Qamashi xtbga qarashli 67-o’rta maktabning Tabiiy fanlar metod birlashmasi rahbari U. Tulaganova ishtirokida “Kimyo va biologiya fanlarida yangiliklar’’ muhokamasiga doir davra suhbati Ma’lumotnoma


Download 34 Kb.
Sana29.01.2023
Hajmi34 Kb.
#1139725
Bog'liq
1-chorak yakuni


Qamashi XTBga qarashli 67-o’rta maktabning Tabiiy fanlar metod birlashmasi rahbari U.Tulaganova ishtirokida “Kimyo va biologiya fanlarida yangiliklar’’ muhokamasiga doir davra suhbati
Ma’lumotnoma
2021-yil 24-noyabr kuni Tabiiy fanlar metod birlashma a’zolari ishtirokida “Kimyo va biologiya fanlarida yangiliklar’’ mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Yig’ilishda metod birlashma rahbari U.Tulaganova so’zga chiqib, bugungi kunda Kimyo va bilogiya fanida bo’layotgan o’zgarishlar, o’quv darsliklariga kiritilayotgan o’zgartirishlar haqida gapirdi. Ayniqsa, bugungi kun axborot zamoni ekanligi har daqiqada dunyoda o’zgarishlar bo’layotgani tarix fani o’qituvchisini ilg’or bo’lishga zamon bilan baravar qadam tashlashga majbur etishini, dars o’tishda bir xillikdan voz kechish, ya’ni an’anaviylikdan noan’anaviylikka o’tish zaruratini zamon talab qiladi. Ayniqsa, bugungi zamon o’quvchisini hayron qoldirish murakkab. Buning uchun o’qituvchi chuqur bilimli, o’z fanining ustasi bo’lish bilan birga internetdan unumli foydalanish, har bir fanga yangilik kiritish, o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishini yanada uyg’otish zarurati kerak ekanligini aytib o’tdi. Davra suhbatida o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari N.Jalilova ham ishtirok etib, bugungi kun pedagogi zimmasi qo’shilgan talab zamonaviy pedagogning salohiyati bilan birga yoshlarga bilim berishda chuqur mas’uliyat bilan yondashuvni talab etishini ta’kidlab o’tadi.
Davra suhbatida ishtirok etganlar o’z so’zlarida har bir darsda yangi usullardan foydalanib o’tishga zarurat talab qilishini, buning uchun har bir Kimyo va biologiya fani o’qituvchisi ilg’or innovasiyalarni ta’limda qo’llay olishi shartligi haqida gapirib o’tdi.
Davra suhbati qizg’in, bahs-munozaralarga boy bo’ldi, yig’ilganlarda taasurot uyg’otdi.


Metodbirlashma rahbari: U.Tulaganova
Download 34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling