
“O‘n ming asir xalos bo‘lg‘oni bilan Hazrati Imom Bag‘dod xalifasining huzuriga kelib, ko‘p hurmatli bo‘lib, “Mendan tilang”, deganida bir noma tiladilarkim, Toshkent shahrining voliyi, ya’ni hokimining nomig‘akim, qadimgi podshohlardan qolg‘an arig‘lar botil bo‘lib (ko‘milib ketib), Toshkent shahrig‘a suv kelmog‘i mashaqqat bo‘libdir. Imkoni bo‘lsa, viloyat hokimi buyrug‘ingiz bo‘yicha bosh bo‘lib, suvni joriy qilib bersa, dedilar.
Xalifa noma yozib, bir yuzu oltmish mingtanga abbosiy xazinasidan berdilarkim, suv uchun chiqib ishlaganlarga ovqat bo‘lsin deb. Hazrati Imom mazkur tanga bilan nomani kelturib, viloyat hokimiga berdilar.
Hokim ko‘p xaloyiqni to‘plab chiqub, ko‘p kunlar ariq qazib, band bog‘lab, suvlarni joriy qildi. Holo Toshkent suvi o‘shal Hazrati Imomning tavajjuhlari bilan bo‘lg‘on suvdir”.
“Mulhakatus saroh” muallifi bunday yozadi:
“Ul zot asrining himoyaga muhtojlik sezmagan (ulug‘) imomi edilar. Uning maxfiy bo‘lmagan tafsir, fatvo va ikkovidan boshqa yuksak tasniflari bor. “Shavohidun nubuvvat” (“Payg‘ambarlik guvohlari”), “Daloyilul qibla” (“Qiblaning dalillari”) va boshqalar kabi. Imom G‘azzoliy, Imom Navaviy va Imom Roziy kitoblari undan (ul zotning kitoblaridan) naql qilish bilan to‘ladir. Ul zot o‘z asrining yagonasi edi. Imom Abu Bakr Qaffol Shoshiyning yigirma jildlik tafsiri bor. Unda Qur’onning tartibi va lug‘ati bayon qilingan”.
Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiy hijriy 366 (milodiy 976) yili Toshkentda 75 yoshida vafot etadi. Hozirgi “Hazrati Imom” majmuasi hududidagi Kaykovus arig‘i yoqasidagi qabristonga dafn qilinadi. Uning o‘sha davrlarda qurilgan qabristoni shamollar va vaqt o‘tishi bilan vayron bo‘lib, XVI asrda (1542 yil) Temuriylar avlodi, me’mor G‘ulom Husayn tomonidan qurilgan.
Maqbara XVI asr me’morchiligining nodir asari bo‘lib, to‘rt tarafi moviy gumbazli to‘rtburchak shaklda. Bino pishgan g‘ishtdan qurilgan, me’mor-ustalarning ismi va inshootining qurilgan sana keltirilgan tarixiy yozuv tushirilgan koshinlar bilan bezatilgan. Oynalari Toshkentga xos an’anaviy ganch panjaralara bilan bezalgan.
Qaffol Shoshiy maqbarasi xonaqohi assimetrik rejalashtirilgan, ko‘p hujrali noyob maqbara turiga kiradi. Xonaqohi majmuiy inshoot ko‘rinishida bo‘lib, o‘z ichiga kelyalar, masjid, dahma, oshxona va boshqa xonalarni oladi. Ular ziyoratchilarga yashash hujralarida qulaylik yaratish uchun qilingan.
Xulosa
Qaffol Shoshiy qabrtoshining ikki tomoniga chillaxona qo‘shilgan bo‘lib, maqbaraning bo‘rtgan eshigida joylashgan. Bu yerdan sal pastroqda o‘g‘illari “Buyuk Imom” — Muhammad at-Shoshiy va Nizomiddin Shoshiy maqbaralari joylashgan. Maqbarada, shuningdek, Bog‘doddan Toshkentga kelib, shu yerlarda qolib ketgan Muhammad Nomi va uning otasi Xoja Kalonlar ham dafn etilgan. Bosh binoning janubida kichik hovlida qadimiyroq ko‘mish joyi o‘rin olgan bo‘lib, “sag‘ana” nomini olgan. Maqbaraga kirishda Hofiz Ko‘haqiy va Ulug‘bekning nabirasi, buyuk olimning o‘quvchisi va izdoshi Ali Qushchi dafn etilgan. Kirish qismining chap tarafida taniqli hirotlik shoir, Baraqxonning ustozi Zayniddin Vasifiy dafn etilgan.
Buyuk Imomning maqbarasi juda ommabop va butun musulmonlar olamida yuqori ulug‘lanadi. U imonlilarning ko‘zga ko‘ringan tabarruk qadamjosiga aylanib, shaharning eski shahar qismining butun Sebzor aholisi orasida Hazrati Imom nomi bilan tanilgan.
Download 24.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling