Qanday do'st tanlagan yaxshi?


Download 0.8 Mb.
Sana10.03.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1257949
Bog'liq
Biznes fikrlar


Qanday do'st tanlagan yaxshi?

Ko'pchiligimizni hayotimizda do'stlar katta ahamiyatga ega. Do'stlarimiz hayotimizni aksariyat qismiga ta'sir o'tkaza oladi.


Shuning uchun do'st tanlayotganda bir qancha hususiyatlariga e'tibor qaratish kerak.

Shaxsan men do'st tanlayotganimda uning 3 ta asosiy tomonlariga e'tibor qarataman.

1. Ular bo'sh vaqtlarini nimalarga sarflashmoqda?
shunchaki bo'sh vaqtlarini osmonga uchirishgami yoki biror bir foydali narsalarni o'rganishgami?

2. Ular kimlar bilan yurishibdi? Kimlar bilan bir yo'lda ketishayapti?


Ya'ni ularni jamoasi kelajakda yaxshi insonlar bo'lishadimi yoki yaxshi bo'lmagan yo'llarga ketishayaptimi?

3. Maqsadlari qanday? Katta-katta maqsadlarmi yoki kichkina-kichkinami?

Bilib qo'ying! Agar do'stingizning maqsadlari dunyo yoki dinga umuman foydasi tegmaydigan yoki sizni qadryatlaringizga to'g'ri kelmasa, bunday odam bilan shaxsan men do'st bo'lmagan bo'lar edim.

Dunyoda paydo bo'lgan yangi biznes toifalar haqida bilasizmi?
🔺 Tadbirkorlik bir joyda to‘xtab turmaydi, doimo rivojlanadi, odatiy bo‘lmagan yo‘nalishlar o‘ylab topiladi va oqibatda ommalashib boradi.
📌 Quyida endi rivojlana boshlayotgan yoki O‘zbekistonda umuman bo‘lmagan yo‘nalishlarni ko‘rib chiqamiz:
1⃣ EMS fitness-studio -- jismoniy mashqlar paytida mushaklarni elektr bilan stimulyatsiya qilish sport sanoatida katta yutuq bo'ldi.
2⃣ Mehmonlarning o‘zlari kokteyl tayyorlaydigan bar -- bu Yaponiyliklarning g‘oyasi.
3⃣ Glitserin tarkibidagi gullardan zargarlik buyumlari va sovg‘alar ishlab chiqarish -- AQSH dagi eng mashhur sovg‘alardan biri.
4⃣ Kapsulli mehmonxona -- Yevropada mashhur sanoatdir. U katta sarmoya talab qiladi, ammo tezda o'z samarasini beradi.
5⃣ Vending avtomat qurilmasi -- foydali va qiziqarli o‘yinchoqlar, sovg‘alar bilan to‘ldiriladi va aholi gavjum joylarga o‘rnatiladi. Agar siz shunga o‘xshash qurilmani aeroportga yoki temiryo‘l stantsiyasiga o'rnatsangiz, yaxshi daromad olishingiz mumkin.
6⃣ Xaltadan sovuq ichimliklar sotish -- bu issiq havoda foydali ishdir, chunki siz doimo do‘konga borishni xohlamaysiz yoki yaqin o‘rtada do‘kon yo‘q. Bu yerda "ryukzak" dan ichimliklar yordam beradi, orqasida muzlatgich bo'lgan sotuvchi shunchaki ko‘chada yurib, ichimlik taklif qilishi mumkin.

🔖Garvard universiteti talabalarini ruhlantirish uchun aytiladigan “sehrli gaplar”. Yaxshi gaplar, tavsiya qilamiz...



- Hozir uxlasang, albatta, orzularingni tushingda koʻrasan. Agar uyquning oʻrniga oʻqishni tanlasang, orzularingni hayotda koʻrasan.
- Qachonki sen hammasiga juda kech boʻldi, deb oʻylasang, aslida hali erta boʻladi.
- Oʻqish azobi — vaqtinchalik. Bilmaslik azobi — abadiy.
- Oʻqish — bu vaqt sarflash emas. Oʻqish — harakat qilish.
- Hayot faqat oʻqishdan iborat emas. Hayotning mana shu qismini ham bosib oʻta olmasang, nimaga ham qodir boʻla olarding?
- Qiyinchilik va tinimsiz harakatdan rohatlan.
- Kimki hammasini erta qilsa, oʻzining muvaffaqiyatidan haqqoniy rohatlana oladi.
- Hammasiga ulgurish imkoniyati barchaga berilmagan, lekin muvaffaqiyat oʻz ustida ishlovchi va muammolarni tezda hal qiladiganlarga keladi.
- Vaqt uchadi. Hozirgi soʻlaging ertaga koʻz yoshi boʻladi.
- Agar sen bugun piyoda yurishni xohlamasang, ertaga yugurishga majbur boʻlasan.
- Kelajagi uchun nimadir qiladigan odam realistdir.
- Sening topadigan puling – olgan biliming darajasiga proporsional.
- Bugun hech qachon qaytib kelmaydi.
- Hozir hattoki dushmanlaring ochlarcha kitoblarni varaqlamoqda.
- Qiyinchiliklarsiz maqsadga yetib boʻlmaydi



Shaxmatdagi piyoda
Shaxmatda bir qoida bor! Agar piyoda raqib kataklarining birinchi qatoriga yetib borsa shoxdan tashqari xohlagan figurasiga aylanishi mumkin. Lekin, ot yoki fil bunday boʻla olmaydi. Shuning uchun piyoda boʻlib tugʻilganingizga xafa boʻlmang. Mehnatingiz bilan marraga yetib boring va xohlagan figuraga aylaning. Buning mazzasi oʻzgacha boʻladi.
Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling