Qamashi tumani Maktabgacha ta`limi bo’limi


Download 0.71 Mb.
Sana22.12.2022
Hajmi0.71 Mb.
#1041780
Bog'liq
bahor keldi mashg\'ulot




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Qamashi tumani Maktabgacha ta`limi bo’limi


4- maktabgacha ta’lim muassasasi
Tarbiyachisi
Xudoyberdiyeva Barnoning
O’LKAMIZDA BAHOR” MAVZUSIDA

2018 YIL
Ertalab soat 7:30 da bog’chaga borib xonalarni shamollatib, changlarni olamiz, gullarga suv qo’yamiz. Bolalarni ochiq chehra bilan birin-ketin sog’lig’ini, tozaligini hamshira bilan birgalikda ko’rib qabul qilib olaman.
Bolalar bilan salomlashib odobi bilan mavzusida suhbat olib borish.
Bolalar ixtiyoriy ermak o’yinlar o’ynaydilar. Ertalabki badantarbiya mashqlarini bajartirish.
Bolalarni ertalabki nonushtaga taklif qilish soat 9:00 dan 10 ga qadar. Soat 10:00 dan mashg’ulot.
1-mashg’ulot: Atrof-olam bilan tanishtirish
Mavzu: “O’lkamizda bahor” mavzusida suhbat olib borish
Maqsad: bolalarning bahor haqidagi tushunchalarini kengaytirish, atrof -olam to’g’risidagi bilimlarni mustahkamlash
Kerakli jihozlar: mavzu asosida suratlar
Mashg’ulotnihg borishi:
Tarbiyachi: Aziz bolajonlar, bugun sizlar bilan Bahor mavzusida suhbat olib boramiz. Hammaiz bilamiz bir yilda nechta fasl borligini-a?
1-bola: Ha bilamiz, opajon, 1 yilda 4 fasl bor. Bu bahor, yoz, kuz, qish.
Tarbiyachi: -Barakalla bolajonlar, xush bir faslda nechta oy bor?
2-bola: -Opajon, 1 faslda 3 oy bor.
Tarbiyachi:-Bahor faslining oylarini sanaylikchi!
Bolalar; Mart, aprel, may oylari
Tarbiyachi: -Barakalla bolajonlar, hozir bahor faslining birinchi mart oyi . Bu faslda ob-havo qanday bo’ladi?
Bolalar: O’zgaruvchan bo’ladi, bir qarasang , yomg’ir yog’adi, bir qarasang quyosh chiqadi, gullar ochiladi, dehqonlar ishga tushib ketadi, dalalarga qo’y-qo’zilar o’tlab yurishadi.
Tarbiyachi: -Barakalla bolajonlar, bu fasl haqida to’g’ri fikrlar aytdingiz. Bahor kelganini bizga birinchi bo’lib boychechak bildiradi. Bahor fasida hammayoq chiroyli bo’lib ketadi. Daraxtlar gullaydi. Bahor faslini shuning uchun ham go’zal kelinchaklarga o’xhastishadi. Bu fasl uyg’onish fasli hisoblanadi. Barcha qurt-jonivorlar, daraxtlar uyqudan uyg’onishadi. Bolajonlar aytinglarchi bahor faslida qaysi qushlar bizning mamlakatimizga sovuq o’lkalardadan qaytib uchib kelishadi?
Bolalar: Bahor faslida qaldirg’och, turna va laylaklar uchib kelishadi.
Tarbiyachi: -Barakalla bolajonlar, bahor fasli bayramlarga boy bo’ladi, bahorda qanday bayramlar bo’ldi. Bolalar bahor faslida 8-mart Onajonlar bayrami, Navro’z bayrami, gullar bayrami nishonlanadi.
Tarbiyachi: -Barakalla bolajonlar, kim bahor, onajonlar, gullar, navro’z bayramlari haqida she’rlar aytadi.
1-bola: Keldi bahor gul bahor,
Erib bitdi oppoq qor.
Uchib keldi qushlarjon
Daraxtlar taqdi marjon
2-bola: 8-mart bugun
Onajonlar bayrami,
Yo’llariga poyondoz,
Dasta gular boylami.
3-bola: Navroz keldi, yoz keldi,
Turna keldi, g’oz keldi.
Yam-yashil chorbog’lardan
Bulbulday ovoz keldi.
Tarbiyachi: -Barakalla bolajonlar, kelinglar koptok bilan Aqliy hujum o’yinini o’ynaymiz.
Bolajonlar doira bo’lib turib olishadi. Tarbiyachi o’rtada turib bolalarga birma-bir koptokni otib, qushlar desa bola qushlarning nomini aytib koptokni tarbiyachiga qaytaradi. Taribiyachi koptokni ikkinchi bolaga otib, gullar desa , bola gullarning birini nomini aytib koptokni qaytaradi. Shu tariqa o’yin davom etadi.
Tarbiyachi: Rahmat bolajonlar, endi o’tirib bahor gullarining rasmini chizamiz. Bolalar rasmni chizadilar. Tarbiyachi nazorat qilib turadi. Qiynalgan bolalarga yordam beradi. Mashg’ulot so’ngida bolalar rag’batlantiriladi. Mashg’ulot so’ngida bolalarning qo’l va oyoqlari charchaganini hisobga olib, tomchi-tomchi o’yinini o’ynatiladi va bolalar sayrga olib chiqiladi. Sayrga daraxtlarni kuzatishadi. Bargidan top o’yinini o’ynashadi. Daraxtlarning tagini yumshatib tarbiaychi boshchiligda suv qo’yiladi.
Bolalar ixtiyoriy o’ynashadi va tushlikka qo’llarini yuvishi taklif qilinadi. Bolajonlar tushlik qilib uyquga ketishadi. Bolalar soat 3:00 da uyqudan turishadi. Kechki nonushtani qilishadi. Bolajonlar sayrga chiqishadi. Uchastkadagi gullarni kuzatishadi.
Tarbiyachi bolajonlar bilan gular haqida suhbatlashadi. Ular haqida “Bahru-bayt” o’yini o’ynashadi.
Bolajonlar tarbiyachi bilan birgalikda gullarning tagini yumshatib suv qo’yib parvarish qilishadi. Bolajonlar ixtiyoriy ermak o’yinlar o’ynashadi. Bolalarni uylariga kuzatamiz.
Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling