10
18.
Insonlar so‘zlarga o‘xshashadi. Bog‘lovchi so‘zlarni old
ko‘makchilardan ko‘ra ko‘proq yaxshi ko‘rishadi.
19.
Osmondan shuncha chuchuk suv
tushsa ham, dengiz
sho‘rligicha qoladi.
O‘zingga
jabr qilma, ba’zilar har qancha uringaning bilan baribir
o‘zgarmaydi.
20.
Kiyimida “arzon ayol”ning ifori.
Og‘zida undan “arzon ayol”ning ta’mi.
Xotirasida esa birgina ayol! Bu o‘sha – bir kuni unga: “Sharaf
boylikdan qimmatroq”, - degan ayol!
21.
Inson
qiladigan birinchi xato, o‘zini xato qilishdan
yuqori
turishiga ishonishidir.
11
22.
Biz tarixni o‘qishga qattiq qiziqamiz.
Biz shunaqamiz: yozilishida ishtirok
etmagan narsalarimizni
o‘qishni yaxshi ko‘ramiz.
23.
Dushmanlar bilan to‘lgan bu olamda birgina dushmaning bo‘lib,
yostig‘ingga bosh qo‘yishing muvaffaqiyatdir.
24.
Ayol kishi unga nisbatan ehtiros sotuvchisi
kabi muomala
qiladigan erkakdan ranjiydi.
Ayol kishi unga nisbatan muqaddasdek muomala
qiladigan
erkakdan ham ranjiydi.
Oddiygina, u mana shu ikki holatning birgalikda aralshmasidir!
25.
Yaroqlilik muddati shart bo‘lmagan yagona guvohnoma o‘lim
guvohnomasidir!