Interyer xomaki tasvirlari. m.
1-2-3-semestrlar bo’yicha
“Qalamtasvir, rangtasvir va haykaltaroshlik” fanidan talabani o’zlashtirish darajasi
«5» baho uchun:
“Qalamtasvir”da qo’yilmani (natura) perespektiva qonunlariga rioya qilgan xolda
tasvirlay olish, tasvirni chiziqlarda ifodalay olish, natura jismlarini qog’ozda
“shtrixovka” orqali o’ziga monand xolda ifodalay olish, qo’yilmani xotiradan ko’z
oldiga keltira bilish va qog’ozga tushira olish, naturani chizish moxiyatini
tushunish va tushuntira bilish, naturadan chizishda yorug’lik va soya orqali
tasvirni xaqqoniy ifodalay bilish, rasm chizish qonun qoidalari bo’yicha
tasavvurga ega bo’lish, turli kompozitsiyalar yarata bilish va ularni amalda o’z
o’rniga qo’ya bilish. Ishga ijodiy yondoshish.
“Rangtasvir”da natyurmortni har tomonlama va to’liq ifolash lozim. SHuningdek
bunda turli natura va tabiat manzarasini mustaqil ravishda ishlay bilish, rangtasvir
qonuniyatlarini to’g’ri anglash, ranglar tizimini to’g’ri tanlay olish, naturani amalda
ifodalay olish, naturani umuiy xolatini tasavvur qila bilish, tasvirlashdagi ayrim
o’zgarishlar sababini tushuntira bilish. Ishga ijodiy yondoshish.
Do'stlaringiz bilan baham: