Qanday hollarda rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi?


ustunlar deb qanday konstruktiv elementlarga aytiladi?


Download 82.91 Kb.
bet19/26
Sana23.04.2023
Hajmi82.91 Kb.
#1385093
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Bog'liq
3-blok lavozim kasb faoliyati bo\'yicha

42. ustunlar deb qanday konstruktiv elementlarga aytiladi?
Ustun — binoning tayanch qismi. Asosan, tomni koʻtarib turishga xizmat qiladi. Ustun deyarli hamma xalqlarning meʼmorligida qadimdan mavjud. Meʼmorlik sanʼati yuksak darajaga koʻtarilgan Qadimgi Misr, Yunoniston, Rimda, shuningdek, budda dini tarqalgan mamlakatlarda ustunning shakli, hajmi, bezaklariga asoslangan meʼmorlik orderlariga kolonna va kolonnada parnit turli tasvir va naqshlar bilan bezatilgan oʻziga xos turlari vujudga kelgan.
Ustunlar, karkazli binolarning asosiy elementlari hisoblanib, ular yuklanishiga qarab markaziy siqilgan va markazsiz siqilgan bo„ladi. Markaziy siqilgan ustunlar qavatlarni bog„lab turish va binoni ustini qoplashda qo„llaniladi. Markazsiz siqilgan ustunlar karkazli binolarda qo„llaniladi. Kransiz va osma kranli binolarning ustun o„zaklari uzunliga bo„yicha bir xil kesimga ega bo„ladi. Bunda osma kran to„sin shipiga o„rnatilgan yo„lakda harakatlanadi. Agar binoda yuk ko„tarish qobuliyati uncha katta bo„lmagan (15 t gacha) ko„prikli kranlar ishlatilsa, bino ustunida kran yo„lagi uchun konsollar bo„lishi kerak . Agar binoda yuk ko„tarish qobuliyati katta bo„lmagan ko„prikli kranlar ishlatilsa, bino ustuni kran yo„lagi uchun pag„onali bo„lishi kerak. Ustunning pastki qismiga ma‟lum qalinlikdagi metall taxtalar pay-vandlangan bo„lib, ularda ankerlar uchun teshiklar o„yilgan bo„ladi Konstruksiyasi bo„yicha ustunlarning yaxlit va teshikli turlari bo„ladi. Teshikli ustunlar yaxlit ustunlarga nisbatan og„irliklari kam bo„lsada, ularni yasash o„ta murakkab bo„lgani uchun tannarxi yuqori bo„ladi.
43. bino konstruksiyasiga ta’sir etadigan tashqi va ichki kuchlar deganda nimani tushunasiz? Yuqorida ta’riflangan bino konstruksiyalariga bir necha xil tashqi va ichki kuchlar ta’sir etadi, ularning ta’riflari quyidagilardan iborat: 1. Tashqi kuchlar — bino elementlari (qismlari)ning xususiy og'irligi, shamolning ta’sir kuchi (muvaqqat yuklar), zilzila, uskunalaming tasodifiy buzilishi natijasidagi ta’sirlar va boshq; 2. Atrof-muhit ta’siri — tashqi harorat (konstruksiya chiziqli o'lchamlarining o'zgarishiga olib keladi), atmosfera va tuproq namligi ta’siri (qurilish ashyolarining xususiyatlarini o'zgarishiga olib keladi), havo oqimi yo'nalishining ta’siri (xona ichidagi mikroiqlimning o'zgarishiga olib keladi), quyosh nuri energiyasining ta’siri (qurilish ashyosi fizik-texnik xususiyatlarining o'zgarishiga olib keladi), havo tarkibidagi agressiv kimyoviy birikmalaming ta’siri (konstruksiyaning yemirilishiga va buzilishiga olib keladi), biologik ta’sir (mikroorganizmlar va qurt-qumursqalar konstruksiyani yemiradi), bino ichidagi yoki tashqarisidagi shovqin ta’siridan xonadagi normal akustik rejimning buzilishi

Download 82.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling